Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida “Global ta’lim Forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda 140 davlatdan kelgan delegatlar, turizm rahbarlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga mas’ul rahbarlar ham ishtirok etmoqda.
Bugun turizm va ta’lim bir-biriga chambarchas bog‘liq soha ekanligi barchamiz bilamiz. Shu bois, Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdik.
Xabaringiz bor, yurtimizda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishiga erishish borasida katta maqsadlar amalga oshirishdagi dolzarb vazifalarimizdan biri.
Joriy yilda Prezident maktablari bitiruvchilaridan 114 nafari, Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilaridan 378 nafari dunyoning nufuzli ta’lim maskanlarida tahsilni davom ettirmoqda. Ular qatorida Colorado State University, Harvard University, TUM (Technical University of Munich), Arizona State University, California Institute of Technology va King‘s College kabi nufuzli ta’lim dargohlarining borligi xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Aytish lozim, 2023-yil xalqaro doirada katta yutuqlar davri bo‘lganligi, xususan o‘quvchilarimiz tarixdagi eng yuqori natijalarni qayd etib, xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 24 ta kumush va 37 ta bronza, jami 69 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Qolaversa, joriy yilda Ispaniya, Italiya, Оzarbayjon, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarda 15 ta xalqaro tanlov, festival va musobaqalarda “Barkamol avlod” maktablarining 500 nafarga yaqin o‘quvchisi Gran pri va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritganliklari haqidagi yutuqlar qayd etildi.
Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarimizda erta yoshlardanoq ushbu soha haqida tushuncha hosil qilish hamda ularning qiziqishlarini oshirishdir. Vazirlik tizimida Samarqand va Namangan viloyatlarida bolalar sayyohlik bazalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Endilikda Samarqanddagi 20 ta maktabda tajriba sifatida maktabdan tashqari ta'lim sifatida turizm soatlarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu borada Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlayapmiz.
Xalqaro forum doirasida ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilinib, samarali taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘ylaymanki, Forum qatnashchilari tomonidan bildirilgan ta’limga doir fikr va mulohazalar, takliflar maktabgacha va maktab ta’limi rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli.
Forum ishiga muvaffaqiyat tilab qolaman!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!
Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.
Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.
Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!
Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!
O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

✅ Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida hududdagi maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishish uchun kutilmaganda Qarshi tumani markazi — Beshkent shahrida joylashgan 12-maktabga bordilar.
Bu yerda maktab infratuzilmasi, o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashdilar. Maktab pedagoglari bilan muloqot jarayonida sifatli ta'limni tashkil etish uchun yana qanday imkoniyat va sharoitlar zarurligi bilan qiziqdilar.
Shuningdek, ta'limga juda katta e'tibor berish lozimligi, bilimli va sog‘lom bolalargina kelajakda qoqilmay, o‘z yo‘lini topa olishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.
Maktab jamoasi ushbu suhbatdan katta taassurotlar olib, mamlakatimizdagi maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘ylantirayotgan boshqa ko‘plab muammo va masalalar Davlatimiz rahbarining shaxsan diqqat markazida ekanligidan xursand bo‘lishdi.
Ta'limga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor, albatta o‘qituvchilarimizni ruhlantirib, ishlashga yangi ishtiyoq bag‘ishlashi shubhasiz.
Aytish lozimki, hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1 280 ta maktabda qariyb 680 ming nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng viloyat maktablaridagi mavjud shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganish maqsadida maktablar rahbarlari bilan uchrashdim.
Qarshi shahridagi 4-, 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilimlarni egallashga tashna yoshlarni ko‘rib xursand bo‘ldim.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi o‘quvchilarining qo‘shimcha til o‘rganishga doir takliflari meni ayniqsa quvontirdi.
O‘quvchilarning bilimga va kasb egallashga chanqoqligi, albatta biz soha mas'ullarini yanada ko‘proq izlanishga, harakat qilishga undaydi.
Biz xalqimiz farzandlarining baxtu kamoli, yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida mehnat qilishdan doimo xursandmiz.

Bugun pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha 90 yillik tajribaga ega Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi bilan soha rivoji borasida ochiq muloqot qilish maqsadida ushbu oliy taʼlim muassasasiga bordik.
Ayni vaqtda universitetda 12 ta fakultet, 30 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 29 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta taʼlim hamda professional taʼlim muassasalari uchun kadrlar tayyorlanib kelinmoqda.
Ushbu taʼlim dargohida 24 ming nafardan ortiq talabaga 800 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarning dars berib kelayotgani ushbu taʼlim muassasasi Respublikada tayanch vazifani bajarayotganidan dalolatdir.
Davlatimiz rahbarining universitet faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilinib, 2026-yilga qadar universitet xalqaro talablarga muvofiq transformatsiya qilinishi belgilandi, shuningdek qator maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Hozirda universitet tomonidan qo‘shma dasturlar asosida Belarus hamda Moskva pedagogika davlat universitetlari, Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 shaklida (Double degree) bakalavr pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
Bundan tashqari, 16 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha konsepsiya va milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish maqsadida tuzilgan ijodiy guruhlarga universitetning yetuk salohiyatli professor-o‘qituvchilari jalb etilgani ham ertangi kunimiz uchun xayrli qadam, deb aytish mumkin.
Uchrashuv davomida pedagoglar jamoasi tomonidan sohada mavjud muammo va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berildi.
Xususan, universitet talabalarining umumtaʼlim maktablarida amaliyot o‘tash jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Universitet jamoasi taʼlimning innovatsion shakllari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, kasbiy yo‘naltirish, o‘qitishning samarali usullarini qo‘llagan holda vazirlikka yetuk avlodni tarbiyalashda doimiy ko‘makchi bo‘lishiga ishonaman.

Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan turli sohalarda amalga oshirayotgan hamkorlik munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Ayni damda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning davlatimiz rahbari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Jahon hamjamiyatining nufuzli davlatlaridan biri bo‘lgan Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Ular orasida ta’lim va fan sohalari ham borligi juda quvonarli.
Aytish joizki, bugungi kunda Italiya davlati bilan ta’lim sohasida bir nechta loiyihalar amalga oshirilgan. Xususan vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning “Global Action” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda 2022-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Diplomacy Education» (Diplomatik ta’lim) dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida saralab olingan 9–10-sinf o‘quvchilari 2022-yilning may oyida Italiyaga safar qildilar. Safar chog‘ida ushbu mamlakatning siyosati bilan tanishish barobarida, mamlakat yoshlari bilan turli mavzularda fikr almashdilar. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz Italiyada o‘tkazilgan turli tanlovlarda ham qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining 12 nafar o‘quvchisi Pezaro shahrida tashkil etilgan Sun of Italy festivalida ishtirok etib, bir nechta yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflash vazirligi o‘rtasida maktab ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumi ta’lim sohasidagi ushbu munosabatlarni yanada yuqori va yangi bosqichga olib chiqishga imkon bermoqda.
Xususan, imzolangan hujjatga asosan endilikda O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida italyan tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, imkoniyati cheklangan bolajonlarimiz uchun surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha milliy malakali mutaxassislarni jalb etish, ularning metodlaridan foydalanish, Brayl alifbosida darsliklarni nashr etish tizimi takomillashtiriladi.
Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar nafaqat fan va ta’lim balki davlatimizning boshqa strategik yo‘nalishlarida ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.
Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.
Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.
Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Qadrli ustozlar, aziz hamkasblar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Albatta, muqaddas bayrog‘imiz yurtimiz mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Uning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan ta’limga doir turli olimpiada, fan va sport tadbirlaridagi mag‘rur hilpirashini ko‘rganimizda ko‘ksimiz yuksak faxrga to‘ladi. Shu Vatan, shu xalq vakili ekanligimizdan cheksiz iftixor tuyamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, shu elga daxldorlik hissini tuygan hamyurtimiz borki, bayrog‘imizning qadri va sharafini doimo baland tutadi. Har qadami va harakatida ushbu aziz tushunchalarga munosib bo‘lishga urinadi.
Shu ma’noda yoshlarimizning vatanparvarlik tuyg‘ularini boyitish, milliy mentalitetimizni asrab-avaylashda Davlatimiz bayrog‘ining o‘rni va ahamiyati kattadir.
Yana bir bor barchangizni bugungi kun bilan samimiy qutlayman.
Yurtimiz bayrog‘i doimo yuksaklarda mag‘rur hilpirayversin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

✅ Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.
Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.
➖ Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.
Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.
Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.
❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.
⚡️ Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.
Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.
Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.
❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM