Huquqiy axborot | Lotin
6.19K subscribers
3.76K photos
303 videos
2 files
8.21K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️To'qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo'ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qo'yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o'tishi kerak.

Savdo oldi tayyorgarligi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

🔹 tovarni o'rovdan olish, sortlarga ajratish va ko'zdan kechirish;

🔹 tovarning sifatini (tashqi belgilariga ko'ra) hamda tovar va uni tayyorlovchi to'g'risida zarur ma'lumotlar borligini tekshirish;

🔹 zarurat bo'lganda buyumlarni tozalash va dazmollash hamda mayda tuzatish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Muammolarga huquqiy yechim topa olmayapsizmi?

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

To'qimachilik korxonalariga elektr iste'moli uchun 1 oylik oldindan to'lov talabi bekor qilinadi

“Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–2-son, 10.01.2023-y.) qabul qilindi

Farmonga ko'ra, gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni mablag' bilan ta'minlash uchun 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablag'lar 3 yil muddatga yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.

❗️ To'qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga elektr energiyasi iste'moli uchun bir oylik oldindan to'lov talabi bekor qilinadi.

Soha korxonalarini aylanma mablag' bilan ta'minlash uchun 2023-yil 1-aprelgacha 2 yil muddatga 500 million AQSH dollari miqdorida xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablag'larini jalb qilish choralari ko'riladi.

▶️ To'qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va do'konini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 100 ming AQSH dollarigacha mablag'ni chet elga o'tkazishga ruxsat beriladi.

📁 Yil yakuniga qadar Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida to'qimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida to'qimachilik va charm sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark tashkil etiladi.

🗓 2023-yil 1-aprelgacha talab yuqori bo'lgan professional kasblar (tikuvchi, bichuvchi, yigiruvchi, mexanik) yo'nalishida dual ta'lim tizimida mutaxassislar tayyorlash va xorijiy (Germaniya, Turkiya) ta'lim dasturlarini joriy qilish bo'yicha pilot loyihalar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida amalga oshiradi.

🏢 2023/2024-o'quv yilidan Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida to'qimachilik sanoatida talab yuqori bo'lgan mutaxassislarni (muhandis, texnolog, dizayner, marketolog) tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlari ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, ish haqi milliy valyutada (so'mda) to'lanadi.

🚫 Ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida to'lash taqiqlanadi.

❗️Mehnatga natura shaklida haq to'lash taqiqlanadi, bundan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.

🏢 Xodimga ish haqini to'lash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi.

📝 Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo'limlari orqali to'lashga yo'l qo'yilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq to'lanadi.

⚠️ Agar xodim ish haqi to'lanadigan kuni ish beruvchining topshirig'ini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida bo'lsa va boshqalar) bajarayotgan bo'lsa, xodimning iltimosiga ko'ra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini o'z hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga to'lashi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“Hunarmand” uyushmasiga a'zo hunarmandlar professional ta'lim muassasalarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik bo'yicha ta'lim berishda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuzish va ko'rsatilgan xizmat uchun soliq to'lamaslik huquqiga ega.

➡️ “Usta-shogird” maktabi o'quvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2,5 barobari miqdorida sug'urta to'lovi to'langan taqdirda mehnat stajiga qo'shiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko'proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo'yicha ular ishga tushirilgan paytdan e'tiboran 10 yil muddatga soliqdan ozod etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o'tkazildi

➡️ Batafsil
bu yerda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Barcha toifadagi yo'lovchi tashish poezdlarining yotoq joyli vagonlari, shuningdek o'tirish joylariga ega tezkor yo'lovchi tashish poezdlarining vagonlari kuzatuvchilari, yo'lovchilarni ularning iltimosiga ko'ra tashuvchi belgilagan narxlarda kuniga kamida 3 marta choy bilan ta'minlashi kerak.

❗️ Yo'lovchi tashish poezdining barcha yo'lovchilari butun yo'nalish davomida sovutilgan qaynatilgan ichimlik suv bilan bepul ta'minlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so'mgacha ustamalar beriladi

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi to'g'risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3416, 16.01.2023-y.)

🔰 Nizomga ko'ra, Jamg'arma mablag'lari quyidagi 2 yo'nalish bo'yicha sarflanadi:

🔹 75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag'batlantirishga;

🔹25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta'mirlashga.

🔢 Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag'batlantirishning quyidagi turlari qo'llaniladi:

▫️tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmasevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;

▫️yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so'mgacha maxsus oylik ustamalar;

▫️oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo'shimcha ustamalar;

▫️tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.

❗️ Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔸 O'g'rilik, ya'ni o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔸 Talonchilik, ya'ni o'zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔸 Bosqinchilik, ya'ni o'zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib yoki shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Issiq suv berishda tanaffusning yo'l qo'yiladigan davomiyligi:

🔹 boshi berk magistralda avariya yuz berganda – uzluksiz 24 soat;

🔹 issiq suv ta'minotining muhandislik – markazlashtirilgan texnikaviy ta'minlash tarmoqlarida har yilgi ta'mirlash va oldini olish ishlarini bajarish uchun – 15 sutka.

❗️ Issiq suv berishda tanaffusning yo'l qo'yiladigan davomiyligi oshishining har bir soati uchun Yetkazib beruvchi tomonidan issiq suv ta'minoti uchun qo'shimcha to'lov hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil etiladi

“Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–11-son, 16.01.2023 y.) qabul qilindi

📁 Farmon bilan 2023 – 2026 yillarga mo'ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiya doirasida sudlar faoliyatini to'liq raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma'lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish odil sudlovni ta'minlashning vazifalaridan biri etib belgilandi.

➡️ Farmonga ko'ra, sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma'muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash choralari belgilanadi.

🔰 Quyidagilar Odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashish bo'yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi etib belgilandi:

▫️Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmalari;
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarining jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash bo'yicha tegishli bo'lim va tarmoqlari;
▫️tuman (shahar) prokurorlarining mazkur yo'nalishlar bo'yicha tegishli o'rinbosari va yordamchilari.

🏢 Oliy Sud tizimida Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil etiladi.

📝Shuningdek, 2023 – 2026 yillarga mo'ljallangan sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim sud ishlarini yuritish ma'muriy organlarga o'tkaziladi

"Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–12-son, 16.01.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil 1 sentabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to'liq joriy etiladi.

☑️ Farmonga ko'ra, quyidagilar joriy etiladi:

🔹 ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlarni ko'rish vakolati ma'muriy organlarga o'tkaziladi;

🔹ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlar quyi instansiya sudlarining o'zida yakunlash tartibi belgilanadi.

🔢 Ayrim yo'nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko'paytiriladi.

🏢 Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o'tiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Kulinariya mahsuloti (ko'rsatilayotgan xizmatlar) sifatida kamchiliklar, kam tortishlar yoki hisob-kitobdan urib qolishlar aniqlangan taqdirda umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariyati va xodimlari iste'molchining tanlashiga ko'ra:

🔸 belgilangan kamchiliklarni bepul bartaraf etishi;

🔸 kulinariya mahsuloti (xizmatlar) uchun to'lov miqdorini kamaytirishi;

🔸 qo'shimcha haq to'latmasdan xuddi shunday taomni, kulinariya mahsulotini tayyorlashi (xizmatni takroran bajarishi);

🔸 iste'molchining sifatsiz kulinariya mahsuloti sotib olish (xizmatlarni bajarish) bilan bog'liq xarajatlarini to'liq qaytarishi;

🔸 yetkazilgan ma'naviy zararni qoplashi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Quyidagi turdagi tovarlarning ko'chma savdosi taqiqlanadi:

▫️ texnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar;

▫️tez buziladigan tovarlar (sovitkich yoki muzlatkich bilan jihozlangan hollar bundan mustasno);

▫️yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar;

▫️bolalar oziq-ovqat mahsulotlari;

▫️hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, oziqalar va ozuqabop qo'shimchalar;

▫️aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;

▫️hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qo'llaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;

▫️diniy mazmundagi materiallar;

▫️qonunchilik hujjatlari bilan ko'chma savdo obyektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tuman (shahar) "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'laridan “Temir daftar” va “Ayollar daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yosh oilalarning o'quvchi farzandlari uchun 1 kalendar yilida bir marotaba maktab formasi hamda o'quv qurollari uchun xarajatlarini qoplab berish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

🔹 uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

🔹 uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

🔹 uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

🔹 uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin