Chotqol tog‘ tizmasida tong otmoqda. Daryo bo‘yida tanaga xush yoquvchi mayin shabada esmoqda, havo harorati +17°C, suv shildirab nimadir demoqchidek, menimcha ichidagi baliqlar haqida menga shipshiyapti 😃
Mana shu manzara, mana shu tabiat 100 yildan keyin ham ayni holda saqlanib qolishiga umid qilib rasmdagi ko‘prik ustida o‘ylaniiiib o‘tiribman hozir
@hujayrauz

Chotqol tizmalaridagi soylardan Turkiston qumbalig‘i (Gobio lepidolaemus) ni qayd etdik. Nihoyatda chiroyli baliqcha, har gal tutganimda xursand bo‘laman.
@hujayrauz
@hujayrauz
Vanihoyat qisqa muddatli ekspeditsiyamizni o‘z nihoyasiga yetkazib, jonajon Farg‘onamizga qaytib oldik.
Farg‘ona baribir boshqacha, har gal unga qaytishni yaxshi ko‘raman.
@hujayrauz
Farg‘ona baribir boshqacha, har gal unga qaytishni yaxshi ko‘raman.
@hujayrauz
Ishni ixtiologiya bo'yicha yangilikdan boshlaymiz!
Bugun Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2023-yilning 8-avgust kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 584 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 6-iyul kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 34 kun davomida baliqlar 32 turga boyigan. Umumiy holda 2023-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 196 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda iyul oyi so'nggida Afrikadagi Gvineya davlati hududidagi Niger daryosinign yuqori oqimidan kashf etilganlaqqasimonlar (Siluriformes) turkumi Mochikidae oilasiga mansub Chiloglanis frodobagginsi balig'i tasvirlangan. Ushbu tur "Uzuklar hukmdori" asaridagi Frodo Baggins sharafiga nomlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Ichthyology & Herpetology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

10-avgust Xalqaro sherlar kuni
Sher (arslon) - Panthera leo (Linnaeus, 1758) mushuksimonlar (Felidae) oilasining eng yirik vakillaridan biri. Tabiiy holda Afrika va Hindistonda tarqalgan. Xalqaro Qizil kitobga zaif holatdagi turlar (Vulnerable) maqomi bilan kiritilgan. So'nggi 30 yilda sherlar populyatsiyasi teng baravarga qisqargani aytiladi. Afrikadagi ayrim populyatsiyalari keskin qisqarib bormoqda. Masalan, 1990-yillarda Kongodagi Odzala-Kokoua milliy bog'i sherlar eng keng tarqalgan hudud hisoblangan bo'lsa, 2014-yilgi sanoq vaqtida bir dona ham sher qayd qilinmagan. Umumiy holda Afrikada 23-39 mingta atrofida sher qolgan deb hisoblanadi. Hindistonda ham ahvol yaxshi emas, ularning soni yildan-yilga qisqarmoqda, 2017-yilgi sanoq vaqtida atigi 650 ga yaqin sher qayd qilingan xolos.

Farg‘ona yalangbalig‘i o‘z endemlik maqomini yo‘qotdi.
Esingizda bo‘lsa 2021-yilda Shohimardonsoy daryosidan Triplohysa ferganaensis deb nomlangan yangi baliq turini kashf etgan edik. Shu vaqtgacha ushbu baliq Shohimardonsoy havzasi endemigi hisoblanar edi. Afsuski, endi unday emas.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida mazkur tur Shohimarsonsoy daryosidan tashqarida Farg‘ona vodiysining yana bir tog‘ daryosi Isfayramsoydan ham qayd etildi.
O‘zim kashf qilgan turning areali men o‘ylagandan kengroq ekanligidan xursandman. Avval ham aytganimdek vodiy ixtiofaunasi hali to‘la-to‘kis o‘rganib yakunlanmagan. Bizni hali ko‘p ishlar kutmoqda.

Entomologiya zoologiyaning bir bo'limi hisoblansa-da, o'zi ham bir nechta kichikroq bo'limlarga bo'linadi. Bugun shu haqida qisqacha:
1. Afidologiya - o'simlik bitlari (shiralari) ni o'rganuvchi fan
2. Dipterologiya - pashsha, chivin va umuman ikki qanotlilar turkumi vakillarini o'rganuvchi fan
3. Hemipterologiya - qandalalarni o'rganuvchi fan
4. Izopterologiya - termitlarni o'rganuvchi fan
5. Koleopterologiya - qo'ng'izlarni o'rganuvchi fan
6. Lepidopterologiya - kapalaklarni o'rganuvchi fan
7. Melittologiya (yoki apiologiya) - asalarilarni o'rganuvchi fan
8. Mirmekologiya - chumolilarni o'rganuvchi fan
9. Odonotologiya - ninachilarni o'rganuvchi fan
10. Ortopterologiya - to'g'ri qanotli hasharotlar, chigirtka, chirildoq, temirchaklarni o'rganuvchi fan
11. Trixopterologiya - buloqchilarni o'rganuvchi fan
12. Vespologiya - arilarni o'rganuvchi fan
Hozircha esimga kelganlari shular. Agar men sanamagan qaysidir bir bo'limni bilsangiz izohda yozing, uni ham ro'yxatga qo'shamiz.

19-avgust Xalqaro orangutanlar kuni
Ayni vaqtda orangutanlarning uchta turi mavjud:
1. Sumatra orangutani (Pongo abelii) - Sumatra orolida tarqalgan.
2. Tapanuli orangutani (Pongo tapanuliensis) - Sumatra orolining Toba ko‘li atrofida tarqalgan.
3. Barneo orangutani (Pongo pygmaeus) - Barneo orolida tarqalgan. Uchta kenja turi bor.
Orangutanlarning barcha turlari butunlay qirilib ketish xavfi ostida turgan hayvonlardir.

20-avgust Xalqaro chivinlar kuni
Britaniyalik shifokor Ronald Ross 1897-yil 20-avgust kuni bezgak parazitini odamlar orasida aynan chivinlar tarqatishini ilk marotaba aniqladi. Shu munosabat bilan 20-avgust Xalqaro chivinlar kuni sifatida belgilangan.
Chivinlar Yer yuzidagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bezgak parazitini tarqatadi. Tadqiqotchilar shu vaqtgacha Yer yuzida yashagan odamlarning umumiy soni 117 mlrd bo'lganini qayd etishgan. Boshqa tadqiqotda esa ushbu odamlarning teng yarmi chivinlar tarqatadigan bezgak parazitidan halok bo'lgani aniqlangan.
JSSTning ma'lumotiga ko'ra, 2022-yilda butun dunyoda 247 mln kishi bezgak paraziti bilan og'rigan, shulardan 619 ming kishi vafot etgan.

21-avgust Xalqaro echkilar kuni 🐐
Echki (Capra hircus) odamzot tomonidan xonakilashtirilgan eng dastlabki hayvonlardan biri bo'lib, o'tkazilgan DNK analizi uning 10 ming yil avval xonakilashtirilganini ko'rsatgan. Mutaxassislar hozirgi echkilar Eron, qisman Iroq hamda Turkiyaning janubiy-sharqiy hududida joylashgan Zagros tog' tizmasida tarqalgan Onado'li yovvoyi echkisi (Capra aegagrus aegagrus) dan kelib chiqqanini ta'kidlashadi.
Echkilarning ayni vaqtda 200 ta atrofida zoti yaratilgan bo'lib, bugungi kunda Yer yuzidagi echkilarning soni 1 mlrd tani tashkil qiladi. Echkilar odamlarni teri, mo'yna, jun, go'sht va sut bilan ta'minlaydigan asosiy chorvalardan biri hisoblanadi.
Lekin shu bilan birga ular dunyodagi eng xavfli 100 invaziv turlardan biridir. Ekotizimdagi o'simliklarni nest-nobud qilish bo'yicha echkilarning oldiga tushadigani deyarli yo'q.

26-avgust Xalqaro itlar kuni
It (Canis familiaris) inson tomonidan xonakilashtirilgan ilk hayvondir. Manbalarga ko‘ra itlarning xonakilashtirilganiga o‘rtacha 23-25 ming yil bo‘ldi. Ayni vaqtda itlarning 450 dan ortiq zotlari mavjud.
Itlarga nisbatan "odamning do‘sti" degan ta'rif beriladi. Biz bu hayvonlarni tabiatdan ajratib oldik. Endi ular uchun mas'uliyatlimiz.

O'zbekistondan yana bir yangi qo'ng'iz turi kashf qilindi
Esingizda bo'lsa avgust oyi boshida vatandoshimiz bo'lgan yosh entomolog Norbek Bekchanovning bir qancha qo'ng'iz turlarini kashf qilgani haqida xabar bergan edim. U bugun boshqa bir yangi qo'ng'iz turining kashf etilishiga mualliflik qilmoqda. Faunamizga yana bir qo'ng'iz turi rasman qo'shilmoqda.
Rasmda qora qo'ng'izlar (Tenebrionidae) oilasiga mansub Xorazm viloyatining Xonqasidan kashf etilgan yangi - Philhammus dilaramae turi. Yangi tur yosh entomolog olimimizning onajoni Dilorom Ruziyeva sharafiga nomlangan.
Norbekni va O'zbekiston zoologlarini ushbu muvaffaqiyatli kashfiyot bilan tabriklayman! Zafarlarimiz davomiy bo'lsin!

30-avgust Xalqaro kitsimon akulalar kuni
Ayni vaqtda qirilib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar orasida kitsimon akula (Rhincodon typus) ro'yxatning eng avvalida turibdi. Uzunligi 18,8 metrgacha yetadi. U Tinch, Hind va Atlantika okeanining iliq suvli, ekvatorga yaqin hududlarida yashaydi. O'rtacha 80-130 yil umr ko'radi.
Hozirgi kunda kitsimon akula populyatsiyasining holati haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Ko'plab davlatlarda ushbu akula turini ovlash qonun yo'li bilan taqiqlangan. Jumladan, 1980-yillarda Avtraliya va AQSHda, 1993-yilda Maldiv orollarida, 1998-yildan Flippinda, 2000-yildan Meksika, Tailand va Blizda, 2001-yilda Hindistonda kitsimon akulani ovlash taqiqlandi.
2016-yildan kitsimon akula Xalqaro Qizil kitobning qirilib ketayotgan turlar ro'yxatiga olindi. Vaholanki, 2000 va 2005 yillardagi ro'yxatda u soni kamayib borayotgan turlar ro'yxatida edi.

Bugun 2023-2024-o‘quv yilining ilk kuni. O‘qishga kirgan va bugundan oliy ta'limdagi yangi hayotini boshlayotgan barcha talaba uka-singillarimga, xususan biolog talabalarga yangi o‘quv yilini chiroyli boshlab olishlarini tilayman. O‘quv yili sizga omadli kelsin, foydali bilimlaringiz ko‘paysin, fanning siz bilmagan qirralarini kashf etish yili bo‘lsin!
O‘zim kabi bugun ilk o‘qish kunining boshlanishiga hayajon bilan ketayotgan pedagoglarga omad yor bo‘lsin deb qolaman.
P.S. Darvoqe bu yil FarDU biologlari bilan sitologiya, genetika va genomika fanlaridan ko‘rishamiz. Talabalarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. 😊
@hujayrauz
O‘zim kabi bugun ilk o‘qish kunining boshlanishiga hayajon bilan ketayotgan pedagoglarga omad yor bo‘lsin deb qolaman.
P.S. Darvoqe bu yil FarDU biologlari bilan sitologiya, genetika va genomika fanlaridan ko‘rishamiz. Talabalarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. 😊
@hujayrauz
Ishni ixtiologiya bo'yicha yangilikdan boshlaymiz!
Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2023-yilning 6-sentabr kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 617 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 8-avgust kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 29 kun davomida baliqlar 33 turga boyigan. Umumiy holda 2023-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 225 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda avgust oyi so'nggida Laosdagi Nam Ngiep havzasidan kashf etilgan karpsimonlar (Cyprinicorfes) turkumi daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub Schistura palma balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Raffles Bulletin of Zoology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

📘ENG YANGI KITOB NASHRDAN CHIQDI!
Ushbu to’plam kimyoni endi boshlagan abituriyentlarga juda qo’l keladi. To’plamdagi savollar to‘liq tipovoy qilingan, har bir tipda 10 tadan test mavjud.
Mazkur testlar kimyo uchun kerak bo‘ladigan matematika, mantiq, umumiy kimyo, anorganik kimyo va organik kimyo mavzularidan tuzilgan.
Shuningdek kitobda mavzular yuzasidan qisqacha nazariy ma’lumotlar ham berilgan. Nazariy ma’lumotlar va testlar asosan mavzuni yoritib berishga qaratilgan.
Bundan tashqari, to’plamda har bir tipdagi savol uchun namunaviy yechim ham berilgan.
Qiziqdingizmi, unda marhamat, quyidagi namuna bilan tanishib, o'zingiz kitobga xolisona baho bering!
Kitobdan namuna ko'rish
Kitob xarid qilish uchun:
☎️+998932477508
✏️@unfluer1
✏️@unfluer
@Smart Books Maqsadga eltuvchi kanal