Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.74K photos
293 videos
2 files
8.17K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

🚖 Tadbirkorlar tomonidan uylar yonidagi hududlarda yopiq va ochiq turdagi avtomobil to‘xtash joylarini tashkil qilish mumkin.

☑️ Fuqarolarning shaxsiy garajlari buzilganda ularga buzib tashlangan garajlari o‘rnida tashkil etiladigan avtomobil to‘xtash joyidan doimiy ravishda bepul birkitilgan joy beriladi.

💳 Fuqaroga biriktirilgan joyda uning uy manzili va transportning raqami yozilgan tablichka o‘rnatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tasviriy sanʼat asariga bo‘lgan mulk huquqining muallifdan boshqa shaxsga (haq evaziga yoki tekin) o‘tishi bu asarning dastlabki sotilishini bildiradi.

Tasviriy sanʼat asarini oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo‘yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy sanʼat galereyasi, badiiy salon, do‘kon va hokazo orqali) har bir holatida muallif sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati takomillashtiriladi

“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–22-son, 27.11.2021 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrdan:

shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega bo‘lmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib ko‘chma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda hamda sirtdan ko‘rikdan o‘tkazish orqali tashkil etiladi;

nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar ro‘yxati asosida fuqaro ishtirokisiz ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi;

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan nogironlik to‘g‘risidagi maʼlumotnomalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

🖥 2022 yil 1 avgustdan Toshkent shahrida, 2023 yildan respublikaning boshqa barcha hududlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilib, shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo‘yicha yuklatilgan qo‘shimcha funksiyalar bekor qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2021yil1_dekabrdan

📊 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting eʼlon qilib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga olib kirish yoki o‘tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 350 ming so‘mdan 5 mln 400 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Sunʼiy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi

Hukumat qarori (717-son, 29.11.2021 y.) bilan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-parkning alohida bo‘g‘ini bo‘lib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan o‘tkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.

📝 Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.

🔎 Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

📋 Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

☑️ Maxsus rejim ishtirokchilari o‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.

➡️ Shuningdek ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maʼlumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlashtirilgan maʼlumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Dehqonchilik uchun bir gektargacha yer ijaraga beriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Haydovchilar quloqchin orqali telefondan foydalanishi mumkin

“Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun (OʻRQ–734-son, 30.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi

📌 Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.

Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qoʻllaniladi.

Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlganida transportni boshqarish, roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sugʻurtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi).

➡️ Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.

🔘 Valyutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi (ilgari qatʼiy BHMning 20 baravari edi).

☑️ Avtomobilda yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Profilaktika inspektorlari yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud davlat OTMga oʻqishga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin

“Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 30.11.2021-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilinadi:

🔸 Jamoat xavfsizligi universitetiga;
🔸 Toshkent davlat yuridik universitetiga;
🔸 yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bundan mustasno).

➡️ Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga oʻqishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan oʻtkaziladi.

☑️ Tavsiyanomalar OTM oʻrtasida teng taqsimlanadi.

📋 Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablagʻlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.

Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari OTMning sirtqi taʼlim shakliga qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maygacha 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma berilishi nazarda tutilgan.

📌 Tavsiyanoma asosida OTMda sirtqi taʼlim shaklida oʻqigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida 5 yil xizmat oʻtab berish majburiyati yuklatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Ayni damda Umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo‘yicha test jarayonlari davom etmoqda

Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlarning talablari va ularning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda imtihon o‘tkazish muddati bugun soat 15:00 ga qadar uzaytirildi.

Ro‘yxatdan o‘tganlar test sinovlarini 15:00 ga qadar ishlashi mumkin.

)Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari foydalanishga berilmaydi

“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun (O‘RQ–733-son, 30.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

💰 Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, suv isteʼmolchilari uyushmalari o‘z aʼzolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan ko‘p suv olinganida, to‘lovlar vaqtida to‘lanmaganida isteʼmolchilarga suv yetkazishni to‘xtatishga haqli.

Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi.

Ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident Farmoni (PF–27-son, 29.11.2021 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi

👮‍♂️Konsepsiyaga ko‘ra, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

🔄 2022–2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.

☑️ 2022 yil 1 martgacha kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi.

2022 yil 1 maygacha ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimi joriy etiladi.

💼 2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025 yil 1 sentyabrdan qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega xodimlar tayinlanadi.

📝 Farmon bilan shuningdek, 2022–2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

🔰 Strategiyaga ko‘ra, jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;
har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
“Jinoyat o‘choqlari” bo‘lgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Dehqon xo‘jaligi uchun yerlarni ijaraga va ikkilamchi ijaraga berish qoidalari tasdiqlandi

Batafsil infografikalarda👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 50 ming soʻmgacha);

mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha (5 mln 400 ming soʻmdan 6 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash tartibi

📌 “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ichki ishlar organi xodimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, ularni qo‘llash va jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

🔰 Qonunning 23-moddasiga asosan ichki ishlar organi xodimi tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash asoslari quyidagilar hisoblanadi:

👉 fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish;
👉 jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qo‘yish;
👉 ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yish;
👉 jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlash;
👉 qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash;
👉 ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish;
👉 zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilish;
👉 fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish;
👉 haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatish;
👉 jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlash;
👉 muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yish.

☑️ Mazkur moddaning ikkinchi qismiga asosan 1–5, 7, 8 va 11-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollar vujudga kelganda ichki ishlar organlari xodimlari rezina tayoqlardan 8 va 9-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollarda esa transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalaridan foydalanishi mumkin.

Qo‘shimcha tarzda taʼkidlash mumkinki, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Adliya_xabari

“Huquqiy targ‘ibot ishlari aʼlochisi” ko‘krak nishoni o‘z sohiblariga topshiriladi

🎖 Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari xamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔘 Jumladan:

Yadigarova Naima Rustamaliyevna – Namangan viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i;

Xakimov Umidbek Xoshimovich – Andijon viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i;

Aldabergenov Isatay Maratovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i;

Alimov Akmalbek Abdumajidovich – Yoshlar ishlari agentligi Yoshlarga oid qonunchilik tashabbuskorlari va huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘limi boshlig‘i;

Ashurov Dilshod Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Notarial Palatasi raisi;

Nazarova Nilufar Boyqobilovna – Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;

Ganiyev Doniyor Avazovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati;

Agzamxodjayev Muxrimxon Masʼudovich – “Daryo.uz” sayti bosh muharriri;

Axmedova Muhayyo Yulchiyevna – Yangihayot tumanidagi 303-umumiy o‘rta taʼlim maktabi huquq, tarbiya fani o‘qituvchisi;

Umarova Aziza Farxadovna – bloger, iqtisodchi va siyosatshunos, “Smartgov Consulting” MCHJda maslahatchi;

Zafarbek Solijonov Ulug‘bek o‘g‘li – bloger, huquqshunos;

Xvan Leonid Borisovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq institutining Maʼmuriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy fanlar bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari nomzodi;

Murodov Nuriddin Namozovich – Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan.

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.

💵 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin