#Eslatma
Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!
Huquqiy masalalarda foydali maʼlumotlar bilan @huquqiyaxborot_lotin telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:
➖ @pravoinf (rus tilida)
➖ @leginf (ingliz tilida)
➖ @huquqiyaxborot (kirill alifbosida)
Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

#2021_yil_1_dekabrdan
🔘 Qonunchilikka ko‘ra:
➖ yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksi aniqlanadi;
➖ quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:
● Qonunchilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;
● taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi
“Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–731-son, 26.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
📌 Qonunga ko‘ra, noshirlik faoliyati subyektlari o‘z faoliyatida mustaqildir.
🚫 Nashrga tayyorlangan qo‘lyozmalarni va materiallarni senzuradan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
❕Fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, mazmuniga ko‘ra ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin bo‘lgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.
🏢 Noshirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.
🔰 Qonunga ko‘ra, noshirlik faoliyatining subyektlari quyidagilardan iborat:
➖ nashriyot;
➖ tayyorlovchi;
➖ buyurtmachi;
➖ tarqatuvchi.
☑️ Noshirlik faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
✅ Quyidagi hollarda xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish talab etilmaydi:
➖ davlat organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini nashr etishda;
➖ respublika ahamiyatiga ega nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qo‘lyozma huquqi asosida ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishda;
➖ ommaviy axborot vositalari ushbu OAV tahririyatlari tomonidan chop etilganda.
📋 Noshirlik mahsulotlari tarqatuvchi tomonidan shartnomalar asosida tarqatiladi.
▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🔰 Qonunchilikka ko‘ra:
🔸 ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlar tomonidan ko‘chma savdo obyektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;
🔸 ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo obyektlarining joylashish sxemalari bo‘yicha “K – SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

Tibbiyot OTMning bitiruvchi kurs talabalari doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydi
“Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (713-son, 25.11.2021 y.) qabul qilindi.
☑️ Qarorga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan filiallar tashkil etiladi:
👉 akademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – xirurgiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – kardioxirurgiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – neyroxirurgiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – urologiya;
👉 Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – nefrologiya.
➡️ Shuningdek, transplantologiya, endoxirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi bo‘limlari hamda immunogenetik laboratoriya tashkil etiladi.
❗️Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari o‘quv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘taydi hamda maʼruza va o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib boriladi.
✅ Institut va Klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda “Shahrixon tumani tajribasi” joriy qilinadi.

Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Oila a'zolari va fuqarolar o'rtasidagi mulkiy nizolar" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!
🎙Suhbat spikeri:
🔹Jasur Mamayusupov – Fuqarolik ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tumanlararo sudi sudyasi
⏰Ovozli chat 26-noyabr soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
🎙Suhbat spikeri:
🔹Jasur Mamayusupov – Fuqarolik ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tumanlararo sudi sudyasi
⏰Ovozli chat 26-noyabr soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Muzeylar daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin
“Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–732-son, 26.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
❕Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, muzeylar taʼsis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.
✅ Davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos bo‘lmaydi.
▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Muzeylar daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin
“Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–732-son, 26.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
❕Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, muzeylar taʼsis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.
✅ Davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos bo‘lmaydi.
▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
👮 Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ishoralari (to‘xtatish, tartibga solish va boshqa) yo‘l harakati qatnashchilariga tushunarli bo‘lishi va o‘z vaqtida berilishi lozim.
🧾 YPX xodimi transportni to‘xtatganida haydovchi YPX xodimi aynan to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi mumkin.
❗️YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.
🚫 Dislokatsiyadan tashqarida tuzilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

#Adliya_xabari
Umummilliy Konstitutsiya imtihonida ishtirok eting va g‘olib bo‘lib pul mukofotlarini qo‘lga kiriting!
➡️ Batafsil: https://youtu.be/PFo8AcJRTyE
📌 Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

YouTube
Sizda 30 million so‘m va boshqa qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyati bor?
🇺🇿 Adliya vazirligi Konstitutsiyaviy sud bilan xamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi.
☑️ Imtihonda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi…

2021 yil 20 noyabr 26 noyabr kunlari qabul qilingan muhim qonunchilik hujjatlari bilan YouTube da tanishing
https://youtu.be/6n8bHpt5ifM
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
https://youtu.be/6n8bHpt5ifM
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
YouTube
2021 yil 20 noyabr 26 noyabr kunlari qabul qilingan muhim qonunchilik hujjatlari
#qonunchilikdagiyangiliklar #Adliyavazirligi #haftadavomidaqabulqilingan
#Bilasizmi
🚖 Tadbirkorlar tomonidan uylar yonidagi hududlarda yopiq va ochiq turdagi avtomobil to‘xtash joylarini tashkil qilish mumkin.
☑️ Fuqarolarning shaxsiy garajlari buzilganda ularga buzib tashlangan garajlari o‘rnida tashkil etiladigan avtomobil to‘xtash joyidan doimiy ravishda bepul birkitilgan joy beriladi.
💳 Fuqaroga biriktirilgan joyda uning uy manzili va transportning raqami yozilgan tablichka o‘rnatiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🚖 Tadbirkorlar tomonidan uylar yonidagi hududlarda yopiq va ochiq turdagi avtomobil to‘xtash joylarini tashkil qilish mumkin.
☑️ Fuqarolarning shaxsiy garajlari buzilganda ularga buzib tashlangan garajlari o‘rnida tashkil etiladigan avtomobil to‘xtash joyidan doimiy ravishda bepul birkitilgan joy beriladi.
💳 Fuqaroga biriktirilgan joyda uning uy manzili va transportning raqami yozilgan tablichka o‘rnatiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Tasviriy sanʼat asariga bo‘lgan mulk huquqining muallifdan boshqa shaxsga (haq evaziga yoki tekin) o‘tishi bu asarning dastlabki sotilishini bildiradi.
Tasviriy sanʼat asarini oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo‘yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy sanʼat galereyasi, badiiy salon, do‘kon va hokazo orqali) har bir holatida muallif sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati takomillashtiriladi
“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–22-son, 27.11.2021 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrdan:
➖ shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega bo‘lmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib ko‘chma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda hamda sirtdan ko‘rikdan o‘tkazish orqali tashkil etiladi;
➖ nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar ro‘yxati asosida fuqaro ishtirokisiz ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi;
➖ tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan nogironlik to‘g‘risidagi maʼlumotnomalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
🖥 2022 yil 1 avgustdan Toshkent shahrida, 2023 yildan respublikaning boshqa barcha hududlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilib, shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo‘yicha yuklatilgan qo‘shimcha funksiyalar bekor qilindi.

#2021yil1_dekabrdan
📊 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting eʼlon qilib boriladi.

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga olib kirish yoki o‘tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 350 ming so‘mdan 5 mln 400 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Sunʼiy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi
Hukumat qarori (717-son, 29.11.2021 y.) bilan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
📌 Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-parkning alohida bo‘g‘ini bo‘lib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan o‘tkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.
📝 Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.
🔎 Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
📋 Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
☑️ Maxsus rejim ishtirokchilari o‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
➡️ Shuningdek ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maʼlumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlashtirilgan maʼlumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.

Bugun – Umummilliy Konstitutsiya imtihonida ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni
➡️ Batafsil: https://youtu.be/8pTnmha7Ams
Imtihonda qatnashing va g‘olib bo‘lib pul mukofotlarini qo‘lga kiriting!

15 million va boshqa qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishni istaysizmi?
🇺🇿 Адлия вазирлиги Конституциявий суд билан хамкорликда фуқароларнинг Конституция ҳақидаги билимларини синовдан ўтказиш мақсадида умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.
☑️ Имтиҳонда 15 ёшга тўлган ва ундан катта барча фуқаролар қатнашиши мумкин.
🔄…
☑️ Имтиҳонда 15 ёшга тўлган ва ундан катта барча фуқаролар қатнашиши мумкин.
🔄…
#Bilasizmi
❗️Qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Dehqonchilik uchun bir gektargacha yer ijaraga beriladi
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Dehqonchilik uchun bir gektargacha yer ijaraga beriladi
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Haydovchilar quloqchin orqali telefondan foydalanishi mumkin
“Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun (OʻRQ–734-son, 30.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi
📌 Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
❕Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qoʻllaniladi.
✅ Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlganida transportni boshqarish, roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sugʻurtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi).
➡️ Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
🔘 Valyutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi (ilgari qatʼiy BHMning 20 baravari edi).
☑️ Avtomobilda yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).

Profilaktika inspektorlari yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud davlat OTMga oʻqishga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin
“Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 30.11.2021-y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilinadi:
🔸 Jamoat xavfsizligi universitetiga;
🔸 Toshkent davlat yuridik universitetiga;
🔸 yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bundan mustasno).
➡️ Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga oʻqishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan oʻtkaziladi.
☑️ Tavsiyanomalar OTM oʻrtasida teng taqsimlanadi.
📋 Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablagʻlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
✅ Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari OTMning sirtqi taʼlim shakliga qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi.
❕Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maygacha 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma berilishi nazarda tutilgan.
📌 Tavsiyanoma asosida OTMda sirtqi taʼlim shaklida oʻqigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida 5 yil xizmat oʻtab berish majburiyati yuklatiladi.