Huquqiy axborot | Lotin
6.22K subscribers
3.73K photos
285 videos
2 files
8.14K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2022_yil_1_noyabrdan

☑️ Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro'yxatga olinadi.

❗️ Bunda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mazkur tizimda ro'yxatga olinmagan tekshiruvlarni o'tkazish noqonuniy hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🔰 Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarning mehnatga layoqatli va ishsiz bo'lgan oila a'zolarini o'zini o'zi band qilish hamda bo'sh (vakant) ish o'rinlariga ishga joylashtirishda amaliy yordam ko'rsatadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, maishiy iste'molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog'iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi.

🏢 Bunda gaz ta'minoti tashkiloti mazkur iste'molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzish hamda tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko'rishi shart.

❗️ Ammo iste'molchilarning boshqa toifalariga tabiiy gaz faqat shartnoma asosida yetkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatishdagi eng soʻnggi yangiliklar, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan @davxizmat telegram kanali orqali tanishing.

Bunda foydalanuvchilar yangiliklar bilan tanishish barobarida davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlib borishi mumkin.

Telegram: @davxizmat
Instagram: instagram.com/davxizmat.uz
Youtube: bit.ly/3sQyv05
#2022_yil_1_noyabrdan

🔰 Aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida ID-kartaga joylashtirilgan ERI kalitlari orqali Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo'shiladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fors-major holatlarini tasdiqlash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi

Hukumat qarori (625-son, 28.10.2022-y.) bilan Yengib bo'lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🔰 Reglament bilan tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investitsiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O'zbekistonda boshlangan yoki bo'lib o'tgan yengib bo'lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash bo'yicha davlat xizmati ko'rsatish tartibi belgilandi.

📃 Unga ko'ra, fors-major holatlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.

📝 Talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish to'g'risidagi qaror vakolatlari organ tomonidan so'rovnoma qabul qilingan kundan boshlab 13 ish kunida qabul qilinadi.

Sertifikat olish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

▫️shartnoma, qo'shimcha kelishuv hamda ularning spesifikatsiya nusxalarini;
▫️shartnoma bo'yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlarni.

🚫Talabgordan ushbulardan boshqa ma'lumot va hujjatlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi.

💰 Sertifikat berish uchun BHMning 90 foizi (270 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

Sertifikat muddatsiz davrga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikasiyalash fuqaroning xohishiga qo'ra quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

🔹 Davlat xizmatlari markazi;
🔹 Notarial idora;
🔹 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🗓 1 noyabrdan nimalar o'zgaradi?

▫️Shifokorlarga ehtiyoj bor hududlarda talabalar ishga joylashtiriladi. BATAFSIL

▫️Nikoh tuzish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish eksperimenti o'tkaziladi. BATAFSIL

▫️O'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari kengaytiriladi. BATAFSIL

▫️“Korobka” holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi. BATAFSIL

▫️Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi. BATAFSIL

▫️Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste'mol krediti ajratiladi. BATAFSIL

▫️Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma'lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi. BATAFSIL

▫️Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi. BATAFSIL

▫️Ko'p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo'shimcha obyekt qurish taqiqlanadi. BATAFSIL

▫️“Yagona davlat nazorati” tizimida ro'yxatga olinmagan tadbirkorlarni tekshirish noqonuniy hisoblanadi. BATAFSIL

▫️Harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini ish bilan ta'minlashga ko'maklashiladi. BATAFSIL

▫️Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi. BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Transport vositasining haydovchisi quyidagi hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishga majburdir:

🔹 IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan xollarda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun;

🔹 mazkur xodimlar yo'l-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini shatakka olish uchun (faqat yuk avtomobilidan);

🔹 kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borishga.

❗️ Bunda, transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo'l varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib o'tilgan masofani, o'z ismi-familiyasi, mansabi, ish joyi nomini, yo'l varaqasi bo'lmagan taqdirda, belgilangan tartibda ma'lumot yoki xabar yozib berishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlar o'z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko'rsatishi mumkin.

❗️ Bunda, yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022 yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏫 Sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-ta'lim muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilgan:

🔹 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida g'olib hamda sovrindor bo'lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta'lim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024 yil 1 yanvargacha ijara to'lovlarisiz berish;

🔹 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha nodavlat sport-ta'lim muassasasi tomonidan xizmatlarni ko'rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to'lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

🔹kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
🔹qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
🔹bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
🔹yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, mehnat shartnomasiga quyidagi shartlarning kiritilishi o'z o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi:

🔹 xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

🔹mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talablarini buzadigan;

🔹 majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

🔹 xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o'zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan, sha'niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.

❗️ Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo'lmaydi.

⚠️ Kodeks rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach (2023 yil 30 apreldan) kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (628-son, 01.11.2022 y.) bilan Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi

⚠️ Gidroponika – tuproqsiz sun'iy muhitda o'simliklarni yetishtirish usuli.

💰Nizomga muvofiq, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi, uskuna qiymatining 100 mln. so'mdan oshmagan qismi respublika byudjetidan qoplab beriladi.

📝 Subsidiya olish uchun my.vetgov.uz yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga murojaat qilinadi.

🔰 Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

▫️uskunalarni o'rnatish bo'yicha shartnoma va hisobvaraq-faktura hujjatlari nusxasi;
▫️uskunalar import qilinganda bojxona yuk deklarasiyasi nusxasi.

🗓 Vakil arizani ko'rib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim qiladi va komissiya arizani ko'rib chiqib 5 ish kunida xulosa beradi.

➡️ Xulosa my.vetgov.uz orqali “O'zbekchorvanasl” agentligiga yuboriladi.

Agentlik 1 ish kunida subsidiya berish yoki rad etish to'g'risida ariza beruvchini xabardor qiladi.

🔢 Agentlik yil davomida subsidiya oluvchilardan tushgan arizalarni umumlashtirib pul ajratish uchun Moliya vazirligiga buyurtma beradi.

☑️ Moliya vazirligi 1 ish kunida subsidiyani ariza beruvchining hisobraqamiga o'tkazib beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (150 ming so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u:

▫️ 3 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

▫️ 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

▫️ 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

▫️ 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

▫️ 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo'lishi mumkin emas.

⚠️ Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori o'rtacha oylik ish haqidan kam bo'lishi mumkin emasligi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:

❗️Dam olish kuni bayram kuniga to'g'ri kelsa keyingi kunga ko'chiriladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Issiqxona xo'jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi

“Issiqxona xo'jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–413-son, 02.11.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, issiqxona xo'jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

↗️ Issiqxona xo'jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.

🗓 Issiqxona xo'jaliklarini aylanma mablag' bilan ta'minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

☑️ Bunda mazkur kreditlar Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.

📌Issiqxona xo'jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag'lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag'batlantirish agentligi mablag'lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi.

➡️ Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yig'ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.

⚠️ Issiqxona xo'jaliklariga tabiiy gaz bo'yicha to'lovni o'z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022 yil 1 oktabrdan 2023 yil 1 aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin