IMA | Buxoro hududiy bo'limi
326 subscribers
19.6K photos
588 videos
11 files
3.29K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM
#Loyihalar_yarmarkasi

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025 yilning 23 yanvar kuni Kogon tuman hokimligi, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etgan Loyihalar yarmarkasi tashkillashtirildi. Yarmarka doirasida yoshlar va aholiga tadbirkorlik faoliyatiga daxldor ishlab chiqilgan biznes rejalar muhokama qilindi.
Oʻtkazilgan yarmarkada tadbirkorlik qilish niyatida boʻlgan fuqarolar uchun biznes koʻnikmasini shakllantirish, banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozli kredit sarmoyasi, yaratiladigan ish oʻrni, bandlikni taʼminlash jihatlariga ham eʼtibor qaratildi. Qatnashchilarga mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan oʻzgartish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I