hujayra.uz
4.85K subscribers
1.3K photos
210 videos
71 files
1.58K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
Tanlov adolatli bo'lyapti deb o'ylaysizmi? Kanal admini tanish-bilishchilik qilmayaptimikan?
Anonymous Poll
74%
adolatli bo'lmoqda
9%
menimcha tanish-bilishchilik bo'lyapti
17%
menga nima, tanlovni tezroq tugatinglar, zerikdim! ))
​​Tanlovning yettinchi kun savoli

Bugungi savolimiz mikologiyadan bo'ladi. Quyidagi rasmda iste'molga yaroqli qizil qarag'ay zamburug'i (Lactarius deliciosus) ning uchta qismi ko'rsatilmoqda:
a - mevatanasi;
b - sporasi;
c - gifalari.

Ushbu ko'rsatilgan uchta organdagi xromosoma to'plami qanday ko'rinishda ekanligini maksimal aniqlikda ko'rsating.

P.S. xromosoma to'plami deyilganda ularning soni so'ralmayapti. Aynan gaploid, diploid, triploid yoki poliploidli nazarda tutilmoqda. Buni so'zda emas, aynan genetik belgilarda ko'rsating.

Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 90 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning yettinchi kun natijalari

Bugungi savol bir qarashda juda oddiy tuyulgani bilan juda ham oddiy savol emas edi. Bu savol 2010-yilda Xalqaro Biologiya olimpiadasida berilgan. E'tibor bergan bo'lsangiz savolda aynan ma'lum bir zamburug' turi ko'rsatilgan. Ushbu qizil qarag'ay zamburug'i (Lactarius deliciosus) bazidial zamburug'lar (Basidiomycota) bo'limiga oid zamburug' hisoblanadi. Ushbu zamburug'larning tana hujayralarida dikarion holatdagi yadrolar bo'ladi. Bu degani, bitta hujayra ichida ikkita alohida gaploid to'plamli yadro mavjud deganidir. Shundan kelib chiqib, savolga javob beradigan bo'lsak, ushbu zamburug'ning

a) mevatanasi - n + n
b) sporasi - n
c) gifalari - n + n

ko'rinishidagi xromosomalar to'plamiga ega bo'ladi.

Agar Siz mikologiya darslarida ustozingiz aytgan ushbu kichik holatlarga e'tibor bergan bo'lsangiz savolning javobini to'g'ri topa olgansiz. Bugungi savolga 22 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 2 nafari savolga mutlaqo to'g'ri va to'liq javob yo'llagan, yana 2 nafar ishtirokchi esa mevataning o'zini dikarion holatda (n+n) ko'rsatib, negadir gifani diploid (2n) holatida ko'rsatganlar. Shunday bo'lsa-da, ular hech bo'lmaganda savolda nimani nazarda tutayotganimizni to'g'ri anglay olishgani bois, ularga ham ball berishga qaror qildik 👏. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga sakkizinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha deb qolamiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning sakkizinchi kun savoli

Bugungi savolimizda zamonaviy kladistikaga oid terminlarni qay darajada bilishingizni tekshirib ko'ramiz.

Nemis entomologi, hozirgi zamonaviy kladistikaning asoschisi Villi Henning kladistikaning asosiy tushunchalarini fanga olib kirgan. Jumladan, bugungi savolimiz mavzusiga aylangan holatni ham aynan u ilk bor ta'riflagan. Quyida bir tipik kladogramma keltirilgan. Biologik qonuniyatlarga binoan organizmlar evolutsiya davomida o'zining umumiy ajdod turiga xos bo'lgan ayrim belgilarni saqlaydi yoki ulardan voz kechadi yohud butunlay ajdod turga xos bo'lmagan yangi belgilarni paydo qiladi. Ushbu jarayonlarning har biri fanda o'z nomiga ega. Bugun sizlardan ana o'shalardan aynan birini so'raymiz.

Evolutsiya jarayonida umumiy ajdoddan (kladogrammadagi 1-nuqta) tarqalgan shoxlarning birida (2-nuqta) ajdod turga xos bo'lmagan yangi bir belgi paydo bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan ushbu belgi xuddi shu nuqtadan tarqalayotgan avlod turlarga (A va B turlar) monofiletik ko'rinishda tarqaladi. Jarayonni yanada aniq tushunishingiz uchun misol keltiraman. Barcha sutemizuvchilarda umurtqa pog'onasining qismlari sonida nisbatan doimiylik kuzatiladi. Masalan, uzun bo'yinli jirafa va juda kalta bo'yinli sichqondagi bo'yin umurtqalari soni bir xil. Lekin xartumlilar, naytishlilar, damanlar, sirenalar kabi turkumlarni o'zida birlashtirgan afroteriya (Afrotheria) katta turkumi vakillarida ajdod tur va boshqa sutemizuvchilardan farqli ravishda ko'krak va bel umurtqalari sonining oshganligini ko'ramiz.

Savol: Mana shu holat, ya'ni filogenetik daraxtdagi bir nuqtada yangi belgining paydo bo'lib, qolgan avlodlarga tarqalishi fanda nima deb ataladi?

Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 2 soat vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning sakkizinchi kun natijalari

Savol aniq bo'lganligi uchun uning javobi ham aniq va lo'nda bo'ladi. Filogenetik daraxtdagi bir nuqtasida avvalgi umumiy ajdodda bo'lmagan yangi belgining hosil bo'lishi va uning boshqa avlodlarga tarqali jarayoni fanda sinapomorfiya deb ataladi. Sinapomorfiya haqida hozircha mana bu manbadan o'qib turing. Tanlov tugagach bu mavzuda kanalda bir maqola tayyorlab beraman.

Bugungi savolga 22 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 11 nafari to'g'ri javobni topa olishgan 👏. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga to'qqizinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha deb qolamiz.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Volvoks (Volvox globator) qaysi dunyo vakili hisoblanadi?
Anonymous Poll
52%
hayvonlar
23%
o'simliklar
4%
zamburug'lar
6%
xromistlar
11%
protozoalar
2%
arxeylar
3%
bakteriyalar
​​Tanlovning to'qqizinchi kun savoli

Tanlovning ushbu kunida sizlarning amaliy ko'nikmalaringizni sinab ko'ramiz. Bundan bir necha oy muqaddam kanal va saytimizda filogenetik daraxt qurishning ba'zi turlarini birgalikda ko'rib chiqqan edik. Bugun sizlar bilan xuddi mana shu mavzuda UPGMA usulida filogenetik daraxt qurib ko'ramiz.

Sinov uchun osyortlar (Acipenseridae) oilasining 10 ta vakili maxsus saralab olindi. Ularning to'liq mitoxondrial sitoxrom C oksidaza I (COI) geni bo'yicha genetik masofalari (K2P) quyidagi jadvalda keltirilgan. Ushbu genetik masofa asosida UPGMA usulidan foydalangan holatda ushbu oila vakillarining filogenetik daraxtda joylashuvini hisoblang. (Hisoblash jarayonida verguldan keyingi sonlarni to'rt xonali songacha yaxlitlab boring. Masalan, hisoblash jarayonida 0.00585 chiqsa, uni 0.0059 holida yozib keting).

Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 3 soat vaqt ajratilgan. Filogenetik daraxtni chizib bo'lgach, uni rasmga olib ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning to'qqizinchi kun natijalari

Kecha berilgan genetik masofalar orqali osyotrlar oilasi vakillarining o'zaro filogenetik holatini UPGMA uslubida yasash so'ralgan edi. Kechagi tanlov savoliga 9 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Shulardan 3 nafari mutloq to'g'ri javob yo'llashgan. Qolganlarda bir organizmning o'rni bir xilda bitta nuqta yuqoriga joylashish bilan o'zgargan, shunday bo'lsa-da ularning barchalariga qolgan organizmlarni filogenetik daraxtda to'g'ri joylashtirishgani bois ball berishga qaror qildik. Tanlovda ishtirok etayotgan va uni kuzatayotganlarga tashakkurlar!

Quyida kechagi tanlov savolida so'ralgan osyotrlar oilasi vakillarining filogenetik daraxtni UPGMA uslubida MEGA 7.0 dasturida yaratilgan daraxti keltirilgan. O'zingizning natijalaringizni solishtirib ko'rishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Tanlov.pdf
420.3 KB
Tanlovning to'qqizinchi kun holatiga ko'ra ishtirokchilarning to'plagan ballari.

Ismlar yuqori ball to'plaganlar asosida alifbo tartibida berilgan.
Bugun tanlovimizning so'nggi kuni. Bugun g'olibimizni aniqlaymiz. Bugungi savol roppa rosa soat 18:00 da e'lon qilinadi. Bugungi savolning javobini topishdan ko'ra tezkorlik muhim hisoblanadi, boisi savol javobiga atigi 20 daqiqa vaqt ajratilgan xolos. Barcha qatnashuvchilarga omad tilab qolaman.

Darvoqe, kichik yordam, bugungi savolimiz bioinformatika fanidan bo'ladi 😊
​​Tanlovning eng so'nggi savoli

Bugungi savolimiz avvaldan e'lon qilganimizdek bioinformatika fanidan bo'ladi.

Sizlarga quyidagi noma'lum bir organizmning sitoxrom C oksidaza I (COI) genining ma'lum bir fragmenti (596 bp) berilgan. Ushbu fragmentdan foydalangan holda quyidagi uchta savolga javob berishingiz kerak bo'ladi:

1) Bu DNK fragmenti qaysi organizmga tegishli? Organizm nomini aniq va to'liq aytishingiz lozim.
2) Bu DNK fragmentida nechta bo'shliq (GAP) mavjud?
3) Ushbu DNK fragmetidagi bo'shliqlar (GAP) o'rnida qaysi nukleotidlar bo'lishi kerak edi?

DNK fragmenti: GGCTGGAATAGTGGGGACTGCCTTAAGCCTCCTTATTCGGGCCGAACTAAGCCAACCCGGGTCACTTTTAGGAGATGACCAAATTTATAATGTTATTGTTACTGCCCACGCCTCGTAATAATTTTCTTTATAGTAATGCCAATTCTTATTGGAGGGTTCGGAAACTGACTCGTCCCACTGATGATTGGAGCCCCTGATATGGCATTCCCACGAATAAACAATATAAGCTTCTGATTATTACCTCCGTCATTCCTGTTATTATTAGCCTCTTCTGGTGTTGAGGCTGGCGCTGGAACTGGGTGAACAGTATATCCGCCACTCGCAGGTAATCTGCCCACGCAGGCGCATCAGTAGACTTAACAATCTTTTCACTTCATCTGGCGGGAGTATCATCAATCTTGGGTGCAGTCAACTTTATCACCACAATTATTAACATGAAACCCCCAGCTATCTCCCAGTACCAAACGCCGCTATTTGTGTGAGCCGTACTAGTAACAGCTGTCCTTCTCTATTGTCACTACCAGTTTTAGCTGCCGGAATTACAATACTTCTTACAGACCGTAATCTTAATACTAATTCTTCGACCCGGCAGGAGG

Tanlovning oxirgi savoliga javob bersh uchun sizlarga atigi 20 daqiqa vaqt ajratilgan. Javoblaringizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuborishingizni so'raymiz. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Tanlovning so'nggi natijalari

Tanlovning so'nggi savolida DNK fragmenti keltirilgan organizm bu Holsik tezsuzar balig'i (Alburnoides holciki) edi. Uning yuqorida keltirilgan DNK sida 4 ta bo'shliq (GAP) bor bo'lib, o'sha bo'shliqlarda T, T, C, C nukleotidlari tushirib qoldirilgan. Bu vazifani BLAST dasturidan foydalangan holda aniqlash lozim edi. Bu haqida ilgari kanal va saytimiz orqali batafsil maqola e'lon qilgan edik.

Tanlovning oxirgi savoliga 5 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Shulardan 1 nafar ishtirokchi (Behruz Ochilov) eng to'g'ri va to'liq javobni, 3 nafar ishtirokchi esa kichik juziy kamchilik bilan to'g'ri javobni yo'llashdi. Bir kishi esa umuman noto'g'ri javobni yo'lladi. Shu bilan tanlovimiz o'z nihoyasiga yetdi.

Tanlov natijalariga ko'ra eng yuqori ball olgan uch kishining ballari bir xil bo'lib qoldi:
1. Norbek Bekchanov - 7 ball
2. Ne'matjon Rajavob - 7 ball
3. Zuhriddin Obloqulov - 7 ball

Vaziyatni to'g'ri hal etish uchun uchchala ishtirokchiga qo'shimcha savol berildi. Unda Norbek va Zuhriddin teng holatda birinchi o'ringa davogar bo'lib qolishdi. Shundan so'ng ushbu ikki ishtirokchiga ketma-ket holda qo'shimcha holatda yana 3 ta savol berildi. Va natijada Zuhriddin Obloqulov tanlovimizning mutloq g'olibiga aylandi.

Tanlovimizning yakuniy natijalari quyidagicha bo'ldi:

🥇Zuhriddin Obloqulov
🥈Norbek Bekchanov
🥉Ne'matjon Rajabov

Tanlovdagi 10 ta savolga javob berishda jami 126 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tanlovda qatnashgan, uni yaqindan kuzatib borganlarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Tanlov g'olibi Zuhriddin Obloqulovga kanalimizning doimiy hamkori "Jajji akademik" jurnalining bir yillik obunasi taqdim etiladi. G'alaba yana bir bor muborak bo'lsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Qat'iy tavsiya

Kelajak uchun qilingan eng katta investitsiya bu bilim olishga sarflangan mablag', vaqt va harakatdir. U hech qachon zoye ketmaydi. Kiyim-kechak, oziq-ovqat, sayohat, soliqlarga tikilgan pullar iqtisodda passiv deyiladi, sababi bu pullar hech qachon ortga qaytmaydi. Bilim, ko'chmas mulk, aksiyalarga tikilga mablag' esa aktiv bo'lib, ular har doim qaytadi, har doim.

Istalgan kamolotga yetgan shaxs bilan suhbatlashmang, u ishni bilim olishdan boshlash kerakligini aytadi. Shaxsan o'zimning hayotimda ham bu holatni boshdan o'tkazganman. Yoshligimda akam, xolalarim o'g'illarining kichkina bo'lib qolgan kiyimlarini kiyib katta bo'lganman, maktabni bitirgunimcha Farg'ona viloyatining uchta tumanidan tashqariga chiqmaganman, hatto universitetga kirganimda na telefonim, na kompyuterim bor edi. Lekin ota-onam yoshligimdan bilim olishimga sharoit yaratib bergan, qishloq, tuman kutubxonasiga borar edim, biologiya fanimga doir darsliklardan boshqa manbalar bilan muntazam tanishib borardim. Universitetda o'qigan vaqtimda ham bu odatimni tashlamaganman, stipendiyamning asosiy qismini kitob sotib olishga sarflaganman, vaqtimning asosiy qismini esa viloyat markaziy kutubxonasida o'tkazganman. Hozir esa biroz nokamtarlik bilan bo'lsa ham aytishim mumkinki, o'sha vaqtda men bilan birga yo'lga chiqqan tengdoshlarim, sinfdoshlarim va hatto kursdoshlarimdan ancha ilgarilab ketganman. O'qiganim sabab O'zbekistonning men ko'rmagan va bormagan viloyati qolmadi, mana chet elga chiqib ilmiy tadqiqot olib boryapman, xalqaro konferensiyalarga taklifnomalar olaman, bularning barchasi o'sha yoshligimda qattiq mehnat qilib o'qiganim, fanimga doir qo'shimcha, boshqalar o'qimagan adabiyotlar bilan tanishib borganim, dunyoqarashimni kengaytirishga xizmat qilgan turli ilmiy jurnal va kitoblarni o'qiganim deb bilaman. Yoshligimda bizdanda boy yashagan, mendanda yaxshi kiyib, yaxshi yeb-ichgan, mendanda ko'rkam bo'lgan tengdoshlarimning mening o'rnimda emasligining yagona sababi bu bilim, o'qish va dunyoqarash deb bilaman.

Kanalimning qadrli doimiy kuzatuvchalari! Agar uyingizda 7-14 yoshdagi farzandingiz, ukangiz, jiyaningiz, nabirangiz bo'lsa va kelajakda ularning ilm-fanga qiziqadigan, dunyoqarashi keng, fanlarni nozik darajada his eta oladigan va eng muhimi ilm yo'lidan ketib kelajagi porloq shaxs bo'lib yetishishi istasangiz, hozirdanoq ularning kelajagi uchun aktivlaringizni tiking! Bolalarni ilm-fanga qiziqtira oladigan turli rasmli kitoblar, ensiklopediyalar, jurnallar xarid qiling. Hozir ularni arzimagan pulga sotib olsa, topsa bo'ladi. Mana shu arzimagan mablag'ingiz, harakatingiz ertaga juda katta miqdorda o'zingizga qaytadi.

Mana shunday bolalar ilmiy-ommabop jurnallaridan biri bo'lgan "Jajji akademik"ka ham obuna bo'lishni tavsiya qilaman. Men bu jurnalga ko'ngilli ravishda "Atrofimizdagi olam" rukni uchun maqolalar yozib beraman. Mendan tashqari jurnalda har bir fan bo'yicha o'zining eng zo'r mutaxassislari material tayyorlashadi, kuchli dizaynerlar har bir sahifa ustida ish olib boradi. Jurnal muharriri har bir materialning bola yoshiga, ruhiyatiga mosligini tekshirib chiqadi, uning dunyoqarashini kengaytirishiga qanday hissa qo'shishiga alohida e'tibor beradi. menga yoqadigan jihati jurnalda faqat yoshlar, zamonaviy fikrlaydigan professionallar faoliyat yuritadi. Men o'zim ham jurnalga obuna bo'lganman, chunki boshqa fanlar bo'yicha mutaxassislarning tayyorlayotgan materiallari shaxsan men uchun juda ham qiziq.

Yillik obuna narxi atigi 70200 so'mni tashkil etadi xolos! Undan ko'ra bu pulga 1,5 kg go'sht olib maza qilib yeyman desangiz ham bo'ladi. Lekin unutmang, 1,5 kg go'sht bir haftaga bormasdan tugaydi, shu bilan qorningiz yana och qoladi, lekin bu pulga farzandingiz, ukangiz, jiyaningiz, nabirangiz bir yil davomida umrida eshitmagan, ko'rmagan narsalari haqida ma'lumotlarni o'qib boradigan jurnal ham olishi mumkin.

Jurnalga obuna bo'lish u qadar qiyin emas, online holda 3 ta harakat bilan obuna bo'lishingiz mumkin.
Mana bu manzil orqali muammosiz, osongina obuna bo'la olasiz: https://jajjiakademik.uz/obuna/
Yana takrorlayman, tanlov hamisha o'zingizda bo'ladi. Istasangiz farzandingiz kelajakda butun qishloq, tuman, viloyat, mamlakat faxrlanadigan, havas, kerak bo'lsa hasad bilan boqadigan yetuk shaxs bo'lib yetishadi. Istamasangiz ertaga "buni qayergadir ishga joylashtirish kerak, uzatish kerak, uylantirish kerak, Rossiyaga yuborsammikan" deb ham qolishingiz ehtimoldan xoli emas.

Ha darvoqe, bitta jurnalga obuna bo'lsa baxt qushi boshimda ekan deb o'ylamang, bu faqatgina boshlanishi, qo'lingizda elita urug' bo'lgani bilan dalani shudgor qilib, uni ekib, sug'orib parvarishlamaguningizgacha undan hosil ololmaysiz. O'ylaymanki, to'g'ri yo'lni tanlay olasiz!

"Jajji akademik" jurnaliga online obuna bo'lish uchun:
👉 https://jajjiakademik.uz/obuna/ 👈
Forwarded from Jajji akademik
30-noyabr Xalqaro uy hayvonlari kuni

1930-yilda uy hayvonlarini himoya qilish maqsadida xalqaro tabiat himoyachilarining kongressi bo‘lib o‘tgandi. Italiyaning Florensiya shahrida o‘tgan kongressda 30-noyabr Xalqaro uy hayvonlari kuni deb belgilandi. Mana, 89 yil davomida bu kun dunyoning juda ko‘p dav­latlarida ommaviy ravishda nishonlanmoqda. Bu kunda hayvonlarni turli noqulayliklardan asrab-avaylash, davolash, uysiz qolgan hayvonlarni himoyaga olish borasida keng targ‘i­bot ishlari amalga oshirilmoqda.
Forwarded from Jajji akademik
Jajji akademik 9-son_2019 .pdf
10.4 MB
Sizdan iltimos, buni boshqalarga ham ulashing!

Shu kunlarda tahririyatimizga koʻplab qoʻngʻiroqlar boʻlyapti. Ota-onalar “Jajji akademik” jurnalini hali koʻrmaganliklarini, obuna boʻlishdan oldin biror sonni elektron shaklda tashlab berishimizni soʻrashmoqda. Shuni inobatga olib va jurnalimiz haqida kengroq taassurot uygʻotish maqsadida bitta sonni toʻliq taqdim etishga qaror qildik. Buni yuklab oling! Xulosa esa oʻzingdan.
Obuna boʻlish fikri uygʻonsa mana bu manzilga kiring👇
https://jajjiakademik.uz/obuna/

Murojaat uchun: @jajjia
​​​Hurmatli ixtiologlar, soatlarimizni sozlab olamiz!
 
Kecha xalqaro Baliqlar katalogi (Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma’lumotlar bazasining yangilanganligini e’lon qilindi. Unga binoan joriy yilning 4-dekabr kuniga ko’ra sayyoramizda 35 358 baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish bir oy avval 4-noyabr kuni bo’lgan edi. O’tgan 30 kun davomida 36 ta yangi baliq turi fanga kiritilgan. Joriy yil boshidan beri baliqlar ro’yxati 305 ta yangi turga boyigan.
 
P.S. quyidagi suratda joriy yilning noyabr oyida Hindistonning Braxmaputra daryosidan kashf etilgan, karpsimonlar turkumi Lebeoninae kenja oilasiga mansub Garra magnacavus balig'i tasvirlangan. Ushbu baliqning kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zootaxa jurnalidan o’qishingiz mumkin.
 
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Forwarded from Jajji akademik
“Жажжи академик” журналини харид қилининг – бизда 40% чегирма!

Азизлар, тез орада янги йил кириб келади. Табиийки, байрам олдидан болалар учун турли совғалар олишга уринасиз. Келинг, бу гал совғалар орасида “Жажжи академик” журнали ҳам бўлсин!

Сизга журналларни 40% гача чегирма билан таклиф қиламиз.
Кўп миқдорда харид қилиб болаларга улашишни ният қилган саховатпеша одамларга эса алоҳида таклифларимиз бор.

Харид қилинган журналлар Ўзбекистон почтаси (10 кун ичида), fargo.uz тизими (3 кун ичида) ва вилоят таксилари орқали юборилади.
Тошкент шаҳри бўйича келишилган ҳолда етказиб беришимиз мумкин.
Журнал нархи 5000 сўм. Аммо ўтган йиллар давомида кўп миқдорда журнал йиғилиб қолди. Чегирма эълон қиламиз!

Уларни мана бу ТАРИФ – 01 ва ТАРИФ – 02га кўра, катта чегирма билан сотиб олинг.
Нима деб ўйлайсиз, 2020 йил кириб келгунига қадар шунча журнални сотиб юбориш мумкинми?
Болаларга зиё улашининг, буни эътиборсиз қолдирманг!
Журналнинг тўлиқ бир сонини юклаб олинг.
Мурожаат учун: @jajjia ёки 97 745 97 85
​​Baliqlarning eng so’nggi taksonomik holati qanday tekshiriladi?

Avvalgi maqolalarimizda bir necha marotaba taksonomiya dinamik sistema ekanligi, u fan doirasida yig’ilib borayotgan ma’lumotlar asosida doimiy o’zgarib turishi haqida ko’p bora aytib o’tganmiz. Shu bois organizmlarning taksonomiyasi yoki biror bir hududning qaysidir bir organizmlar jamoasi haqidagi tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchilar muntazam ravishda o’sha organizmlarning taksonomik o’rnini tekshirib turishlari lozim bo’ladi. Jumladan, baliqlar katta sinfiga oid organizmlarda ham deyarli har oyda sistematik o’zgarishlar kuzatiladi. Masalan, Turkiyada 2014-yilda D.Turan boshligidagi tadqiqotchilar tomonidan karpsimonlar turkumiga oid Alburnoides recepi nomi bilan yangi baliq turi fanga kiritiladi. Lekin 2017-yildagi molekulyar tekshirishlarda bu baliq aslida yangi tur emas, balki 1843-yilda Heskel tomonidan kashf etilgan Alburnus caeruleus ning aynan o’zi ekanligi ma’lum bo’ladi. Shu bilan fanga kiritilgan yangi baliq turi oradan 3 yil o’tib o’z maqomini yo’qotadi. Agar siz tadqiqot natijalari e’lon qilinganidan so’ng, ya’ni 2017-yildan keyin Alburnoides recepi baliq turini mavjud tur deb qayd etib ketsangiz, ilmiy jihatdan xatoga yo’l qo’ygan bo’lasiz. Ana shunday xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun ham muntazam ravishda organizmlar taksonomiyasiga oid yangiliklarni kuzatib borish talab etiladi.

Bugungi maqolamizda baliqlarga oid taksonomik o’zgarishlarni qanday qilib kuzatib borish yoki tekshirish mumkinligi haqida so’z yuritmoqchimiz. Ko’pchilikka ma’lumki, ayni vaqtda baliqlarga oid bir nechta yirik masshtabli xalqaro kataloglar ishlamoqda, shulardan biri Uilyam Eshmeyer tomonidan tashkil etilgan “Eshmeyerning baliqlar katalogi” (Eschmeyer’s Catalog of Fishes) bo’lib, ushbu katalogda har bir turga oid eng so’nggi taksonomik o’zgarishlar ko’rsatib boriladi. Katalogning o’zi esa har oyda bir marotaba yangilanadi. Keling, ushbu katalog qanday ishlashini ko’rib o’tsak. Katalogga ushbu havola orqali kirilganda quyidagicha oyna hosil bo’ladi:

Maqolani to'liq holda hujayra.uz saytida o'qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Shaxsiy tavsiya

Ilm yo'lidan yurasizmi, tadbirkorlikmi, ta'limmi, hokimiyatmi, qaysi jabha bo'lmasin kishiga keng dunyoqarash, o'tkir fikr va burro til hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Bunda badiiy adabiyotning o'rni katta, shunday emasmi?

O'zimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam so'nggi yillarda ilmiy ishga shu qadar ko'p vaqt ajratyapmanki, badiiy adabiyot o'qigani vaqt yo'q, vaqt topilganda esa qunt bo'lmaydi. Qani endi shu o'qimoqchi bo'lgan kitoblarimning audiosi bo'lsayu, ishlayotganda, ko'chada yurganda, uzoq safarlarda, aeroportlardagi kutishlar vaqtida eshitib o'tirsam derdim. Bir necha oy avval telegramda ayni shunday kanalga duch keldim. Men orzu qilgandek kanal. Audiokitoblar 😃! Har kuni laboratoriyada soatlab ishlayman, quloqda quloqchin, musiqa tinglab ishlardim, so'nggi bir necha oyda esa musiqa emas kitob eshitaman, bir o'q bilan ikki quyonni urish deb shunga aytsalar kerak.

Bugun mana shu kanalni sizlarga ham tavsiya qilgim keldi. Agar menga o'xshab band bo'lsangizu, lekin badiiy adabiyotdan ko'ngil uza olmayotganlar safida bo'lsangiz bu kanal faqat siz uchun. Samimiy tavsuyu 😉.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEjQZXivRIgBoY_QVQ
YANGILIK

Kanalimiz o'z safini va sohalarini kengaytirmoqda. hujayra.uz ma'muriyati birgalikda kelishib, tibbiyot yo'nalishiga oid alohida kanal tashkil etishga qaror qildik. Kanalda tibbiyotga oid ma'lumotlar sodda, ravon tilda, faqat va faqat o'zbek tilida, dunyoning eng so'nggi materiallaridan foydalangan holda tayyorlanadi. Kanal faoliyati izga tushgan mavzular bo'yicha video darslarni ham tashkillashni rejalashtirganmiz.

Tibbiyotga qiziquvchilarni yangi kanalimizda kutib qolamiz!

Manzil: @tibbiyot_hujayrauz