1.55K subscribers
IT ma'lumotlar

#html_dars
#css_dars
#js_dars
#web_facts
#web_codes
#video


📚 Kitoblar: @WebBooksUz
👥 Muloqot guruhimiz: @html_Css_Js_darslari

📆 16-07-2020
Download Telegram
Channel created
🇺🇿Mualliflik huquqi bilan bog‘liq sabablar tufayli kanalimizdagi barcha ma’lumotlar vaqtincha o‘chirildi. Tez orada yangidan faoliyatimizni davom ettiramiz.

🇹🇷Telif hakkı ile ilgili nedenlerden dolayı kanalımızdaki tüm içerikler geçici olarak kaldırılmıştır. En kısa sürede faaliyetlerimize yeniden başlayacağız.

🇬🇧Due to copyright-related reasons, all content on our channel has been temporarily removed. We will resume our activities shortly.

🇰🇷저작권과 관련된 사유로 인해 채널의 모든 자료가 일시적으로 삭제되었습니다. 곧 다시 활동을 재개하겠습니다.

🇯🇵「著作権に関わる事情により、当チャンネルのすべての情報は一時的に削除されました。まもなく活動を再開いたします。」

🇩🇪Aufgrund urheberrechtlicher Gründe wurden alle Inhalte unseres Kanals vorübergehend entfernt. In Kürze werden wir unsere Tätigkeit wieder aufnehmen.

🇻🇦Propter causas ad iura auctoris pertinentes, omnia documenta in nostro canali ad tempus deleta sunt. Mox iterum operam nostram renovabimus.

🇺🇦Через причини, пов’язані з авторським правом, усі матеріали на нашому каналі були тимчасово видалені. Незабаром ми відновимо свою діяльність.

👉 @html_css_js_kodlari_uz
😁41👍1🔥1
Forwarded from Jasur Usmon
TANAZZULGA YAQINLASHGAN XALQ

Bugun jamiyatimizda bir qarashda hamma narsa joyida: ziyolilar ham tilga olinadi, ularga ham e’tibor beriladi, ayrim hollarda hatto mukofot va unvonlar ham taqdim etiladi. Ammo bu e’tibor bilan sportchilar, otarchilar, laparchilar yoki sahna masxarabozlariga berilayotgan e’tibor o‘rtasida yer bilan osmon qadar tafovut bor. Olimning yillab qilgan izlanishlari, o‘qituvchining minglab shogirdlarga singdirgan bilimi, yozuvchining xalq ruhiyatiga solgan og‘ir mehnati ko‘pincha birgina sport musobaqasida yutgan medal yoki sahnada qilingan bir kulguli chiqish darajasida qadrlanmaydi. Bu farq oddiy ko‘z bilan ham ko‘rinib turadi, ayniqsa xalqning kimni ko‘proq tanishi va ibrat bilishida yaqqol seziladi.

Xalq bugun tobora maishiy muammolar girdobida. Ishsizlik, narx-navoning oshishi, uy-joy, transport, sog‘liqni saqlash kabi og‘ir masalalar odamlarni o‘ylantirayotgan bir paytda, televideniye va matbuot ularning ongiga ko‘ngilochar maydonlarni qahramon qilib ko‘rsatmoqda. Natijada odamlar o‘zini ularga qiyoslashga urinadi: kimdir hashamatli mashina olishni, kimdir dabdabali to‘y qilishni, kimdir kazo-kazo vallomatlarning tutumini qilishni orzu qiladi. Bu orzu-yu havas ortida esa hayotning real muammolari unutiladi, ularni hal qilishga kuch va iroda topilmaydi.

Haqiqat shuki, ziyolilar chetda emas. Ular ham bor, ularning mehnati ham qayd etiladi, lekin ular hech qachon xalq ko‘z o‘ngida sportchilar yoki masxarabozlardek “qahramon” bo‘lib chiqmaydi. Ularning nomlari kitoblardagina qoladi, ayrim akademik doiralardagina eshitiladi. Xalq esa ularni emas, balki tez-tez ekranda ko‘rinib, dabdaba va hashamat ichida yurganlarni taniydi. Bu esa jamiyatda noto‘g‘ri qadriyatlarni shakllantirib bormoqda.

O‘zini bilim bilan emas, balki to‘y va hashamat bilan ko‘rsatishga urinish, yoshlarni ham shunga ergashtiradi. Yoshlarga ilmiy izlanish emas, tez boylik va tez mashhurlikka eltuvchi yo‘llar jozibador bo‘lib ko‘rinadi. Natijada millat o‘z tafakkur boyligini sekin-asta boy beradi, ma’naviy olami sayozlashadi, xalq sifatida esa tanazzul sari qadam tashlaydi. Chunki jamiyat taraqqiyoti ilmga emas, tomoshalarga suyanib qolgan bir paytda, kelajakni boy berish muqarrar bo‘ladi.

👉 @Jasur_Usmon
👍5
Forwarded from Jasur Usmon (Jasur Rabbimov)
QULLIK RAMZLARIGA QAYTISHGA YO‘L YO‘Q!

O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga 34 yil to‘ldi. Bu vaqt xalqimiz uchun erkinlikning, orzularimizning, tarixiy haqiqatimizning tiklangan yillaridir. Ammo afsuski, bugun ham ayrim kishilar mustaqillikning qadriga yetmayapti. Ular bilib-bilmay, ba’zan ataylab sobiq SSSRni ideallashtirishga urinadi. Eng achinarlisi, mustaqillik yillarida tug‘ilgan yoshlar ham shu yolg‘on tasavvur domiga tushib, terror tuzum ramzlarini kiyib ko‘chada yurmoqda.

Aslida SSSR nima edi? U qon ustiga qurilgan, millionlab begunohlarning hayoti evaziga shakllangan tuzum edi. Fuqarolar urushi, milliy ozodlik harakatlari – barchasi qon bilan bostirildi. Bizning yurtda ham ozodlik uchun kurashgan qahramonlar “bosmachi” deb ataldi. O‘z xalqini aldash, tarixni soxtalashtirish – bu tuzumning siyosiy quroliga aylangan edi.

Keyin esa kollektivlashtirish balosi boshlandi. Dehqonning qo‘lidagi borini tortib olishdi, xalqni ochlikka mahkum qilishdi. Millionlab odamlar nobud bo‘ldi. Bu kamlik qilgandek, butun ziyolilar, olimlar, fermerlar, hunarmandlar, vatanparvar harbiylar “xalq dushmani” deya qatag‘on qilindi, otilib o‘ldirildi yoki surgun qilindi. Qonxo‘r siyosat oqibatida xalqning bilimli qatlami yo‘q qilindi. Bu jinoyatlar Ikkinchi jahon urushi paytida ham o‘zini ko‘rsatdi: kadrlar yetishmasligi sababli mislsiz yo‘qotishlarga duch kelindi.

SSSR mintaqamiz uchun faqat ochlik va qatag‘on emas, balki ma’naviy qullikni ham olib keldi. Alifbomiz necha bor o‘zgartirildi, xalqning xotirasi uzildi. Maktab o‘quvchilari paxta dalasiga haydaldi. “Oq oltin” deya paxtaga sig‘inish oqibatida Orol dengizi quridi, butun dunyoni larzaga solayotgan ekologik falokat yuz berdi.

Endi savol: bugun mustaqillikning 34-yilligida SSSR emblemasini kiyib yurish nimani anglatadi? Bu – xalqimizning qonli tarixini oyoq osti qilishdir! Bu – ozodlik uchun jon bergan avlodlar xotirasini haqorat qilishdir! Bu – qullik kishanlarini yana qo‘lga olishdir!

“Bu mening tanlovim”, deydiganlarga savol: begunoh millionlarning qoni evaziga qurilgan terror ramzini targ‘ib qilish qanday qilib “tanlov” bo‘lishi mumkin? Qanday qilib ozodlik farzandi bo‘lib turib, qullik timsolini ko‘tarib yurish mumkin?

Yo‘q! Biz bunga befarq bo‘lolmaymiz. Bu nafaqat Milliy gvardiya yoki ichki ishlar masalasi – bu har bir fuqaroning burchidir. Mustaqillikka qarshi har qanday ramzga, har qanday targ‘ibotga qarshi turish – milliy g‘ururimizni asrashdir.

Unutmang: biz mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz. Mustaqillik – bu millatning or-nomusi va kelajagi, SSSR esa xalqlarni qullikka, ochlikka va qirg‘inga mahkum etgan qonxo‘r imperiya sifatida abadiy la’nat ostida qoladi!

👉 @Jasur_Usmon
👍1👏1