#Adliya_xabari
✅ Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 2023/2024 o'quv yili uchun abiturientlarning hujjatlari 2023 yil 1 avgustdan 20 avgustgacha (20 avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.
⚠️ Yuridik texnikumlarga o'quvchilarni to'lov-kontrakt asosida qabul qilish bo'yicha qabul parametrlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#2023_йил_1_августдан
✅ Қонунчиликка кўра:
🔸Ёшларга компьютер харидлари учун ажратиладиган маблағлар ҳисобидан микроқарз шаклида;
🔸 “Ёшлар дафтари” ва Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги жамғармалари ҳисобидан бериладиган субсидия маблағларини ижтимоий контракт асосида ёшлар хоҳишига кўра алоҳида очилган банк картасига (нақдлаштириш имкониятисиз) ўтказишга рухсат берилади.

#Bilasizmi
✅ “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta'lim asosida kasb-hunarga o'qitilayotgan nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, BHMning 2 baravari (660 ming so'm) miqdorida har oylik stipendiya to'lab beriladi.

🔰 Shaxsning 16 yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan holda, unga nisbatan zo'rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
📌 O'sha harakatlar zo'rlik ishlatib yoki qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo'lga qo'yiladi
Hukumat qarori bilan (309-son, 24.07.2023 y.) “Sportchilarga sport pasportini berish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi
🔰 Unga ko'ra, Sport pasporti ikkinchi o'smirlar sport razryadidan past bo'lmagan razryadga ega bo'lgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug'ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
▶️ Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan ko'rsatiladi.
❕16 yoshga to'lmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.
🗓 Sport pasportining amal qilish muddati – 5 yil bo'lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
▫️bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o'tishda;
▫️sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishda;
▫️tibbiy tekshiruvdan o'tishda;
▫️sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo'lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
▫️qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
💰 Ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHMning 1/6 qismi (55 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.
⚠️ Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslardan yig'im miqdorining 50 foizi undiriladi.

#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
Konstitutsiyamizning 46-moddasi: “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo'qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot huquqiga ega.
Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo'lishi mumkin emas”.
Davlat tomonidan pensiyalarning bir qator turlari belgilangan, unga ko'ra:
▫️yoshga doir pensiya;
▫️nogironlik pensiyasi;
▫️boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
▫️erkaklar – 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda;
▫️ayollar – 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.
Eng kam iste'mol xarajati deganda, insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun 1 oy davomida zarur bo'ladigan tovar va xizmatlarni sotib olishga yetadigan mablag' miqdori tushuniladi. Eng kam iste'mol xarajatlari miqdorini hisoblab chiqishda bugungi sharoitda aholining real o'rtacha ijtimoiy xarajatlarini inobatga olish lozim.
Video: https://youtu.be/j9WZY5IXyC4

YouTube
Konstitutsiyamizning 46-moddasi
#2023_yil_1_avgustdan
✅ Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizasiya qilish ishlarini boshlanadi.
⚠️ Ijtimoiy soha obyektlarida O'zbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar o'rnatiladi.

🔰 Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:
🔹 uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;
🔹 uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;
🔹 uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;
🔹 uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Konstitutsiyamizning 47-moddasi:
“Har kim uy-joyli boʻlish huquqiga ega.
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantiradi va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi”.
Uy-joyga ega boʻlish huquqi shaxsning uzviy huquqlaridan biri hisoblanadi. Undan mahrum qilish sud qarori asosida amalga oshiriladi. Uy-joyi jamiyat va davlat e’tiyoji uchun olib qoʻyilgan shaxslarga koʻrgan zarari toʻliq qoplab berilishi shart.
Bunda sud kafolati uy-joyga nisbatan mulk huquqi sud qarorisiz mahrum etilishiga yoʻl qoʻyilmasligini anglatadi. Bu kafolat uy-joyga nisbatan mulk huquqi mulkdorning erki-xohishidan qat’i nazar, majburiy tarzda bekor boʻlayotganda qoʻllanilishi nazarda tutilgan. Bunda sud tomonidan mulk huquqini bekor boʻlishiga sabab boʻluvchi holatlar amaldagi qonun hujjatlari asosida obyektiv tarzda koʻrib chiqiladi.
Davlat tomonidan uy-joy uchun ipoteka kreditlari va va aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga subsidiya berish tizimi joyiy etilgan.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, koʻp bolali oilalardagi ota-onalar, “Mehribonlik uylari” bitiruvchilari, nogironligi boʻlgan shaxslar, pensiyaoldi yoshidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar va hokazolar kiradi.
Video: https://youtu.be/Sh-JdqTE5jo

Konstitutsiyamizning 47-moddasi
#Bilasizmi
❗️Qanday hollarda go'sht mahsulotlarini sotish mumkin emas?
🚫 Quyidagi hollarda go'sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:
🔹so'yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so'yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo'lsa;
🔹go'sht va go'sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transport yordamida yetkazib berilgan bo'lsa;
🔹tegishli veterinariya hujjatlari bo'lmasa;
🔹veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma'lumotnomasi) bo'lmasa;
🔹oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo'lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo'lsa;
🔹xona yoki ko'cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo'yilgan holatda bo'lsa;
🔹veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go'shtlarning yagona elektron ma'lumotlar bazasiga kiritilmagan bo'lsa.

🔰Tadbirkorlikni yo'lga qo'yishda xotin-qizlarga 33 mln so'mgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:
▫️oilaviy tadbirkorlik uchun – 3-6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
▫️chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
▫️bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo'jaligi texnikasini olish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.
💰Ayollarga 5 mln so'mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.
📝 “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
🔹tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin-qizlar;
🔹uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
🔹qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandlari bor xotin-qizlar.

❗️Jamoaviy mehnat nizolarini ko'rib chiqish uchun mehnat arbitraji faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Doimiy asosda faoliyat ko'rsatuvchi mehnat arbitraji to'g'risidagi namunaviy nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3449, 26.07.2023 y.)
🔰 Namunaviy nizomga ko'ra, jamoaviy mehnat nizosi (nizo) quyidagi holatlarda mehnat arbitrajida ko'rib chiqilishi mumkin:
🔹nizo mediator tomonidan ko'rib chiqilib tomonlar kelishuvga erisha olmaganda;
🔹nizoni mediator tomonidan ko'rib chiqishda tomonlar mediator nomzodi bo'yicha kelishuvga erishish muddati tugagan bo'lsa;
🔹taraflar nizoni mediator bilan hal etishni rad etsa.
🔢 Mehnat arbitraji respublika darajasida 7 nafar, tarmoq darajasida 5 nafar hamda boshlang'ich va hududiy darajada 3 nafar arbitrni o'z ichiga oladi.
✅ Arbitrlar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Arbitrlar oliy ma'lumotga hamda mehnat sohasida kamida 3 yillik stajga ega bo'lishi kerak. Arbitrlar nizoni hal etishga jalb qilinganda o'rtacha ish haqi saqlab qolinib asosiy ishidan ozod qilinadi.
📄 Taraflar mehnat arbitrajiga ariza berishdan avval arbitraj qarorlarini bajarish majburiyligi to'g'risidagi shartni o'z ichiga olgan kelishuv tuzadi.
▶️ Mehnat arbitraji nizoni quyidagi muddatlarda ko'rib chiqadi:
➖boshlang'ich va hududiy darajada – 5 ish kunigacha;
➖respublika va tarmoq darajasida – 10 ish kunigacha.
📝 Mehnat arbitraji nizo bo'yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
▫️taraflar nizoni hal qilish bo'yicha kelishuvga erishganligi to'g'risida;
▫️taraflardan biri nizo bo'yicha talabdan voz kechganligi to'g'risida;
▫️nizoni taraflardan birining foydasiga hal qilish to'g'risida.
❗️Mehnat arbitraji qarori taraflar uchun majburiy kuchga ega hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: mehnat arbitraji – yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmaganda taraflar o'rtasidagi jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) uchun tuziladigan doimiy asosda faoliyat ko'rsatuvchi organ.

❗️Toshkent toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi
"Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–112-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko'ra, madaniyat va istirohat bog'lari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini o'zgartirish, yashil hududlarni keskin ko'paytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
✅ Shunga ko'ra, Toshkent shahrida qo'shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi.
▶️ Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik asosida investisiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027-yil
1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.
📁 Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg'armasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg'armasi etib qayta nomlandi.
📝 Farmon bilan davlat va tadbirkorlar o'rtasida “ko'prik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

❗️Kommunal xizmat ko'rsatish sohasida muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi
“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik asosida investisiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha huquqiy eksperimentni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-236-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra:
🔹 2023 yil 1 oktabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo'mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munisipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar ushbu tizimlarni o'zaro integrasiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.
🔹2024 yil 1 yanvardan munisipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan monitoring qilinadi.
🔹Toshkent shahridagi davlat ko'chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to'lovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan to'lanadigan ijara to'lovi miqdorlari har yili 31 dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.
✅ 2023 yil 1 oktabrdan Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida (quyidagi ro'yxatda keltirilgan) Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
🗓 2024 yil 1 yanvargacha kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integrasiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.
▶️ 2024 yil 1 martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz ta'minoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etiladi.
📌 2024 yil 1 yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to'lov asosida foydalaniladi.

Telegraph
Рўйхат
#Adliya_xabari
❗️“Mehnat huquqi” bo'yicha o'tkazilgan tanlov g'oliblari aniqlandi
🔰 “Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida o'tkazilgan tanlovda test savollariga eng qisqa muddatda va to'g'ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 10 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savollarga bergan javoblari baholandi.
✅ Baholash natijasiga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan quyidagi 3 nafar ishtirokchi g'olib deb topildi:
1️⃣-o'rin – Abdullaeva Xurshida CHoriyorovna (Toshkent shahri);
2️⃣-o'rin – Abdiqahhorov Davlatbek Muzaffar o'g'li (Qashqadaryo viloyati);
3️⃣-o'rin – Anarov Ilg'orjon Zakiralievich (Namangan viloyati).
G'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

❗️Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi
“Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to'g'risida”gi Hukumat qarori (313-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi
🔰2023 yil 1 avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
🔘 Bunda:
🔹 ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlariga ishlab chiqarishda (import qilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;
🔹ulgurji va chakana savdo tarmog'ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin
12 oy o'tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo'yiladi.
🗓 2024 yil 1 noyabrdan eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda sotilishining oldini olish choralari ko'riladi.
➡️ Qarorga ko'ra, aroq mahsulotlarini saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda 24 oygacha etib belgilanadi.

❗️Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish qo'mitasi tashkil etildi
"Ma'muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–114-son, 27.07.2023 y.) qabul qilindi
🔰Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etildi:
🔹Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi;
🔹Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzurida Turizmni qo'mitasi.
✅ Shuningdek, Madaniyat vazirligi tizimida quyidagi yangi muassasalar tashkil qilinadi:
🔸“O'zbekteatr” davlat muassasasi;
🔸“Madaniyat ta'limi markazi” davlat muassasasi.
📝 Madaniyat va san'at sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformasiya qilish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi.
🔢 Madaniyat va san'at sohasida ta'limni tizimli isloh qilish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi, jumladan:
➖milliy musiqa san'ati klasteri yaratiladi;
➖davlat musiqali, drama hamda qo'g'irchoq teatrlarida yagona repertuar strategiyasi asosida “ustoz-shogird” an'analari va mahorat maktablari asosida ta'lim berish tizimi yo'lga qo'yiladi.
🗓 2023 yil 1 sentabrdan:
▫️bosqichma-bosqich zamonaviy jihozlangan kutubxonalar va kinoteatrlar tashkil etiladi;
▫️musiqa cholg'uchiligi va ashula ijrochiligi bo'yicha pullik maxsus kurslarda o'qitish tizimi joriy etiladi.
▶️ 2024–2026 yillarda xalqaro festivallar, forumlar va respublika darajasidagi madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish ishlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o'tkaziladi.
📁 Bundan tashqari, quyidagilar ishlab chiqiladi:
▫️madaniyat markazlari va ko'zi ojizlar uchun adabiyotlarni buyurtma asosida yetkazishga mo'ljallangan axborot tizimlari, aholiga audiovizual asarlarni taqdim qilishga mo'ljallangan maxsus video platforma;
▫️yoshlarga milliy musiqa cholg'ulari to'g'risida dastlabki ta'limni berishga mo'ljallangan “Cholg‘u.uz” mobil ilovasi.

#Qabul_2023
📝 2023-2024 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgustdan boshlanadi.
🔰Test sinovlari kuniga ikki smenada:
1️⃣-smena – 08:00 dan 11:00 gacha;
2️⃣-smena – 15:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.
📌 Test sinovlari hududlardagi abiturientlar soni va test sinovlari o'tkaziladigan binolar sig'imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to'liq yakunlanadi.

📝 2023-2024 o'quv yilida OTMning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
➡️ Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikasiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
‼️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi