#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
15.5K subscribers
8.04K photos
853 videos
139 files
4.35K links
⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz.

📸 instagram.com/hashtaguz
🤪 tiktok.com/@hashtaguz
🎬 youtube.com/@Jaloliddin

👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar

📈 Reklama uchun: @nuqtabot

💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Download Telegram
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Video message
🇺🇿 Bayram muborak, aytidoshlar!

👉 #bayram | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Midjourney V7’ning alfa-versiyasi taqdim etildi: tezroq, realistikroq va endi ovozli so‘rov ham mavjud

ℹ️ Midjourney jamoasi yangi V7 modelining dastlabki versiyasiga kirishni ochdi.

Asosiy yangiliklar:
• Matn va rasm bilan ishlash ancha yaxshilangan — detallar aniqroq, qo‘llar, tana va murakkab obyektlar yaxshiroq ishlangan.
• Shaxsiylashtirish — model foydalanuvchi didiga moslashadi. Bu uchun sizga 200 ta rasmni baholash taklif etiladi.
• Qoralama rejimi — 10 baravar tezroq va 2 baravar arzonroq. So‘rovlar harakatda tahrirlanadi, hatto ovozli buyruq bilan ham. Tasvirlar sifati pastroq, lekin keyin to‘liq rezolyutsiyaga olib chiqish mumkin.

👨‍💻 Hozircha 2 ta rejim mavjud:
Turbo: tez, lekin qimmatroq
Relax: standart tezlik

⚠️ Upscaling, tahrirlash va tekstura o‘zgartirish hozircha V6 versiyasida, ammo tez orada V7ga ham qo‘shiladi.

👉 #ai #midjourney | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 Internetda treyderlarning "dodasi" topildi

😱 Tanishing, bu Stiven Kalajian. Uning ish kabineti "Matrisa" filmidagi Arxitektor xonasini eslatadi.

👉 #treyding | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi MIX Flip 2 Xitoyda sertifikat oldi — taqdimot yaqin!

ℹ️ Xiaomi kompaniyasining yangi buklamali smartfoni MIX Flip 2 rasman Xitoyning 3C sertifikatidan oʻtdi. Bu uning taqdimoti yaqin orada boʻlishidan dalolat beradi.

⚡️ Maʼlum boʻlgan texnik tafsilotlar:
- 5G qoʻllab-quvvatlash
- 67 W tezkor quvvatlash
- Snapdragon 8 Gen 3 protsessori (taxmin qilinmoqda)

📅 Qurilmaning rasman taqdim etilishi 2025-yil iyun oyida boʻlishi kutilmoqda. Xiaomi hozircha boshqa tafsilotlarni sir saqlamoqda.

👉 #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻🧑🏻‍💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmoqda. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, dunyodagi yetakchi ekspertlar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajarish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:

• O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari,
• O‘zbekistonda ishlaydigan IT-mutaxassislari.
Ishtirok etish uchun talablar: Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi.

Tanlov formati:
• Ikki onlayn bosqich — dasturlash va matematika bo‘yicha har biri 6-10 ta vazifadan iborat.
• Til: inglizcha.
• Ishtirok: bepul.
• Final: oflayn mukofotlash marosimi, Yandex Uzbekistan tomonidan sovg‘alar va mukofotlar.

Nega ishtirok etish kerak?

• O‘zingizni sinovdan o‘tkazing — vazifalar xalqaro olimpiadalar va ICPC darajasidagi topshiriqlarga teng.
• Tan olinish va mukofotlar olish — 65 mln so‘mlik mukofot fondi 8 ta eng yaxshi ishtirokchi orasida taqsimlanadi, qolgan ishtirokchilar esa qimmatbag‘o sovg‘alarga ega bo‘lishadi.
• Hamjamiyatga qo‘shiling — tanlov dasturlash va matematikadan ishtiyoqi baland talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.

Qanday ishtirok etish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish: 18 aprelga qadar havola orqali.
Hamkorlar: New Uzbekistan University, ML Community (INHA University), Yandex ma’lumotlarni tahlil qilish maktabi.

O‘z mahoratingizni sinovdan o‘tkazing, intellektual hamjamiyatga qo‘shiling va Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest'da g‘olib bo‘ling!💥
🇯🇵 Kawasaki kompaniyasining yapon muhandislari Corleo nomli robot-ot konseptini taqdim etishdi

ℹ️ Sun’iy intellekt va vodorod dvigateliga ega ushbu robot-ot muvozanatni saqlay oladi, to‘siqlardan sakraydi va tog‘li hududlarda harakatlanadi.

🐴 Yapon mutaxassislarning ta’kidlashicha, Corleo kelajakda kvadrotsikl, baggi va boshqa yo‘ltanlamas mashinalarni to‘liq almashtiradi.

👉 #robot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlar ko'rinishi haqiqiylashib bormoqda

💬 Bu yaxshimi yoki...?

➡️ #robot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Xitoyning Shenchjen assotsiatsiyasi HDMI va DisplayPort standartlariga raqobatchi bo‘lgan yangi interfeysni — General Purpose Media Interface (GPMI)ni ishga tushirdi

⚙️ GPMI ikkita turdagi ulagichni o‘z ichiga oladi:

Type-B: 192 Gbit/s gacha ma’lumot uzatish tezligiga va 480 W quvvatga ega. Bu esa diskret grafik kartali kuchli geymer noutbuklarini to‘liq ta’minlash uchun yetarli. HDMI-CEC ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Type-C: 96 Gbit/s tezlik va 240 W quvvat. Bu USB4 va Thunderbolt 4 standartidan (40 Gbit/s) ikki baravar tezroq. Quvvati esa yangi USB Type-C EPR standartiga mos.

➡️ #texnologiya | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM