๐‘ฏ๐’Š๐’๐’‚๐’สผ๐’” ๐’‘๐’‚๐’ˆ๐’†๐Ÿฉต
69 subscribers
137 photos
12 videos
22 links
๐Ÿ‘ฉโ€๐ŸŽ“ Nizomiy nomidagi TDPU 1/4
๐ŸŽ“Ogahiy ijod maktabi '24
๐Ÿ“ŒZomin seminari ishtirokchisi '24
๐Ÿ“ŒMilliy sertifikat sohibasi
๐Ÿ“ŒTurli forumlar ishtirokchisi
๐Ÿ“ŒBir qancha tanlovlar gสปolibi
โœ๏ธYoziqlarim jamlangan kanal

โ—Manba bilan olinsin
Download Telegram
#boqiy_satrlar

Koโ€˜rgali husnungni zoru mubtalo boโ€˜ldim sanga,
Ne baloligโ€˜ kun edikim, oshno boโ€˜ldim sanga?!

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koโ€˜ngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boโ€˜ldim sanga.

Men qachon dedim vafo qilgโ€˜il manga, zulm aylading,
Sen qachon deding, fido boโ€˜lgโ€˜il mango, boโ€˜ldim sanga!

Qay paripaykargโ€˜a, dersen, telba boโ€˜lding bu sifat,
Ey paripaykar, ne qilsang qil mango, boโ€˜ldim sanga!

Ey koโ€˜ngul, tarki nasihat ayladim โ€” avvora boโ€˜l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boโ€˜ldim sanga!

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdir mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab, gado boโ€˜ldim sanga.

Gโ€˜ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boโ€˜ldim sanga.

Alisher Navoiy

@hilola_zohidovna
#boqiy_satrlar

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.

Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.

Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.

Manga osondurur boโ€˜lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale boโ€˜lmoq jahonda, ey koโ€˜ngul, beyor mushkuldur.

Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur,
Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.