IMA | Buxoro hududiy bo'limi
327 subscribers
19.5K photos
571 videos
11 files
3.28K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#integratsiya
#adabiyot_va_tasviriy_sanat
17-may Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-"A" sinfida adabiyot fanidan "Fanlararo aloqa: adabiyot va tasviriy san'at" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Dars jarayonida  tasviriy san'at fani o'qituvchisi E.Jumayev bilan hamkorlikda o'quvchilar olgan bilim, malaka, ko'nikmalari va amaliy ishlar baholanib borildi. Adabiyot va tasviriy san'at fanlaridagi portret tushunchasining umumiy va o'ziga xosliklari, yozuvchi va rassomlar tomonidan yaratilgan portretlar tahlil qilindi. O'quvchilar tomonidan "Mening sevimli qahramonim" nomli tayyorlangan portretlar baholandi. Shuningdek, sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan suratlar ham o'quvchilar e'tiboriga havola qilindi. Badiiy adabiyot va tasviriy san'at o'rtasidagi mushtaraklik o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Forwarded from Oysara Davronovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
# 5 Tashabbus
#Adabiyot
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 6- A02 sinf o'quvchilari bilan jadidlar hayotiga bag'ishlangan "ISTIQLOLIMIZ FIDOYILARI" mavzusida chellenj tashkil etildi.

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab matbuot xizmati
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
#Adabiyot darsi "Birinchi sinov" hikoyasi 🚀🚀🚀
🏢 Buxoro tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 6-green sinf o'quvchilari adabiyot fanidan Hojiakbar Shayxovning "Birinchi sinov" hikoyasi asosida o'quvchilar tasavvurlaridagi koinot, kosmik kema haqida dekorasiyalar kiyimlarini loyiha ishi asosida tayyorlab kelishdi. O'quvchilar guruhlarga bo'lingan holda 🧑‍🚀"Birinchi sinov" hikoyasini o'z tasavvurlaridagi koinot haqida gapirib berishdi.

⚜️ Talim rivojiga biz bilan hissa qo'shing.
https://t.iss.one/BuxtumanPM