Huquqiy axborot | Lotin
6.24K subscribers
3.72K photos
270 videos
2 files
8.1K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi

“Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–157-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi.

Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

🗓 2023-yil 1-oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

📲 2023-yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.

🔘 2023-yil 1-oktyabrdan:

▫️tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;

▫️mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.

2024-yil 1-oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 150 baravarigacha (49 mln 500 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Charm, mo'yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so'yish, jun, qorako'l va sun'iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi soliq to'lovchilar 2026 yil 1 yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod qilinishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentyabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o‘limi) tez-tez ro‘y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.

⚠️ Shuningdek, mazkur hududlar bo‘yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

❗️Poyezdlarning vagonlari, avtotransportlar va shahar yo'lovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish – BHMning ikkidan bir qismi (165 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Ertaga "Tashkent Law Spring" – "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi boshlanadi

Forumning asosiy mavzusi:
“Fundamental huquqlar – barhayot qadriyatlar”.

III Xalqaro yuridik forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etadi.

Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi.

Forum doirasida 20 dan ziyod mamlakatdan 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashib, 16 ta muhokama sessiyasi davomida jami 132 ta ma’ruza tinglanadi.

Unda huquqiy sohani rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlar chiqishlarini kuzatishingiz mumkin.

Forumga ro‘yxatga olish ertaga soat 8:00 dan 10:00 gacha davom etadi.

Forumni tashkentlawspring.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Pensiya yoshiga to'lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan o'tganlik muddati tugashidan qat'i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo'yicha ularga haq to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mutaxassisligi bo'yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o'qishga qabul qilinadi

Qonunchilikka ko'ra, mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma'lumotga ega bo'lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinadi.

➡️ Bunda o'qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

🔰 Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

▫️o'rta maxsus yoki professional ta'lim bo'yicha mutaxassislikka ega bo'lishi;
▫️tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
▫️o'rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo'yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo'lishi.

🗓 Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

📋 Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro'yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limlariga har yili 1-iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza va hujjatlar 7-iyungacha ko'rib chiqiladi.

Shunga ko'ra, ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha Qo'mitaga taqdim qilinadi.

🔘 Hujjatlar Qo'mita tomonidan 14-iyungacha ko'rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to'g'risida buyruq chiqariladi.

Ishchi guruh har yili 15-iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini ta'minlaydi.

☑️ Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTMning bakalavriatiga o'qishga qabul qilish bo'yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o'tkaziladi.

📌 Kirish imtihonlari yakuniga ko'ra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to'plash mumkin bo'lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo'lmagan ballni to'plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat'iy rioya etilgan holda to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.

🔸 homilador ayollarga;

🔸 3 yoshgacha bolasi bo'lgan ayollarga;

🔸 14 yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga;

🔸 18 yoshga to'lmagan shaxslarga;

🔸 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

🔹yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9,9 mln so‘mgacha);

🔹sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3,3 mln so‘mgacha);

🔹urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (990 ming so‘mgacha) subsidiya beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–158-son, 16.05.2023-y.) qabul qilindi

🗓 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

📊 Mazkur milliy tizim doirasida O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.

☑️ Zilzila o‘chog‘iga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda:

▫️“Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

🔰 2023-yil 1-avgustdan:

▫️“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;

▫️suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🔘 2024-yil 1-yanvardan seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi.

Hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

2023-yil 1-iyundan respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining ko‘rsatkichlarini o‘rganish ishlari tashkil etiladi.

📌 2023/2024-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim bosqichlarining amaldagi ta’lim dasturlariga Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ko‘p kvartirali uylarda zilzilabardoshlikka ta’sir qiladigan konstruksiyalar aniqlanadi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan:

🔹seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;

🔹ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanadi.

Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

📝 Seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasini o‘zgartirish (qavatlar sonini o‘zgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) bo‘yicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning o‘zgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olingandan so‘ng ruxsat etiladi.

🗓 2023-yil 1-iyundan:

🔸seysmik xavfsizligi IV toifadagi bino va inshootlar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish Loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida “С” va undan yuqori toifaga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;

🔸seysmik xavfsizligi III–IV toifadagi bino va inshootlar bo‘yicha qurilish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “ССС” va undan yuqori toifaga (shu jumladan “A” va “B” turdagi barcha toifalarga) ega bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladi.

📋 2023-yil 1-oktyabrdan seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi bino va inshootlar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yo‘nalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-yanvardan obyektlarda davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tadbirlarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus bilim va sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib borish majburiy hisoblanadi va ma’lumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligi ta’minlanadi:

▫️qurilish obyektlari ustidan davlat nazorati;
▫️buyurtmachining texnik nazorati;
▫️ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
▫️pudratchining ichki nazorati tadbirlari;
▫️ularda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar;
▫️ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Davlat investisiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investisiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Investor davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi?

Qonunchilikka ko'ra, ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

🔹pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta);

🔹oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).

O'rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma;

🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;

🔹oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom;

qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;

🔹soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR);

🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);

🔹jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

O'zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug'ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari (330 ming so'm) miqdorida ijtimoiy soliq to'langan taqdirda, ular rasmiy band bo'lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo'shiladi:

▫️chorvachilik (qoramol, qo'y, echki, ot va boshqalar);
▫️issiqxona;
▫️parrandachilik (bedana, kurka, g'oz, o'rdak);
▫️quyonchilik;
▫️asalarichilik;
▫️baliqchilik;
▫️bog'dorchilik;
▫️limonchilik;
▫️gulchilik.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏬 Uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmasligi belgilangan.

📌 Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan (78,4 mln so‘mdan) oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarni chiqindi to'plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

🏬 Shuningdek, yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarning chiqindi to'plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to'plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Soliq to'lovchining soliq davri davomida qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga (kursni tugatganlik to'g'risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo'lganda) to'lash uchun yo'naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha (2 mln 640 ming so'mgacha) bo'lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro'yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo'shimcha ustamalar to'lab beriladi.

➡️ Ustamalar miqdori bilan yuqoridagi jadval orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

❗️Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qo'shimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Maktab bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiyagaga oid maʼlumotlar attestatsiyadan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinishi shart

Maktablarda bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati, shakli va muddatlari har oʻquv yilida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

📌 Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida oʻtkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin koʻrinadigan joyga osib qoʻyiladi.

Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:

🔹oʻquv fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya oraligʻi ikki kundan kam boʻlmasligi kerak;
🔹jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya oʻtkaziladi.

Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorugʻ xonalar ajratiladi.

Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan oʻtqaziladi.

Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.

❗️Ogʻzaki yakuniy attestatsiyadan oʻtishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq boʻlsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda oʻtkazilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o'quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo'lmagan miqdorda bepul (grant asosida) o'qishga qabul qilishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin