IMA | Buxoro hududiy bo'limi
305 subscribers
23.8K photos
701 videos
65 files
3.84K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgohi
#Sarhisob

⚡️Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi"
1-kunidan videolavha
🔥

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Jondor_tuman_IM
#tantanali_saflanish
#sarhisob

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 13-sentabr kuni "Tantanali saflanish" tashkil etildi. 

🍀 Saflanishda o'quvchilarga odob - axloq qoidalari, kiyinish madaniyati haqida gapirib o'tildi.
🍀Xalqaro IELTS sertifikatidan yuqori natija ko’rsatgan va namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar taqdirlandilar.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Sarhisob
#Buxoro_shahar_2_son_IMI

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "So'nggi qo'ng'iroq" arafasida bir qator turkum tadbirlar tashkil etildi.

O'quvchilar ishtirokida saflanish o'tkazilib, unda o'quv yili davomida tanlov, bellashuv hamda olimpiadalarda yuqori natijaga erishganlar taqdirlanishdi.

"Ustozga ehtirom" loyihasi tashkil etilib, bunda o'quvchilarimizning dastlabki saboqni olgan, bilim o'rgangan, harf tanitgan ustozlari bilan ma'rifiy uchrashuvlari tashkil etildi.

"O'quv yili sarhisobi - ta'tildagi rejalar" nomli yig'ilish davomida ham o'quvchilar o'quv muassasasi ma'muriyati tomonidan taqdirlandilar.



👉BIZNI KUZATIB BORING 👈