Forwarded from Sodiq School
Assalomu aleykum hammaga!
Qisqa tanaffusdan so`ng yana bir ajoyib event🤩
Sodiq Schoolda 16-dekabr kuni soat 14:00 “Book Festival” bo`lib o`tadi.Bu festivalda siz kitobxonlar orasida juda mashxur bo`lgan Kitobdor,Hilol Nashr,Misbah,Akadem Nashr, Asaxiy kabi nashriyotlar tashrif buyuradi.Siz bu festivalda nafaqat kitoblar bilan tanishishingiz mumkin,balki kitob sotib olish imkoniyatiga ham ega bo`lasiz. Qolaversa “Osmondagi bolalar” ko’rsatuvini ko’plab ishtirokchilari bilan ham suhbat qurish imkoniyatiga ega bo’lasiz😄
Bu tadbirda ota-onalar ham tashrif buyurishi mumkin!
Imkoniyatni qo`ldan boy bermang🔥

👍34🔥11👎2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera | Jahon chempionatidagi qimorlar
Yangi videoni bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!
O'tkazib yubormang 👇
https://youtu.be/qpNnAiTMR4A

👏22👍11🔥6🕊4⚡3❤1👎1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 "Esaytishunos"lar! Shu yerdamisiz?
🧨 Master-klass ruknimizni SAT bilan davom ettiramiz. Chet elning nufuzli universitetlarida ta'lim olish istagida bo'lgan barcha yoshlarni tadbirga taklif etamiz.
Dekabr oyidagi odatimizga ko'ra, spikerlarimiz yolg'izlanib qolmaydi.
🏃♂️ Bu galgi sahnamizning qahramonlari Marifat Jamal hamda Hasankhoja Muhammad Sodiq bo'ladi.
Mavzu: "Digital SAT and related tips"
Sana: 18-dekabr, soat 14:00
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
(Mustaqillik maydoni metrosi)
Ro‘yxatdan o'tish: @ibratmasterclass_bot
📌 @ibratprojects

👍31❤6🔥6😁4
Forwarded from Ibrat Farzandlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤46👍13🥰3
Forwarded from Sodiq Academy | Rasmiy kanal
🏃 Harakat vaqti keldi!
11-mart yoki 6-may kunlarida SAT imtihonini topshirib, yuqori «score» olishni istasangiz hozir tayyorgarlikni ayni vaqti🙂
Darslar SAT’dan 1550 ball qo’lga kiritgan Abdulaziz ustoz tomonidan olib boriladi. O’quvchilar bilim darajasi asosida guruhlarga bo’linadi.
Izohlarda 1550 sonini qoldiring va birinchi bepul darsga yoziling!
Shoshiling, joylar soni cheklangan
📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi 2
💬 Aloqa: @SodiqAcademy / +998 90 819 22 22
11-mart yoki 6-may kunlarida SAT imtihonini topshirib, yuqori «score» olishni istasangiz hozir tayyorgarlikni ayni vaqti
Darslar SAT’dan 1550 ball qo’lga kiritgan Abdulaziz ustoz tomonidan olib boriladi. O’quvchilar bilim darajasi asosida guruhlarga bo’linadi.
Shoshiling, joylar soni cheklangan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥7👏3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CSS Profile | Ultimate walkthrough by UNLOCK
🔥As we are approaching the deadline for applying to universities, it would be appropriate to prepare everything for applying for financial aid.
For International students it is called CSS Profile. Despite its clarity for U.S. students, ironically, our Uzbek applicants struggle with some of the questions and documents needed for the application.
🧭Therefore, UNLOCK made a complete review of the CSS Profile, observing every step, in attempt to help our applicants understand and take advantage of this financial aid.
Let’s go!
Best, UNLOCK Team
@unlockuz

❤20👍5🥰4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shogirdimga
Ijtimoiy tarmoqlardagi barcha ko’rganlaringga ishonaverma, ayniqsa eshitganlaringa.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
«Kishiga har bir eshitgan narsasini gapiraverishning o‘zi gunoh uchun yetarli», degan edilar.
P.s. o’zim ko’p pand yeganman…

👍118😁16🔥15❤9
Kun boʼyi roʼza tutdingiz
Аllohni zikr qildingiz
Qurʼonni xatm qildingiz
Kechasi qoim boʼldingiz
Hadya va sadaqalar berdingiz
Yordam so’raganlarni hojatini chiqardingiz
Turli savobli amallarni qilaman deb oʼzingizni qiynadingiz
Soʼngra bir kishi kelib barcha savobingizni egallab oldi, alam qiladigani, u odam na otangiz, na onangiz va na biror yaqinigizdir…
GʼIYBАT qilishning qisqa taʼrifi ana shu!

👍173😢45❤28🔥13⚡5
Hozir siz 3 ta jumlani o’qiysiz. Agar bu so’zlar sizni yig’lata olmasa, unda qalbingizga bir nazar soling, zero, qoraygan qalblardan ko‘zga nishona kelmaydi.
1. Vayronalar orasida qolgan bola:
- Men sizlarni Allohimga aytib beraman.
2. Bosib qolgan imoratlar ostidagi qizchaning nidosi:
- Amaki, meni rasmga olmang, boshimda ro’molim yo’q.
3. Ochlikdan qiynalgan bola:
- Yo Alloh, meni jannatinga olib ket, biz ham to’yib taomlanaylik.
Allohim, bizlarni kechir !
Suriya, Falastin, Yaman bizlarni kechir !!!
Dini sabab zulmlar ichida yashayotgan uyg‘ur birodarlar, bizlarni kechiring!!!
Uydagi farzandlarimizga liboslarning sarasini izlab kiydirayotgan bir zamonda bir burda non topolmay ochlikdan vafot etayotgan bolalar, bizlarni kechiring!!!...

😢361👍55❤25🕊3🔥2
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak,
Ibrohimdan qolgan ul eski doʼkonni na qilay?
Urayinmu boshima sakkiz bihishtu doʼzaxin,
Boʼlmasa vasli manga, ikki jahonni na qilay?
Devona Mashrab bitiklarida yuqoridagi toʼrtlik uchraydi. Bunda Аlloh va Ishqni topmagan inson uchun Baytulloh Ibrohim alayhissalom qurgan eski doʼkonligiga tashbeh berilgan. Bu bejizga emas. Chunki Аllohni sevmay, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siyratlarini oʼrganmay bu safarga otlangan kishi sayohatga kelgan kabidir. Islohotlar natijasida umra va haj ziyoratlarida erkinlik boʼlib qoldi, alhamdulillah. Biroq taassufli jihati shundaki, aksariyat ziyoratchilar bu makonlardagi neʼmatlarini doʼkonma doʼkon aylanib qoʼldan boy berishadi. Dunyoning hamma nuqtasida topilishi mumkin boʼlgan matoyu, ziynatlar bilan yuk —xaltalarini toʼldirishib, yuraklari boʼsh qaytishaveradi. Mashrab bejizga Baytullohni Аllohni topmagan inson uchun doʼkonga mengzamaganiga amin boʼldim. Nega doʼkon deyilgan? Ibrohimdan qolgan uy, tosh, ibodatxona xullas boshqa soʼz bilan tavsif etsa boʼlardiku. Doʼkon, ha, aynan doʼkon... Toʼrtta matoh olib qaytadigan doʼkon! Keyingi juft satrning maʼnosi esa undanda kuchli: Sakkiz Behishtga kirib ham Аllohning vasli menga nasib boʼlmasa, hatto jannatni ham, ikki jahonni ham boshimga uramanmi, nima qizigʼi bor, Mashrabona! Аsrlar osha ham qiymatini yoʼqotmagan mashrabona muhabbat. Shu nuqtada yana xolimizga yuzlanaman, muborak tuproqdan qaytgach ham, holim isloh boʼlmasa, men boshimni qaysi toshga uray, O, Mashrabo!!!
Hasankhoja Muhammad Sodiq
6, Jumadis Soni, 1444
Madinai sharif

🔥64👍33❤11😢7🥰2🤩1
QORBOBO.
Salom Qorbobo!
Birinchi bor siz haqingizda eshitganimda goʼdak edim. Menga xabar berishgan ediki, siz yangi yil kechasi moʼridan sovgʼalar toʼla qopingiz bilan uyga kirib bizga oʼyinchoqlar berar ekansiz. Tabiiyki, oʼsha oqshom uyimizning moʼrisi boʼlmasada sizni intizor boʼlib kutdim. Hatto xayolimga kelmabtiki, sizning kiyiklaringiz va aravangiz moʼri tugul uyimiz tomida ham sigʼmas ekan.
Muhimi siz kelmadingiz. Men oʼzimcha uyimizda moʼri yoki boshqa sharoitlar boʼlmagani uchun kelmadingiz deb oʼylaganman oʼshanda. Siz haqingizda menga soʼzlab bergan ustozimizga oʼsha kecha sizni shiftga qarab qanchalar intizorlik bilan kutganimni aytib berdim. U menga dedi:
- Qorbobo faqat moʼridan keladi-da!
Men ustozimga dedim:
- Uylarida moʼri boʼlgan bolalar oʼyinchoqlarga muhtoj emas.
Ustozim menga dahshat ila boqib dedi:
- Qorboboga bir maktub yozib uni paypogʼing ichiga solib qoʼy. Unga bu mulohazangni ayt!
Tabiiyki, men sizga maktub yozishga qaror qildim. Аmmo paypoqlarimning bari yirtiq edi. Butun paypogʼim yoʼq ekan. Soʼng sizga maktub bitish fikridan qaytdim.
Oʼsha kecha onamdan menga sovgʼa sotib olishlarini soʼradim. Onam avliyo. Аmmo u kishi haqiqiy avliyo. Sizdek emas. Koʼp namoz oʼqiydilar. Qurʼon tilovat qiladilar. Uyga moʼridan emas, eshikdan kiradilar. Onam menga:
- Inshaalloh bir haftadan soʼng oʼyinchoq sotib olib beraman, dedilar
- Nega bir haftadan soʼng?
- Chunki biz boshqalarga oʼxshamasligimiz lozim.
- Boshqalar kim? Uylarida moʼri borlarmi?
- Yoʼq! Boshqalar deganim qorboboning borligiga va moʼridan tushishiga ishonadiganlar.
- Kiyiklar va aravachi?
Onam tabassum qilib meʼroj voqeasini aytib berdilar. Jabroil alayhis salom Makkaga kelib Muhammad alayhis salomni Buroqqa mindirib Baytul Maqdisga olib ketadilar.
Odam alayhis salomning birinchi osmonda ekanliklarini, Ibrohim alayhis salomning yettinchi osmonda ekanliklarini, Muso alayhis salomning biz uchun ellik vaqt namozni besh vaqtga tushishiga sababchi boʼlganliklarini aytib berdilar.
Oʼsha kundan boshlab sizning kiyiklaringizga emas, Buroqqa iymon keltirdim, ishondim.
Katta boʼldik. Shiftga, moʼriga qaramaydigan boʼldik. Chunki tepadan tushadigan yagona narsa Iyso alayhis salom ekanlar. U kishi moʼridan emas, samodan tushadilar. Uyimizga emas, Dimashqdagi oq minora ustiga tushadilar. U kishi oʼyinchoqlar xaltasi bilan emas, Dajjolni oʼldiradigan oʼq bilan tushadilar. U kunda oʼynashga vaqt boʼlmaydi.
Katta boʼldik. Аngladikki, Iyso alayhis salom bizniki ekanlar. Sizniki emas. Yoʼqsa Vatikanga yoki Sankt Peterburgga tushar edilar. Katta boʼlib angladikki, kiyiklar uchmas ekan. Osmonimizda uchadigan yagona narsa F-16 samolyotlari va goʼdaklarimizni osmonga uchirib yuborgan Cy-35 samolyotlari ekan.
Katta boʼlib bildikki, garchi Rum Yevropa ittifoqi yonida boʼlsa ham Rum ekan. Fors garchi olovga ibodat qilmasada fors ekan.
Katta boʼlib bildikki, sizlar yolgʼonchi ekansizlar. Chunki Baytulahmning bolalari Gʼazzaning bolalarini qatl qilinishiga rozi emas ekan.
Qorbobo! Biznikiga kelmang! Chunki "Rafah yoʼlagi" siz uchun yopiq. Uylarimizda moʼri yoʼq. Diyorimizda oʼzi uy ham qolmadi. Bolalar Suriya-Turkiya chegarasidagi qochoqlar chodirida. Ularga oʼyinchoq emas, sovuqdan oʼlmasliklari uchun adyollar kerak. Umar oʼlgan. Safar qilib oʼzingizni qiynamang. Kiyiklaringizga azob bermang. Biz farzandlarimizga Buroq, Jabroil alayhis salom haqida, Iyso alayhis salom haqlarida, ularning oʼyinchoq bergani emas, farzandlarimiz tinch yashashi uchun Dajjollarni oʼldirishga kelishlari haqida soʼzlab beramiz!
Аdham Sharqoviy.
"al-Jazira qoralamalari".

👍216❤45😢32🔥11👏4🕊1🐳1