Hilola Umarova
25.9K subscribers
1.67K photos
321 videos
1 file
480 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Download Telegram
#savol_javob
Turli o’quv markazlari Prezident maktablariga tayyorlash dasturi bo’yicha ishlashi xususida reklama qilishmoqda. Ularni Prezident maktablariga aloqasi bormi?

❗️Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o'quv kurslari mavjud emas! Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo'maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko’p uchraydi. PRESIDENT SCHOOLS (BLOG), Next StepUp School, Reprezuz veb-sahifasi va “Prezident maktablari uchun tayyorlov kurslari” deb e’lon berayotgan boshqa o'quv kurslarining Prezident maktablariga hech qanday daxli yo'q.
Asosiy maqsadimiz iqtidorli, bilimga chanqoq, o'z ustida doimiy ravishda ishlaydigan, izlanadigan, o'quvchilarni shaffof sinov orqali tanlab olish.
Qaytarib oʻtamiz, Prezident maktablarining rasmiy oʻquv kurslari mavjud emas!
#Savol_javob

Prezident maktabi o'quvchilarining barchasi yotoqxona bilan ta’minlanadimi?

❗️Prezident maktablarida o'quvchilarning barchasi yotoqxona bilan ta’minlanadi, o'quvchilar haftaning dushanbadan juma kunigacha maktab hududida qolib ta'lim olishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Savol_javob

2021-2022 – o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bo‘yicha eng ko‘p so‘ralgan savollarga saytimizda javob topishingiz mumkin.

🔷 1-savol: Yangi ochilayotgan Prezident maktablarining barchasiga qabul amalga oshiriladimi?
👉 Javob

🔷2-savol: Ijod maktablariga o'quvchilar nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
👉 Javob

🔷 3-savol: Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilar qabuli qanday tartib bo'yicha amalga oshiriladi?
👉 Javob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube