IMA | Buxoro hududiy bo'limi
305 subscribers
23.8K photos
702 videos
65 files
3.86K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
💥💥💥Ustozlarimiz orzusining ro'yobi.👍

#Vobkent_IM

📌  Haq yo'linda kim sanga
bir harf o'qitmish ranj ila,
      Aylamak bo'lmas ado
oning haqin yuz ganj ila.

👍 Darhaqiqat,ustozlarimiz mehnatlari bahosizdir.
Ammo ularni moddiy jihatdan rag'batlantirib borish, yanada yuksak marralarga erishishga undaydi.
Maktabimizda  bor bilim salohiyatini o'quvchilarga ulashib kelayotgan mahoratli ustozlar
Fizika fani o'qituvchisi- Tursunova Gulnoza,
Kimyo fani o'qituvchisi-
Qo'ziyeva Zilola ,
Informatika fani o'qituvchisi-
Shamsiddinov Anvar ,
Ingliz tili fani o'qituvchisi- Ibodov Otabek kabi ustozlarimiz o'quvchilari  fan olimpiadalarida  g'olib  bo'lganliklari uchun rag'batlantirish sifatida oylik maoshlariga 100% lik 😮ustama haq to'lanadigan bo'ldi.
🌟Bunday rag'batlantirishlar boshqa pedagoglarimizga ham eng yaxshi motivatsiya bo'ladi albatta
💥Maktabda o'zining samarali mehnatlari orqasidan yuksalayotgan ustozlarimiz saflari ko'payaversin.

https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab.
#Vobkent_IM_
#Education _in foreign _countries ⚡️⚡️⚡️Kuni kecha Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi S.Karimova va psixologi R.Muratova bilan birgalikda Nyu York universitetining Abu Dabidagi filialida faoliyat olib borayotgan Darya Anisimova bilan birgalikda Zoom plantformasi orqali bog'lanildi va o'quvchilarga qabul jarayoni, universitet talablari, grantlar va ular aynan qaysi talabalarga berilishi haqida to'liq ma'lumotlar berildi.
Suhbat jarayonini qiziq o'tishining asosiy sabablaridan biri Mrs Dariyaning samimiy va do'stona munosabati bo'ldi.  Kerakli ma'lumotlarni beribgina qolmasdan, o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga ham ketma ket  javob berdi. Universitetga topshirish jarayonlarida ham hamisha  yordam berishga tayyorligini aytgan Mrs Dariya suhbatga yakun yasadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇👇👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
#Vobkent_IM
#9_may_

"TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q"

🏢 Maktabimizda 5-sinf oʻquvchilari hamda Milliy tiklanish partiyasi tuman kengashi deputati J.Gafforov bilan "9-may — Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlab "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📚 Shuningdek, kutubxona mudirasi Z. Sadridinova ishtirokida maktab kutubxonasi uchun taqdim etilgan "O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida" nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🧑‍🎓 O‘quvchilar o‘zlarining ikkinchi jahon urushi to‘g‘risidagi bilimlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashdilar va yanada ko‘proq bilimlarga ega bo‘lishdi.

https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#jarayon
#xalqaro_olimpiada
#Vobkent_IM

Xalqaro olimpiadaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan uch nafar o'quvchilarimiz ayni paytda Xalqaro olimpiadalar markazida qöshimcha o'quv mashğulotlariga ishtirok etishyapti.Iqtıdorli o'quvchilarimizga ushbu markazda chuqur bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Joriy yilning 25- yanvar va 1- fevralda 2 - saralash imtihonlari bo'lib o'tadi.Ushbu bosqichda ham o'quvchilarga muvaffaqiyat hamroh bo'lishini tilab qolamiz

Bizning maktab muvaffaqiyatlar maydoni!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#olimpiada
#Vobkent_IM

Yurtimizda o'quvchilar salohiyatini baholashga qaratilgan bir qancha olimpiadalar mavjud.Matematika fani doirasida an'anaviy tarzda tashkil qilinib kelinayotgan "Al-Xorazmiy olimipiadasi"nufuzli olimpiadalar qatoridan joy olmoqda.Joriy yilning
23-yanvar kuni Vobkent ixtisoslashtirilgan maktabda ushbu olimpiadaning maktab bosqichi g'oliblariga ota-onalari uchun tashakkurnomalar taqdim etildi.Ustuvor bilimga,salohiyatga ega o'quvchilarimizga keyingi bosqichga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz

Bizning maktab muvaffaqiyatlar maydoni!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#Vobkent_IM
#Akademik_bilan_uchrashuv
#Yosh_akademiklar
🏢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-yanvar kuni Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktab "Yosh akademiklar" klubi a'zolari uchun maktabimizga biriktirilgan O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Muqimov Komil Muqimovich bilan "Nanotexnologiyalar" mavzusida vebinar o'tkazildi.
Vebinarda o'quvchilarga akademikning ilmiy faoliyatlari, "Mitti bunyodkorlar yoxud nanotexnologiyalar nima?" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🧑‍🎓O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan mavzulardagi savollarga javob oldilar.
💫Uchrashuv ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.
Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati va o‘quvchilari Akademik K.Muqimovga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from Nordona Ahmedova
#Vobkent_IM
#Bizning_faxrimiz

🏢 Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 4 nafar o’quvchilari KIMYO fanidan MILLIY SERTIFIKATNI  qo’lga kiritishdi

📚Ushbu o'quvchilarimizning keyingi o'qishlariga omad va muvaffaqqiyat tilaymiz

✳️O’quvchimizga ta’lim bergan ustozlariga va doim qo’llab-quvvatlab turgan ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#VOBKENT_IM
#FARMON_IJROSI_AMALDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 79-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchilarinikasb-hunar to‘garaklariga jalb etish maqsadida

Vobkent tumanida joylashgan "Milliy shirinliklar" sexiga tashrif buyurishdi.
Maktabning amaliyotchi psixologi R.Muratova va Maktab maslahatchisi S.Karimova bilan birgalikda tashrif buyurgan o’quvchi qizlar konditerlik sir asrorlari shirinliklarga dekorativ bezak berish jarayoni bilan tanishdilar.

O’quvchilarning kelajak uchun kasb tanlashlari bilan birgalikda turli xil hunarlarga jalb etilishi ular uchun juda ham muhimdir.



📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab