IMA | Buxoro hududiy bo'limi
325 subscribers
19.7K photos
600 videos
11 files
3.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#eco_schools_Uzbekistan
#Young_climate_champions
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

🌱Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Young climate Champions “ loyihasi doirasida ECO-FORUM o’tkazildi.

📌Forum Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, UNICEF, "Zamin" xalqaro fondi va Buxoro shahridagi Prezident maktabi hamkorligida tashkil etildi.

🌱Kun davomida Ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinib, Quiz, Bingo, Fashion show, Palm Print, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

📌Ma’lumot o’rnida ushbu forumga UNICEF tashkilotidan vakil sifatida Gulnaz Jadigerova ishtirok etdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram
Forwarded from ZIKIROV SH
#BUXORO_ TUMAN_IMI#
✳️✳️✳️✳️✳️✳️✳️
📚BESH MUHIM TASHABBUS📚
"Mening sevimli kitobim"
🏛Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'tkir Hoshimovning 📚"Dunyoning ishlari"asari yuzasidan "Mening sevimli kitobim"mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbati va savol javoblar testi olindi.
Kitoblarning bilimli avlod kamoloti ahamiyati, kitob mutolaasi va targ'iboti kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor masalalarga bag'ishlanadi. Maktabimizning 5 green sinf o'quvchilari 2 guruhga bo'linib qizg'in baxs munozara olib borishdi.
☀️Kutubxonachi G.Shodiyeva va ona tili fani o'qituvchisi S.Yadgarovalarning bergan savollari va asar yuzasidan bildirilgan munosabatlari davra suhbatini yanada qizq'in bo'lishini ta'minladi.
🔷🔷🔷🔷✳️🔷🔷🔷🔷
⚜️ Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

Maktabning ijtimoiy tarmoqlari:👇
💎💎💎💎💎💎💎
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Sodiqova Visola Yunusovna Buxoro IM O'IBDÕ)
#Farmon_ijrosi_amalda
#Buxoro_tuman_IM

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi Buxoro tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida ham joriy qilingan.Kuni kecha Buxoro shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Reyes Mary Jane  hamda hamda mahalliy õqituvchilar Nazirova Zulfina,Abbos Muhammedovlar 5 sinf o'quvchilariga mashĝulot õtkazdilar hamda matematika fan õqituvchisi bilan yanada hamkorlikni kuchaytirish bõyicha metodik tavsiyalar berdilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududdagi Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Farmon_ijrosi_amalda
#Buxoro_tuman_IM

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi Buxoro tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida ham joriy qilingan.Kuni kecha Buxoro shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Reyes Mary Jane  hamda hamda mahalliy õqituvchilar Nazirova Zulfina,Abbos Muhammedovlar 5 sinf o'quvchilariga mashĝulot õtkazdilar hamda matematika fan õqituvchisi bilan yanada hamkorlikni kuchaytirish bõyicha metodik tavsiyalar berdilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududdagi Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“O'zbek elim”📝📝

Yurolmadim yiroqingda,
Chidolmadim firoqingda.
Jasorat bor shiroqingda,
O’zbek elim-bek elim.

Nodiraning baxti bor senda,
Amir Temur taxti bor senda.
Mirzo Bobur shahdi bor senda,
O’zbek elim-bek elim.

O’zbekiston-ozod, hur o’lkam.
Bunchalar ko’rkamsan, buncha ham o’ktam,
Men hayronman qayga o’xshatsam.
O’zbek elim-bek elim.

9-blue sinf o'quvchisi Mansurova Shukrona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“She'riyat”📝📝

Sheriyat-ilohiy, ruhiy kuch u,
She’riyat-ilhomiy, ijobiy tuyg’u.
She’riyat merosi berilgan menga,
She’riyat-haqiqiy, shirin bir og’u.


9-blue sinf o'quvchisi Mansurova Shukrona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“Bahor”📝📝

Shudringni sog’ingan maysalar aytsin,
Olislarga ketgan turnalar qaytsin,
Sabring limmo-lim jomlari sinsin,
Ko’klamning ifori taralsin har yon,
Bulbullar tegramda sayrasin biyron.

Binafsha atrini shabboda tuysin.
Intizor novdaning kurtagi kulsin,
Chechakda bezanib, Navro’zim kelsin.
Kamalakka boqib, yayraylik shodon,
Umrimiz bahordek o’tsin sho’x- shodon.

5-green sinf o'quvchisi Xayrullayev Jahongirmirzo ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
#Bizning is'tedodli o'quvchilarimiz   

 📝📝“Bahor”📝📝

Qor erib jo’naganda,
Lola unib kulganda.
Ayoz qish tugaganda,
Bahor kelib quvnasin.

Go’zal bahor kelganda,
Yashil maysa unganda.
Sumalaklar pishganda,
Bahor kelib quvnasin.

Quyosh nurlari sochganda,
Havo isib ketganda.
Varraklar ham uchganda,
Bahor kelib quvnasin.

5-green sinf o'quvchisi Ramazonova Rayhona ijodidan

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro_tuman_Ixtisoslashtirilgan_maktabi
Alisher Navoiynng 584 yilligi.
Buxoro tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida“ Buyuk shoir , davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi –ibrat maktabi”  mavzusida  “Ma’rifat soati  bo’lib o’tdi.  Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va jozibasi, latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan joy egalladi.
https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from Sherdil Adizov
#Buxoro_shahar_2_son_IMI


🏢 Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-10- sinf o'quchilari bilan Buxoro Davlat Universitetning Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetiga tashrif uyushtirildi.

💠 Tashrif davomida fakultet rahbariyati va professor o'qituvchilari o'quvchilar bilan suhbat o'tkazib o'quvchilarning barcha savollarga javob berdilar

💠  Fakultet laboratoriyalarida professor o'qituvchilar tomonidan o'quvchilar uchun amaliy darslar o'tib berildi.

O'quvchilarning ushbu tashrifdan orttirgan amaliy tajribalari ularning kelajakda kasb tanlashlari  va vatanimiz uchun munosib yetuk inson bo'lib yetishishlari uchun xizmat qiladi degan umiddamiz!

📲 BIZNI KUZATIB BORING