IMA | Buxoro hududiy bo'limi
304 subscribers
23.9K photos
702 videos
65 files
3.87K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Tillayev
#Shofirkon_IM
#Bizning_faxrimiz

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7-8 sinf oʻquvchilari til bilish sertifikatlarini kiritdi.
Jumladan:

🌟 8-01 sinf OʻKTAMOVA ZARNIGOR B2 59 BALL
🌟 7-01 sinf NASRIDDINOV QAMARIDDIN B2 51 BALL

🎉Jamoamiz, ustozlarimiz, o'quvchilarimiz va ularning ota-onalarini va, albatta ,Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan  maktabini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇
https://t.iss.one/shofpiima
Forwarded from Sherzod Tillayev
#Shofirkon_IM
#Bizning_faxrimiz

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-01 sinf oʻquvchisi YOʻLDOSHOV FIRDAVS Xalqaro SAT sertifikatini kiritdi.
Jumladan:

🌟 MATH SCORE : 770
🌟 READING AND WRITING SCORE : 320
🌟 TOTAL SCORE : 1090


🎉Jamoamiz, ustozlarimiz, o'quvchilarimiz va ularning ota-onalarini va, albatta ,Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan  maktabini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇
https://t.iss.one/shofpiima
Forwarded from Мавжуд Махмудович
#Shofirkon_IM
#ChQBT_rahbari_faoliyatidan
#Askar_akamga_xat


Bugun 19-dekabr kuni Shofirkon tuman Ixtisoslastirilgan maktabining ChQBT bo'yicha direktor o'rinbosari M.M.G'afforov O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-qarori "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish hamda uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishiga muvofiq, 5-6-8-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Askar akamga xat" mavzusida tadbir o'tkazdi.Tadbirda bolajonlar o'zgacha qiziqish va iftixor tuyg'ulari bilan ishtirok etishdi.O'quvchilar askar akalariga bo'lgan dil so'zlarini qog'ozga ko'chirishdi.Tadbir so'ngida maktublar o'quvchilar tomonidan o'qib eshittirildi.Tadbir davomida o'quvchilarga vatanga muhabbat,uning himoyasi naqadar buyuk sharaf ekanligi yuqori darajada yetkazildi.



ChQBT rahbari M.M.G'afforov.
Forwarded from Мавжуд Махмудович
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Besh_muhim_tashabbus

🏢 Yosh avlodni sportga jalb qilish va ularni jismoniy rivojlantirish maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Shofirkon tuman yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan "Besh tashabbus" doirasida sportning voleybol, tennis, shaxmat turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu tadbirlar o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faolligini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

🏆Musobaqalarda maktabning turli yoshdagi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar jamoaviy ruhni shakllantirgan bo‘lsa, tennis o‘yinlari o‘quvchilarning tezkorlik va koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirdi. Shaxmat turniri esa ishtirokchilarni strategik fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from Мавжуд Махмудович
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

Har bir xalq o‘z milliy qadriyatlarini yuksak tutib, o‘z yurtiga muhabbat va sadoqatni tarbiyalashga alohida e'tibor beradi. Shu ma'noda, Vatanparvarlik oyligi yurtimizda milliy g‘ururni oshirish, yoshlarimizning ongi va qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biridir.
🔰 Joriy yilning 20-dekabr sanasida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Janubiy-Gʻarbiy maxsus harbiy okrugi 28803 harbiy qismning faxriy qorovul va orkestr guruhi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi. Tadbir davomida oʻquvchilarga koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.
🔰Vatanparvarlik oyligi bu nafaqat milliy bayram, balki har birimiz uchun o‘z mas'uliyatimizni anglash, yurtimizga bo‘lgan sadoqatimizni amalda isbotlash imkoniyatidir. Zero, vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Bizning_faxrimiz

🏆 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-01- sinf o'quvchisi Yoʻldoshev Firdavs xalqaro SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonidan 1040 ballni qo'lga kiritdi. O'quvchimiz testning matematika qismidan ham yuqori natija ko'rsatib, Xalqaro SAT sertifikatiga ega boʻldi.

🏆Ma'lumot uchun, Firdavs bungacha matematika fanidan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatni ham qo'lga kiritgan edi.

💯Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida oʻquvchilar oʻrtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada kuchaytirish, ularda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirishdan iborat.

Tanlovda maktabning turli yoshdagi oʻquvchilari faol ishtirok etib, "Vatan himoyachilari" mavzusiga oid oʻz tasavvurlarini yorqin ranglarda ifodaladilar. Ularning ijodiy ishlari Vatan himoyachilarining jasorati, mardligi va Vatan tinchligi uchun qilgan xizmatlarini ulugʻlovchi asarlar sifatida namoyish etildi.

Ushbu rasmlar tanlovi oʻquvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishga, shuningdek, ularning Vatanga boʻlgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Umid_nihollari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qarori hamda
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari tomonidan 2019-yil 10-dekabrda
tasdiqlangan "Umid nihollari" musobaqalarini o'tkazish tartibi toʻg'risidagi
nizomi" va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi
04-38-4187-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Shofirkon tumanida maktab oʻquvchilarining 5-6-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Umid nihollari" musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ham yengil atletika sport turi boʻyicha faol ishtirok etib,
200metr masofaga yugurish bahslarida
🏆 2-oʻrinni Ibodullayev Behruz
Uzunlikka sakrash bahslarida
🏆3-oʻrinni Ravshanov Rahmat
Uzunlikka sakrash bahslarida
🏆3-oʻrinni Mahmudova Marjonalar egallashdi.

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Zakovat_haftaligi

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk adiblar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan zakovat haftaligi qizg‘in davom etmoqda. Ushbu haftalik doirasida turli sinflar o‘rtasida intellektual bellashuvlar o‘tkazilib, o‘quvchilar bilim va zukkolik borasida o‘z imkoniyatlarini namoyon etishmoqda.
Bugungi zakovat o‘yinida 7-03 sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, qizg‘in bahs olib borishdi. O‘yin natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Remontada – 11 ball
Liderlar – 4 ball
Kometa – 3 ball
Natijalarga ko‘ra, "Remontada" jamoasi 11 ball to‘plab, turnir g‘olibiga aylandi. "Liderlar" va "Kometa" jamoalari ham o‘z bilim va intellektual salohiyatlarini namoyon qilishdi.
Zakovat haftaligi davomida o‘quvchilarning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi, tafakkuri va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tmoqda.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Milliy_robotlar_tanlovi_2025

Buxoro viloyat hokimligi hamda Buxoro viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan "Milliy robotlar tanlovi-2025" musobaqasining Buxoro viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

🏆 Unda shahar va tumanlardan kelgan ishtirokchilar 6 ta yo'nalish

- Robo Race
- Robo Wars
- RoboSumo
- RoboFutbol
- LineFollowing
- Foydali robotlar
asosida yasagan robotlarini taqdimotini qilishdi.

🏅Mazkur tanlovda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-01-sinf oʻquvchisi Shermatov Abdushukur Sheraliyevich 1-o'rinni egallab
respublika bosqichiga qatnashish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🔰Oʻquvchimizga keyingi musobaqalarda omad tilab qolamiz.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Zakovat
#Kasbiy_rivojlanish_kuni

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ustozlari ishtirokida buyuk mutafakkirlar – Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy tavallud ayyomiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu intellektual oʻyini maktab jamoasi o‘rtasida bilim almashish, adabiy merosimizni chuqurroq o‘rganish va ma’naviyatni yuksaltirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqada ustozlar jamoalarga bo‘linib, Bobur va Navoiy hayoti, ijodi, shuningdek, ularning ilm-fan, adabiyot va madaniyatga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli savollarga javob berdilar. Bahslar murosasiz va hayajonli ruhda kechdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar Bobur va Navoiy merosi doimo yosh avlodga yetkazilishi kerakligini ta’kidlab, bunday intellektual bellashuvlar muntazam o‘tkazib borilishi lozimligini qayd etishdi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#YASHIL_MAKON_umummilliy_loyihasi_davom_etmoqda

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

🏝Joriy yilning 10-mart kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi va maktabimizning ECO-SCHOOL volontyorlari tomonidan manzarali gul koʻchatlari oʻtkazildi.

🌱Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda yosh avlod ongida ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

🌱“Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan maqsad, kelajak avlodga yashil va musaffo muhit qoldirishdir.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#YUTUQLARIMIZ

⚡️⚡️⚡️ Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-01 sinf oʻquvchisi Nutfullayev Bobur ingliz tilidan CHET TILINI BILISH DARAJASI TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT (CEFR -B2)ni qoʻlga kiritdi.
🎗Test sinovi natijalari:🎗
Tinglab tushunish: 65
Oʻqish: 56
Yozish: 53
Gapirish: 51
Umumiy ball: 56
Daraja: B2

💥 Oʻquvchimizning oʻqish va ishlarida omad tilab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Milliy_sertifikat
#Ustozlarimiz_yutuqlari

🔰Yuksak intellekt, aql-idrok va ijodiy salohiyatni o‘zida mujassam etgan hurmatli ustozimiz – Olimov Miraziz Shuhrat oʻgʻli A+ darajali milliy sertifikat sohibi boʻldi.
Bu yutuq ustozimizda nafaqat professional mahoratning yuksakligini, balki yosh avlodga sifatli ta’lim berishga bo‘lgan intilishini ham namoyon etadi.

Ustozimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi faoliyatlarida ham omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Siyosiy_maʼrifiy_soat

Joriy yilning 25-mart kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qituvchilar o‘rtasida "Bola aziz, odobi undan aziz" mavzusida siyosiy-maʼrifiy soat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taʼlim muassasalari pedagoglari, tajribali ustozlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Mazkur maʼrifiy soatning asosiy maqsadi o‘qituvchilarning tarbiyaviy jarayondagi o‘rnini yanada mustahkamlash, yosh avlodga odob-axloq normalarini singdirish va ularni komil inson sifatida voyaga yetkazish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Bizning_faxrimiz

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-01-sinf oʻquvchisi Maqsudov Mironshoh Gʻijduvon tumanida Mathakademy tomonidan tashkil etilgan olimpiadada fizika fanidan faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va estalik sovgʻalariga ega boʻldi.

💥Bu yutuq bilan oʻquvchimizni maktab jamoasi nomidan tabriklab qolamiz.

👍Omad senga Mironshoh ‼️

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Manaviyat_sarchashmalari

💠 Oʻzbekiston Respublikasi Vazifalar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi F-72-son farmoyishi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 17-fevraldagi 04-32-son chora-tadbirlar rejasiga asosan Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7- 01 sinf o'quvchilari ishtirokida  o'zbek adabiyoti va san'ati namoyondasi Komil Xorazmiy ijodiy merosiga bag'ishlangan adabiy - ma'naviy tadbir o'tkazildi
♻️ Xorazm adabiy muhitining yorqin, iste'dodli vakillaridan biri Komil Xorazmiy o'zining ibratli hayoti hamda ijodiy faoliyati bilan nafaqat zamondoshlarining balki keyingi ilm ahlining ham e'tirofiga sazovor bo'lgan mahoratli bastakor, usta xattot, atoqli naqqosh, mohir tarjimon, iste'dodli musiqashunos hamda adolatparvar davlat arbobi sifatida tarixda buyuk nom qoldirgan
🔰 O'quvchilarimiz Komil Xorazmiy hayoti va ijodi, she'riyati, musiqa ilmiga qo'shgan betakror javohirlari haqida to'xtalib o'tishdi. Shuningdek, tadbir davomida ular ijodkorning uy muzeyi,  musiqiy asboblari, suratlari yoritilgan videorolik tomosha qilishdi va tariximizdagi  buyuk shaxs haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Tonggi_saflanish

Joriy yilning 7-aprel kuni tashkil etilgan ertalabki saflanish jarayonida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus" sport musobaqalarida faol ishtirok etgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar taqdirlandi.
Shuningdek, oʻquvchilarga odob-axloq qoidalari, sogʻlom turmush tarziga, gigiyenaga rioya qilish haqida gapirib oʻtildi.

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram