Taksonomiyaga chuqurroq kirib borsak nima deysizlar? Hayvonlar taksonomiyasiga ilmiy darajada qiziquvchilar bormi?
Anonymous Poll
15%
U qadar chuqurlashish men uchun shart emas
43%
Menga aynan shunday maqolalar kerak
4%
Baribir tushunmayman, shu bois shart emas
30%
Yozaveringchi, o'qib ko'ramiz
5%
Taksonomiyadan boshqa mavzu yo'qmi?
2%
Kanalning chiqish joyi qayerda edi? ))
ββKanadada o'txo'r dinozavrlarning yangi turi aniqlandi
Paleontologlar jamoasi Kanada hududidagi Bo'r davriga oid 67 mln yoshli yer qatlami orasidan qush chanoqli dinozavrlar turkumiga mansub yangi o'rxo'r dinozavr qoldiqlarini aniqlashga muvaffaq bo'ldilar. Yangi dinozavr turiga olimlar Ferrisaurus sustutensis deb nom berishdi. Uning bo'yi taxminan 1.75 metr, og'irligi 150 kg atrofida bo'lgan. Dinozavrni kattaligi hozirgi tog' qo'ylarining o'lchamicha kelgan.
Ferrisaurus sustutensis sistematik jihatdan Leptoceratopsidae dinozavrlar oilasiga mansub bo'lib, shoxlari mavjud emas, tumshug'i hozirgi to'tilar tumshug'ini eslatadi va o'simliklar bilan oziqlangan. Yangi dinozavr turining ko'krak qafasi suyak qoldiqlari, orqa va old chap tomon oyoqlarining qoldiqlari topilgan. Uni o'zining boshqa turdoshlaridan farqi bilak-tirsak va panja suyaklarining o'zaro nisbatini solishtirish orqali aniqlangan.
Ushbu yangi tur Kanada Britaniya Kolumbiyasi hududida topilgan ilk alohida tur bo'lib, ushbu hudud tog'lar va qalin o'rmonlar bilan qoplanganligi bois bu yerda paleontologik qazishma ishlari olib borish avvaldan qiyin bo'lgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, yangi topilma hududning qadimgi bioxilma-xilligini to'g'ri rekonstruksiya qilishda qo'l keladi.
Yangi dinozavr turi haqidagi maqola xalqaro PeerJ ilmiy jurnalida chop etildi.
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA

hujayra.uz da tanlov
Sizlarga yangi tanlov haqida xabar bermoqchiman. Ushbu tanlov 18-noyabrdan 27-noyabrgacha davom etadi. Bunda har kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da @hujayrauz kanalida #tanlov heshtegi ostida biologiyaning turli sohalariga oid bitta savol beriladi. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar ushbu savolga javob topib uni @hujayrauz_bot manziliga #tanlov heshtegidan foydalangan holda yuboradilar. Javoblar har kuni savol e'lon qilinganidan keyin 3 soat davomida, ya'ni soat 21:00 gacha qabul qilinadi. Undan keyin berilgan javoblar qabul qilinmaydi.
Tanlovda 10 kun davomida javob berib borgan ishtirokchilarning javoblari hisobga olib boriladi. Har bir to'g'ri berilgan javob uchun ishtirokchi bir balni qo'lga kiritadi. Tanlovda istagan odam ishtirok etishi mumkin. Tanlovning birinchi savoliga javob yo'llagan ishtirokchi boshqalariga ham javob berishi shart emas, faqat bilganlariga javob bersa ham bo'laveradi. Oxirida umumiy ballar hisoblanganda eng yuroqi ball to'plagan (maksimal 10 ball to'plash mumkin) ishtirokchi g'olib bo'ladi. Agar ikki ishtirokchining to'plagan bali bir xil bo'lib qolsa, qaysi biri vaqt jihatdan eng birinchi javob yo'llaganligiga va savollarga qay darajada to'liq javob berilganligiga qaraladi.
Savollarga javob berishda to'liq yoki qisman to'liq (javobning 75% i) javoblarga bir ball beriladi. Xato, chala (75 % gacha) berilgan javoblarga ball berilmaydi.
Savollarning javoblari va unda qatnashgan ishtirokchilarning ro'yxati va to'plagan ballari har kuni yangi savol berilishidan avval e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hech qanday ariza topshirish yoki boshqa ro'yxatlardan o'tish shart emas. Faqatgina javob yo'llayotganda ishtirokchi o'zining ism-sharifini yozsa kifoya.
Tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchiga "Jajji akademik" jurnalining bir yillik obunasi taqdim etiladi.
Tanlovda ishtirok eting, o'zingizning bilimingizni sinab ko'ring.
Hujayra.uz ma'muriyati

Kichik qo'shimcha: Savollarga javob berishda istaganingizcha internetdan foydalanishingiz, do'stlaringizdan yordam olishingiz, kitoblarni ko'rishingiz, xullas hamma narsa mumkin. Faqatgina savollarga to'g'ri javob topsangiz bo'lgani π. Savollar ham shunga yarasha oddiy bo'lib qolmasligiga harakat qilaman ππ
ββEng dastlabki o'simliklar suvdan quruqllikka qanday chiqqan edi?
Xalqaro Cell ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha suvda yashagan dastlabki suvo'tlarga tuproq bakteriyalari genining tabiiy ravishda gorizontal ko'chishi (transformatsiya) suvo'tlarni suvdan quruqlik muhitiga chiqib o'sa olishiga sabab bo'lgan.
Fanda suvda yashaydigan organizmlarning quruqlikni egallash jarayoni terrestrializatsiya deb nomlanadi. Ushbu jarayonni dastlab o'simliklar, undan keyin esa hayvonlar navbatma-navbat amalga oshirganlar. Yuqorida aytilgan maqolada ushbu jarayondagi dastlabki qadam qanday qo'yilgani haqida so'z boradi.
Tadqiqot mualliflari Zygnematophyceae suvo'tlar oilasiga mansub Spirogloea muscicola va Mesotaenium endlicherianum suvo'tlarning DNK sini o'rganish jarayonida g'aroyib yangilikka duch keldilar. Ular Zygnematophyceae va quruqlikdagi o'simliklar uchun umumiy bo'lgan ajdod o'simlik tanasidagi biotik va abiotik ta'sirlarga chidamlilikni oshiruvchi genlar aynan tuproq bakteriyalaridan ushbu o'simliklarga gorizontal ko'chib o'tish orqali paydo bo'lganligini aniqlashdi.
Olimlarning ta'kidlashlaricha genlarning vertikal o'tishidan (bir tur doirasida nasldan naslga) farqli ravishda gorizontal ko'chishi turli turlar orasida sodir bo'ladi. Dastlabki yashil suvo'tlar bir necha yuz million yillar avval chuchuk suvli sharoitda yashaganlar. Yer sirtidagi turli o'zgarishlar natijasida suv havzasining qurib qolishi ushbu suvo'tlarni quruqlik muhitida qolishiga sabab bo'lgan. Makzur suvo'tlar ichida ilk marotaba quruqlikda yashashga qodir bo'lgan vakillari saqlanib qolgan. Ularga aynan tuproq bakteriyalari genomidagi maxsus genlarning transformatsiya bo'lib o'tishi yangi sharoitda o'sishiga imkon bergan.

Tanlovning birinchi savoli
#tanlov
Bugun tanlovning birinchi kuni bo'lgani bois o'tmishga murojaat qilish xayrli qadam deya biologiya tarixiga murojaat qilishga qaror qildik π.
Savol: U Yevropada tug'ildi. O'simliklarning dorivorlik xususiyatiga bo'lgan qiziqishlari uning kelajakda botanika faniga kirib kelishiga asos bo'ldi. U o'simliklarni "takomillashgan" va "takomillashmagan" deb nomlangan guruhlarga ajratdi. Buyuk tabiatshunos olim Karl Linney uni "botanika fanining otasi" deb atadi. Yuqorida ta'riflangan olimning kimligini toping.
Javoblaringizni #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.
P.S. Juda ko'plab murojaatlarni hisobga olgan holda savolga javoblarni qabul qilishni 3 soatga qisqartirdik.

ββTanlov birinchi savolining javobi
Kanalimizni anchada beri kuzatayotgan, mening biologiyaga, ilmiy manbalarga yondashuvimdan ozgina bo'lsa-da xabardor odam men hech qachon javobi maktab darsliklarida bo'lgan savolni tanlovda bermasligimga ko'zi yetar edi π.
Sizlar maktab darsligida berilgan Arastuning shogirdi Teofrastni "botanika otasi" deb o'qiganingiz uchun darrovda shu javobni yozib yuborgan bo'lsangiz ajab emas. Boisi yuborilgan javoblarning 97% ini Teofrast tashkil etadi. Aslida javob qanday edi?
Javob: U 1488 yilda Germaniyada tug'ilgan, ya'ni Yevropada. U asli rohib bo'lsa-da, keyinchalik tibbiyotga qiziqib shu sohada o'qiydi, 1532-yilda Bern shahri vrachi darajasiga ko'tariladi. U shifokor bo'lgani uchun o'simliklarning dorivorlik xususiyatlariga juda ham qiziqadi va ularni o'rgana boshlaydi. Birinchilardan bo'lib o'simliklarni "takomillashgan", ya'ni guli mavjud bo'lgan o'simliklar va "takomillashmagan" - guli yo'q bo'lgan o'simliklarga bo'ladi. U birinchilardan bo'lib Germaniya florasiga oid o'simliklardan gerbariy qilish orqali kolleksiya yaratadi. O'simliklarni birinchilardan bo'lib ilmiy asosda ta'riflaydi. O'simliklarni umumiy qoidalar asosida nomlashni joriy qiladi. Bu ishi bilan u o'zidan avvalgi barcha tabiatshunoslardan botanikani bir pog'ona yuqorilashiga erishadi. Uning qilgan ishlarini hisobga olgan buyuk tabiatshunos, sistematika fanining daho olimi Karl Linney uni "botanika fanining otasi" deb ataydi. Bu olimning ism sharifi Otto Brunfels edi.
Manba: Baxtiyor Sheraliyevning "Yuz bir biolog hayoti" kitobi
Ana shunaqa gaplar, o'rtoqlar π.
Savol sizlar o'ylagandek juda ham oson emas edi. Keyingi savollarga javob berishda savol matnini yaxshilab o'qib, savol matnida berilgan har bir ma'lumotdan foydalanasizlar deb umd qilib qolaman.
Natijaga keladigan bo'lsak, tanlovimizning birinchi savoliga 79 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan faqatgina bir kishi to'g'ri javobni topa olgan. Quyidagi ro'yxatdan ishtirokchilar va ularning ballarini ko'rib olishingiz mumkin. Barchaga rahmat. Ertaga ikkinchi savol bilan kanalda uchrashguncha deb qolaman.

ββTanlovning ikkinchi kun savoli
#tanlov
Amerikalik paleontolog, dinozavrlar bo'yicha yirik mutaxassis Devid Veyzhempel yerning turli era va davrlarga oid qatlamlarini o'rgana turib ajoyib bir holatga duch keladi. Ayrim toshga aylangan organizm qoldiqlari, masalan Yura davrida yashab qirilib ketgan dinozavr turining qoldiqlari, suyaklari yoki tishlari ba'zida nisbatan yosh bo'lgan Bo'r davri qatlamlaridan chiqib qolgan. Keyinchalik ma'lum bo'ladiki, qadimda yashab o'tgan organizmlar qazilma topilmalarining odatda uchrashi lozim bo'lmagan yer qatlamidan chiqib turishi normal holat bo'lib, bunga turli yer qatlamlarini vaqt o'tib yemirilishi yoki o'zgarishi uning tarkibidagi qazilma qoldiqlarning boshqa begona qatlamga ko'chib o'tishiga sabab bo'lar ekan. "Sayr qiluvchi" toshga aylangan qazilma topilmalarga oid ushbu holatdan hayratlangan paleontolog D.Veyzhempel 1996-yilda uni bir nom bilan fanga kiritadi. Savol: yuqoridagi holat/jarayon fanda nima deb nomlanadi?
Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

ββTanlov ikkinchi savolining javobi
Agar e'tibor bergan bo'lsangiz savolda bekorga "sayr qilib yuruvchi" so'zlarini qo'shtirnoqqa olmagan edim. Bu so'zlar javobni topish uchun yordam berishi lozim edi. Devid Veyzhempel turli yer qatlamlari aro mana shunday "sayr qilib yuruvchi" qazilma topilmalarni qo'rqinchli filmlardagi o'lgan bo'lsa-da harakatlanib yuruvchi zombilardan ilhomlangan holda Zombi effekti deb nomlagan edi.
Bugungi savolga 21 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Afsuski savolning javobini hech kim topa olmadi. Tanlovda qatnashayotgan barcha-barchaga rahmat. Ertaga uchinchi savol bilan kanalda uchrashguncha deb qolaman.

ββTanlovning uchinchi kun savoli
#tanlov
Bugungi savolni botanika fanidan berishga qaror qildik.
Savol: Bu o'simlikka O'rta asrlarda yashab o'tgan bir olim quyidagicha: "Ushbu g'adir-budir va yum-yumaloq massa yoki tugunak hayratlanarli zichlikka ega. U xuddi qovun va qariqizni bir tanada, pichan g'arami ko'rinishda yaratilganga o'xshaydi" deya ta'rif beradi. Amerikalik botanik va seleksioner L.Byorbank esa uni "mard va bardoshli, u tik turib o'ladi" deya ta'riflaydi. Ushbu o'simliklarning ayni hozirgi nomini ilk marotaba Teofrast qo'llagan bo'lsa-da, lekin ajabki, uning o'zi bunday o'simlik borligi haqida butkul bexabar bo'lgan. Ushbu o'simliklar haqidagi yana bir qiziqarli jihatda shundan iborat-ki, ularning sistematikasi botaniklar orasida eng murakkab va eng chalkash holatga ega. Bu murakkablik Karl Linney davrida boshlangan bo'lib, bugungi kungacha davom etmoqda. Agar sizdan ushbu o'simliklarning qaysi sinfga kirishi haqida so'ralsa, negadir dastlab ikkilanib qolasiz. Siz bu o'simlikni yuqori ehtimollik bilan juda ko'p ko'rgansiz, uni hatto 5-sinf bolasi ham juda yaxshi yaxshi taniydi. Agar gap qaysi o'simlik haqida ketayotganini anglagan bo'lsangiz uning nomi nima?
Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
#tanlov
Bugungi savolni botanika fanidan berishga qaror qildik.
Savol: Bu o'simlikka O'rta asrlarda yashab o'tgan bir olim quyidagicha: "Ushbu g'adir-budir va yum-yumaloq massa yoki tugunak hayratlanarli zichlikka ega. U xuddi qovun va qariqizni bir tanada, pichan g'arami ko'rinishda yaratilganga o'xshaydi" deya ta'rif beradi. Amerikalik botanik va seleksioner L.Byorbank esa uni "mard va bardoshli, u tik turib o'ladi" deya ta'riflaydi. Ushbu o'simliklarning ayni hozirgi nomini ilk marotaba Teofrast qo'llagan bo'lsa-da, lekin ajabki, uning o'zi bunday o'simlik borligi haqida butkul bexabar bo'lgan. Ushbu o'simliklar haqidagi yana bir qiziqarli jihatda shundan iborat-ki, ularning sistematikasi botaniklar orasida eng murakkab va eng chalkash holatga ega. Bu murakkablik Karl Linney davrida boshlangan bo'lib, bugungi kungacha davom etmoqda. Agar sizdan ushbu o'simliklarning qaysi sinfga kirishi haqida so'ralsa, negadir dastlab ikkilanib qolasiz. Siz bu o'simlikni yuqori ehtimollik bilan juda ko'p ko'rgansiz, uni hatto 5-sinf bolasi ham juda yaxshi yaxshi taniydi. Agar gap qaysi o'simlik haqida ketayotganini anglagan bo'lsangiz uning nomi nima?
Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
ββTanlov uchinchi savolining javobi
G.Jerard o'zining 1596-yilda yozgan "O'simliklar katalogi" asarida ushbu o'simlikni qovun va qariqiz o'simliklarining bir tanada birlashgandek ekanligini yozsa, Lyuter Byorbank 1926-yilda yozgan "Hayot o'rimi" asarida uni "tik turib o'ladi"gan o'simlik sifatida ta'riflaydi. Teofrast ilk marotaba Yunonistondagi barcha tikanli o'simliklarga nisbatan bu nomli qo'llagan bo'lsa-da, u aslida savolda nazarda tutilgan o'simlikni tanimagan. Sababi ushbu o'simlik o'sgan hudud u davrda hali kashf etilmagan edi.
Bu o'simliklarning birorta qazilma holdagi namunasi mavjud emas, shu bois ham ularning sistematikasida ancha murakkabliklar mavjud. Hozirga kelib bu o'simlik dunyoning barcha qismiga tarqalgan. Uning o'ziga xos tashqi ko'rinishiga qarab turib u ikki urug'pallali o'simlikmi yoki bir urug'pallali, buni darrovda aytishingiz mushkul. Xona o'simliklari orasida ular peshqadamlikni hech kimga berishmaydi. 5-sinfga kirgan o'quvchi botanika darsining ilk soatlaridanoq uning o'z tanasida 200 litrdan ortiq suv saqlashi haqida o'qiydi. Ha, topdingiz, bu kaktus edi π.
Bugungi savolga 51 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Javob yo'llaganlar orasida 15 nafar ishtirokchi to'g'ri javobni topa oldilar π. Ularning ro'yxatini quyidagi faylda batafsil ko'rib olishingiz mumkin. Tanlovda qatnashayotgan barcha-barchaga rahmat. Agar tanlovda berilayotgan savollar sizlarga manzur kelayotgan bo'lsa, kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling. Ertaga to'rtinchi savol bilan kanalda uchrashguncha deb qolaman.

ββTamaki: pulga sotib olingan o'lim
Butun dunyo bo'yicha tamaki mahsulotlarini sotib olish uchun odamlar 2018-yilda 888 mlrd dollar pul sarflashgan. Bu mablag'ning qancha ekanligini tasavvur qilishingiz uchun bir misol keltiraman. O'zbekistonning bir yillik YaIM narxi 2018-yilda 49,1 mlrd dollar bo'lgan, demak bu O'zbekiston YaIM dan 18 barobar katta mablag'.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha bir yilda 8 mln dan ortiq odam tamaki sabab dunyodan ko'z yumadi. Shulardan 7 mln tasi to'g'ridan-to'g'ri tamaki chekkani bois vafot etsa, 1,2 mln odam o'zi asli chekmasa ham chekuvchilar chekkan tamaki tutuni ta'sirida halok bo'lar ekan.
Odamzot ana shunaqa, o'z o'limi uchun pul to'lashdan ham qaytmaydi!

ββTanlovning to'rtinchi kun savoli
Markaziy Osiyo suv havzasi uchun endemik bo'lgan Amudaryo katta soxta kurakburun (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni) balig'ining mitoxondrial DNK sini to'liq o'rganish jarayonidan ma'lum bo'ldi-ki, uning mitoxondrial DNK si jami 16597 nukleotid juftligidan iborat ekan. Ushbu mtDNK o'z tarkibiga 2 ta rRNK, 13 ta oqsil va 22 ta tRNK kodlovchi genlardan tashkil topgan. mtDNK dagi 2 ta rRNK lar 12S rRNK va 16S rRNK deb nomlanadi. Savol: rRNK lar oldida ko'rsatilayotgan "12S" va "16S" aynan nimani ifodalanishini maksimal aniqlikda toping.
Bugungi savol oddiy bo'lgani va uni internetdan topish juda oson bo'lgani uchun savolning javobi yo'llash uchun atigi 30 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 20:00 gacha qabul qilinadi.

ββTanlov to'rtinchi savolining javobi
Aslida bu savolning javobi juda ham oddiy edi. Deyarli barcha molekulyar biologiya darsliklarida bu haqida batafsil yozilgan. rRNK oldida 12S va 16S bu ularning eritmadagi cho'kish koeffitsiyenti edi. Buni biroz izohlaymiz. "S" bu mayda zarraning cho'kish koeffitsiyentini ifodalovchi birlik bo'lib, u shved fizik-kimyogari Teodor Svedberg sharafiga qo'yilgan. Svedberg ko'rsatkichi zarraning 10^-13 sekundda qancha masofaga cho'kkani bilan ifodalanadi. Masalan, yuqoridagi ikki rRNK ni oladigan bo'lsak: 12S rRNK 1 mln gravitatsiyali sentrifugada aylanayotganda 1 sekundda 12 mikrometrga cho'kishini, 16S rRNK esa xuddi shu muddatda 16 mikrometrga cho'kishini bildiradi.
Bugungi savolga 25 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Deyarli hech kimda 100% aniq va to'liq javob bo'lmadi. Lekin shunday bo'lsa-da, qoidaga ko'ra 75% to'g'ri javob berganlarning javoblarini to'g'ri deb qabul qildik. Shunday qilib javob yo'llaganlar orasida 5 nafar ishtirokchi to'g'ri javobni topa oldilar π. Ularning ro'yxatini quyidagi faylda batafsil ko'rib olishingiz mumkin. Tanlovda qatnashayotgan barcha-barchaga rahmat. Agar tanlovda berilayotgan savollar sizlarga manzur kelayotgan bo'lsa, kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling. Ertaga beshinchi savol bilan kanalda uchrashguncha deb qolaman.

ββEng kichik mitoxondrial DNK
Hozirgacha aniqlangan eng kichik DNK molekulasi odamda parazitlik qiluvchi Protozoa larga mansub Plasmodium falciparum bo'lib, uning mtDNK si 5967 nukleotid juftligidan tashkil topgan. Solishtirish uchun, odamning mtDNK si 16569 nukleotid juftligidan iborat.

ββBiologik atamalar bilan tanishamiz
Osteofagiya - bu odatdagi ayrim o'simlikxo'r hayvonlarning, ba'zan suyak yeb turish hodisasi bo'lib, bunday hayvonlar osteofaglar deb nomalanadi.
Odatda o'simlik tanasidagi fosfor juda kam miqdorda bo'ladi, ayrim hollarda esa bo'lmaydi. Fosfor esa hayvonlar uchun eng muhim elementlardan biri bo'lib, uning yetishmasligi hayvonlarda suyak hosil bo'lishining sustlashuvi, o'sishdan ortda qolish, jinsiy voyaga yetmaslik kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Bunday vaqtda hayvonlar beixtiyor fosfor tutgan mahsulotlarni yeyishga ehtiyoj sezadi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha ostiofagiya hayvonlar uchun tug'ma xususiyat bo'lib, hayvon organizmiga uzoq vaqt fosfor va kalsiy yetishmaganda ular ushbu mineral tutgan moddalarni, jumladan suyaklarni yeyishga tushadilar.
Osteofaglar hayvonlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
β sahro toshbaqasi;
β yirik shoxli qoramol;
β Grizli ayig'i;
β jirafa va boshqalar.
πQuyidagi rasmda boshqa bir qoramolning suyagini chaynayotgan osteofag buqa tasvirlangan.

ββTanlovning beshinchi kun savoli
Bugungi savolimizda Sizning zoologiyaga oid bilimlaringizni sinab ko'ramiz. Savol nihoyatda oddiy.
Savol: ushbu rasmda tasvirlangan hayvonning qaysi sinf, turkum, oila va turga oidligini toping.
Sinf, turkum, oila va tur. Ushbu sistematik birliklarning barchasini aniq topishingiz kerak. Birortasida adashsangiz javobingiz xato deb topiladi. Javobda istasangiz o'zbekcha nomlarini, istasangiz lotincha nomlarini yuborishingiz mumkin.
Bugungi savolning javobi yo'llash uchun 60 daqiqa vaqt ajratilgan. Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-sharifi ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 20:30 gacha qabul qilinadi.

ββTanlov beshinchi savolining javobi
Ushbu rasmdagi hayvonning sistematik o'rni quyidagicha:
Sinf: Sutemizuvchilar - Mammalia
Turkum: Yirtqichlar - Carnivora
Oila: Haqiqiy tyulenlar - Phocidae
Tur: Janubiy dengiz fili - Mirounga leonina
Ushbu savolni berishdan maqsad sizlar zoologiya darsliklarida o'qiydiganingiz kurakoyoqlilar degan turkum ayni vaqtda mavjud emasligi, u ancha avval yirtqich turkumiga qo'shilib ketganligini bildirish edi.
Dengi fillarining ikki: shimoliy va janubiy turlari bor. Buni ham osongina topishingiz uchun dengiz fili ortida pingvinlar turgan suratni tanlaganmiz. Bilasiz, pingvinlar faqatgina janubiy yarim sharda yashaydi.
Bugungi savolga 33 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 8 nafari to'g'ri javobni topa olishgan π. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga oltinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha.

ββTanlovning oltinchi kun savoli
Savol: Barchangiz restriktaza enzimlari haqida o'qigansiz. Ular hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulalarini aniqlab, ularni ma'lum qismlargacha parchalab tashlaydi. Restriktazalar haqiqiy bakteriyalar va arxeylarning deyarli barchasida uchraydi. Bugungi savol juda ham oddiy, ya'ni restriktazalar hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulasini parchalab tashlay olar ekan, unda nima uchun bakteriyalar o'zini bakteriofaglardan himoya qila olmaydi?
Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Savol: Barchangiz restriktaza enzimlari haqida o'qigansiz. Ular hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulalarini aniqlab, ularni ma'lum qismlargacha parchalab tashlaydi. Restriktazalar haqiqiy bakteriyalar va arxeylarning deyarli barchasida uchraydi. Bugungi savol juda ham oddiy, ya'ni restriktazalar hujayra ichiga kirgan begona DNK molekulasini parchalab tashlay olar ekan, unda nima uchun bakteriyalar o'zini bakteriofaglardan himoya qila olmaydi?
Javobingizni ism-sharifingiz bilan birga #tanlov heshtegidan foydalangan holda @hujayrauz_bot manziliga yuboring. Ism-shari ko'rsatilmagan javoblar qabul qilinmaydi. Javoblar bugun soat 21:00 gacha qabul qilinadi.
Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Tanlov oltinchi savolining javobi
Bu savolning javobi juda ham oddiy edi. Bakteriya ichiga kirgan bakteriofag DNK si odatda metillanadi (metillanish nima ekanligi haqida bu yerda o'qing), restriktazalar esa metillangan DNK fragmentlarini parchalay olmaydi. Shu bois ham bakteriya endonukleazalari uni bakteriofagdan himoya qila olmaydi.
Bu savolni berishdan kichik bir maqsad bor edi. Tanlovda qatnashayotganlar @hujayrauz kanalini kuzatadi yoki yo'qmi, mana shuni bilish edi. Sababi biz bu haqida hujayra.uz saytida bir necha oy avval maqola e'lon qilgan edik. Kim shu maqolani o'qigan va ichidagi materialni to'g'ri tushungan bo'lsa, to'g'ri javob yo'llay olgan. Lekin ba'zi javob yo'lovchilar maqolani to'liq o'qimaganliklari ham sezilib qoldi. Chunki ularning aksariyati "endonukleazalar nima uchun bakteriya DNK sini parchalamaydi?" degan savolga javob yozib yuborishgan.
Bugungi savolga 28 nafar ishtirokchi javob yo'lladi. Ulardan 10 nafari to'g'ri javobni topa olishgan π. Tanlovda qatnashayotgan barchaga tashakkur. Ertaga yettinchi savol bilan kanal orqali ko'rishguncha.