IMA | Buxoro hududiy bo'limi
325 subscribers
19.7K photos
600 videos
11 files
3.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda
#diktantlar_tanlovi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 6- noyabrdagi 01-03-2512-sonli xatida "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda " shiori ostida "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida umumrespublika diktantlar tanlovi e'lon qilingan.
✍🏻Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham 06.12.2024 yil sinflar kesimida diktantlar tanlovi bo'lib o'tdi.
❇️Diktant matnida Konstitutsiyaning (asosiy tegishli moddalardan foydalanish,shu orqali o'quvchilarga huquqiy bilimlar berish) mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumotlar berish inobatga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Konstitutsiya_kelajagim_mash'ali
❇️8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim  muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya- kelajagim mash'ali" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida she'r, raqs, moddalar, sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga havola etildi.Bu esa o'quvchilarda huquqiy savodxonlikning oshishiga xizmat qiladi.

❇️ Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettitishning mustahkam poydevoridir!
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Stop_OITS

🎗Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 1988 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1 dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.
🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Stop OITS” mavzusida davra suhbatlari va chellenjlar bo‘lib o‘tdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Saflanish

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
🇺🇿Madhiyaning yoshlar hayotidagi o'rni va ahamiyati, o'zlikni anglash va jamiyatda to'g'ri yo'lni tanlashda muhim rol o'ynashi haqida aytib o'tildi.
Noyabr oyida bo'lib o'tgan 🇺🇿"Bayrog'imiz-faxrimiz, g'ururimiz" mavzusida rasmlar tanlovi
🇺🇿"Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida insholar tanlovi
🇺🇿"Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videoroliklar tanlovi
🇺🇿"O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" mavzusida insholar tanlovining 1,2,3-o'rinni egallagan o'quvchilar taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Vatanparvarlik
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29-iyundagi "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Yoshlarni chaqiriqqa qadar tayyorlash rahbari Rajabov Otabek "Vatan tayanchi" a'zolari bilan miltiqdan otish bo'yicha mashg'ulot o'tkazildi.
⚡️ Yoshlarda vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlari, shuningdek, milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarga start berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Tibbiy_ko'rik

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida chuqur tibbiy kòrik oldi òquvchilardan laborator tekshiruv amaliyoti òtkazildi. Qolaversa, pedadog xodimlar ham o'z sog'liklari haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.

🏥25-oilaviy varachlik punktidan 💉hamshira-labarant Hakimova Sarvinoz.
👩‍⚕Maktab hamshirasi Rajabova Mulkijahon.
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Har_bir_bola_e’tiborda
Mamlakatimizda imkoniyati cheklanganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda har tomonlama ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda.
O‘ksik ko‘ngillarni shod qilish, ayniqsa, ular bola bo‘lsa eng katta savobli ish.
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Bolalar harakati "Imkon" yo'nalishi sardorlari va a'zo o‘quvchilari hududda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olishdi.
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Vatanparvarlik
#Biz_birga_katta_kuchmiz!

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29-iyundagi "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Yoshlarni chaqiriqqa qadar tayyorlash rahbari Rajabov Otabek "Vatan tayanchi" a'zolari bilan (9-11 sinf o'quvchilari) "Biz birga katta kuchmiz" mavzusida davra suhbati va amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi. Amaliy mashg'ulotda o'quvchilar miltiqni sochish va yig'ishni o'rgandilar.
⚡️ Yoshlarda vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlari, shuningdek, milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Saflanish 🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish bo‘lib o‘tdi. Saflanishda Matematika va Fizika fanidam MILLIY SERTIFIKAT olgan o‘quvchilar, Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli 1, 2, 3-o‘rinlarni olgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan DIPLOM bilan taqdirlandilar.

📚O‘quvchilarimizning keyingi o‘qishlariga omad tilaymiz!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Saflanish 🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish bo‘lib o‘tdi. Saflanishda “9-dekabr Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida o‘tkazilgan rasmlar tanlovida
🥇Tojiyev Mirsaid
🥇Mirzoyeva Shaxrizoda
🥈Xayrullayeva Farzona
🥈Muyutdinova Kumush
🥉Hikmatova Nasiba
🥉Baxronov Akmal
“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida o‘tkazilgan insholar tanlovida
🥇Xudoyberdiyeva Diana
🥈Ismatullayeva Mushtariy
🥉Ikromova Nozaninlar maktab ma’muriyati tomonidan DIPLOM bilan taqdirlandilar.

📚O‘quvchilarimizning keyingi o‘qishlariga omad tilaymiz!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I