Huquqiy axborot | Lotin
6.22K subscribers
3.71K photos
260 videos
2 files
8.06K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra:

daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilingan;

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqiga ham ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sifatsiz (g‘arch-g‘urch qilgan, kuygan, ichi bo‘sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatlisiga so‘zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka muvofiq, maktablarning 1 – 4 sinf chet tillarini o‘rganish xonasida quyidagi jihozlar bo‘lishi lozim:

👉 o‘qituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk);
👉 ovoz chiqargich (dinamik);
👉 optik sichqoncha;
👉 videoproyektor;
👉 proyektor uchun ekran;
👉 kompyuter uchun TV-tyuner.

Shuningdek, quyidagi qo‘shimcha uskunalar:

👉 statsionar DVD-magnitola;
👉 o‘quv ko‘rgazmali qurollar (lug‘at, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda o‘zbek xalq ertaklari);
👉 elektron doska.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

➡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 50 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Xodim quyidagi holatlarda ishga qo‘yilmaydi:

majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganda;
o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmaganda;
karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda profilaktik emlashdan o‘tish rad etilganda;
alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida.

Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.

➡️ Xodim g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Daraxtlar kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytiriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (11-son, 10.01.2022 y.) qabul qilindi.

🔬 Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

🔘 Adliya vazirligi:

2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;

2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi;

2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#adliya_shonli_30_yil

Adliya vazirligining ishonch telefon raqamini toping?
Anonymous Quiz
11%
1000
17%
1002
54%
1008
17%
1010
#Bilasizmi

Davlat ijrochisi qarori asosida aliment to‘lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Alimentlar oldindan to‘langan yoki bu bo‘yicha garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanadi.

Alimentlarni oldindan to‘lash 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi kerak.

Bolalar voyaga yetgunigacha bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

Alimentni to‘lashni garov bilan taʼminlash uchun ariza sudga taqdim qilinadi.

💰Garov qiymati BHMning 250 baravaridan (67 mln 500 ming so‘m) kam bo‘lmasligi lozim.

💰Har qanday mol-mulk (avtomobil, do‘kon, uy-joy, kvartira) garov bo‘lishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Niqobsiz yurganlik 1 mln so‘mdan ortiq jarimaga sabab bo‘lishi mumkin

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚉 Poyezdda har bir yo‘lovchi (to‘liq yoki bolalar chiptasiga) o‘zi bilan birga 36 kg dan oshmagan qo‘l yuki olib yurish huquqiga ega. Ikki o‘rinli kupe vagonlarida 50 kg qo‘l yuki olib yurilishiga ruxsat etiladi.

💼 Yo‘lovchiga qo‘l yuki belgilangan meʼyordan (36 kg) ortiqcha quyidagilarni tashishga ruxsat etiladi: portfel, ayollar sumkachasi, durbin, chang‘i va unga tayoqchalar, qarmoqlar, fotoapparat, soyabon, shuningdek uch o‘lchamiga ko‘ra 100 sm dan oshmaydigan boshqa kichik buyumlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Jamoat tartibiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish taqiqlanadi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olingan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million so‘m;

xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m1q miqdorida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#adliya_shonli_30_yil

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan “Idrok” intellektual oʻyini kimlar oʻrtasida oʻtkaziladi?
Anonymous Quiz
17%
TDYU talabalari oʻrtasida
22%
Adliya vazirligi xodimlari oʻrtasida
23%
yuridik texnikum oʻquvchilari oʻrtasida
38%
barcha oliy taʻlim muassasalari oʻrtasida
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi

“O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–743-son, 11.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

o‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo‘q qilish chog‘ida buzish – fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha);

karantin ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish – fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

📝 Shuningdek, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.

➡️ Unga ko‘ra, fitosanitariyaga oid yuqori xavfga ega bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotni, shu jumladan ekish, payvandlash, ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan ekish materiallarini xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonda yashovchi fuqarolarga pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborish, shu jumladan bagajda va qo‘l yukida olib o‘tish taqiqlanadi.

▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🦠 Koronavirus bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi oqibatida karantinga olingan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.

❗️Koronavirus bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganda tezlikni o‘lchaydigan uskunalar va transport spidometrlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda maʼmuriy jazo qo‘llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#adliya_shonli_30_yil

2021-yilda THE Impact Ranking reytingida Toshkent davlat yuridik universiteti nechinchi oʻrinni egalladi?
Anonymous Quiz
37%
401-oʻrinni
23%
256-oʻrinni
32%
189-oʻrinni
9%
226-oʻrinni