Huquqiy axborot | Lotin
6.34K subscribers
3.81K photos
369 videos
2 files
8.42K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘idan ozod qilinadi.

Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining maʼlumotnomasi asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 270 ming so‘mdan 1 mln 350 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mdan 4 mln 50 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📋 Qonunchilikka muvofiq tegishli maʼlumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

☑️ Pedagogik oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin taʼlim tashkilotlarida (bundan oliy taʼlim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.

Zarurat bo‘lganda professional taʼlim tashkilotlari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy maʼlumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.

@huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Sog‘liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‘linmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga:

shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda – oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHEKM) 17,6 foizi (144 ming 672 so‘m) miqdorida;

shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq bo‘lganda – oyiga MHEKMning 24,6 foizi (202 ming 212 so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

📌 Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga MHEKMning 10,6 foizi (87 ming 132 so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Oilaviy bog‘chalarga quyidagi maqsadlar uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi:

yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – 2 nafargacha, boshqa hududlarda – 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchi xizmatlarga ish haqi to‘lash;

davlat bog‘chalari uchun belgilangan normativlar bo‘yicha ovqatlanish, yumshoq inventar va dori-darmonlarga ajratilayotgan xarajatlarni qoplash;

boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali to‘lovlarini qoplash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_fevraldan

Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.

2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan sub’ektlar uchun foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilinadi

🔰 Oyliklar doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

🎤 Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha ma’lumotlar OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

📋 Tadbirkor ayollarga huquqiy ko‘mak berish uchun Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda hamkorlik memorandumini imzolash;

🧑‍🏫 Masofadan bepul mavzuli kurslarni tashkil etish elektron tizimida (kurslar.huquqiyportal.uz) ayollar huquqiga oid bepul onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish;

🎧 “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

👩‍💻 Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihonini o‘tkazish;

Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

⚡️ Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2026 yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi.

🏫 2022 yil 1 apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan taʼminlanadi.

➡️ 2023 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.

Hujjat haqidagi to‘liq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi

🔰 Dasturga muvofiq, iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash doirasida:

📊 2022 yilda inflyatsiyani 9 foizgacha va 2023 yilda 5 foiz va fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘riladi.

🏦 2026 yil yakunigacha bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqariladi.

☑️ 2023 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizgacha va bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik uchun foyda solig‘i 15 foizgacha tushiriladi.

📌 2026 yilgacha energiya samaradorligi 20 foizga oshiriladi va havoga chiqariladigan zararli gazlar 10 foizga qisqartiriladi.

➡️ Sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025 yil 1 yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimi joriy etiladi.

🖥 2025 yil 1 iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reyestri ishga tushiriladi.

🔄 2022 yil 1 aprelgacha litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi.

🚖 Jumladan, muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, avtotransport orqali shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.

✂️ 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar (suyultirilgan gaz yetkazish, neft mahsulotlarini saqlash va boshqalar) tugatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

Dasturga ko‘ra, 2022 yilda:

🔘 Davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:

hujjatlarni berish va almashtirishda, o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;

keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi.

🔘 Qonun ustuvorligini ta’minlash doirasida:

👉 ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;

👉 qarori, harakati noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi joriy etiladi;

👉 harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi.

☑️ Shuningdek, jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish joriy qilinadi.

💰 Ushbu tizimda tadbirkorlik, me’morchilik, hunardmandchilik bo‘yicha aniq loyihalari bor shaxslarga bir martalik moddiy yordam beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi

Dasturga ko‘ra, ta’lim sifatini oshirish hamda aholi salomatligini ta’minlash doirasida 2022 yilda:

🔸 1 apreldan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi;

🔸 darsliklarni yangilash uchun 605 mlrd so‘m ajratiladi;

🔸 141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilib ularning soni 2026 yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkaziladi;

🔸 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi;

🔸 xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifagadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinadi.

🔰 2022 yil 1 iyulgacha:

▪️2022 yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi;

▪️xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

🧑‍⚕️2022 yil 1 iyuldan “oilaviy shifokor” yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi

“Aholinnig ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–58-son, 28.01.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 martdan:

👉 uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi;

👉 ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi.

Bunda, har oylik kompensatsiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 so‘m) miqdorida to‘lanadi.

Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Bunda, qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik:

fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (810 ming so‘mdan 2 mln 700 ming so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 890 ming so‘mdan 2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚠️ Bunda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Prezident qarori bilan har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana – 30 yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi

🔰 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan.

🔈Mazkur tadbir doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida gender tenglik, oilaviy zo‘ravonlik va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikeri: Bosh prokuror o‘rinbosari Artikova Svetlana Baymirzayevna

Ovozli chat joriy yilning 4 fevral kuni soat 19:00daHuquqiy axborot” telegram kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni ushbu havola orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi uchun rad etish taqiqlanadi

“Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–107-son, 29.01.2022 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga muvofiq, davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:

👉 ma’muriy sudlarga dalillarni yig‘ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi;
👉 davlat organlari qarorlari natijasida yetkazilgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqi beriladi;
👉 ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qo‘llanadi.

Endilikda arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatishni taqiqlanadi.

➡️ Arizalar sudga taalluqli bo‘lmaganda ularni ko‘rib chiqish vakolatli sudga o‘tkaziladi.

‼️ Bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik sudga taalluqli bo‘lganda ularni birlashtirish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin