"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
115K subscribers
16.4K photos
2.7K videos
14 files
6.77K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
#Jarayon

“MARKAZIY” PODSTANSIYASIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan ham joriy yil boshida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tasdiqlangan joriy va mukammal ta’mirlash rejasiga asosan hududlarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Xususan, ayni vaqtda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan Samarqand shahri hududida joylashgan “Markaziy” podstansiyasidagi transformatorda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#Jarayon

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiallari tomonidan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlarida belgilangan dastur asosida mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Farg‘ona viloyati qishloq va mahallalarida infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar tizimli hal etilmoqda. Xususan, “Farg‘ona HETK” AJ tarkibiy korxonalari tomonidan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bо‘yicha qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Viloyat telekanalining “Farg‘ona 24” informatsion dasturi orqali namoyish etilgan lavhada Toshloq tuman elektr ta’minoti xodimlari mahalliy aholining barqaror elektr energiyasiga bо‘lgan talabini qondirish borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida sо‘z boradi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#Jarayon

Hukumatimiz tomonidan belgilangan qarorlar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali xodimlari tomonidan tizimli ishlar bajarib kelinmoqda.

Xususan, Karmana tumanining “Navro’z” mahallasi tarkibidagi ko’chalarga jami 283 ta temir-beton tayanch hamda 2 dona transformator punkti o’rnatildi. Shuningdek, 11 km dan ziyod zamonaviy SIP kabel tarmog’i tortildi. Ayni damda esa qurilish brigadasi tomonidan mahallaning “Orzu” ko’chasida aholi xonadonlarini yangi tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ
Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#jarayon

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan aholi xonadonlari uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oltinsoy tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan tumandagi "Madaniyat" mahallasi hududida "Qorliq" podstansiyasidan chiquvchi 8-fider 192-transformator punktining 0,4 kVli havo elektr uzatish yo'lida, shuningdek, Uzun tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Qarashiq" mahallasi hududiga yangi temir-beton ustunlari o'rnatilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#Jarayon

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 435-sonli qaroriga muvofiq elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan Guliston tumanidagi “Ahillik” mahallalasida 1,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish, 37 dona temir-beton tayanch o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari mahalla hududidagi mavjud 216 sonli transformator punktiga qo’shimcha ravishda 1 dona 160 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#jarayon

Navoiy shahrining Oltin vodiy mahallasida yashovchi aholi xonadonlarini elektr energiyasi sifatini yaxshilash borasida hozirda shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan belgilangan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida hududga 2,06 km yangi kabel tarmog’i tortish, umumiy quvvati 630 kVАli 2 dona transformator punktining quvvatini oshirish ishlari rejalashtirilgan bo'lib, ayni vaqtda yangi kabel tarmog’ini qurish uchun transheya qazish ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ
Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#Jarayon

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346-sonli farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yil oxiriga qadar 387, 1 km havo elektr uzatish tarmoqlari va 98 ta transformator punktini yangidan qurish va rekonstruksiyalash ishlarini bajarish nazarda tutilgan bo‘lib, bu uchun zarur bo‘lgan jihozlar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan, hususan transformator punktlari Nukus shahriga
yetkazib berilgan edi.

Qoraqalpog‘iston hududiy filialida qabul qilib olinganidan so‘ng yangi transformator punktlari markazdan olisda joylashgan va elektr energiyasi ta’minotida muammolari bo‘lgan mahallalarga yuborila boshladi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Qoraqalpog‘iston hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali tomonidan iste’molchilarga sifatli hamda barqaror elektr energiyasi yetkazib berish borasida joriy yil boshidan salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bugungi kunda Yangiqо‘rg‘on tumanida boshqa hududlarda ham bо‘lgani kabi transformator va havo tarmoqlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida mukammal ta’mirdan chiqarilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Namangan hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#jarayon

OQOLTIN MAHALLASIDA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Narpay tumanidagi Oqoltin mahallasida elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Xususan, mahalla hududida manzilli dastur asosida 2 km uzunlikda yopiq tipdagi SIP kabellari tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter