Huquqiy axborot | Lotin
6.22K subscribers
3.71K photos
260 videos
2 files
8.06K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#adliya_shonli30yil

Nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) tuzmoqchi boʻlsangiz, NNT haqidagi hujjatlarni qaysi portalga topshirishingiz kerak?
Anonymous Quiz
21%
advice.uz
35%
e-ngo.uz
24%
htb.huquqiyportal.uz
21%
regulation.gov.uz
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 822 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 270 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 289 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 565 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 622 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 440 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 440 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 623 000 so‘mdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xorijga chiqish biometrik pasportini “my.gov.uz” orqali olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022 y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

☑️ Maʼmuriy reglamentga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan biriga berishi mumkin:

● IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga kelgan holda;
● davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda;
● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali.

⚠️ Ariza berishda so‘rovnoma to‘ldiriladi, so‘rovnomada xato maʼlumotlar ko‘rsatilganda yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa so‘rovnoma rad etiladi.

💰 Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun 3 ish kunida davlat bojini to‘laydi.

📲 Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qo‘l barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi.

🧾 Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga quyidagi ishlar uchun bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha ustama beriladi:

tarbiyaviy jarayon sifati va samaradorligi;

sinfdan tashqari ishlar hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalash;

taʼlim standartlaridagi bilimlar va ko‘nikmalarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasi;

o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa;

o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#adliya_shonli30yil

2017-yil 12-dekabr kuni Adliya vazirligi tizimida qaysi tashkilot tashkil etilgan?
Anonymous Quiz
17%
Intellektual mulk agentligi
13%
Yuristlar malakasini oshirish markazi
64%
Davlat xizmatlari agentligi
6%
Toshkent davlat yuridik universiteti
#Bilasizmi

💰Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.

🔘 Bunda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Vasiylik kengashi raisi nomiga ariza;
tadbirkorlik subyekti guvohnomasi yoki o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod);
asbob-uskuna, mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Davlatxizmatlarireglament

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olganlarga kompyuter xaridi uchun isteʼmol krediti ajratish va uni kompensatsiya qilib berish tartibi

⚠️ Xizmat: “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming so‘mgacha) isteʼmol krediti ajratish va uning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilib berish.

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar (31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs, 16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili).

📂 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar

kompyuter sotib olish bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida sertifikat (pdf formatda).

🔄 Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1️⃣ Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 60 kalendar kun mobaynida istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga sertifikatni ilova qilgan xolda murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.

2️⃣ Yoshlar ishlari agentligi (vakolatli organ) ariza beruvchining murojaati YAIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.

3️⃣ Vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining maʼlumotlari to‘g‘ri deb topilganda 2 ish kunida kredit foizlari to‘lovlarini kompensatsiya qilib berish to‘g‘risida maʼlumotnoma beriladi.

4️⃣ Maʼlumotnoma olingandan so‘ng tegishli bank (AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank”, “Mikrokreditbank” ATB ) filiallari o‘zlarining ichki hujjatlarida belgilangan muddatda kredit ajratish masalasini ko‘rib chiqadi.

5️⃣ Kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun zaruriy summalar har oyning 25-sanasigacha Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazib boriladi.

🗓 Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 5 ish kunida)

♻️ Xizmat narxi: Bepul

📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (617-son, 04.10.2021 y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hukumat qarori (8-son, 06.01.2022 y.) bilan Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagi xizmatlar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (vakolatli organ) va davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi:

👉 O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati;

👉 O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish.

👨‍💻 Shunga ko‘ra, murojaat etuvchi ID-karta olish uchun elektron so‘rovnoma to‘ldiradi.

📲 Vakolatli organ so‘rovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirib, ular to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi.

💰Fuqaro 3 ish kuni ichida belgilangan miqdorda davlat boji to‘laydi.

➡️
To‘lov amalga oshirilib, ID-kartani olish yuzasidan tegishli xabarnomani olgach, 3 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.

💳 Vakolatli organ tomonidan talabnoma shakllantirilgandan so‘ng murojaat etuvchiga 1 ish kunida ID-karta rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan quyidagi xo‘jaliklarga yetishtirgan mahsulotlariga davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi:

● parrandachilik xo‘jaliklariga – yetishtirgan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m va parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1000 so‘m;

● chorvachilik xo‘jaliklariga – yetishtirgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m;

● baliqchilik xo‘jaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida.

➡️ Subsidiya olish uchun arizalar yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin my.vetgov.uz sayti orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2023 yil 1 yanvargacha BHMning 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
2021-yilda Adliya vazirligi tizimidagi qaysi tashkilot tashkil etilganligining 70 yillik yubileyini keng nishonladi?
Anonymous Quiz
15%
Intellektual mulk agentligi
34%
Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
39%
Toshkent davlat yuridik universiteti
12%
Yuristlar malakasini oshirish markazi
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra:

daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilingan;

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqiga ham ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sifatsiz (g‘arch-g‘urch qilgan, kuygan, ichi bo‘sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatlisiga so‘zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka muvofiq, maktablarning 1 – 4 sinf chet tillarini o‘rganish xonasida quyidagi jihozlar bo‘lishi lozim:

👉 o‘qituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk);
👉 ovoz chiqargich (dinamik);
👉 optik sichqoncha;
👉 videoproyektor;
👉 proyektor uchun ekran;
👉 kompyuter uchun TV-tyuner.

Shuningdek, quyidagi qo‘shimcha uskunalar:

👉 statsionar DVD-magnitola;
👉 o‘quv ko‘rgazmali qurollar (lug‘at, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda o‘zbek xalq ertaklari);
👉 elektron doska.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

➡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 50 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin