Hasankhoja Muhammad Sodiq
6K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Ba’zi insonlar bilan hayotingizni butun sezasiz, ba’zilarni esa butun hayotingiz davomida ham sezmaysiz...
❤‍🔥1👍1
Bir zarurat yuzasidan kichik gramlarni o'lchaydigan tarozi kerak bo'lib qoldi. Yonimizdagi xo'jalik mollari do'koniga chiqdim, Yopiq ekan, Boshqasiga bordim u yerda yo'q. Uzoqroqdagisiga ham bordim u yerda ham ishim bitmadi. Yo'l-yo'lakay yana 6 ta do'konga kirdim u yerda ham qolmagan ekan. Nasib emas ekan deb uyga qaytdim.
Kechga yaqin dori uchun piyoda aptekaga chiqdim. Pulim uyda qolib ketgan ekan, odatda bunday holatlarda jahli, chiqardi, ammo bu safar chiqmadi, ichimda biror hayr bordur deb qo'ydim. Uyga qaytib pulni olib qaytadan aptekaga chiqdim va dorilarni olib uyga qaytayotsam, ko'chamiz oldidan "Andijon" muzqaymog'ini sotuvchi bola o'tib qoldi.

- muzqaymog'ing bormi?

- qolmadi aka, uzr

- Unda nima qilib, kech bo'lganida bu yerlarda yuribsan?

- aka aytsam baribir ishonmaysiz, to'g'risi o'zim ham bilmayman, negadir shu tomonlarga kelishimni ko'nglim istadi, o'zim ham hayronman

- tarozing, yoningdami?

- ha yonimda.

- shuni manga 5- minutga berib tura olasanmi?

- albatta.

Ishlatib bo'lgach, qaytarib berdim.

P.s. Allohning hikmatini qarangki, kuni bo'yi 10 km masofagacha borib 8 ta do'kondan topa olmagan mushkulimni, Allohni o'zi eshigimni tagiga, meni sira uruntirmay keltirib qo'ydi. Agar Apteka 1-safar pul bilan chiqqanimda, balki bu bolani uchratmasdim ham.

Har bir ishda bizga hikmat bor, biz faqat buni vaqt o'tgach anglaymiz. Eng muhimi shunday vaziyatlarda o'zimizni qanday tuta olishimiz orqali darajamizni hal qilar ekanmiz,
👍7❤‍🔥2
#qizimga

Umrim o‘tdi behuda, beo‘y,
Ehtimolki, so‘ndi yulduzim.
Kerak emas boshqa ishni qo‘y,
Qur’oningni yodlagin, qizim.

Jannatingga dalil Burhondir,
Haqdan kelgan Nuri Rahmondir.
Zo‘r quvvai hifzu Iymondir,
Qur’oningni yodlagin, qizim.¹(Niso 174)

Nafs ruhingni tutguvchi qafas,
Bu dunyoga qo‘ymagin havas.
Oyatlarni idrok etsang, bas,
Qur’oningni yodlagin, qizim.²(Niso 82)

Bo‘lganda ham bir kun Qiyomat,
O‘zgarmaydi abadul-abad.
Pokdomonlar ushlaydi faqat,
Qur’oningni yodlagin, qizim.³(Voqea 77-80)

Qur’on vahiy-indirilgan nur,
Quvvat olar har qanday shuur.
Hech ish emas bunchalar zarur,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁴ (Shuaro 52- 53)

Ergashaver ulug‘vorlarga,
Xudo degan xudoyorlarga.
Hidoyatmish taqvodorlarga,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁵(Baqara 2)

Inkor qilgan bo‘ladi kazzob,
Fosiqlarga muqarrar azob.
Qo‘lingdagi kitobing oftob,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁶(Oli Imron 3-4)

Sokin bo‘lar Nur insa yurak,
Ravo bo‘lar har qanday tilak.
Shu Kitobdir aziz, muborak,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁷ (An’om 92)

Bunday so‘zni yozolmas inson,
Unda yo‘qdir hech qanday gumon.
O‘tay desang Sirotdan omon,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁸(Yunus 38)

O‘qiyversang sezasan safo,
Tilovatdir eng go‘zal navo.
Har bir dardga bo‘ladi davo,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁹(Yunus 57)

Qur’on bizga bir bayonotdir,
Go‘zal umr, ikki hayotdir.
Oxiratda zo‘r darajotdir,
Qur’oningni yodlagin, qizim.¹(Ibrohim 52)

Kerak emas boshqa ishni qo‘y...
👍2❤‍🔥1
Ba’zi gunohlar nigohlarda ham aks etadi...Yuzimizga nur ber,Robbim!
Haiyt kuni ukamni moshinasini olib bir ishimni bitirib kelish uchun yo'lga chiqdim. Yarim yo'lda moshina yurmay qoldi. O't olmayapti. Akumlyatori o'tidimi desam magnitafoni ishlayapti. Benzin kam qolganligini ko'rsatuvchi belgi ishlamay qoldi shekili deb o'yladim. Benzin shaxobchasigacha esa 100 metrcha yetmay qolgan edim. Moshina yo'lning chetida tox'tab turibdi. Endi nima qilish haqida ba'zi fikrlarni tahli qilayotgandim:

1-si: Benzin shaxobchaga borib, idishda benzil olib kelish;
2-si: Tanishimga aytib benzil olib kelish;
3-si: Moshinani ozgina itarib shaxobchaga yetib olish;

Negadir menga 3-variant to'g'riqordek tuyuldi, chunki masofa oz edi. Ammo bir o'zim qanday olib boraman, hayronman, u-bu kimni esa yordam so'rab ovora qilgim kemasdi. Alloh o'zinga tavakkul o'zim asta itarib yetib olaman deyishim bilan, oldimda Lacetti moshinasi to'xtab, ichidan 2 ta bola tushib oldimga kelib, "aka, nima bo'ldi, yordam kerakmi?, moshinda sim bor, akumlyator o'tirob qolgan bo'lsa" deb qolishdi.
Men bundan hayron qoldim, chunki Moshinani avarinlkasini yoqmagan, edim, kapotni ham ochmagan edim, xatto moshinadan tushmagan ham edim. Bunday holatda haydovchiga yordam kerakligini agar Alloh ko'ngliga solmasa, tashqaridan turib bilib bo'lmasdii,

Ulardan so'radim:

- Menga yordam kerakligini qayerdan bildinglar?

- Bilmadik aka, negadir to'xtab, sizdan so'ragimiz keldi.

Taxminim to'g'ri chiqdi. Xursand bo'lib, qalbimda Allohga hamd aytdim.

Ularga vaziyatni tushuntirdim. Ular esa,"bo'ldi aka, moshinaga o'tirib oling, biz itarib oboramiz" deyishdi. Men esa hijolat bo'laman, unday qilmanglar desam, "aka qiziqmisiz, siz ham biz kabi ish qilgan bo'lardingiz, hijolat bo'lmang, Alloh bizni shu ajr bilan bugun siylabdi" dedilar. Bu gapdan juda xursand bo'ldim.
Zapravkaga yetib oldik, ularga tashakkurimni aytib kuzatib qo'ydim. Uyga qaytgach, tahajjudda haqlariga duo qilib qo'ydim.

Shu kun hayolimda "Alloh sizlarni gumoningizdadir" degan naqlni ko'p his qildim. Bu ham bir saboq bo'ldi.
👍8❤‍🔥2
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Ajali yetdi degim kelmaydi,...Robbimga ketdi, Robbimga ketdi...
❤‍🔥1👍1
Qalbingizni qarashingizdan anglaydiganlarni asrang...
Arzimas narsaga ayamay tan’qid qilishyaptimi, bilginki, ular seni komil obrazda ko‘rib o‘rganib qolishgan!
Zakoting barot¹ingdir, agar qo‘lingda molu mulking bo‘lmasa, mahzunlanma...Namozing najotingdir! Robbim har bir xayrli amalingga mukofat tayin etgan Saxiylikda qiyossiz Zotdir! Namli ko‘zing Iymoning, shirin so‘zing ehsoning...Ehson esa qo‘rg‘oningdir!!! Mangulikka dahldor maskanlarimizning obodligi uchun yashaylik...
❤‍🔥1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xudo xohlasa rejalar juda katta. Alloh òzi hayrli va manfaatli qilsin...
👍5🔥2
#farzamdimga

Alloh shu dunyoda ham sening aziz bo‘lganingni ko‘rsatmasdan mening umrimni olmasin...
Katta ixtirolarga tug‘ruqxona bo‘ladigan ongni kichik nizolar uchun qabriston qilib oldik...
👍1
👍2
Oxirgi paytda bir narsa bor fikrim va hayolimni egallab oldi. Yaqin 5 yil ichida ta'limga 50 mln $ lik sarmoya yutib olish. Tez orada bilib olasizlar.... Duolaringizga muxtojligim bor.
👍2
Bir kuni dòstim bilan kino premyerasiga tushishimiz kerak edi.Kassa seansdan 1 soat oldin ochiishi e'lon qilindi. Ammo òsha payt shom namoziga tòģri kelib qolgandi.


- avval shom òqib olamiz, keyin boramiz, deb aytdim.

-unda bilet qolmasligi mumkin deb dòstim aytdi.

-Allohning vadasi haq, albatta qoladi deb qattiyat bilan aytdim.

Dòstim nachora kòndi.

Shomni òqib bordik. Odam kòp. Kassaga borib bilet sòrasak, qolmaganini aytdi.
Dòstim menga "kòrdingmi" deganday qarab qòydi. Men esa unga e'tibor bermadim ham. Kino boshlanishiga 15 minut qolgan edi.
Dòstim ketmoqchi bòldi, ammo men kassa oldida turaverdim.

- nega turibsan, ketdik, dedi

Men esa:
- Sabr qilib tur 10 minut, dedim

- Nimaga, baribir foydasi yòq, yur ketdik.

- hozir kòrasan, biz bugun kinoga tushamiz, ozgina sabr qil.

Suhbatimizni kassir qiz eshitib turibdi. U ham meni jinniroq bòlsa kerak deb òyladi. Kòzidan shunday òylayotgani bilinib turardi.

10 daqiqalar òtgach, bir kishi kassaga kelib, kassir qizga, meni sherigim kelmay qoldi, shu 2 ta biletni qaytarib olasizmi deb aytib qoldi.

Ammo kassir qiz, bunday qila olmasligini aytdi.

Haligi kishiga, aka biletingizni biz olamiz deb, undan sotib oldik.

Kassir qizga esa muloyim kulgim bilan javob qaytarib qòydim. Dòstim esa menga hayron bòlib qarab turardi.

- Hayron qolayapsan, tòģrimi?

- shunday!

-Bu hali hammasi emas, qarab tur

bizga biletini sotgan kishiga quyidagi savollarni berdim:

- aka tòģrisini ayting, ushbu kinoga kirgingiz kelmagan, bir zarur isbingizni tashlab, shoshib keĺgansiz tòģrimi?

Haligi kishini kòzidan chaqmoq chiqqanday menga qarab qoldi va javob berdi:

- aynan shunday, ammo siz buni qayerdan bildingiz, siz meni tanimaysizku? Haqiqatda shu kinoga bilet olayapganimda ham kinoni kòrishni xohlamay olayotgandim.

- aka men sizga aytsam ishonmaysiz, ammo bu Allohning vadasi haq ekanligiga bir isbot. Meni bunga umuman shubham bòlmagan, shuning uchun ham shu yerda oxirgi daqiqalargacha kutdim. Shunday yakun topishi kerak edi. Sababi, kinoga biletni olish uchun shomga hurmatsizlik qilmadik. Buni mukofoti sifatida rsa, Alloh sizni bizga xizmatga yònaltirib qòydi, ya'ni sizni bizga bilet olish uchun shu yerga keltirib qòydi. Sizni nega kinoga kirishni xohlamaganiz sababi ham aynan shudir. Men sizdan ishonchim komil bòlib savol sòraganimni asli sababi ham shudir, dedim va unga rahmat aytib zalga kirib ketdim. U esa hayron qolganicha menga uzoq termilib qoldi....

Buni izohlashga hojat yòq deb òyladim.....
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya
Muhammadali Eshonqulov va Hasankhoja Muhammad Sodiq ustozlardan shogirdlarga tavsiya
👍5❤‍🔥2
Doim voqealarni solishtirishni, undan hikmat izlashni odat qilganman.
Meni bir savol doim òylantirib kelgan, avvalgilarda texnika bòlmagan, mashina bòlmagan ammo ular hamma ishlarini bitirishgan. Farzandlariga vaqt ajratishgan, eng muhimi kitob, Qur'ondan kunlik vazifalarini ham uddalashgan. Xullas vaqtlarida baraka bòlgan
Bizda esa aksi, na halovat bor, na tinim bor, na unum bor.

Hozirda ushbu savolga javobim quyidagicha:
Biz hozir ishlarimiz orasida namozlarimizni ado qilayapmiz, avvalgilar esa, namozlari orasida ishlarini bitkazishar edi....

Alloh òzing bizga tavfiq ber....
👍3❤‍🔥1