IMA | Buxoro hududiy bo'limi
326 subscribers
19.6K photos
588 videos
11 files
3.29K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Nafisa Bobomurodova Peshku IM
#Peshku_tuman_IM❗️
#vatanparvarlik_oyligi❗️

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12- dekabr kunidagi F-62 sonli O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda "Vatan himoyachilari" kuni  bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risidagi farmon talablari ijrosini o'z vaqtida ta'minlash maqsadida, 28803 sonli harbiy qismga 2024-yil 27-dekabr kuni  "Vatanparvarlik oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilarining harbiy qismga sayohati tashkil etildi.

♻️ Tadbirda davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirayotgan savollarga javoblar olishdi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida oʻquvchilar oʻrtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish, ularda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirishdan iborat.

Tanlovda maktabning turli yoshdagi oʻquvchilari faol ishtirok etib, "Vatan himoyachilari" mavzusiga oid oʻz tasavvurlarini yorqin ranglarda ifodaladilar. Ularning ijodiy ishlari Vatan himoyachilarining jasorati, mardligi va Vatan tinchligi uchun qilgan xizmatlarini ulugʻlovchi asarlar sifatida namoyish etildi.

Ushbu rasmlar tanlovi oʻquvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishga, shuningdek, ularning Vatanga boʻlgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from Shuhrat To'xtayev
#Kogon_shahar_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida harbiy qisim vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kogon shahar 49575 harbiy qism muxandis sapyorlar bataliyoni 1-2-darajali serjantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda o‘quvchilar harbiylar hayoti, ularning harbiy kiyimlari, xavfli holatlarda qanday yo‘l tutish choralari haqida suhbatlashishdi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
https://t.iss.one/IMAKogonshahar
#Buxoro_shahar_2_son_IMI
#Vatanparvarlik_oyligi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-6-sinf o'quvchilari ishtirokida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Rasmlar tanlovi o'tkazildi.

👉BIZNI KUZATIB BORING👈
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#VATANPARVARLIK_OYLIGI

🔰 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabda 5 tashabbus to'garaklari doirasida, Vatnparvarlik oyligi munosabati bilan o'quvchi-yoshlar o'rtasida sportning shaxmat turi bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda.

❇️Maqsad: o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularni intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Nafisa Bobomurodova Peshku IM)
#Peshku_tuman_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

🔰 2025-yilning 17-yanvar kuni Mudofaa Vazirligiga qarashli Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan "Jaloliddin Manguberdi" nomidagi harbiy-akademik litseyi Qurolli Kuchlar xizmatchilari Jo'shqin Iskandar ov, Inobat Rahimova va 1-kurs talabasi Mansur Muyassarovlar tomonidan 9-sinf o'quvchilari bilan targ'ibot ishlari olib borildi.

🔰 Tadbir davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
#Buxoro_shahar_2_son_IMI
#Vatanparvarlik_oyligi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganining
33 yilligi munosabati bilan Zakovat o'yini tashkil etildi...

👉BIZNI KUZATIB BORING👈
#Kogon_tuman_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Yoshlarni chaqiriqqa qadar tayyorlash rahbari Rajabov Otabek tomonidan “Vatan tayanchi” a’zolari 2025 yilning 14 yanvar sanasida Buxoro viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohatlari ta’minlandi. 🕌🕌🕌🕌🕌
🎤Sayohat davomida maktabning ijodkor o‘quvchilari o‘zlarining qobiliyatlarini san’at sohasida ham namoyon etdilar. O‘quvchilar Vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni maromiga kuylashga harakat qildilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Sport_bellashuvi
#Vobkent_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"14-yanvar Vatan himoyachlari kuni" munosabati bilan “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sportning turli yo'nalishlari bo'yicha musobaqa tashkil etildi.
💪Bunda 10-"A" sinfning "Alp o'g'lonlar”, 10-"B" sinfning "Temuriylar" jamoalari
1. Estafeta musobaqasi
2. Tosh ko'tarish
3. Armrestling
4. Basketbol to‘pini nishonga tushirish
5. Arqon tortish
6. Arjemaniya
7. AKM-74 qurolini yoyish va yig'ish kabi shartlar asosida bellashishdi.

🏆Musobaqa natijalari bo'yicha do'stlik g'alaba qozondi.

🏢 Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#Vobkent_tuman_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Uchrashuv

🔰O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi harbiy bilim yurti kursanti, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining sobiq bitiruvchisi, Anvarov Xurshid maktabimizga tashrif buyurdi.
🔰11-sinf oʻquvchilari ishtirokida olib borilgan uchrashuv davomida harbiy bilim yurti kursanti Anvarov Xurshid oʻquvchilarga bilim yurtining yo'nalishlari, oʻqishga kirish shartlari, mavjud sharoitlar, kun tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shunday ajoyib uchrashuvni tashkillashtirishda biz bilan yelkadosh boʻlib, maktabimizga tashrif buyurib, oʻquvchilarga bilim yurti haqida chuqur ma’lumot bergan sobiq bitiruvchilarimiz Anvarov Xurshidga maktab ma’muriyati nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz va bundan ham yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
Biz shunday bitiruvchilarimiz borligidan va ularning yutuqlaridan har doim faxrlanamiz!

🌎 BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING!

🔰O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursanti, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ilk bitiruvchisi, Islomov Jonibek maktabimizga tashrif buyurdi.

🔰Bizning sobiq o'quvchimiz Islomov Jonibek o'zi tahsil olayotgan bilim yurtida o'tgan davr mobaynida xulqi va odobi, a'lo baholarga o'qishi, faolligi, jonkuyarli, o'z Vataniga sodiqligi bilan safdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotganligini inobatga olib akademiyaning rahbariyati tomonidan maktabimiz ma'muriyati va o'qituvchilariga yo'llagan tashakkurnomani maktab jamoasi va o'quvchilariga o'qib eshittirdi.

🔰Shundan so'ng oʻquvchilarga akademiyaning mutaxassisligi yo'nalishlari, oʻqishga kirish shartlari, mavjud sharoitlar, kun tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.