#2023_yil_1_iyundan
✅ Yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo'lmagan, umumiy o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko'ngilli asosda jalb qilish orqali “To'maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladi.
⏩ Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida o'qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog'liq masalalarni aniqlashda ko'maklashish hisoblanadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Bilasizmi
🔘 Qonunchilikka ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog'chalarda, oilaviy bog'chalarda:
🔹byudjetdan to'lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta bo'lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
🔹ota-onalar to'lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to'lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.

➡️ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
⏳ Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
🖥 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.
💰 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,3 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 950 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

✅ Texnikum, kollej bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tolmaganda ularga malaka talab etilmaydigan ish o‘rinlariga joylashish huquqini beradigan ma’lumotnoma beriladi.
📝 Mazkur bitiruvchilar 3 yilda qayta davlat attestatsiyasidan o‘tishlari mumkin.
❕3 yil davomida davlat attestatsiyasidan o‘tmagan bitiruvchilar tegishli kursda qayta o‘qishlari mumkin.

🔰 Qonunchilikka koʻra, tungi vaqtda – soat 23.00 dan 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni:
👉 baland ovoz bilan qoʻshiq aytish;
👉 musiqa chalish;
👉 tovush signallari berish;
👉 xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;
👉 turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish ⬇️
❗️fuqarolarga 110 ming soʻm, mansabdor shaxslarga esa 165 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

✅ Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan har yili:
🔹“Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi;
🔹nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari yo‘nalishlarida faoliyati mazkur shaxslar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarda o‘quv kurslari va seminar-treninglar tashkillashtiriladi.

☑️ Qonunchilikka koʻra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
📌 Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

❗️Mayda bezorilik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin
🔰 Quyida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o'z aybiga iqror bo'lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:
▫️tuhmat;
▫️haqorat qilish;
▫️fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;
▫️fuqaroga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni oshkor etish;
▫️shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;
▫️yengil tan jarohati yetkazish;
▫️mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish;
▫️ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo'jalik ekinlarining dalada to'plab qo'yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo'q qilib yuborish, ko'chatlarga shikast yetkazish;
▫️transport vositalari haydovchilarining yo'l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;
▫️haydovchilarning yo'l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;
▫️mayda bezorilik;
▫️o'zboshimchalik.
⚠️ Ammo yuqoridagi huquqbuzarliklarni 1 yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

✅ Avtomobil egalarining yakka tartibdagi garajlari buzib tashlanganda ularga uy-joy mavzelaridagi yangi tashkil etiladigan avtomobil to‘xtash joyida doimiy ravishda bepul birkitilgan joy beriladi.
❕Mazkur joylarda avtomobil egasining uy manzili va avtomototransportining davlat tartib raqami yozilgan tablichka o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

❗️Kredit yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzdan tashqari barcha to‘lovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yig‘indisi yiliga qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etishi mumkin emas.

✅ Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi:
🔹OTMda kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;
🔹OTMda kechki ta’limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.

☑️ Qonunchilikka ko‘ra:
▫️ halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha ta’lim olishi ta’minlanadi;
▫️halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga 2 marta temir yo‘l va havo yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Donalab sigaret sotish mumkin emas
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–844-son, 24.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi
🔢 Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bog‘liq munosabatlar, shuningdek, sohaga mas’ul organlarning vakolatlari belgilandi.
🚫 Qonunga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish (sotish, sotib olish va h.k.) taqiqlanadi:
🔸21 yoshga to‘lmagan shaxslarga va ular tomonidan;
🔸sotuvchining bevosita ishtirokisiz, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan, elektron tijorat shaklida;
🔸sayyor savdo qilish yo‘li bilan, ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida, dorixonalarda;
🔸bolalarga mo‘ljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;
🔸bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;
🔸sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
🔸ta’lim, sport va diniy tashkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida;
🔸yaroqlilik muddati o‘tganda, mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
🔸donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan), iste’mol o‘rovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan.
📌 Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste’mol qilish taqiqlanadi.
☑️ Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan, ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda tashkil etilishi mumkin.
❕Alkogol mahsulotlarining iste’mol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
🔹internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔹maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan va yotoqxonalarda yashovchi o‘quvchilari.

❗️Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi
“Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–76-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi
🔢 Farmonga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
➡️ Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.
🏢 2023-yil 1-dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.
☑️ 2024-yil 1-yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shakli joriy etiladi.
📲 2023-yil 1-sentyabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga o‘tkaziladi.
2024-yil 1-maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga to‘liq o‘tkaziladi.
🗓 2023-yil 1-avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
❕Shuningdek, 2023-yilda mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish choralari ko‘riladi. Bunda ular sonini 31,5 mln nafarga yetkazish nazarda tutilgan.

❗️B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolarga xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–162-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi
🔰Qaror bilan, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi:
🔹“Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari doirasida 2023–2024-yillarda amalga oshiriladigan 300 ta ustuvor loyihalar ro‘yxati;
🔹2023-yil yakunigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish doirasida portalda birinchi navbatda joriy etiladigan 95 ta xizmat va servislar ro‘yxati;
🔹2023-yil 1-dekabrdan aholi va tadbirkorlardan talab qilish bekor qilinadigan 47 turdagi ma’lumotlar ro‘yxati;
🔹aholi va tadbirkorlarga xizmatlardan foydalanish holati bo‘yicha yuboriladigan eslatma va xabarnomalar ro‘yxati.
📝 2023-yil 1-iyundan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi kredit va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari asosida amalga oshiriladigan loyihalarning raqamli komponentlarga yo‘naltiriladigan qismi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan majburiy tarzda kelishiladi.
🔘 Qarorga ko‘ra, “Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasi:
▫️2023-yil 1-sentyabrgacha Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida;
▫️2023-yil yakunigacha Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushiriladi.
☑️ 2023-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlarga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
❕“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi sifatida xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida IT-yo‘nalishdagi onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.
🗓 2023-yil 1-oktyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar tomonidan tegishli yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.
📌 Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha foto va video xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
“Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–77-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi
☑️ Farmonga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
🔰 2023-yil 1-sentyabrdan:
🔸aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
🔸huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
🔸huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
❗️Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
📝 Qonun buzilishi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslarga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma kiritiladi.
❕Shuningdek, O‘zenergoinspeksiya faoliyatiga “Energonazorat” platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasi 2024-yil 1- martgacha tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024-yil
1- oktyabrgacha to‘liq versiyasi joriy etiladi.

📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentyabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o‘limi) tez-tez ro‘y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.
⚠️ Shuningdek, mazkur hududlar bo‘yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatishi shart.
❗️Shuningdek, suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga taqiqlangan holatlar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

🔰Qonunchilikka koʻra, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.
🔢 Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.
📌 Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:
➖86–100 % uchun – 5 baho;
➖71–85 % – 4 baho;
➖56–70 % – 3 baho;
➖56 % gacha – 2 baho.

“Malakali yuridik yordam ko‘rsatish masalalari, elektron advokatlik orderini berish tartibi” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi
🎙Suhbat spikerlari: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimlari.
⏰ Ovozli chat bugun – 26-may kuni soat 16:30 da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🎙Suhbat spikerlari: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimlari.
⏰ Ovozli chat bugun – 26-may kuni soat 16:30 da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?
⚠️ Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir.
🔰 Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:
▫️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (16,5 mln so‘mdan 33 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
📌 Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin.
🔰 Firibgarlik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa:
▫️BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (33 mln so‘mdan 99 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
🔰 Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:
▫️ BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (99 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
🔰 Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa:
▫️BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
❗️Еtkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.