Hilola Umarova
15.4K subscribers
1.45K photos
278 videos
441 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri