"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
79.4K subscribers
14.3K photos
2.39K videos
14 files
6.07K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
#jarayon

Qamashi tumani hududida joylashgan “Yuksalish” MFYda quvvati 100 kVA bо‘lgan transformator punkti yuklamasini kamaytirish maqsadida, 1 dona 100 kVAli transformator va 10-0,4 kV havo liniyasi uchun 37 dona temir-beton ustun va 1,2 km havo liniyasi qurildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bо‘lim boshlig‘i Nodirbek Pо‘latov “Rost 24” axborot sayti muxbiri tomonidan mamlakatimizda kutilayotgan anomal sovuq ob-havo davrida tizim barqarorligini saqlash, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash, elektr qurilmalar sozligi va yaratilgan zaxira manbalari haqida berilgan savollarga javob qaytardi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#Jarayon

Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari tomonidan isteʼmolchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida yangi elektr tarmoqlari tortish, mavjud transformator punktlari sozligini tekshirish, yangilarini о‘rnatish, eski simyog‘ochlarni zamonaviy temir-beton ustunlariga almashtirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni damda Navoiy viloyatining tog‘li hududlaridan biri bо‘lgan Nurota tumanida yog‘ayotgan qorga qaramay, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Sentob mahallasining "Sob" qishlog'ida 10 kVli havo elektr tarmog'ini tortish ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yurtimizda e’lon qilingan anomal sovuq kunlarda elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bо‘yicha tunu kun faoliyat yuritadigan 950 dan ortiq avariyaviy brigada tashkil etilib, ularga 335 ta maxsus texnika va 700 dan ziyod avtotransport biriktirilgan. Bundan tashqari podstansiyalardagi transformatorlarning yuklamasi oshib ketmasligini nazorat qilish tadbirlari belgilanib, bu borada tizimli ishlar tashkil etildi.

Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi boshlig‘i о‘rinbosari Ulug‘bek Hakimov “MY 5” telekanali “Hudud” informatsion telekanali ijodkorlari bilan tizimda ayni yо‘nalishda kо‘rilayotgan choralarga bag‘ishlangan suhbatda bu haqda batafsil tо‘xtalib о‘tdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ SOVUQ KUNLARI ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISHDA AYRIM TAVSIYALARNI ESLATIB О‘TADI

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga kо‘ra, bugundan boshlab mamlakatimizga Volgabо‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Bunday anomal ob-havo sharoitida albatta, energiya resurslari, xususan elektr energiyasiga bо‘lgan talab odatdagidan birmuncha ortadi. Dastlabki hisob-kitoblarga kо‘ra, ayni kunlarda respublikamiz bо‘ylab umumiy elektr energiya iste’moli kunlik о‘rtacha 220 mln. kVt soatni tashkil etishi kutilmoqda. Bu о‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 mln. kVt.soatga yoki 7 foizga kо‘pdir.

Shu о‘rinda qayd etish joizki, О‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabariga kо‘ra, energotizimda sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan yirik avariyalarni oldini olish, barcha iste’molchilarni bir maromda elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan grafiklarga asosan qisqa muddatli cheklovlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.

О‘z navbatida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ kutilayotgan sovuq kunlarda elektr energiyasi meyoridan kо‘p iste’mol qilinishi natijasida past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda transformator punktlariga tushayotgan yuklamalarni kamaytirish hamda avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiqligini eslatib о‘tadi:

- xonadongizda yoki ish joyingizda samarasiz ishlab turgan elektr jihozlarni tarmoqdan ajratib qо‘ying;

- kutish rejimida qoldirilgan har qanday elektr jihozi, kam bо‘lsada, elektr energiyasi sarflashini unutmagan holda, maishiy texnikalarni ulardan foydalanib bо‘lingach tarmoqdan ajratib qо‘ying;

- zamonaviy led lampalardan foydalanishning choralarini kо‘ring;

- sovuq kunlarda siz foydalanayotgan elektr isitish pechlarining sozligiga e’tibor bering. Nosoz pechlarni yaxshisi ishlatmang. Isitish pechlarini tarmoqqa ulagach esa ularni nazoratsiz qoldirmang. Yuklama natijasida simlar kuyishi va favqulodda holatlar kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting;

- isitish pechlari hamda konditsionerlardan kun davomida emas, balki vaqti-vaqti bilan foydalanish elektr tarmoqlariga tushadigan yuklamalarni sezilarli ravishda kamaytirishga xizmat qilishini unutmang;

- kuchli shamol natijasida uzilib ketgan elektr simlari va boshqa nosoz elektr qurilmalar haqida tuman elektr ta’minoti korxonalari aloqa raqamlari hamda Jamiyatning 1154 qisqa raqamli Call-markaziga xabar bering.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan, о‘z navbatida, tizim barqarorligini saqlash, iste’molchilarga elektr energiya yetkazib berish uzluksizligi hamda elektr qurilmalar sozligini ta’minlash bо‘yicha tegishli choralar kо‘rilmoqda. Xususan, elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun hududlarda tunu kun ishlaydigan 956 ta avariyaviy brigadalar tashkil etilib, ularga 335 ta maxsus texnika va 760 ta avtotransport biriktirilganligini qayd etish joiz.

Bundan tashqari, 538 ta transformator, 319,3 tonna transformator moyi, 1 983 ta tayanch ustun, 38,5 tonna sim, 73,4 km kabel, 3 056 dan ortiq mufta va boshqa zarur elektr jihozlaridan iborat avariyaviy zaxira manbai yaratilgan.

Elektr energiya ta'minoti bilan bog‘liq har qanday muammoli vaziyatda “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning tunu kun faoliyati yo'lga qo'yilgan 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanalining administratori @HET_admin ga o‘z murojaatingizni yo‘llashingiz mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
“Hududiy elektr tarmoqlri” AJning tezkor chiqish brigadalari tomonidan noqulay ob-havo oqibatida vujudga kelgan avariyaviy holatlarni bartraf etish choralari kо‘rilmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlri ” AJ tomonidan elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun hududlarda tunu kun ishlaydigan 956 ta avariyaviy brigadalar tashkil etilib, ularga 335 ta maxsus texnika va 760 ta avtotransport biriktirilganligini qayd etish joiz.

Bundan tashqari, 538 ta transformator, 319,3 tonna transformator moyi, 1 983 ta tayanch ustun, 38,5 tonna sim, 73,4 km kabel, 3 056 dan ortiq mufta va boshqa zarur elektr jihozlaridan iborat avariyaviy zaxira manbai yaratilgan.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan viloyat hududlari bo‘ylab qalin qor yog‘ishi natijasida transformator punktlari hamda havo elektr uzatish tarmoqlarida kuzatilgan uzilishlar avariyaga qarshi maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan barcha tuman va shaharlardagi tezkor chiqish brigadalari hozirgi ob-havo sharoitiga shay holatda o’z ish faoliyatini olib bormoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter