Hilola Umarova
26.1K subscribers
1.67K photos
321 videos
1 file
480 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Download Telegram
#Model_UN

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o'quvchilar va talabalar o'rtasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli tashkil etilmoqda!

Mazkur modeldan ko'zlangan maqsad:
🔸 notiqlik mahoratini oshirish;
🔸muzokaralar olib borish, diplomatiya va xalqaro munosabatlarni amaliyot yordamida o'rganish;
🔸BMT faoliyati bilan yaqindan tanishishdan
iborat.

🇺🇳 Ma'lumot o'rnida, BMT modeli butun dunyo bo'ylab o'quvchilar va talabalar ishtirokida muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi. Unda BMT talqinidagi tadbirlar tashkil etilib, ishtirokchilar BMT Bosh kotibi, Xavfsizlik kengashi a'zolari va xorijiy mamlakatlar vakillari rolida muhokamalarda ishtirok etishadi.

📆Tadbir 2022-yil 15-16-yanvar kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadi.

❗️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/bExPqVzuUji42e459

Mazkur konferensiyada ishtirok etish barcha uchun ochiq bo'lib, arizalar joriy yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinadi.

❗️Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga ovqatlanish va turar-joy xarajatlari qoplab beriladi (Buxoroga borib-kelish xarajatlari bundan mustasno).

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Instagram | Telegram