Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.73K photos
287 videos
2 files
8.15K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, ichki turizm sohasida 2023-yil 31-dekabrgacha quyidagi tartib joriy etilgan:

👉 ish beruvchining turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega sub’yektlardan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublika boʻylab turistik yoʻllanmalarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida koʻrib chiqilmaydi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi joriy etiladi

Prezident farmoni (PF–121, 27.04.2022 y.) bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.

Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma'lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko'maklashish.

📌 Farmon bilan kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.

☑️ “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida:

👉 Maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o'z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot vositalari uchun bojxona to'lovlari (bojxona yig'imlaridan tashqari) to'lashdan ozod etiladi;

👉 Maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo'yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat'iy belgilangan stavka bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰Tadbirkorlarga mahalliy intensiv ko'chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarini qoplash uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

🔹intensiv meva va uzum ko'chati uchun – 8 000 so'm;
🔹payvandtag uchun – 2 500 so'm.

Subsidiya miqdori tok ko'chatlari (xo'raki va kishmishbop) uchun 0,15, urug'li mevalar uchun 0,50, danakli mevalar uchun 0,75, yong'oq mevalar uchun 1,00 koeffisientlarni bazaviy hisoblash miqdoriga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mualliflik huquqini buzayotgan saytlarning reestri yuritiladi

“Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qo'mitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reestriga (Reestr) kiritilgan tovar belgilari bo'yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

☑️ 2022-yil 1-avgustdan quyidagi tekshirish va o'rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:

▫️sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo'llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni o'rganish va tekshirish;
▫️Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro'yxatidan o'tkazishda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.

➡️ 2022-yil 1-iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug'ullanuvchi barcha organlar “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishi mumkin.

🔘 2022-yil 1-sentyabrdan
“Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk obyektlarini Reestrga kiritish to'g'risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo'yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo'lga qo'yiladi.

2023-yil 1-yanvargacha intellektual mulk obyektlarining auksion savdosini o'tkazadigan “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.

🖥 2022-yil 1-oktyabrgacha Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reestri” axborot tizimi ishga tushiriladi.

📋 Qaror bilan 2022–2026-yillarda O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ 2023-yil 1-yanvargacha ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to'liq qoplab beriladi.

🗓 Ish beruvchi tomonidan ariza soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

➡️ Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi o'rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Pensiya va nafaqalarni oshirish bo'yicha Prezident farmoni imzolandi.

🔰Farmonga ko'ra, 2022-yil 1-maydan pensiya va nafaqalar 12 foizga oshiriladi.

Shuningdek:

🔹 eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi 14 foizga (440 ming so'mdan 500 ming so'mga) oshiriladi;

🔹 9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo'lgan fuqarolarga 15 million so'mdan beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Adashib jinoyatga qo'l urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan fuqarolarni afv etish bo'yicha Prezident farmoni imzolandi.

➡️ Shunga ko'ra, Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaro afv etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Asalarichilik xo'jaliklariga – "O'zbekiston asalarichilari" uyushmasi a'zolariga asalari oilalarini asal yig'ish mavsumi davomida o'rmon fondi yerlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qo'riqxonalari, biosfera rezervatining qo'riqlanadigan zonasidan tashqari), tog' va tog'oldi hududlari, tabiiy pichanzor va yaylovlar hamda qishloq xo'jaligi yerlari foydalanishga bepul beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Pensiya miqdori oshirildi

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–128-son, 29.04.2022-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo'qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.

➡️ Shunga ko'ra, O'zbekiston hududida pensiya va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:

▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 so'm;
▫️yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 633 000 so'm;
▫️nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 so'm;
▫️mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lganlarga beriladigan nafaqa – oyiga 698 000 so'm;
▫️1941-1945 yillardagi urushda nogiron bo'lgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 so'm;
▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 so'mdan) 698 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 so'm.

Shuningdek, 2022-yil 1-maydan:

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so'm;
🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 so'm;
🔹boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 so'm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun – 185 000 so'mdan qo'shiladi;
🔹boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 so'm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

🔰 Hukumat qarorlari (224-son, 227-son, 29.04.2022-y.) bilan:

● Maqsud Uzoqovich Isoqov Geologiya fanlari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib;

● O'ral Chorievich Axmedov Termiz muhandislik-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Bolalarning quyidagi kontingenti bog'chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

▫️I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning bolalari;
▫️ ko'p bolali oilalarning bolalari;
▫️yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
▫️“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning farzandlari;
▫️kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
▫️talabalar va pedagoglarning bolalari;
▫️akalari yoki opalari ushbu bog'chaning tarbiyalanuvchilari bo'lgan bolalar;
▫️ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog'chalardan umumiy turdagi bog'chalarga o'tkazilayotgan sog'aygan bolalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Aloqa operatorlari har bir abonentga hisobida puli bo'lmaganda ham quyidagi xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini ta'minlashi kerak:

yong'in xavfsizligi xizmati;
ichki ishlar organlari;
tez tibbiy yordam;
gaz tarmog'ining avariya xizmati;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Ramazon hayiti bayramida necha kun dam olamiz?

“Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2022 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may – dushanba kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

❗️2022 yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga muvofiq, Ramazon hayiti arafasida:

👉 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun;
👉
6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.

🔰 Bunda:

● 30 aprel (shanba) dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ish kuni):
● 1 may (yakshanba) – dam olish kuni;
● 2 may (dushanba) – Ramazon hayiti bayrami;
● 3–4 may (seshanba – chorshanba) – qo'shimcha dam olish kunlari (7- va 14 maydan ko'chirilgan).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

14-MAY DAM OLISH KUNI HISOBLANADI

Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi PF–131-son Farmoniga asosan 2022-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga o'zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq:
3-may qo'shimcha dam olish kuni;
4-may 7-maydan ko'chirilgan dam olish kuni etib belgilandi.

14-may (shanba) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.

3-may qo'shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani uchun boshqa kuni ishlab berilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_maydan

▫️Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam beriladi Batafsil

▫️Yangi tahrirdagi Yo'l harakati qoidalari amalga kiritiladi Batafsil

▫️Chet el fuqarolariga O'zbekistonda ko'chmas mulk olishlari yengillashadi Batafsil

▫️Istalgan “Avtomobil tarixi” oid ma'lumotlarini olish mumkin Batafsil

▫️Xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib belgilanadi Batafsil

▫️Xalqaro aeroportlarda aviaspotting bilan shug'ullanish uchun kuzatish maydonchalari faoliyat ko'rsatadi Batafsil

▫️Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so'mgacha grant ajratiladi Batafsil

▫️Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo'shimcha pul beriladi Batafsil

▫️
Pensiya miqdori oshiriladi Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, quyidagilarga to'lanadigan boshlang'ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig'i undirilmaydi:

olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;

olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta'lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma'lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

🌐 gendermadad.uz portali ishga tushirildi

Ayollar va erkaklar huquqlarini teng himoya qilish, ularga bepul huquqiy ko'mak berish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Gender madad huquqiy platformasi ishga tushirildi.

Batafsil: https://youtu.be/61fTvXQP47g

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.

‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin