hujayra.uz
4.85K subscribers
1.3K photos
210 videos
71 files
1.58K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
Tanlovning birinchi savoli
#tanlov

Bugun tanlovning birinchi kuni bo'lgani bois o'tmishga murojaat qilish xayrli qadam deya biologiya tarixiga murojaat qilishga qaror qildik 😊.

Savol: U Yevropada tug'ildi. O'simliklarning dorivorlik xususiyatiga bo'lgan qiziqishlari uning kelajakda botanika faniga kirib kelishiga asos bo'ldi. U o'simliklarni "takomillashgan" va "takomillashmagan" deb nomlangan guruhlarga ajratdi. Buyuk tabiatshunos olim Karl Linney uni "botanika fanining otasi" deb atadi. Yuqorida ta'riflangan olimning kimligini toping.

Javoblaringizni #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

P.S. Juda ko'plab murojaatlarni hisobga olgan holda savolga javoblarni qabul qilishni 3 soatga qisqartirdik.
​​Tanlovning ikkinchi kun savoli
#tanlov

Amerikalik paleontolog, dinozavrlar bo'yicha yirik mutaxassis Devid Veyzhempel yerning turli era va davrlarga oid qatlamlarini o'rgana turib ajoyib bir holatga duch keladi. Ayrim toshga aylangan organizm qoldiqlari, masalan Yura davrida yashab qirilib ketgan dinozavr turining qoldiqlari, suyaklari yoki tishlari ba'zida nisbatan yosh bo'lgan Bo'r davri qatlamlaridan chiqib qolgan. Keyinchalik ma'lum bo'ladiki, qadimda yashab o'tgan organizmlar qazilma topilmalarining odatda uchrashi lozim bo'lmagan yer qatlamidan chiqib turishi normal holat bo'lib, bunga turli yer qatlamlarini vaqt o'tib yemirilishi yoki o'zgarishi uning tarkibidagi qazilma qoldiqlarning boshqa begona qatlamga ko'chib o'tishiga sabab bo'lar ekan. "Sayr qiluvchi" toshga aylangan qazilma topilmalarga oid ushbu holatdan hayratlangan paleontolog D.Veyzhempel 1996-yilda uni bir nom bilan fanga kiritadi. Savol: yuqoridagi holat/jarayon fanda nima deb nomlanadi?

Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning uchinchi kun savoli
#tanlov

Bugungi savolni botanika fanidan berishga qaror qildik.

Savol: Bu o'simlikka O'rta asrlarda yashab o'tgan bir olim quyidagicha: "Ushbu g'adir-budir va yum-yumaloq massa yoki tugunak hayratlanarli zichlikka ega. U xuddi qovun va qariqizni bir tanada, pichan g'arami ko'rinishda yaratilganga o'xshaydi" deya ta'rif beradi. Amerikalik botanik va seleksioner L.Byorbank esa uni "mard va bardoshli, u tik turib o'ladi" deya ta'riflaydi. Ushbu o'simliklarning ayni hozirgi nomini ilk marotaba Teofrast qo'llagan bo'lsa-da, lekin ajabki, uning o'zi bunday o'simlik borligi haqida butkul bexabar bo'lgan. Ushbu o'simliklar haqidagi yana bir qiziqarli jihatda shundan iborat-ki, ularning sistematikasi botaniklar orasida eng murakkab va eng chalkash holatga ega. Bu murakkablik Karl Linney davrida boshlangan bo'lib, bugungi kungacha davom etmoqda. Agar sizdan ushbu o'simliklarning qaysi sinfga kirishi haqida so'ralsa, negadir dastlab ikkilanib qolasiz. Siz bu o'simlikni yuqori ehtimollik bilan juda ko'p ko'rgansiz, uni hatto 5-sinf bolasi ham juda yaxshi yaxshi taniydi. Agar gap qaysi o'simlik haqida ketayotganini anglagan bo'lsangiz uning nomi nima?

Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning to'rtinchi kun savoli

Markaziy Osiyo suv havzasi uchun endemik bo'lgan Amudaryo katta soxta kurakburun (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni) balig'ining mitoxondrial DNK sini to'liq o'rganish jarayonidan ma'lum bo'ldi-ki, uning mitoxondrial DNK si jami 16597 nukleotid juftligidan iborat ekan. Ushbu mtDNK o'z tarkibiga 2 ta rRNK, 13 ta oqsil va 22 ta tRNK kodlovchi genlardan tashkil topgan. mtDNK dagi 2 ta rRNK lar 12S rRNK va 16S rRNK deb nomlanadi. Savol: rRNK lar oldida ko'rsatilayotgan "12S" va "16S" aynan nimani ifodalanishini maksimal aniqlikda toping.

Bugungi savol oddiy bo'lgani va uni internetdan topish juda oson bo'lgani uchun savolning javobi yo'llash uchun atigi 30 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 20:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning beshinchi kun savoli

Bugungi savolimizda Sizning zoologiyaga oid bilimlaringizni sinab ko'ramiz. Savol nihoyatda oddiy.

Savol: ushbu rasmda tasvirlangan hayvonning qaysi sinf, turkum, oila va turga oidligini toping.

Sinf, turkum, oila va tur. Ushbu sistematik birliklarning barchasini aniq topishingiz kerak. Birortasida adashsangiz javobingiz xato deb topiladi. Javobda istasangiz o'zbekcha nomlarini, istasangiz lotincha nomlarini yuborishingiz mumkin.

Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 60 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 20:30 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning oltinchi kun savoli

Savol:
Barchangiz restriktaza enzimlari haqida o'qigansiz. Ular hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulalarini aniqlab, ularni ma'lum qismlargacha parchalab tashlaydi. Restriktazalar haqiqiy bakteriyalar va arxeylarning deyarli barchasida uchraydi. Bugungi savol juda ham oddiy, ya'ni restriktazalar hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulasini parchalab tashlay olar ekan, unda nima uchun bakteriyalar o'zini bakteriofaglardan himoya qila olmaydi?

Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning yettinchi kun savoli

Bugungi savolimiz mikologiyadan bo'ladi. Quyidagi rasmda iste'molga yaroqli qizil qarag'ay zamburug'i (Lactarius deliciosus) ning uchta qismi ko'rsatilmoqda:
a - mevatanasi;
b - sporasi;
c - gifalari.

Ushbu ko'rsatilgan uchta organdagi xromosoma to'plami qanday ko'rinishda ekanligini maksimal aniqlikda ko'rsating.

P.S. xromosoma to'plami deyilganda ularning soni so'ralmayapti. Aynan gaploid, diploid, triploid yoki poliploidli nazarda tutilmoqda. Buni so'zda emas, aynan genetik belgilarda ko'rsating.

Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 90 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning sakkizinchi kun savoli

Bugungi savolimizda zamonaviy kladistikaga oid terminlarni qay darajada bilishingizni tekshirib ko'ramiz.

Nemis entomologi, hozirgi zamonaviy kladistikaning asoschisi Villi Henning kladistikaning asosiy tushunchalarini fanga olib kirgan. Jumladan, bugungi savolimiz mavzusiga aylangan holatni ham aynan u ilk bor ta'riflagan. Quyida bir tipik kladogramma keltirilgan. Biologik qonuniyatlarga binoan organizmlar evolutsiya davomida o'zining umumiy ajdod turiga xos bo'lgan ayrim belgilarni saqlaydi yoki ulardan voz kechadi yohud butunlay ajdod turga xos bo'lmagan yangi belgilarni paydo qiladi. Ushbu jarayonlarning har biri fanda o'z nomiga ega. Bugun sizlardan ana o'shalardan aynan birini so'raymiz.

Evolutsiya jarayonida umumiy ajdoddan (kladogrammadagi 1-nuqta) tarqalgan shoxlarning birida (2-nuqta) ajdod turga xos bo'lmagan yangi bir belgi paydo bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan ushbu belgi xuddi shu nuqtadan tarqalayotgan avlod turlarga (A va B turlar) monofiletik ko'rinishda tarqaladi. Jarayonni yanada aniq tushunishingiz uchun misol keltiraman. Barcha sutemizuvchilarda umurtqa pog'onasining qismlari sonida nisbatan doimiylik kuzatiladi. Masalan, uzun bo'yinli jirafa va juda kalta bo'yinli sichqondagi bo'yin umurtqalari soni bir xil. Lekin xartumlilar, naytishlilar, damanlar, sirenalar kabi turkumlarni o'zida birlashtirgan afroteriya (Afrotheria) katta turkumi vakillarida ajdod tur va boshqa sutemizuvchilardan farqli ravishda ko'krak va bel umurtqalari sonining oshganligini ko'ramiz.

Savol: Mana shu holat, ya'ni filogenetik daraxtdagi bir nuqtada yangi belgining paydo bo'lib, qolgan avlodlarga tarqalishi fanda nima deb ataladi?

Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 2 soat vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning to'qqizinchi kun savoli

Tanlovning ushbu kunida sizlarning amaliy ko'nikmalaringizni sinab ko'ramiz. Bundan bir necha oy muqaddam kanal va saytimizda filogenetik daraxt qurishning ba'zi turlarini birgalikda ko'rib chiqqan edik. Bugun sizlar bilan xuddi mana shu mavzuda UPGMA usulida filogenetik daraxt qurib ko'ramiz.

Sinov uchun osyortlar (Acipenseridae) oilasining 10 ta vakili maxsus saralab olindi. Ularning to'liq mitoxondrial sitoxrom C oksidaza I (COI) geni bo'yicha genetik masofalari (K2P) quyidagi jadvalda keltirilgan. Ushbu genetik masofa asosida UPGMA usulidan foydalangan holatda ushbu oila vakillarining filogenetik daraxtda joylashuvini hisoblang. (Hisoblash jarayonida verguldan keyingi sonlarni to'rt xonali songacha yaxlitlab boring. Masalan, hisoblash jarayonida 0.00585 chiqsa, uni 0.0059 holida yozib keting).

Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 3 soat vaqt ajratilgan. Filogenetik daraxtni chizib bo'lgach, uni rasmga olib ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning eng so'nggi savoli

Bugungi savolimiz avvaldan e'lon qilganimizdek bioinformatika fanidan bo'ladi.

Sizlarga quyidagi noma'lum bir organizmning sitoxrom C oksidaza I (COI) genining ma'lum bir fragmenti (596 bp) berilgan. Ushbu fragmentdan foydalangan holda quyidagi uchta savolga javob berishingiz kerak bo'ladi:

1) Bu DNK fragmenti qaysi organizmga tegishli? Organizm nomini aniq va to'liq aytishingiz lozim.
2) Bu DNK fragmentida nechta bo'shliq (GAP) mavjud?
3) Ushbu DNK fragmetidagi bo'shliqlar (GAP) o'rnida qaysi nukleotidlar bo'lishi kerak edi?

DNK fragmenti: GGCTGGAATAGTGGGGACTGCCTTAAGCCTCCTTATTCGGGCCGAACTAAGCCAACCCGGGTCACTTTTAGGAGATGACCAAATTTATAATGTTATTGTTACTGCCCACGCCTCGTAATAATTTTCTTTATAGTAATGCCAATTCTTATTGGAGGGTTCGGAAACTGACTCGTCCCACTGATGATTGGAGCCCCTGATATGGCATTCCCACGAATAAACAATATAAGCTTCTGATTATTACCTCCGTCATTCCTGTTATTATTAGCCTCTTCTGGTGTTGAGGCTGGCGCTGGAACTGGGTGAACAGTATATCCGCCACTCGCAGGTAATCTGCCCACGCAGGCGCATCAGTAGACTTAACAATCTTTTCACTTCATCTGGCGGGAGTATCATCAATCTTGGGTGCAGTCAACTTTATCACCACAATTATTAACATGAAACCCCCAGCTATCTCCCAGTACCAAACGCCGCTATTTGTGTGAGCCGTACTAGTAACAGCTGTCCTTCTCTATTGTCACTACCAGTTTTAGCTGCCGGAATTACAATACTTCTTACAGACCGTAATCTTAATACTAATTCTTCGACCCGGCAGGAGG

Tanlovning oxirgi savoliga javob bersh uchun sizlarga atigi 20 daqiqa vaqt ajratilgan. Javoblaringizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuborishingizni so'raymiz. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA