#Bilasizmi
✅ Quyidadi xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to'liq qoplab beriladi:
➖ International English Language Testing System (IELTS);
➖ Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT;
➖ Graduate Management Admission Test (GMAT);
➖ Graduate Record Examinations (GRЕ);
➖ Scholastic Assessment Test (SAT).
➡️ Xarajatlari to'liq qoplab beriladigan xalqaro imtihonlar ro‘yxati bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

☑️ Davlat bolani zoʻravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol, inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan himoya qiladi.
➡️ Bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilish uning huquqiy oqibatlariga koʻra maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
❗️Shuningdek, bolalarni muttasil ravishda qiynash 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi
“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi
🔢 Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
⏩ Xususan, oilaviy sport ragʻbatlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.
✅ 2022-yildan har yili 30-iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi.
▫️1-bosqichda – koʻchalararo mahalla musobaqalari;
▫️2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
▫️3-bosqichda – sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
▫️4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
▫️5-bosqichda – viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.
Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladi.
☑️ 2023-yil 1-martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi.
📌 Yuqoridagi musobaqalar gʻoliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:
🔹tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
🔹viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
🔹respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.

🔘 O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

#Ijtimoiy_aksiya
❗️Barcha tibbiyot xodimlari diqqatiga!
▫️Huquqiy muammolaringiz bormi?
▫️Bepul huquqiy maslahat kerakmi?
⚠️ Adliya vazirligi tomonidan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul oʻtkaziladi.
⏰ Sayyor qabul 2022-yil 14-aprel kuni Toshkent stomatologiya instituti (eski ToshMI) hududida soat 14:00 da boshlanadi.
⚖️ Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:
🔹murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;
🔹Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO boʻlimlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar koʻrsatiladi.
📢 Sayyor qabulga barcha tibbiyot xodimlarini chorlaymiz!
📍Manzil: Toshkent shahri, 103, Taraqqiyot koʻchasi. Avtobus: 72, 103, 69. Metro: Mashinasozlar bekati

☑️ 2024-yil 1-yanvargacha QQS toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda goʻshtining har bir kilogrami uchun 2 500 soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.
➡️ Subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi.

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi
☑️ Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–762-son, 11.04.2022-y.) bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.
➡️ Unga koʻra, mazkur harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
📌 Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatishda, xalqaro yoʻlovchi tashish va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
❗️Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga koʻra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul mustasno) qaratilmaydi va qarzdorga javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.
⏩ Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, MHTEKMdan (822 ming soʻmdan) koʻp boʻlmagan summani undirish uchun esa ish haqiga, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.

Tibbiyot xodimlarining malaka toifasini olish muddati qisqartirildi
“Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–11.04.2022-y.) qabul qilindi
🔰Farmonga koʻra:
🔸 yuqori malakali va malakali mutaxassislar toifasiga kirmaydigan chet el fuqarosi boʻlgan shifokorlar uchun Oʻzbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma berganlik uchun yigʻim miqdori 6 baravarga kamaytirilib, BHMning 5 baravari miqdorida undiriladi (Ilgari BHMning 30 baravari miqdorida edi);
🔸 Oʻzbekistonga qisqa muddatga (bir oygacha) kelayotgan chet el mutaxassislariga Oʻzbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma olish talab etilmaydi;
🔸 Oʻzbekistonda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan davolash muassasalari tomonidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim bekor qilinadi;
🔸 davolash muassasalari (bundan sanatoriy va pansionatlar mustasno) uchun turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishga boʻlgan talab bekor qilinadi. Bunda, tashrif buyuruvchilarni hisobga olish elektron amalga oshiriladi.
🔄 Yuridik shaxslar tomonidan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvargacha uzaytirildi (ilgari 2024-yil 1-yanvargacha edi).
❗️Farmonga koʻra, tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallarini 2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kirishda QQSdan ozod qilinadi.
✅ Shuningdek, farmonga muvofiq:
▫️nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot OTMning klinik bazalari tashkil etilib, ularda shifokor va hamshiralar malakasi oshiriladi hamda qayta tayyorlanadi;
▫️malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirilgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilandi (Ilgari birinchi malaka toifasi uchun 7 yil, oliy malaka toifasi uchun 10 yil edi).

☑️ Qonunchilikka koʻra, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash taqiqlanadi.
❗️Shuningdek, ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protses ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va soʻroq qilish taqiqlanadi.

✅ Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq, yaʼni alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Yangi Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi
Hukumat qarori (172-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi
✅ Qarorga koʻra, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bogʻchalar atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Bunda Prezidentning tegishli qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi respublika komissiyasi qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.
☑️ Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
❗️Yuk avtomobillari, Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yoʻlning faqat oʻng qatnov qismidan harakatlanishi shart.
🚫Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib toʻxtash taqiqlanadi.
🚴♂️Sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur kaytaruvchi elementlar boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart.
Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.
📌 Shuningdek, aholi hamda haydovchilar oʻrtasida 7 yoshgacha bolalarni maxsus bolalar oʻrindigʻida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transportning orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari boʻyicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
🗓 Yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan amalga kiritiladi.

Servitut instituti takomillashtiriladi
“Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–204-son, 12.04.2022-y.) qabul qilindi
✅ Qaror bilan Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
➡️ “Yoʻl xarita” doirasida oʻzganing yeridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) instituti yanada rivojlantiriladi.
❗️Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerdan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlar takomillashtiriladi.
🔰 Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer ajratishning quyidagi tartibi joriy etildi:
➖temir yoʻl liniyalari va avtomobil yoʻllari uchun viloyat hokimlari qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
➖elektr, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi tarkibidagi ichki yoʻllar va kichik suv havzalari uchun yer ajratish talab etilmaydi (texnik talablarda belgilangan hollar mustasno). Bular uchun servitut belgilanadi;
➖servitut huquqi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmaganda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
➖servitut belgilangan yer uchun yer soligʻi (ijara to‘lovi) yer mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan toʻlanadi.
☑️ Qaror bilan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi.

YPX xodimi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik boʻyicha chora koʻradi
Hukumat qarori (173-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
❗️Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun toʻxtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar boʻyicha chora koʻradi.
Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.
✅ Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi koʻchirmasi bilan oʻsha joyning oʻzida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi.
➡️ Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf boʻlimiga murojaat etish orqali yozma maʼlumot olishni talab qilish mumkin.
🔢 Shuningdek, nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.
☑️ Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).
📋Tekshiruvda etanol bugʻ 0,135 milligramm va undan koʻp boʻlganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
📌Transportlarning tusi oʻzgartirilgan (tonirovka) oynalari meʼyorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.

❗️Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi
Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022-y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorga o'zgartirishlar kiritildi
🔰Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:
➖2010-yilgacha bo'lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
➖2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
➖2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
➖2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
📌 Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

✅ Harbiy xizmatni oʻtayotgan (rezervga, isteʼfoga boʻshatilgan) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar 10 yil va undan koʻproq xizmat qilganda oʻzlari yashayotgan uylarni bepul xususiylashtirib olishi mumkin.
➡️ Yopiq harbiy shaharchalar hududida yashovchi harbiylarga yopiq harbiy shaharchalar doirasidan tashqarida turar joylar beriladi.
❗️Uy-joy bilan taʼminlanmagan harbiy xizmatchilarga ularning arizasiga binoan uy-joy uchun 25 foiz dastlabki badal puli toʻlab berilib uzoq muddatli ipoteka krediti berilishi mumkin.

Davlat organlari vazifalarini volontyorlik orqali samarali amalga oshirish tartibi belgilandi
“Volontyorlik faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (169-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi.
📋 Qaror bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to'g'risida namunaviy nizom tasdiqlandi.
🖥 2022-yil 1-iyundan O'zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi ishga tushiriladi.
✅ Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.
☑️ Ta'lim oluvchilar ta'limdan tashqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
❌ Quyidagi tuzilmalarga volontyorlarni jalb qilish mumkin emas:
➖pul bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi;
➖maxfiy ma'lumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi;
➖inson hayoti uchun xavfli bo'lgan, bajarilishi alohida bilim va ko'nikma talab etadigan vazifalarni amalga oshiruvchi.
📁Davlat organiga jalb etilgan volontyor oyiga 20 soatdan ko'proq volontyorlik bilan band bo'lsa, u bilan volontyorlik shartnomasi tuzilishi shart.

⚠️ Adliya vazirligi tomonidan “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul o'tkaziladi.
⏰ Sayyor qabul 2022-yil 14-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining Ko'p tarmoqli klinikasi (eski ToshMI) hududida soat 14:00 da boshlanadi.
⚖️ Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:
🔹murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;
🔹Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo'limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko'rsatiladi.
📢 Sayyor qabulga barcha tibbiyot xodimlarini chorlaymiz!
📍Manzil: Toshkent shahri, 103, Taraqqiyot ko'chasi. Avtobus: 72, 103, 69. Metro: Mashinasozlar bekati

🔘 Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari normalari:
🔸Guruch – ogʻirligi 3 kg.dan koʻp boʻlmagan;
🔸Non-bulka mahsulotlari – ogʻirligi 5 kg.dan koʻp boʻlmagan;
🔸Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari – ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan;
🔸Shakar – ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan;
🔸Oʻsimlik moylari – ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan;
🔸Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli oʻsimliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar – ogʻirligi 40 kg.dan koʻp boʻlmagan.

❗️Fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHMning 10 baravaridan (2 mln 700 ming so‘mdan) ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs boʻlganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
⚠️ Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud boʻlsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
☑️ Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan boʻlsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.

✅ Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.
➡️ Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda toʻlanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti boʻyicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt boʻyicha ish haqiga qoʻshiladi.

Jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin
https://bit.ly/3uFZVHc

Teletype
Jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–763-son, 12.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi