Huquqiy axborot | Lotin
6.32K subscribers
3.81K photos
357 videos
2 files
8.38K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️Yongʻin xavfsizligi qoidalariga koʻra, tandirlarni joylashtirishda ushbu hududda shamol esishining asosiy yo‘nalishi hisobga olinishi hamda tandir xo‘jalik qurilmalari va turar joyga nisbatan shamol esadigan tomonga qaratib o‘rnatilishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan “Temir daftar” va “Ayollar daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning oʻquvchi farzandlari uchun 1 kalendar yilida bir marotaba maktab formasi hamda oʻquv qurollari uchun xarajatlarini qoplab berish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

📝 Meros fuqaro oʻlganidan yoki u sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingandan keyin ochiladi.

Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi merosning ochilish joyi hisoblanadi.

➡️ Meros qoldiruvchini yoki merosxoʻrlardan birortasini qasddan oʻldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan, shuningdek meros qoldiruvchiga meros qoldirish vaqtida taʼsir oʻtkazgan shaxslar vasiyat boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham meros olish huquqidan mahrum qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_loyiha

❗️Byudjet tashkilotlari “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi

🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 2023-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatilib, 2026-yilgacha ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi belgilanmoqda.

➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏬 Uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻiga tortilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Yoshlar_diqqatiga

▫️Qaysi sohada huquqiy savodxonligingizni oshirishni xohlaysiz?
▫️Huquqiy bilim darajangizni qanday baholaysiz?

📝 Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi tajribasini o‘rganish maqsadida Adliya vazirligi hamda U-Report loyihasi hamkorligida so‘rov o‘tkazilmoqda.

➡️ So‘rovda ushbu telegram boti orqali ishtirok etishingiz mumkin: @UReportUzbBot

Fikringiz biz uchun muhim va ahamiyatli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka koʻra, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlarda boʻlishi belgilangan:

▫️til boʻyicha oʻqituvchi — 18 soat;
▫️oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog — 24 soat;
▫️koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat;
▫️tarbiyachi, tarbiyachi-metodist — 36 soat;
▫️koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi — 36 soat;
▫️jismoniy tarbiya yoʻriqchisi — 30 soat;
▫️musiqa xodimi, xoreograf — 24 soat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Bir qator davlatlarda poytaxtning huquqiy maqomi to‘g‘risida maxsus qonunlar qabul qilingan. Sizningcha, bizda ham “O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi to‘g‘risida” Qonun qabul qilish kerakmi?
Anonymous Poll
38%
Ha
28%
Yo‘q, zarurat mavjud emas
34%
Bunday qonunda qaysi masalalar tartibga solinishi haqida ma’lumotga ega emasman
#Bilasizmi

🔰 Sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun:

BHMning 25 baravari miqdorida jarimadan 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 14-fevral (1483-yil)

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

🔰 Vasiyat qiluvchi merosxo‘rlardan istaganini hech qanday izohsiz merosdan mahrum qilishga haqli.

➡️ Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilishi va o‘zgartirishi mumkin.

📝 Vasiyatnoma yozma shaklda joyi va vaqti ko‘rsatilib tuziladi.

Vasiyatnoma shaxsan tuziladi, vasiyatnomani vakil orqali tuzish mumkin emas.

📌 Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.

📃 Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

▶️ Shuningdek, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻzga qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

❗️Bundan tashqari, tadbirkorlarni homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📁 Ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar aylanma soliq solishdan ozod etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

⚖️ Adliya vazirligi hamda Notarial palata hamkorligida “Vorislik huquqi“ aksiyasi oʻtkazilmoqda.

➡️ Batafsil: https://youtu.be/BMwRtSJ8AQU

Aksiyada faol ishtirok eting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

📊 Vazirliklar va idoralarning norma ijodkorligi faoliyati monitoringi natijalari

📝 Adliya vazirligiga 2022-yilda 2 667 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan (ularning 2 225 tasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan). Bunda:

▫️1 546 tasi, yaʼni 69 foiziga ijobiy xulosa berilgan;
▫️679 tasi, yaʼni 31 foizi eʼtirozlar bilan qaytarilgan;
▫️442 ta loyiha Reglamentlar talablariga rioya qilinmaganligi bois ishlab chiquvchilarga qaytarilgan.

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Energetika nazorati bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 13.02.2023-y.) qabul qilindi

📝 Qarorga muvofiq, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

🚫 Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan O‘zenergoinspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

🔰 2023-yil 1-martdan:

▫️O‘zenergoinspeksiya elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilg‘i-energiya resurslari iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qiladi;

▫️elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirish va tegishli ma’lumotlarni “E-ma'muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi.

☑️ 2023-yil 1-iyuldan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti korxonalarining dasturiy ta’minoti yoxud “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tuziladi.

🗓 2023-yil 1-iyungacha yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, inson omilisiz qayta hisob-kitob qilish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va Soliq qo‘mitasi bazasida parallel ravishda hisobga olishni nazarda tutuvchi dastur joriy etiladi.

📁 Qarorga ko‘ra shuningdek, elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovi oʻtkaziladi

Hukumat qarori (66-son, 15.02.2023-y.) bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga koʻra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:

🔹sunʼiy intellekt texnologiyalari;
🔹ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar;
🔹axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
🔹tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
🔹kompyuter va mobil oʻyin dasturlari.

📝 Tanlovning asosiy yoʻnalishlarida 30 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi.

Maxsus yoʻnalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti boʻlgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:

🔸asosiy yoʻnalishlar boʻyicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;
🔸maxsus yoʻnalish boʻyicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan.

💰Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

▫️5 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha:

👉 1-oʻrin uchun – 100 ming AQSH dollari;
👉 2-oʻrin uchun – 50 ming AQSH dollari;
👉 3-oʻrin uchun – 30 ming AQSH dollari;

▫️Maxsus yoʻnalish boʻyicha (bitta)100 ming AQSH dollari.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun pul undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahkumlarning jazoni oʻtash davrida bajaradigan ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–817, 15.02.2022-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

☑️ Shuningdek, “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari kiritildi.

🔰 Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:

🔹mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga qiziqishi;

🔹mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi;

🔹mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.

📝 Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin