Avstraliyaning shimoliy hududidan buqabosh akulalarning yangi turi kashf qilindi.
Odatda ko'p marotaba o'rganilgan, tadqiqot olib borilgan hududlardan yangi turlarning kashf etilish tarixiga qarasangiz qiziq holatlarga guvoh bo'lasiz. Jumladan, yaqinda kashf etilgan yangi akula turida ham shunga yaqin holat kuzatilgan. Tinch okean g'arbiy hududida uchrovchi Heterodontus zebra populyatsiyalari yaxshilab tekshirib ko'rilganda butunlay boshqa turga mansub akula populyatsiya ham mavjudligi qayd etilgan. Unga olimlar Heterodontus marshallae deb nom berishgan.
Yangi tur H. zebra ga ko'p jihatdan, ayniqsa umumiy rangidan o'xshaydi, ikkisida ham xira orqasida 22 ta jigarrang dog'lar mavjud. Biroq chuqur tekshiruvlar ikkala tur o'zaro tumshug'idagi dog'ning shakli bilan, mitoxondrial NADH2 geni nukleotidlar ketma-ketligi bilan, tuxumining tuzilishi bilan farq qiladi.
H. marshallae ning suvning chuqur (125-229 m) qismlarida yashasa, H. zebra esa nisbatan yuzaroq (0-143 m) qismida yashashi aniqlangan.
@hujayrauz

Bugun antiqa bir maqola o‘qib qoldim. Tadqiqotda filogenetik jihatdan dengiz sutemizuvchilari kelajakda yana quruqlikka chiqishlari mumkinmi degan savolga javob izlangan.
Tadqiqotchilar 5000 dan ortiq sutemizuvchilarni filogenetik tahlil qilishgan. Ular barcha mammaliyalarni 4 guruh: faqat quruqlikda yashaydigan, quruqlikda yashovchi, lekin dengizda yashashi mumkin bo‘lganlar, dengizda yashovchi, lekin quruqlikda yashash imkoniga ega bo‘lganlar va faqat dengizda yashay oluvchilarga ajratishdi.
Eslaringizda bo‘lsa o‘tgan yili "nega hozirgi maymunlar odamga aylanmayapti?" degan savolga javob berish vaqtida Dollo qonunini tushuntirib bergan edim. Ya'ni evolyutsiya ortga qaytmaydi, u bir yo‘ldan faqat bir marotaba yuradi.
Tadqiqotchilar chindan ham shu qonun ishlash-ishlamasligi tekshirishgan, natijada tadqiqot hozirgi dengizda yashovchi sutemizuvchilar endi quruqlikka qayta olishmaydi degan xulosaga ega bo‘lishgan.

Oltinchi ommaviy qirilish
Bir necha kun avval Yer yuzida hozirgacha biologik turlarning beshta eng yirik qirilib ketish jarayoni kuzatilgani haqida yozgan edim. Ushbu qirilishlarda asosiy rolni tabiat qonunlari amalga oshirgan edi. Olimlarning ta'kidlashicha, so'nggi (66 mln yil avval) beshinchi ommaviy qirilishdan keyin mana yana Yer yuzidagi biologik turlar oltinchi ommaviy qirilib ketishga yuz tutib turmoqda.
Ming afsuski bu gal qirilishga tabiat emas antropogen omil sabab bo'lmoqda. Olimlarning tushuntirishicha insoniyat ayni vaqtda mavjud quruqlikning 40%, chuchuk suvning esa 70% qismidan oziq-ovqat ishlab chiqarishda foydalanmoqda. Bu esa ushbu hududlardagi biologik turlarning yashab qolishini xavf ostida qoldirmoqda. Antropogen omil tabiiy omillardan farqli ravishda qirilib ketish jarayonini 100, hatto 1000 barobar tezlashtirib yuborishi mumkin.
TMXI (Xalqaro "Qizil kitob") asosiy urg'uni umurtqali hayvonlarga qaratganligiga qaramay, umurtqasiz hayvonlarning aksariyati ham xavf ostida ekanligi aytiladi, jumladan, dunyodagi ikkinchi eng katta tip bo'lgan mollyuskalarning tur soni 1500-yildan keyingi vaqtda 7,5-13% ga (taxminan 150-260 ming tur) qisqargan. Vaholanki TMXI ularning 882 tasigina qirilib ketgan deb qayd etgan xolos.
Ayrim tadqiqotchilar esa qushlarning 13% i, reptiliyalarning 21% i, sutemizuvchilarning 27% i, baliqlarning 37% i, amfibiyalarning 41% qismi butunlay yo'qolib ketish xavfi ostida turgan bugungi davrni hisobga olib, biz oltinchi ommaviy qirilishning ayni o'rtasidamiz deb ta'kidlashadi.

Zaharli baliqlar haqida eshitganmisiz?
Ha, baliqlar orasida zaharli turlari yetarlicha topiladi. Hozirda baliqlarning 36 mingdan ortiq turi ma'lum bo'lsa, ular ichida 2000 dan ortiq zaharli baliqlar qayd etilgan. Zaharli baliqlar ikki guruhga bo'linadi: 1) tanasi zaharli, uni yegan hayvon zaharlanadi; 2) o'zi zahar ishlab chiqaruvchi, bunday baliqlar zaharidan dushmandan himoyalanish yoki o'ljasini falajlash uchun foydalanadi.
O'zbekistonda ham zaharli baliqlar bormi?
Albatta bor. Bizda qora baliq yoki marinka (Schizothorax eurystomus) degan (rasmdagi baliq) zaharli baliq mavjud (birinchi guruhga kiradi). Qornining ichki yuzasida qora pardasi bor, zaharli. Ko'payish vaqtida zahar konsentratsiyasi oshadi, tuxumlari ham o'ta zaharli. Baliqni qorin pardasini tozalamasdan yeyish yoki tuxumlarini yeyish juda kuchli zaharlanishga sabab bo'ladi.
Ilmiy faoliyatim davrida xuddi shu baliqdan zaharlangan surxondaryolik aka-ukalarni ko'rganman, ular bilan gaplashganman.

Asalari ko'pchilik o'ylaganidek yagona asal yig'uvchi hasharot emas
Chumolilar (Formicinae) kenja oilasining ayrim urug' vakillari asal yig'ishga moslashgan. Ushbu ekologik guruhga mansub chumolilarning ishchilarining qorin qismida maxsus asal yig'uvchi "xalta"lari mavjud. Ular o'z asallarini ana shu yerda to'plashadi. Bunday chumolilar Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrikaning shimoli va Melaneziyada uchraydi.
Avstraliyada uchrovchi Camponotus inflatus asal to'plovchi chumolisining asalidan mahalliy aholi oziq-ovqat va tibbiy maqsadlarda foydalanadi. Yaqinda o'tkazilgan bir tadqiqotda, ushbu chumoli asalining Staphylococcus aureus bakteriyasiga qarshi faol ta'siri aniqlandi. Bu o'ta xavfli bakteriya bo'lib, odamda ko'plab muammolarga sabab bo'ladi.
Tadqiqotchilar asal to'plovchi chumolilar asalining tarkibi va uning xususiyatlarini o'rganish ayrim xavfli infeksiyalar bilan kurashishdagi yangi yo'nalishlarni ochib beradi deb umid qilishmoqda.

Kecha 29-iyul Xalqaro yo'lbarslar kuni edi.
2010-yilda Rossiyada bo'lib o'tgan Yo'lbarslar sammitida har yili 29-iyul kunini yo'lbarslar kuni sifatida nishonlash taklif etildi. Ushbu kunning maqsadi yo'lbarslarning tabiiy yashash joylarini himoya qilish bo'yicha global tizimni targ'ib qilish va yo'lbarslarni muhofaza qilish muammolari bo'yicha jamoatchilik xabardorligini oshirish va qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Yo'lbars (Panthera tigris) mushuksimonlarning eng yirik vakili bo'lib, 9 kenja turi qayd etilgan, shulardan 3 tasi batamom qirilib ketgan, 6 tasi esa saqlanib qolgan. XX asrning boshidan beri ushbu tur o‘zining tabiiy holda tarqalgan arealining 93% ini yo‘qotgan. Hozirgi kunda ularning 3.0-3.9 mingtasi saqlanib qolgan deyiladi.
O'zbekistonda ham ilgari Turon yo'lbarsi (Panthera tigris virgata) uchragan. Uni oxirgi marta 1998-yilda Tojik-Afg'on chegarasida, Bobotog'da ko'rishgan. Shundan keyin qayta uchratilmagan. Hozirda bu yo'lbars kenja turi qirilib ketgan deb hisoblaniladi.

O'zbekistondan qo'ng'izlarning yangi turlari kashf etildi.
Bugun Caucasian Entomological Bulletin jurnalida ajoyib bir maqola chop etildi. U yerda O'zbekiston g'arbidan 2021-2023 yillarda olib borilgan koleopteriologik ekspeditsiya natijalari e'lon qilingan. Asosiy urg'u qora qo'ng'izlar (Tenebrionidae) oilasiga qaratilgan. Maqolaning yetakchi muallifi o'zimizning yosh koleopterolog olimimiz Norbek Bekchanov bo'ladi.
Maqola yozilishicha mamlakatimiz g'arbidan (Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston) qora qo'ng'izlarning 79 turi qayd etilgan. Ushbu turlar ichida 4 takson fan uchun yangi hisoblanadi.
👉 Diaphanidus mamuni Nabozhenko & Bekchanov, 2023
👉 Diaphanidus crassiantennatus Nabozhenko & Bekchanov, 2023
👉 Zophosis scabriuscula karakalpakensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023
👉 Penthicinus amudariensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023
Bundan tashqari Markaziy Osiyo uchun 2 ta, O'zbekiston uchun 3 ta, O'zbekiston g'arbi uchun ham 2 ta yangi turlar qayd etilgan. O'zim zoolog-taksonomist sifatida ushbu ishning naqadar mashaqqatli ekanligini, fan uchun yangi taksonni kashf etish nihoyatda katta ish ekanligini juda yaxshi tushunaman. Ushbu katta yangilik bilan avvalo O'zbekiston zoologlarini, ana undan keyin yosh kashfiyotchi olim do'stimiz Norbekni chin ko'ngildan tabriklayman!
To'g'risi bu yangilikdan boshim osmonga yetdi. O'zbekiston yeridan kashf etilayotgan yangi turlarga o'zbek olimi mualliflik qilishini biz uzoq yillar kutganmiz. Hozirgi yosh zoologlar avlodi mana shu umidlarimizni ro'yobga chiqarishmoqda. Rahmat sizga, Norbek! Sizdan bundanda ko'proq yangiliklar kutib qolamiz.
Barcha biologiya ixlosmandlariga esa maqolani o'qishni va ushbu xabarni boshqa do'stlaringizga ulashishni so'rayman. Zotan, bu biz biologlar uchun maqtanadigan va faxrlanadigan holat!

Demak sizlarni qahramonlarimiz bilan birma-bir tanishtirib o'taman.
Bu Diaphanidus mamuni Nabozhenko & Bekchanov, 2023. Ushbu chiroyli qo'ng'iz Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani hududidan 2023-yil aprel oyida ilk marotaba topilgan.
Yangi tur qadimgi Xorazmda (11-asr) birinchi ilmiy markazga asos solgan ilk oʻrta asrlarning buyuk maʼrifatchisi xorazmshoh Abul-Abbos Maʼmun ibn Maʼmun sharafiga nomlangan.

Bunisi esa yana bir qahramonimiz Zophosis scabriuscula karakalpakensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023 bo'ladi. Ushbu kenja tur ham Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanidan topilgan.
Kenja tur Qoraqalpog'iston sharafiga nomlangan.
@hujayrauz
Kenja tur Qoraqalpog'iston sharafiga nomlangan.
@hujayrauz
Mana bu yigitchaga esa mualliflar Diaphanidus crassiantennatus Nabozhenko & Bekchanov, 2023 deb nom berishgan. U ilk marotaba Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumanidan shu yilning aprel oyida topilgan.
Yangi turga uning qalin mo'ylovlari sabab shunday nom berilgan.
@hujayrauz
Yangi turga uning qalin mo'ylovlari sabab shunday nom berilgan.
@hujayrauz
So'nggi qahramonimiz esa Penthicinus amudariensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023 deb nomlangan. Uni ham Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanidan, yana ham aniqrog'i Quyi Amudaryo hududidagi biosfera qo'riqxonasidan joriy yilning aprel oyida topishgan.
Yangi tur Amudaryo sharafiga nomlangan.
Ex, Qoraqalpog'iston, Qoraqalpog'iston, hali senda yana qancha o'zining kashf etilishini kutib yotgan hayvonlar bor ekan-a?

Talablarga binoan sizlarni yosh kashfiyotchimiz bilan tanishtirib o'taman.
Yuqoridagi yangi qo'ng'iz turlarining muallifi mana shu yigitcha bo'ladi. Norbek Bekchanov, 27 yosh, Xorazmda biologlar oilasida tug'ilgan. Milliy universitetning biologiya yo'nalishida 2016-2022 yillarda bakalavr va magistraturani tugatgan. Hozirda Xivadagi Ma'mun akademiyasi tayanch doktoranti. Talabaligida biologiya fanidan o'tkazilgan Respublika olimpiadalarida g'olib bo'lgan. Eslaringizda bo'lsa Norbek 2019-yilda hujayra.uz da o'tkazilgan tanlovda ham g'olib bo'lgan edi.
Ayni vaqtda yosh olim O'zbekistonning qanotsiz qora tanli qo'ng'izlarini o'rganmoqda (PhD mavzusi - "O’zbekiston Tentyriini (Coleoptera: Tenebrionidae) tribasi qanotsiz qora tanli qo’ng’izlari"). Ha darvoqe, bugungi kashfiyot Norbekning birinchi ishi emas, u o'tgan yili ham yangi qo'ng'iz turini (Psammocryptus bogatchevi) kashf qilgan edi.
Ko'z oldimizda ajoyib taksonomist shakllanib bormoqda. Norbekka faqat va faqat omad tilab qolamiz!

Bugun tong saharda ekspeditsiyaga yo‘l oldik. Yo‘lda ketar ekanmiz sholizorda qo‘nib turgan bir to‘da oq laylaklar (Ciconia ciconia) ga duch keldik. Juda ham chiroyli manzara. Menimcha nonushta qilishmoqda 🐸🍜😁
@hujayrauz
@hujayrauz
Tog‘ flora va faunasini o‘rganish har doim qiziq bo‘lgan. Hozir Chotqol tizmasiga keldik. Ko‘ramiz nimalar topamiz ekan.
@hujayrauz
@hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatda bir-biridan farqli mini ekotizimlar mana shunday o‘zaro bog‘liqlikda mavjud bo‘la oladi. Bunday muhit hayvonlarning turli ekologik tokchalarda yashashlarini kuzatish va o‘rganish uchun eng ideal model hisoblanadi.
@hujayrauz
@hujayrauz
Tog‘dagi mana bu teraklar shahar mo‘ylovdori (Trirachys sartus) ning qurboniga aylanishibdi. Lekin boshqa tomondan ushbu qo‘ng‘izlar boshqa bir ekotizimning debochasini boshlab berishgan.
@hujayrauz
@hujayrauz
Tog‘larning quyosh botayotgandagi manzarasi bir so‘z bilan aytganda perfecto, chocolatto, bellissimo 🤩
@hujayrauz
@hujayrauz