#Bilasizmi
✅ Qonunchilikka ko'ra, yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g'oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida 3 nafardan g'olibga grantlar berish amaliyoti joriy etilgan.
💰Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablag'lari beriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

🚕 Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻla toʻxtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
👉 Buning iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
🚫Yoʻlovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish va unga xalaqit berish;
▪️harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Donni qabul qilish va omborlardan chiqarish bo'yicha d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi
“G'allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–262-son, 28.05.2022-y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, 2022-yil hosilidan sug'oriladigan maydonlarning har gektaridan o'rtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna bug'doyning:
➖1 783,5 ming tonnasi tovar bug'doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasi urug'lik uchun Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan xarid qilinadi;
➖500 ming tonnasi fermer xo'jaliklari hamda boshqa g'alla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamg'armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi.
☑️ 2022-yil hosili uchun bug'doy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug'doy 2022-yilning iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi.
✅ Jamg'arma mablag'lari hisobidan xarid qilingan va bug'doy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:
▫️3 va undan yuqori sinflardagi bug'doy – birjadan xarid qilingan bug'doyning 75 foizidan kam bo'lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega tadbirkorlarga;
▫️4- va 5-sinflardagi bug'doy – barcha tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.
➡️ Olis, borish qiyin bo'lgan va tog'li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha transport xarajatlarining50 foizigacha qismi qoplab beriladi.
⏩ Qarorga ko'ra, donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi.

#2022_yil_1_iyundan
🔰 Xorijdagi nufuzli OTMda o'qiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan O'zbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
➖ yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan ta'minlanadi;
➖ davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.

⚠️ Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg'on axborotni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (27 mln so'mgacha) jarimaga tortilishi mumkin.
☑️ Shuningdek, yolg'on axborot tarqatganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo'l qo'ysa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:
➖BHMning 200 baravarigacha (54 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
➖300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
➖2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
➖2 yilgacha ozodlikni cheklash.

✅ Qonunchilikka ko'ra, suvni tejaydigan sug'orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiyalar ajratiladi.
🔰Subsidiya olgan qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyadan:
▫️ birinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 100 foiz:
▫️ ikkinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 80 foiz:
▫️ uchinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 60 foiz:
▫️ to'rtinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 40 foiz:
▫️ beshinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 20 foiz qismini subsidiya bergan vazirlik va idoraga belgilangan tartibda qaytaradi.
☑️ Agar qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyadan 5 yil davomida to'liq foydalansa, berilgan subsidiya unda to'liq qoldiriladi.

Advokatura faoliyati raqamlashtiriladi
“Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–263, 30.05.2022-y) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan:
▫️advokatlik faoliyati uchun litsenziya berish, malaka imtihonini topshirish tartibi saqlangan holda, “Litsenziya” axborot tizimi orqali;
▫️advokatlik tuzilmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va tugatish YIDXP orqali amalga oshiriladi;
▫️advokatlikni boshlashda malaka imtihonini topshirish, litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha kompozit xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratiladi.
✅ 2023-yil 1-yanvardan fuqarolarga yuridik yordam ko'rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integrasiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushiriladi.
🔰 Mazkur axborot tizimi doirasida:
➖advokatlar elektron reestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabineti shakllantiriladi;
➖advokatning shaxsiy elektron kabineti orqali jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn muloqot qilish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonch bildiruvchi shaxs xohishiga asosan masofadan turib yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida onlayn bitimlar (shartnomalar) tuzish va onlayn yuridik yordam ko'rsatish imkoniyati yaratiladi;
➖advokatura, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o'rtasida elektron hujjatlar almashinuvi yo'lga qo'yiladi;
➖tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlari yoki sud majlisi o'tkazilish vaqti va joyi to'g'risida advokatga elektron xabar berish imkoniyati yaratiladi;
➖advokat so'rovini elektron yuborish va advokat so'rovi asosida yuridik yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
➖advokatning o'z arizasiga ko'ra advokatlik maqomini to'xtatib turish elektron tarzda advokat tomonidan xabarnoma berish shaklida amalga oshiriladi.

“Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi
🔰 Qarorga ko'ra, 2023-yil 1-fevraldan:
🔸 QR-kod qo'yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
🔸 order qog'oz shaklda rasmiylashtirilganida, “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi;
🔸 advokat so'rovi shakliga qo'yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko'chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
✅ “Yuridik yordam” axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan:
➖ davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo'li bilan aniqlanadi;
➖ advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
➖ advokatlik tuzilmalaridan statistik ma'lumotlarni an'anaviy shaklda yig'ish bekor qilinib, ular avtomatik ravishda umumlashtiriladi.

Ko‘p kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkaziladi
https://bit.ly/3PTcUy7

Teletype

“O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...
#2022_yil_1_iyundan
💰 Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi stasionar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun qo'shimcha ustama haqi belgilanadi.
☑️ Shuningdek, qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlari gepatit “B” kasalligiga qarshi bepul emlanishi yo'lga qo'yiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
💰 Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi stasionar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun qo'shimcha ustama haqi belgilanadi.
☑️ Shuningdek, qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlari gepatit “B” kasalligiga qarshi bepul emlanishi yo'lga qo'yiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Davlat muzeylariga soat 22:00 gacha xizmat ko'rsatish huquqi beriladi
“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–261, 27.05.2022-y) qabul qilindi
🔰Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan:
➖davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha xizmat ko'rsatish huquqi beriladi;
➖zaruratga ko'ra, davlat muzeylari tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
➖pulli xizmatlar ko'rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo'shimcha to'lovlar to'lanadi va ular moddiy rag'batlantiriladi;
➖davlat muzeylariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qo'shimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.
✅ Davlat tashkilotlari va muassasalari o'zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.
➡️ Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-iyuldan aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag'batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etiladi.
🔘 “Moziyga sayohat” dasturi doirasida, jumladan:
▫️“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo'lgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;
▫️“Daftar”larga kiritilgan fuqarolarning temir yo'l chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari to'liq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg'armalari hisobidan qoplanadi.

🚫 Qonunchilikka ko‘ra, ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, BHM ning uchdan bir qismi (90 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
⚠️ Tamaki mahsulotini maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalarda iste’mol qilish lozim.

#Davlat_xizmatlari_reglament
Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma olish tartibi
⚠️ Xizmat: Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to'g'risida ma'lumotnoma berish
🙎♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
🔄 Xizmatni ko'rsatish tartibi:
1. Ariza beruvchilar ma'lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o'zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.
2. So'rovnoma to'ldirilib, vakolatli organ (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi)ga elektron tarzda yuboriladi.
3. Markaz so'rovnoma tushgan va to'lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo'yilgan ma'lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.
🗓 Xizmatni ko'rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida
🔰 Xizmat narxi:
➖ BHMning 3 foizi miqdorida – 8 100 so'm;
➖ Yаgona portal orqali topshirilganda miqdori – 7 290 so'm.
📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (535-son, 02.09.2020-y.)

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi
Adliya vazirligi bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!
Farzandingizga beradigan eng yaxshi hadyangiz – vaqtingizdir!
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Adliya vazirligi bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!
Farzandingizga beradigan eng yaxshi hadyangiz – vaqtingizdir!
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_iyundan
▫️ Ayrim yoshlar OTMga o'qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to'lovlardan ozod etiladi. ➖ BATAFSIL
▫️ Ish haqi miqdori oshiriladi. ➖ BATAFSIL
▫️ 38 turdagi davlat xizmatlarini YIDXPda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi. ➖ BATAFSIL
▫️ Yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badalini qoplashga subsidiya beriladi. ➖ BATAFSIL
▫️ Ayrim nogironligi bo'lgan shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi. ➖ BATAFSIL
▫️ Davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining ish haqi oshiriladi. ➖ BATAFSIL
▫️ Xodimlarga O'zbekiston bo'ylab sayohat xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. ➖ BATAFSIL
▫️Oilaviy poliklinika xodimlarining kunduzgi ish vaqti uzaytirilib, ularga qo'shimcha ustama haqi to'lanadi. ➖ BATAFSIL
▫️ Ayrim xorijiy davlatlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili ish boshlaydi. ➖ BATAFSIL

Ko'p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o'zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–773-son, 31.05.2022-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi hamda Soliq kodekslariga o'zgartirishlar kiritildi.
🔰Unga ko'ra:
☑️ Ko'p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
❗️Ko'p kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) to'siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o'zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan ko'p kvartirali uylarda va ko'p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o'zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish:
▫️fuqarolarga BHMning 30 baravarigacha (9 mln so'mgacha);
▫️mansabdor shaxslarga 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
✅ Ushbu huquqbuzarlikni (to'siq konstruksiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko'p kvartirali uydagi to'siq konstruksiyalarning amalga oshirilgan o'zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo'l qo'yilgan buzilishlarni, ko'p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
⏩ Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi huzuridagi Ko'p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi.
🔰 Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra:
➖ boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash, shuningdek ko'p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo'yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;
➖bu bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag'lar soliqqa tortilmaydi.
🗓 Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi
https://bit.ly/3GATMAs

Prezident qarori (PQ–265-son, 31.05.2022-y.) bilan Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Fuqaroviy qurol va uning o'q-dorilarini hadya etish taqiqlandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-772-son, 31.05.2022-y.) bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔰 “Prokuratura to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko'rsatilgan).
🔘Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartishlarga ko'ra, o'qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o'q-dorilarini haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish yoki musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emasligi belgilandi.
➡️ Ov qilish va baliq ovlash, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytirildi.
🚫 Shu bilan birga, “Qurol to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, O'zbekiston hududida fuqaroviy qurol va uning o'q-dorilarini hadya etish taqiqlandi.
❗️Fuqarolar va maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning xodimlari qurolga egalik qilishga qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi.
📋 Qonun bilan shuningdek, xizmat quroliga hamda fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro'yxatlari belgilandi.

Chetdan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to'xtatiladi
“Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta'sirchanligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–145-son, 31.05.2022-y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko'ra, 2022-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvargacha bir qator tovarlarni (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilandi.
🚫 2022-yil 1-iyundan quyidagilarni O'zbekistondan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlandi:
▫️o'simlik yog'i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog'i;
▫️kungaboqar urug'lari hamda boshqa yog' o'simliklarining urug'lari va mevalari.
☑️ 2023-yil 1-yanvargacha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo'yicha cheklovlar hamda O'zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to'xtatiladi.
⏩ 2022-yil 1-avgustgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qo'shimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmi joriy qilinadi.

#Diqqat_tanlov
❗️Velosiped yutib olishni istaysizmi? “Bir qadam” videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
➡️ Batafsil: https://youtu.be/71ryAPvFOJI

YouTube
Velosiped yutib olishni istaysizmi?
#Diqqat_tanlov
✅ Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15 maydan 15 iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi eʼlon qilingan.
Oylik doirasida “Bir qadam” videoroliklar…

🔰 Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:
🔹 mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 920 000 so'm;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so'm;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so'm;
🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so'm;
🔹 bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so'm;
🔹 zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so'm;
🔹 ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 500 000 so'm;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo'yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so'mdan iborat.