Hilola Umarova
26K subscribers
1.67K photos
321 videos
1 file
480 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Download Telegram
#Sirdaryo #MTT

Oʻtgan oyda maktabgacha taʼlimga masʼullar bilan MTTdagi holatlar, muammolar, ularni oldini olish haqida gaplashgan edik. Muammolar, asl holatni oʻrganish uchun muloqotlarning oʻzi kamlik qiladi, albatta.

Shu sabab Sirdaryoga borganimda safarimni viloyatdagi bogʻchalar, ulardagi sharoit bilan yaqindan tanishishdan boshladim.

Bugun farzandlarimizni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishda xususiy, DXSh, oilaviy bogʻchalarning oʻrni katta. Bu tajribalar yoʻlga qoʻyilganiga esa hali koʻp boʻlgani yoʻq. Shu sabab muammolar ham uchrab turibdi. Vazirlik ularning hech biriga befarq emas, hududlarda oʻrganishlarimizda MTT mutasaddilari bilan alohida suhbatlashamiz, murojaatlarni oʻrganib, sharoitlar bilan tanishamiz.

Masalan, Sirdaryo viloyatidagi tadbirkor Aziza Doniyorovaga qarashli “Nihol” nomli oilaviy bogʻchaga borganimiz esda qolarli boʻldi. Yetti yildan beri faoliyat olib borayotgan 50 oʻrinli ushbu muassasada ish qizgʻin. Bu yerda ingliz tili, raqs, karate toʻgaraklari tashkil etilgan. Logoped va psixolog xizmatlari ham yoʻlga qoʻyilgan. Bolajonlar sportning shaxmat, shashka, mental arifmetika va gimnastika turlari boʻyicha juda faol. Yaqinda chempionlarimiz Safiya va Bobur mental arifmetika boʻyicha Dubayda oʻtkazilgan Jahon chempionatida faxrli 1-oʻrinni olib qaytdi. Shuningdek, qizaloqlarimiz Sabina, Xadicha, Malika, Imona, Mohina, Narmina, Solihalar badiiy gimnastika boʻyicha katta yutuqlarga erishgan.

Bolajonlarni yutuqlari bilan tabrikladim, birga ancha gaplashdik. Har safar bogʻchaga borsam sharoit, ovqatlar sifati, tarbiyachilar muomalasi qandayligi haqida tarbiyalanuvchilar – “jajji ekspertlarim”dan soʻrayman. Chunki, rahbariyat qancha muammo yoʻq demasin, yashirmasin bolajonlar yolgʻonni bilmaydi, koʻzi, soʻzi bilan munosabatini bildiradi.

Aslida ham bu sharoitlar, imkoniyatlarimizning barchasi mana shu bolajonlar, kelajagimiz egalari uchun.

@hilola_umarova
👍158👏18🏆8🤗5🤔4💯2🤝2👌1🕊1
#bogʻcha #MTT

Bugun poytaxtimizdagi 567-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ta’mirdan chiqqan yangi binosi
foydalanishga topshirildi.

Marosimda ishtirok etib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdik, bolajonlar bilan suhbatlashdik.

420 nafar tarbiyalanuvchi quvvatiga ega bo‘lgan mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti 1990-yilda ish faoliyatini boshlagan, ancha ta’mirtalab holatda edi. Endi esa bino bolajonlar foydalanishi uchun barcha qulayliklarga ega.

To‘liq ta'mirdan chiqarilgan yangi binoda zamonaviy faollar zali, logoped xonasi, futbol maydonchasi, bolalar yozgi ayvoni kabilar mavjud.

@hilola_umarova
👍143👏11💯9🤗7🤔3🕊3🏆3👌1