Qiziqarli biologiya
Dukkakdoshlarga mansub bo'lgan barchamizga ma'lum oq akatsiya aslida oq akatsiya emasligini bilasizmi? Agar bu haqida eshitmagan bo'lsangiz ushbu post siz uchun qiziq bo'lishi tayin.
Biz biladigan oq akatsiyaning akatsiya turkumiga hech qanday aloqasi yo'q. U aslida robiniya turkumiga mansub bo'lib, oddiy robiniya (Robinia pseudoacacia) deb nomlanadi. U shu bilan birga robiniya soxta akatsiyasi deb ham nomlashadi. Xo'sh shunday ekan, qanday qilib u oq akatsiya bo'lib qoldi?
Ushbu o'simlikning vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. U keyinchalik ko'pgina boshqa mo'tadil iqlim mintaqalariga iqlimlashtiriladi. Rossiyaga kirib kelgan o'simlik dastlab oq akatsiya deb yanglish nomlangani va nom uzoq vaqt davomida saqlanib qolgani bois ana shunday o'ziga xos botanik xatolik yuzaga keladi.
Oddiy robiniya o'simligini fanga 1753 yilda buyuk botanik Karl Linney kiritgan. U robiniya turkumini fransuz ota-bola botaniklar Jan Roben va Vespasian Roben sharafiga robiniya deb ataydi.
@hujayrauz

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgina twitterda ushbu videoni ko‘rib to‘lqinlanib ketdim. Bu yerda erkak toshbaqa urg‘ochisini yelkasida opichlab olib ketmoqda. Shunday videolarni ko‘rganda hayvonlarda ham odamlardagidek hissiyot mavjudmikan-a deb o‘ylab qolaman.
@hujayrauz
@hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana yana bir to‘lqinlantiruvchi video. Dengiz vidrasi bolasini bag‘riga bosib uxlatmoqda. Ona qayerda va qanday ko‘rinishda bo‘lsa ham ona. Onalarimiz baxtimizga sog‘ bo‘lishsin.
Hayvonlarning ham onalari har doim bor bo‘lsin 😊.
@hujayrauz
Hayvonlarning ham onalari har doim bor bo‘lsin 😊.
@hujayrauz
18-sentabr Butunjahon bambuk kuni
Bambuk bug‘doydoshlar oilasiga mansub o‘simliklar bo‘lib, u tez o‘suvchi o‘simliklar orasida avvalgi o‘rinlarda turadi. Bir sutka davomida 90 sm gacha o‘sa oladi. Bambukdan juda ko‘p - qurilish materiali, oziq-ovqat, kiyim-kechak, o‘rmonlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.
Bambuk o‘rmon xo‘jaligi 2019-yilda sanoatga 72 mlrd dollarlik xom-ashyo yetkazib bergan. Bambuk istiqbolli o‘simliklar hisoblanib, ushbu kunning maqsadi o‘simlik haqida dunyo bo‘yicha xabardorlikni oshirish, uning imkoniyatlari haqida keng ommaga ma'lumot yetkazishdan iborat.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔄Kimyodan onlayn darslar
♾Koʻpchilik onlayn kurslarda kurs materiallari shunchaki beriladi. Oʻquvchilar buni oʻzlashtiryaptimi yoʻqmi jiddiy e’tibor berilmaydi. Internet har bir sohadan sifatli kontentlarga toʻla. Istalgan sohadan eng zoʻr darslarni topish mumkin. Lekin biror narsani oʻrganish uchun faqat sifatli materiallarni oʻzi kifoya qilmaydi.
🧠Biz jamoamiz bilan kimyodan onlayn darslarni boshladik. Bu darslarda sifatli materiallar berish bilan birgalikda oʻquvchilarni bu materiallarni oʻzlashtirishi ustida tizimli va individual ishlashni ham yoʻlga qoʻymoqchimiz.
“Kimyo Ilm” onlayn kursi haqida ma’lumot
Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun:
✈️@Qudratjohn
📞+998911056040
@Kimyoilm | Dunyoni toʻgʻri anglang!

Barchangiz Afrikada baobab ismli daraxt borligini eshitgansiz, lekin hech o'ylab ko'rganmisiz, "baobab" so'zi qanday ma'noni bildiradi? Ushbu so'z arab tilidagi أَبُو حِبَاب (ʾabū ḥibāb) so‘zidan olib bo‘lib, "ko'p urug'lar otasi" degan ma'noni bildiradi. Bu nom unga mevasida ko'p urug'lar bo'lganligi uchun berilgan bo'lsa ajab emas. Baobabning mevasi esa mahalliy aholi orasida "maymunlar noni" nomi bilan mashhur.
Baobab (Adansonia) turkumi gulxayridoshlar oilasiga mansub bo'lib, ayni vaqtda 8 ta turni o'z ichiga oladi. Shulardan 6 tasi Madagaskar, bittasi Afrika qit'asi va yana boshqa bittasi shimoliy-g'arbiy Avstraliya endemigi hisoblanadi. Rasmda Madagaskar orolida o'suvchi gigant baobab (Adansonia grandidieri) tasvirlangan.

Aziz ustozlar!
Barchangizga bugungi ayyom muborak bo‘lsin. Mashaqqatli va sharafli mehnatingizda hech qachon hormang, tolmang. Siz borki jamiyat farovon. Umringiz uzoq bo‘lsin!
🎉🎉🎉🎉

Bugundan Nobel haftaligi boshlandi.
Dastlabki Nobel mukofoti fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishida Katalin Kariko hamda Drew Weissmanlarga "COVID-19 ga qarshi samarali mRNK vaktsinalarini ishlab chiqishga imkon bergan nukleozid asoslari modifikatsiyalari haqidagi kashfiyotlari uchun" berildi.

Assalomu alaykum xurmatli ustozlar va biologiya sohasiga qiziquvchan talaba yoshlar!
Barchangizni ertaga 4-oktabr, 2023 yil Botanika inistitutida O‘zbekiston yosh Botanik olimlarining an’anaviy III Respublika anjumani mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tadi barcha qiziquvchilarni ushbu ilmiy anjumanga taklif qilamiz
Quyida konferensiyada yoritiladigan qiziqarli mavzular ro’yxati keltirilgan
9:00 - 12:00 gacha (Manzil: Botanika Instituti, Do'rmon yo'li 32)
Ziyoviddin Yusupov Ma'ruza: Allium (Amaryllidaceae) turlari ichidagi yadroviy DNK va xloroplast DNK orasidagi tafovut, morfologik variatsiyalrining xillarining muammolari va ularning taksonomik yechimlari
Toshpulot Rajabov Ma’ruza: O’zbekiston yaylov ekotizimlarida antropodinamik o’zgarishlarni baholashning muammolari va zamonaviy yondashuvlari
Davron Dekhkonov Ma’ruza: Conservation oriented investigations of Tulipa L. in the flora of Central Asia
Dr Bekhzod Adilov Ma’ruza: Ozbekistondagi geobotanik tadqiqotlar kolami: erishilgan yutuqlar va kelajak istiqbollari
Eldor Temirov Ma’ruza: О‘zbekistonga iqlimlashtirilayotgan daraxt va butalardan foydalanish istiqbollari
14:00-17: 45 (Manzil: Zoologiya Instituti, Botanika Bog'i, 2 etaj Bog'ishamol 232)
4 ‒ SHo‘ba: Hujayra biologiyasi va biotexnologiya
5 ‒ SHo‘ba: O‘simliklar xilma-xilligining evolyusion, genetik va taksanomik aspektlari
Shuhrat Bobohujayev Ma’ruza:Osobennosti pri sozdanii xromosom-zameщennыx liniy u xlopchatnika
Feruza Mustafina Ma’ruza: Применение современных методов биотехнологии в сохранении лекарственных видов растений на примере двух видов рода Ungernia Bunge (Ungernia sewertzowii (Regel) В.Fedtsch. и Ungernia victoris Vved. ex Artjush.).
Muhtor Darmanov Ma’ruza: G‘o‘zada DNK markerlariga asoslangan seleksiya texnologiyasi Toshtemirov Jo‘rabek Ma’ruza: O‘simliklar xromosomalarini aniqlashda yangi modifikatsiyalangan metodikaning qo‘llanilishi va kelgusida amalga oshiriladigan Floresans in situ gibridizatsiyasi (FISH)
Coffee break
Abdushukur Rahmatullaev Ma’ruza: O‘zbekistondagi mahalliy olma navlarida bacterial kuyish kasalligiga chidamlilik lokuslarini molekulyar-genetik markerlar yordamida identifikatsoya qilish
Bobur Karimov Ma’ruza: Fritillaria Tourn. Ex L. Turkumi filogenomikasi
Dr Komilova Nafisa Ma’ruza: Mitofigiyani faollashtirish orqali neyroprotektiv ta'sirga ega o‘simlik tabiatli moddalar
Elyor Ortiqov Ma’ruza: O’zbekiston florasida tarqalgan Iris L. turkumi turlarining filogeniyasi
PS: +998950205752 Lokatsiya tashlab beramiz. Qatnashib ishtirokchi bo'lishingiz uchun hech narsa talab etilmaydi. Ochiq savol-javob bo'ladi.

Ishni ixtiologiya bo'yicha yangilikdan boshlaymiz!
Bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2023-yilning 2-oktabr kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 640 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 6-sentabr kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 26 kun davomida baliqlar 23 turga boyigan. Umumiy holda 2023-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 257 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda sentabr oyi so'ngida Janubiy Koreyadagi Geum daryosidan kashf etilgan laqqasimonlar (Siluriformes) turkumi Amblycipitidae oilasiga mansub Liobagrus geumgangensis balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zookeys jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

Biologiya Olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashishni yoki o’qituvchi sifatida o’z o’quvchingizni ushbu Olimpiadalarda g’olib bo’lishini istaysizmi?
Unda Sizni Xalqaro va Respublika Biologiya Olimpiadalari haqidagi vebinarda kutamiz!
Lektorlar: Muxtorov Azizbek va Egamberdiyev Muhammadibrohim
📌Muxtorov Azizbek
- 33-Xalqaro Biologiya Olimpiadasi (IBO 33rd) “Merit” sertifikati sohibi
- Respublika Biologiya Olimpiadasi (UzBO 2022) g’olibi
- IELTS 7.0
- ToshPTI talabasi
📌Egamberdiyev Muhammadibrohim
- 34-Xalqaro Biologiya Olimpidasi (IBO 34th) bronza medal sohibi
- Respublika Biologiya Olimpiadasi (UzBO 2023) g’olibi
- ToshPTI talabasi
Ishtirok etish uchun ro'yhatdan o'tishni unutmang.
📆 16 oktabr, 15:00
📍Ziyo Forum (Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 12)

17-oktabr Xalqaro arraburun skatlar kuni!
Arraburun skatlar (Prostidae) oilasi bugungi kunda ikki urug'ga mansub quyidagi beshta turni o'z oladi:
1) pichoqtish arraburun (Anoxypristis cuspidata) - EN
2) pakana arraburun (Pristis clavata) - EN
3) maydatish arraburun (Pristis pectinata) - CR
4) yiriktish arraburun (Pristis pristis) - CR
5) uzuntaroq arraburun (Pristis zijsron) - CR
Ushbu baliq turlari qanotlari uchun ko'p miqdorda ovlanadi (akula sho'rva uchun), tishlari va arraburun tumshuqlari esa mahalliy tabobatda qo'llaniladi. Bundan tashqari ularning yashash joylari yildan-yilga qisqarib bormoqda. AQSh, Avstraliya va boshqa ko'plab davlatlarda arraburun skatlar muhofaza qilinadi. Baliqchi to'riga tushib qolgan ushbu baliq suvga qo'yib yuborilishi kerak, aks juda ham katta jarimaga sabab bo'ladi.

18-oktabr Xalqaro okapi kuni
Okapi (Okapia johnstoni) jufttuyoqlilarga mansub, Markaziy Afrikada uchraydigan, o‘z urug‘ining yagona vakili bo‘lgan, nihoyatda noyob hayvon. O‘z tashqi ko‘rinishi bilan bir tomondan otlarni, ikkinchi tomondan esa jirafalarni eslatadi, kamiga orqa oyoq tomoni xuddi zebralarniki kabi yo‘l-yo‘l. Lekin okapilar otlardan ancha uzoq, jirafalarga esa yaqin tur hisoblanadi.
Uni yana "o‘rmon jirafasi", "Kongo jirafasi", "zebra jirafa", "Jonston okapisi" kabi nomlar bilan atashadi. Chiroyli hayvon. Erkaklarining boshida bir juft shoxi bor, har yili almashadi, urg‘ochilarida bo‘lmaydi. Baxmaldek shokoladrang yungi bilan ham ajralib turadi. Okapi tilining uzunligi 30-36 sm ga yetadi. Tili ko‘zigacha yetadi va ko‘ziga qo‘ngan hasharotlarni haydashda tilidan bemalol foydalanadi.

Mana shu ketvorgan xonim qiz - okapi bo‘ladi. Uni yana "o‘rmon jirafasi", "Kongo jirafasi", "zebra jirafa", "Jonston okapisi" kabi nomlar bilan atashadi. Chiroyli hayvon. Erkaklarining boshida bir juft shoxi bor, har yili almashadi, urg‘ochilarida bo‘lmaydi. Baxmaldek shokoladrang yungi bilan ham ajralib turadi.
@hujayrauz
@hujayrauz
20-oktabr Xalqaro yalqovlar kuni!
Yalqovlar ikki oilaga mansub jami olti turdan iborat bo‘lib, bu turlarning barchasi Neotropikada yashaydi. Juda sekin harakatlanadi, deyarli yerga tushmaydi, hayotini daraxtlarda o‘tkazadi. Bir kunda o‘rtacha 20 soat uxlaydi. Suvda yaxshi suzadi. Ayrim turlarining soni so‘nggi o‘n yillikda 80% ga qisqardi. 2011-yili sanoq vaqtida yalqovlardan biri - pakana yalqov (Bradypus pygmaeus) ning yovvoyi tabiatda atigi 79 tasi saqlanib qolgani ma'lum bo'lgan. Olimlarning ta'kidlashlaricha ushbu turning muhofazasiga alohida e'tibor qilinmasa tez orada ushbu tur butunlay qirilib ketishi mumkin.

Taak, o‘rtoqlar, ikki daqiqaga diqqat qilamiz.
Quyidagi rasmdagi meva hech qanaqa "Eron anor", "hoji anor" yoki yana qanaqadir bir narsa anor emas, uning nomi - momordika, yoki o‘zimizni tilda "achchiq qovun" desak ham bo‘ladi. Uning biologik jihatdan anorga hech qanday qarindoshlik joyi yo‘q. U qovoqdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. O‘zimiz bilgan qovoq, qovun, tarvuz, bodring kabi o‘simliklarga o‘xshash qovoq meva. Momordika nomi bilan 60 ga yaqin tur o‘simlik nomlanadi.Bizning bozorlarimizda aylanib yurgani - Momordica charantia degan tur.
Ayrim manbalarda aytilganidek qator kasalliklarga davoligi rostmi? Biolog sifatida aytishim mumkinki, haqiqatdan ham ushbu qovoqmeva Xitoy tabobatida qo‘llaniladi. Lekin juda bir "vahima" qiladigan narsasi yo‘q. Ushbu qovoqmeva qandi diabetda, turli saraton kasalliklarida va hatto OITS xastaligida ham foydali deb aytiladi. Biroq boshqa tomondan ushbu da'volar ilmiy nuqtai nazarda tekshirilishga muhtojligi mutaxassislar tomonidan ta'kidlanadi.
Agar sizga bu meva yoqsa bemalol olib yeyavering, bu hech qanday muammo emas. Xuddi bodring, pomidor, oshqovoq, kartoshka kabi bir o‘simlik xolos.
Ushbu mevaning nojo‘ya ta'sirlari bormi? Bor. Xabar qilingan salbiy ta'sirlari orasida diareya, qorin og'rig'i, isitma, gipoglikemiya, siydik tuta olmaslik va ko'krak sohasida og'riqlarning bo‘lishi mavjud. Simptomlar odatda yengil o‘tadi, davolanishni talab qilmaydi va dam olish bilan o‘tib ketadi.
AMMO, LEKIN, BIROQ!
Homilador ayollarga ushbu mevani yeyish umuman tavsiya qilinmaydi, boisi meva homilador ayolda qon ketish, to‘lg‘oqqa o‘xshash qorin muskullarining qisqarishi va bola tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ana, yuqoridagilarni o‘qigan bo‘lsangiz bemalol "hojianor" dan olib iste'mol qilish yoki qilmaslikni o‘zingiz hal qilib olaverasiz))

23-oktabr Xalqaro qor qoploni kuni!
Qor qoploni yoki ilvirs (Panthera uncia) yirtqichlar turkumiga kiruvchi, faqatgina Osiyo mintaqasida uchraydidan favqulodda kamyob hayvon. Mana shu mo‘jiza hayvon O‘zbekistonda Hisor tog‘larida ham uchraydi. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Besh yil avvalgi ma'lumotlarga qaraganda O'zbekistondagi qor qoploni populyatsiyasidagi individlar soni 30-120 ta atrofida deb baholangan. Uning eng katta jamoasi Xitoy hududiga to'g'ri keladi. U yerda taxminan 4500 atrofida qor qoploni mavjud.
Qor qoploni juda ko'p davlatlarda davlat himoyasiga olingan. Jumladan Xitoyda 1989-yildan beri uni ovlash taqiqlangan. Qor qoplonini ovlagan, uning biror tana a'zosi sotishda ayblangan odam mol-mulki musodara qilinishi, katta jarima va eng kamida 10 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan yuzlashadi.

Qushlar migratsiyasi deganda ko'pchiligimizning ko'z oldimizga gala-gala bo'lib shimol yoki janub tomonga uchib ketayotgan qushlar keladi. Kelib shunday qushlar ham borki, ular doimiy ravishda migratsiya qiladi, lekin uchib emas, xuddi boshqa hayvonlar kabi yurib. Masalan, Shimoliy Amerikada uchrovchi tovuqsimonlar turkumi qirg'ovullar (Phasianidae) oilasiga mansub moviy qur (Dendragapus obscurus) ana shunday yurib migratsiya qiladi.
@hujayrauz
@hujayrauz
Bugun 26-oktabr Amerikada Xachirlar kuni 😁
Xachir (♂Equus asinus × ♀Equus caballus) erkak eshak va urg‘ochi otdan tug‘iladigan duragay hayvon. Bu hayvonlar nasl bermaydi.

Kuni kecha Alcheringa jurnalida chop etilgan bir maqolaga ko'zim tushib qoldi. Bilsangiz Avstraliya xaltali sutemizuvchilarning vatani. U yerda yirtqich xaltalilar (Dasyuromorphia) turkumi xaltali suvsarlar (Dasyuridae) oilasiga mansub Dasycercus urug'i vakillari uchraydi. Ularni mulgara deb nomlashadi.
Mana shu mulgaralarning rasman tan olingan ikki turi mavjud edi. Bular cho'tkadum mulgara (D. blythi) va taroqdum mulgara (D. cristicauda). Mazkur urug' taksonomiyasi avvaldan juda chalkash va bahsli bo'lganligi bois tadqiqotchilar turli muzeylarda saqlanuvchi ushbu urug'ga oid 84 mulgara namunasining bosh suyagi, tishlari, mo'ynasi hamda yarim tosh qoldiqlari (subfossil) ni tahlil qilishgan. Ma'lum bo'lishicha, urug' avval o'ylanganidek 2 ta emas, balki 6 turdan iboratligi ma'lum bo'lgan. Shundan uchtasi hali fan uchun noma'lum turlar. Ularga D. woolleyae, D. archeri va D. marlowi deb nom berishgan. Eng qiziq jihati mazkur yangi turlar olimlar fikricha allaqachon tabiatda qirilib ketib bo'lgan.
Men biolog sifatida talabalarimga bir ma'lumotni ko'p ta'kidlayman. Tabiatdagi mavjud biologik turlarning deyarli 80 foizi o'zining o'rganilishini kutib yotibdi. Ayrim turlar olimlar tomonidan kashf etilishidan avvalroq qirilib ketmoqda. Hozir biolog-taksonomistlarga bo'lgan ehtiyoj har qachongidan ham katta.
Kim biladi deysiz, O'zbekiston faunasida ham hali o'zining o'rganilishini kutib yotgan necha yuzlab yoki minglab hayvon turlari bor. Balki bizda ham o'rganilishidan avval qirilib ketayotgan turlar bordir? Buni hozircha bila olmaymiz. Har qanday holda ham biz biologlar oldida juda katta ish turibdi.