Huquqiy axborot | Lotin
6.19K subscribers
3.76K photos
303 videos
2 files
8.21K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ishdan mahrum bo'lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq (1 yildan ko'p) tanaffusdan keyin ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarga:

🔹 ishsizlik nafaqasi to'lash;
🔹 qaramog'idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
🔹 kasb o'rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to'lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo'shish;
🔹 haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta'minlanadi.

☑️ Ish qidirayotganlarni ro'yxatga olish, ishsiz deb e'tirof etish, ularga yordam ko'rsatish, ishsizlik nafaqalarini to'lash tuman (shahar) aholi bandliliga ko'maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰Moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat mulkiga topshirilishi kerak.

➡️ Bunda xazina yashirib qo'yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining 50 foizi miqdorida mukofot olish huquqiga ega. Agar ular o'rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, mukofot bu shaxslar o'rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarning butun o'qish davrida asosiy ish joyi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi.

➡️ Malaka oshirish kursiga boshqa shaharga yuborilgan tinglovchilarga o'qish joyiga bir marta kelish va ketish, shuningdek, yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlar kengaytiriladi

“Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–108-son, 04.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil qilindi:

🔹Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti;

🔹Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.

☑️ Institut va Oliy maktab faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida quyidagilar tashkil etildi:

Institut tarkibida hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni taʼminlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni oʻrganish va amaliy takliflar tayyorlashga yoʻnaltirilgan yuridik shaxs boʻlmagan “Yer islohotlari markazi”;

Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs boʻlmagan “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–109-son, 04.04.2023-y.) qabul qilindi

📁 Qarorga muvofiq, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari saylov organlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

☑️ Mazkur bitim 2022-yil 14-oktyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan.

🏢 Markaziy saylov komissiyasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 04.04.2023-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra:

🔹isteʼmolchilar hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi;

🔹etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib oʻrnatiladi;

🔹sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan maʼmuriy javobgarlik kuchaytiriladi;

🔹oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi;

🔹belgilangan talablar va shartlarning qoʻpol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi roʻyxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanishiga cheklovlar belgilanadi.

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Qarorga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʻyishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Jumladan:

▫️murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda koʻrib chiqiladi;

▫️huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar ragʻbatlantiriladi.

☑️ 2023-yil 1-iyuldan koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

📋 2023-yil 1-avgustdan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi.

🗓 2023-yil 1-sentyabrdan tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Konstitutsiya

Yangilanayotgan Konstitutsiyada taʼlim olish huquqlariga oid 9 ta eng muhim yangilik

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, abituriyent OTM bakalavriatiga kirishda chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi.

❗️Shuningdek, abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi ham mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining:

10 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);

90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

📌 Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yongʻin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish takomillashtiriladi

Hukumat qarori (142-son, 04.04.2023-y.) bilan Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

📝 Reglamentga koʻra, bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

➡️ Shunga koʻra, ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs) DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

🗓 Soʻrovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

💰Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun и (30 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 27 ming soʻmni tashkil etadi.

❗️Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

📋 Shuningdek, qaror bilan Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

☑️ Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.

Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

💰Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 2 baravari (600 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga ayrim tovarlar xaridi uchun toʻlangan QQS qaytariladi

“2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–113-son, 05.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra, 2023-yil 15-apreldan eksperiment tariqasida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

🔸meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish yoʻnalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi;

🔸intensiv bogʻ va tokzorlar, agrologistika obyektlari hamda texnologik liniyalar, oziq-ovqat sanoatidagi liniyalar qurilib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiriladi. Bunda lizing toʻlovi 10 foizi oldindan toʻlash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.

📝 Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (paxta, gʻalla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajoʻxori hamda moyli ekinlar) ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi.

🔢 2023-yil 1-iyungacha paxta, gʻalla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar quyidagi roʻyxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlov oʻrniga, xarid summasida toʻlangan QQS summasi qaytariladi.

2023-yil 1-iyundan qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

💰Qarorga koʻra shuningdek, Prezidentning tegishli qarori doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2023-yilda 400 milliard soʻm byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

🏢 Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi.

2023-yilda har bir viloyatda oʻrtacha 250-300 gektardan namunaviy bogʻ-tokzorlar barpo etiladi.

📊Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko‘ra:

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;

sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;

keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;

davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️ Qonunchilikka ko'ra, quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

murojaatlarni qabul qilish va ko'rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
murojaatlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik.

⚠️ Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 300 ming so'mdan 900 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi ishtirokchilarini roʻyxatga olish boshlandi

Forumda qatnashish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtiladi: https://reg.tashkentlawspring.uz/.

Forum doirasida ishtirokchilar turli mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilish uchun qulay maydonga ega boʻladi.

Forum geografiyasi 40 dan ortiq davlatni birlashtiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

🔹 jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar texnik ko'rikdan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladi;

🔹 yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko'rikdan o'tkaziladi:

▫️ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;

▫️ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo'lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

⚠️ Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo'lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰Tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga 10 million so'm subsidiya beriladi.

➡️ “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
“Xodimlarning mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi

🎙Suhbat spikerlari: Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti masʼul xodimlari.

Ovozli chat bugun – 7-aprel kuni soat 16:30 da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, har yili kamida bir marta 40 yoshdan oshgan aholi qandli diabet va diabet oldi holatlari uchun maqsadli skriningdan oʻtkazilishi hamda endokrin kasalliklar aniqlangan bemorlar bilan muntazam aloqa oʻrnatilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi

🔘 Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

ko'chmas mulk obyekti bo'yicha birlamchi kadastr yig'majildi (pasporti) mavjud bo'lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o'zgarishlar (rekonstruksiya, qo'shimcha va alohida qurilish) mavjud bo'lmaganda;

ko'chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o'zgarganda;

kadastr yig'majildi (pasporti) yo'qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

✍️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi

“Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (143–son, 06.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.

☑️ Akademiyada oʻqishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (taʼlim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.

📌 Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

▶️ Oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

🗓 “Tergov faoliyati” boʻyicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1-fevraligacha (istisno tariqasida, 2023/2024 oʻquv yili uchun – 2023-yil 15-aprelgacha) eʼlon qilinadi.

☑️ Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul “Tergov faoliyati” mutaxassisligi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha amalga oshiriladi.

📝 Oʻqish muddati, kunduzgi va kechki taʼlim shaklida – 1 yil, sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida – 1,5 yildan 2 yilgacha etib belgilanadi.

🔘 Oʻqishga kirish uchun hujjatlar har yili:

▫️“tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha – 10-maydan 10-iyungacha;
▫️boshqa mutaxassisliklar boʻyicha – 10-iyundan 31-iyulgacha qabul qilinadi.

📄 “Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan ichki nomzodlar bepul oʻqitiladi.

📁Bundan tashqari, Akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllarida tashkil etiladi.

➡️ Oʻzbekiston fuqarolarini oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

bepul tayanch doktorantura va doktorantura shaklida oʻqitish;
bepul va toʻlov-kontrakt asosida mustaqil tadqiqotchilik shaklida oʻqitish.

🗒 Hujjatlar Akademiya tomonidan 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin