Huquqiy axborot | Lotin
6.26K subscribers
3.79K photos
336 videos
2 files
8.33K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Adliya_xabari

14-MAY DAM OLISH KUNI HISOBLANADI

Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi PF–131-son Farmoniga asosan 2022-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga o'zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq:
3-may qo'shimcha dam olish kuni;
4-may 7-maydan ko'chirilgan dam olish kuni etib belgilandi.

14-may (shanba) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.

3-may qo'shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani uchun boshqa kuni ishlab berilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_maydan

▫️Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam beriladi Batafsil

▫️Yangi tahrirdagi Yo'l harakati qoidalari amalga kiritiladi Batafsil

▫️Chet el fuqarolariga O'zbekistonda ko'chmas mulk olishlari yengillashadi Batafsil

▫️Istalgan “Avtomobil tarixi” oid ma'lumotlarini olish mumkin Batafsil

▫️Xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib belgilanadi Batafsil

▫️Xalqaro aeroportlarda aviaspotting bilan shug'ullanish uchun kuzatish maydonchalari faoliyat ko'rsatadi Batafsil

▫️Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so'mgacha grant ajratiladi Batafsil

▫️Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo'shimcha pul beriladi Batafsil

▫️
Pensiya miqdori oshiriladi Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, quyidagilarga to'lanadigan boshlang'ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig'i undirilmaydi:

olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;

olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta'lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma'lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

🌐 gendermadad.uz portali ishga tushirildi

Ayollar va erkaklar huquqlarini teng himoya qilish, ularga bepul huquqiy ko'mak berish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Gender madad huquqiy platformasi ishga tushirildi.

Batafsil: https://youtu.be/61fTvXQP47g

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.

‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etib, ezgu niyatlaringiz ijobatini tilaymiz!

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollaridan ko'pni tashkil qiladigan tadbirkorlarning xom ashyo importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.

2023-yil 1-yanvargacha tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetasiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o'simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Iste'molchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega.

➡️ Sotuvchi nazorat-o'lchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib ko'rsatishi, undan xavfsiz va to'g'ri foydalanishni o'rgatishi, zarurat bo'lsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.

➡️ Shuningdek, turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

▫️mexanik transport vositalarini boshqarishni o'rgatish;
▫️dvigateli ishlab turgan holda to'xtab turish;
▫️ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo'l belgilari va (yoki) yo'l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to'xtab turishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Quyidagilarda ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko'rsatilgan bo'lishi lozim:

👉🏻 dori vositalari;
👉🏻 tibbiy buyumlar;
👉🏻 oziq-ovqatlar;
👉🏻 maishiy kimyo tovarlari.

❗️Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko'rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o'tgan tovarlarni qabul qilish hamda sotish man etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰 Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar bo'yicha BHMning 50 foizi (135 ming so'm) miqdorida har oyda kompensatsiya pul to'lovlari to'lanadi.

📊 Bunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko'chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko'rsatkichlar orqali baholanadi.

☑️ Mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko'cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko'rsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to'plagan taqdirda to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, xorijiy oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim dasturlari bo'yicha – 50 nafar, magistratura ta'lim dasturlari bo'yicha – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg'armasi orqali qo'shimcha grantlar ajratib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ta'lim muassasalarida aholiga pullik xizmat ko'rsatuvchi sport to'garaklari tashkil etiladi.

❗️Kam ta'minlangan oilalardan to'garakka boradiganlarga to'lovlar 50 foizga kamaytiriladi.

➡️ Bunda oilaning kam ta'minlanganligi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali aniqlanadi.

Bir oiladan 2 yoki undan ko'p farzand ishtirok etganda, to'lovlar imtiyozli ravishda har bir bola uchun 70 foiz miqdorida qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔹Ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishi mumkinmi?

▫️Hokimliklar ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga aralashuviga yo'l qo'yilmaydi.

🔹Ko'p kvartirali uyni boshqarish, uning boshqaruv usulini belgilash tartibi qanday?

▫️Ko'p kvartirali uyni boshqarish, boshqaruv usulini belgilash uy-joylar mulkdorlarining umumiy yig'ilishi tomonidan hal etiladi.

▫️Umumiy yig'ilish quyidagi vakolatlarga ega:

banklardan kredit olish to'g'risida qarorlar qabul qilish;
ko'p kvartirali uylarning boshqarish organlari faoliyatini nazorat qilish;
ko'p kvartirali uylar boshqarish organlarining hisobot berish tartibini belgilash.

☑️ Boshqarish usulini tanlash to'g'risida mulkdorlar o'rtasida kelishuvga erishilmaganda Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish hududiy bo'linmasi 3 oyda boshqarish organi vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv tashkilotini belgilaydi.

🔘 Boshqarish usuli umumiy yig'ilishning qarori asosida istalgan vaqtda o'zgartirilishi mumkin.

❗️ Umumiy yig'ilishning boshqaruv usulini tanlash to'g'risidagi qarori mazkur ko'p kvartirali uydagi barcha mulkdorlar uchun majburiy.

🔹Ko'p kvartirali uyni shirkatlar boshqarishi mumkinmi?

▫️Ha, mumkin.
Shirkat uy-joylar mulkdorlarining tashabbusiga ko'ra tashkil etiladi va o'z ustaviga muvofiq o'zini o'zi boshqarish asosida faoliyat ko'rsatadi.

➡️ Shirkatni tashkil etish to'g'risidagi qaror har bir ko'p kvartirali uydagi barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining 50%dan ko'pi hozir bo'lgan joylar mulkdorlarining ta'sis yig'ilishida qabul qilinadi.

📌 Shirkat raisi vakolati tugatilganda, 3 ish kunida rais ko'p kvartirali uyning texnik hujjatlarini, qoldiq pul mablag'larini, shirkat muhrini va shirkatni boshqarish bilan bog'liq boshqa hujjatlarni, rais majburiyatlarini zimmasiga olgan shaxsga topshirishi shart.

🔹Ko'p kvartirali uylarni boshqarishga hokimliklar g'ayriqonuniy aralashganda uy-joy mulkdorlarining qanday huquqlari mavjud yoki ular qaerga murojaat qilishlari mumkin?

▫️Bunday holatda ma'muriy sudlarga murojaat qilish mumkin. Manfaatdor shaxslar ma'muriy organning qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to'g'risida ariza (shikoyat) bilan ma'muriy sudga murojaat qilishga haqli.

▫️Manfaatdor shaxs o'zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida ma'lum bo'lgan paytdan 3 oy ichida sudga murojaat qilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlariga xushbo'y hid beruvchilar, rang beruvchi moddalar, konservantlar va rang beruvchi ekstraktlarni qo'shishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“Usta-shogird” maktabi o'quvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2,5 barobari miqdorida sug'urta to'lovi to'langan taqdirda mehnat stajiga qo'shiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarni xorijga ishga jo'natish uchun haq undirishi taqiqlanadi.

➡️ Bunda ishga joylashtirish bo'yicha xizmatlarga haq to'lash ish beruvchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

Xususiy bandlik agentliklarining ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari uchun esa BHMning 1 baravari (270 ming so'm) miqdordan ko'p bo'lmagan miqdorda haq undirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish markazida Oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

Mazkur kurslarda oliy ma'lumotga ega bo'lgan barcha shaxslar suhbat tarzidagi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib o'qishlari mumkin.

Kurs yakuni bo'yicha davlat namunasidagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo'ladi.

➡️ Ayni damda kurslarning masofaviy tarzda tashkil etiladigan ta'lim yo'nalishiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (233-son, 05.05.2022-y.) bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

🔰Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo'yicha o'tkaziladigan imtihonlar asosida amalga oshiriladi.

➡️ O'quvchilar faqat o'z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

📁Tanlovda qatnanish uchun qabul komissiyasiga platforma orqali hujjatlar (tug'ilganlik guvohnomasi, tabel nusxasi, 3x4 rasm, olimpiada g'olibligini tasdiqlovchi hujjat (bor bo'lsa) yuboriladi.

Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida o'tkaziladi:

▫️aniq fanlar yo'nalishida: matematika, fizika, ingliz tili;
▫️tabiiy fanlar yo'nalishida: biologiya, kimyo, matematika, ingliz tili.

☑️ Maktablarda ta'lim aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-11 sinflar, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-11 sinflarda amalga oshiriladi.

🔘Har bir sinfda o'quvchilar 24 nafardan ko'p bo'lmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yozgi Osiyo o'yinlari g'oliblari 5 ming dollargacha rag'batlantiriladi

“2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo'lib o'tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–234-son, 05.05.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, mazkur Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilandi.

🔰 Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha rag'batlantiriladi:

🔘 G'olib va sovrindorlar:

▫️oltin medal uchun – 5 000 AQSH dollari;
▫️kumush medal uchun – 3 000 AQSH dollari;
▫️bronza medal uchun – 2 000 AQSH dollari;

🔘 G'olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

▫️
oltin medal uchun – 2 500 AQSH dollari;
▫️
kumush medal uchun – 1 500 AQSH dollari;
▫️
bronza medal uchun – 1 000 AQSH dollari;

🔘 boshqa mutaxassislar (shifokor, dietolog, massajist va boshqalar):

▫️oltin medal uchun – 2 000 AQSH dollari;
▫️
kumush medal uchun – 1 000 AQSH dollari;
▫️
bronza medal uchun – 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari.

➡️ Bundan tashqari, g'olib va sovrindorlar, trenerlar qo'shimcha ravishda mahalliy byudjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔘 G'olib va sovrindorlar:

▫️
oltin medal uchun – BHMning 300 baravari;
▫️
kumush medal uchun – BHMning 200 baravari;
▫️
bronza medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

🔘 G'olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

▫️
oltin medal uchun – BHMning 200 baravari miqdorida;
▫️kumush medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;
▫️bronza medal uchun – BHMning 50 baravari miqdorida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin