IMA | Buxoro hududiy bo'limi
326 subscribers
19.6K photos
588 videos
11 files
3.29K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM
#Qizlar_majlisi

🌟2025 yil 21-yanvar kuni Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-7 sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida "Biz qanday o'xshashmiz, qanday farq qilamiz" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❇️Yig‘ilishdan maqsad: ishtirokchilarning o'zlarining individualligini, odamlar o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarning mavjudligini, bag'rikenglik munosabatlarini shakllantirishning muhim sharti sifatida anglash.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Jadidchilik

Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi.

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5A-01 sinf o‘quvchilari bilan 22. 01. 2025 yil “Turkiston ma’rifatparvarlari” mavzusida namunali dars o‘tildi.
❇️Dars jarayonida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ziyolilarimizning tariximizda tutgan o'rni, ilm- ma'rifat yo'lida olib borgan samarali harakatlari yoritib berildi.

Fan o'qituvchisi - G. A. Hakimova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
Mashqda qiyin bo'lsa jangda oson bo'ladi.

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10a-01 va 11a-01 sinf o'quvchilaridan hozirgi kuniga qadar olgan bilimlarini sinash uchun repititsion testlar olindi.

Test natijalariga ko'ra sinf o'rtacha baliga qarab o'quvchilarni rag'batlantirish yo'lga qo'yilmoqda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Loyihalar_yarmarkasi

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025 yilning 23 yanvar kuni Kogon tuman hokimligi, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etgan “Loyihalar yarmarkasi” tashkillashtirildi. Yarmarka doirasida yoshlar va aholiga tadbirkorlik faoliyatiga daxldor ishlab chiqilgan biznes rejalar muhokama qilindi.
Oʻtkazilgan yarmarkada tadbirkorlik qilish niyatida boʻlgan fuqarolar uchun biznes koʻnikmasini shakllantirish, banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozli kredit sarmoyasi, yaratiladigan ish oʻrni, bandlikni taʼminlash jihatlariga ham eʼtibor qaratildi. Qatnashchilarga mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan oʻzgartish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Saflanish
🏢Kogon tuman IMda ertalabki saflanish Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi
Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining viloyat bosqichi natijalarga ko‘ra maktabning
🥈5-8-sinflar jamoasi – 2 o‘rinni
🥉9-11-sinflar jamoasi – 3 o‘rinni egalladi.
"NAQSHBAND" xususiy ta’lim maktabida AN'ANAVIY MATEMATIKA OLIMPIADASIda maktabimizning 7-sinf o‘quvchisi faol ishtirok etib
🥇Maxmudova Shahrizoda – 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Hafta davomida bo‘ladigan tadbirlar e’lon qilindi:
🌟Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlab
⭐️“Ilm va ma’rifat yo‘lida” mavzusida insholar tanlovi
“Osmonlar sirini kash etgan alloma” shiori ostida rasmlar tanlovi
❇️Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlab
“Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM #Maktabda_biologiya

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 27.01.2025 yil 8T-01 sinf o‘quvchilari bilan biologiya fanidan “Kartoshka bo'laklariga osmos ta'sirini tadqiqot etish” mavzusida laboratoriya mashg'uloti o‘tkazildi.
🔬Amaliy mashg'ulotdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - butun o'tilgan mavzularga oid nazariy bilimlar naqadar puxta o'zlashtirilganligini bilib olishdan iborat.
👩🏼‍🏫Fan o‘qituvchisi – Hamroyeva N.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Namunali_dars

«Tabiiy fan (SCIENCE) o‘quvchiga fanlarni o‘qish qiyin emas, qiziq bo‘lishiga yordam beradi...»


🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab 6a-02 sinf o’quvchilari bilan 21.01.2025 yil Science fanidan “Moddalarning erish jarayoni” mavzusida namunali dars tashkil etildi.
⚗️🌡Darsda o‘quvchilar faol ishtirok etib, nazariy olgan bilimlarini amalda sinab ko’rishdi.
👩🏻‍💼Fan o’qituvchisi – Shodmonova Sh.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Namunali_dars
#Vatanparvarlik

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab 5a-01 sinf o’quvchilari bilan 28.01.2025 yil Tarixdan hikoyalar fanidan "To'maris va Shiroq jasorati" mavzusida namunali dars tashkil etildi.
O'quvchi yoshlar To'maris va Shiriq jasoratini improvizatsiya jarayonida rollarga kirib aks ettirdilar. O'quvchilar dars jarayonida Jadidlarimizning hikmatli so'zlaridan foydalanib, vatanparvarlik ruhini namoyon qildilar.
👩🏻‍💼Fan o'qituvchi: Hakimova G.A



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM #Maktabda_biologiya
#Namunali_dars

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 31.01.2025 yil 8T-01 sinf o‘quvchilari bilan biologiya fanidan “Faol transport” mavzusida namunali dars bo'lib o'tdi.
🚗O'quvchilar dars davomida passiv va faol transport haqida olgan nazariy bilimlarini amaliy ko'rsatib berishdi.


👩🏼‍🏫Fan o‘qituvchisi – Hamroyeva N.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I