IMA | Buxoro hududiy bo'limi
330 subscribers
19.1K photos
562 videos
11 files
3.23K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Seminar_trening
#Xalqaro_olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha seminar-treninglar yakuniga yetdi.

❗️Mazkur seminar-treningda Agentlik tizimidagi maktablarning 2 500 nafardan ortiq matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida:

✔️ maktablar o‘qituvchilariga trener o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarni xalqaro va mahalliy olimpiadalarga tayyorlash mexanizmi,
✔️foydalaniladigan adabiyotlar,
✔️ internet tarmog‘idagi foydali kontent hamda veb-saytlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

📍Seminar so‘ngida trener o'qituvchilar fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarni mahalliy va xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda tizimli ravishda hamkorlikda faoliyat olib borishni kelishib olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Faxr
#Xalqaro_olimpiada

Osiyo fizika olimpiadasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi saralandi🏆🏆🏆

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi saralab olingan va ular Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar.Aynan kuchli sakkizlik tarkibidan Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktab 11- sinf òquvchisi Mirshod Rajabov ham òrin oldi.
🏅🏅🏅Òzining yuqori natijalari bilan  maktabimiz sharafini himoya qilib turgan òquvchimizga yangi marralarni zabt etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Rasmiy sahifalarimizda sizlarni kutamiz😊

https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

📆 Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.

O’quvchilarimiz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🗣Eslatib o’tamiz, terma jamoamiz a’zosi, Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchisi Javohir Sultonov mazkur olimpiadada bronza medalni qo’lga kiritdi.

#Tashkent #18july #Tokyo

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Xalqaro_olimpiada
❇️ROSSIYALIK ISHTIROKCHILAR BUXORO VILOYATIGA YETIB KELISHDI

🔹Xabaringiz bor, O‘zbekistonda ilk marotaba Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi tashkil qilinmoqda.

🔹Joriy yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro olimpiadada dunyoning 19 ta mamlakatidan 120 nafar iqtidorli yoshlarning (30 ta jamoa) ishtirok etishi kutilmoqda.

🔹Bugun,8-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi vakillari olimpiadagi ishtirok etish uchun Buxoro viloyatiga yetib kelishdi.

🔹Mehmonlar Buxoro xalqaro aeroportida munosib ravishda kutib olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Ali_ibn_Sino
#Xalqaro_olimpiada

Joriy yilning 9-14-iyun kunlari yurtimizda ilk bora Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi boʻlib oʻtadi.

📍 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Buxoro shahrida tashkil etiladigan ushbu olimpiadada Finlyandiya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam va Oʻzbekiston jamoalari ishtirok etadi.

❗️ Nufuzli xalqaro tadbirda ushbu davlatlarning 30 ta jamoa (120 nafar ishtirokchi)si oʻzaro bahs yuritadi.

👉 Sinov jarayonlarini qator xorijiy davlatlardan jalb qilingan malakali ekspert, yetuk olim va professor-oʻqituvchilar baholab boradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

🔴 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida ilk marotaba o'tkazilayotgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi.

Eslatib o'tamiz: mazkur olimpiadada Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam, Xitoy, Turkiya davlatlaridan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jamoalar o'zaro bahs olib borishadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Kogon_shahar_IM
#Xalqaro_olimpiada

❇️Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi Karimov Parviz
Hindistonda o‘tkazilgan
Xalqaro InIMC 2024 matematika olimpiadasida ishtirok etib jamoaviy hisobda bronza 🥉medal bilan taqdirlandi.

👏Parvizga kelgusi o'qishlarida omad tilaymiz.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram|Facebook
Forwarded from IMA VOBKENT IM
#jarayon
#xalqaro_olimpiada
#Vobkent_IM

Xalqaro olimpiadaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan uch nafar o'quvchilarimiz ayni paytda Xalqaro olimpiadalar markazida qöshimcha o'quv mashğulotlariga ishtirok etishyapti.Iqtıdorli o'quvchilarimizga ushbu markazda chuqur bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Joriy yilning 25- yanvar va 1- fevralda 2 - saralash imtihonlari bo'lib o'tadi.Ushbu bosqichda ham o'quvchilarga muvaffaqiyat hamroh bo'lishini tilab qolamiz

Bizning maktab muvaffaqiyatlar maydoni!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab