IMA | Buxoro hududiy bo'limi
326 subscribers
19.6K photos
588 videos
11 files
3.29K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Olimpiada_natijalari
#Infografika

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 203 NAFAR O'QUVCHILARI ASOSIY FAN OLIMPIADASIDA G'OLIB BO'LISHDI!

Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi natijalari e'lon qilindi.

❗️Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 203 nafar o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi. Bu esa, Respublika bo‘yicha jami 630 ta o‘rinning 32,2 foizini tashkil etadi.

🔹Olimpiada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari) fanlaridan bo‘lib o'tdi.
___
✔️Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga asosan tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube