Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.01K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Men kutgan kelajak onamni qaritadigan yillar bilan keldi...
❤‍🔥1👍1
Samimiy tilagim

Hayitvoylar Jumavoyga, Jumavoylar esa Xamsachilarga aylanishsin....
Hayit ayyomi barchamizga barakali bòlsin....
❤‍🔥1
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Agar azizlik faqat boylik bilan o‘lchansa edi, biz Baqi' qabristoni sohiblarini emas, Misrdagi ehrom egalarini ulug‘lar edik...
❤‍🔥11
#Farzandimga

Senga kirgan tikondan,
Og‘riydi mening tanam.
Boshqa kasal tegsayam,
Kibrdan saqlan, bolam.
Zulmatdagi nurlarga,
Chig‘anoqda durlarga,
O‘xshay desang hurlarga,
Kibrdan saqlan, bolam.
Qalbdagi donday kibr,
Jannatdan to‘sar axir,
Bilib o‘zingni faqir,
Kibrdan saqlan, bolam.
Sajda qilmay insonga,
Qarshi borib Rahmonga,
Shayton tushdi tug‘yonga,
Kibrdan saqlan, bolam.
Kimlar molu davlatdan,
Kimlar kuchu quvvatdan,
Har kim tushar mansabdan,
Kibrdan saqlan, bolam.
Yer ostida yotganlar,
Ibrat bo‘lsin o‘tganlar,
Haq elchisi aytganlar:
Kibrdan saqlan, bolam.
O‘stiryapman avaylab,
Go‘yo jonimga boylab,
Aytayapman ataylab:
Kibrdan saqlan, bolam.
Alloh yagona Kabir,
Ahli jannatmish xaqir,
Qilaver uni zikr,
Kibrdan saqlan, bolam.
Ko‘prik bo‘lgin bossalar,
Goh arzonga sotsalar,
Xafa bo‘lma otsalar,
Kibrdan saqlan, bolam.
Odamdek yuray desang,
Otamdek bo‘lay desang,
Xotirjam o‘lay desang,
Kibrdan saqlan, bolam.
Boshi egik guldek bo‘l,
Itoatkor quldek bo‘l,
Hech bo‘lmasa....mendek bo‘l,
Kibrdan saqlan, bolam.
Ahli jannatmish xaqir...
❤‍🔥1
Ba’zi insonlar bilan hayotingizni butun sezasiz, ba’zilarni esa butun hayotingiz davomida ham sezmaysiz...
❤‍🔥1👍1
Bir zarurat yuzasidan kichik gramlarni o'lchaydigan tarozi kerak bo'lib qoldi. Yonimizdagi xo'jalik mollari do'koniga chiqdim, Yopiq ekan, Boshqasiga bordim u yerda yo'q. Uzoqroqdagisiga ham bordim u yerda ham ishim bitmadi. Yo'l-yo'lakay yana 6 ta do'konga kirdim u yerda ham qolmagan ekan. Nasib emas ekan deb uyga qaytdim.
Kechga yaqin dori uchun piyoda aptekaga chiqdim. Pulim uyda qolib ketgan ekan, odatda bunday holatlarda jahli, chiqardi, ammo bu safar chiqmadi, ichimda biror hayr bordur deb qo'ydim. Uyga qaytib pulni olib qaytadan aptekaga chiqdim va dorilarni olib uyga qaytayotsam, ko'chamiz oldidan "Andijon" muzqaymog'ini sotuvchi bola o'tib qoldi.

- muzqaymog'ing bormi?

- qolmadi aka, uzr

- Unda nima qilib, kech bo'lganida bu yerlarda yuribsan?

- aka aytsam baribir ishonmaysiz, to'g'risi o'zim ham bilmayman, negadir shu tomonlarga kelishimni ko'nglim istadi, o'zim ham hayronman

- tarozing, yoningdami?

- ha yonimda.

- shuni manga 5- minutga berib tura olasanmi?

- albatta.

Ishlatib bo'lgach, qaytarib berdim.

P.s. Allohning hikmatini qarangki, kuni bo'yi 10 km masofagacha borib 8 ta do'kondan topa olmagan mushkulimni, Allohni o'zi eshigimni tagiga, meni sira uruntirmay keltirib qo'ydi. Agar Apteka 1-safar pul bilan chiqqanimda, balki bu bolani uchratmasdim ham.

Har bir ishda bizga hikmat bor, biz faqat buni vaqt o'tgach anglaymiz. Eng muhimi shunday vaziyatlarda o'zimizni qanday tuta olishimiz orqali darajamizni hal qilar ekanmiz,
👍7❤‍🔥2
#qizimga

Umrim o‘tdi behuda, beo‘y,
Ehtimolki, so‘ndi yulduzim.
Kerak emas boshqa ishni qo‘y,
Qur’oningni yodlagin, qizim.

Jannatingga dalil Burhondir,
Haqdan kelgan Nuri Rahmondir.
Zo‘r quvvai hifzu Iymondir,
Qur’oningni yodlagin, qizim.¹(Niso 174)

Nafs ruhingni tutguvchi qafas,
Bu dunyoga qo‘ymagin havas.
Oyatlarni idrok etsang, bas,
Qur’oningni yodlagin, qizim.²(Niso 82)

Bo‘lganda ham bir kun Qiyomat,
O‘zgarmaydi abadul-abad.
Pokdomonlar ushlaydi faqat,
Qur’oningni yodlagin, qizim.³(Voqea 77-80)

Qur’on vahiy-indirilgan nur,
Quvvat olar har qanday shuur.
Hech ish emas bunchalar zarur,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁴ (Shuaro 52- 53)

Ergashaver ulug‘vorlarga,
Xudo degan xudoyorlarga.
Hidoyatmish taqvodorlarga,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁵(Baqara 2)

Inkor qilgan bo‘ladi kazzob,
Fosiqlarga muqarrar azob.
Qo‘lingdagi kitobing oftob,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁶(Oli Imron 3-4)

Sokin bo‘lar Nur insa yurak,
Ravo bo‘lar har qanday tilak.
Shu Kitobdir aziz, muborak,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁷ (An’om 92)

Bunday so‘zni yozolmas inson,
Unda yo‘qdir hech qanday gumon.
O‘tay desang Sirotdan omon,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁸(Yunus 38)

O‘qiyversang sezasan safo,
Tilovatdir eng go‘zal navo.
Har bir dardga bo‘ladi davo,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁹(Yunus 57)

Qur’on bizga bir bayonotdir,
Go‘zal umr, ikki hayotdir.
Oxiratda zo‘r darajotdir,
Qur’oningni yodlagin, qizim.¹(Ibrohim 52)

Kerak emas boshqa ishni qo‘y...
👍2❤‍🔥1
Ba’zi gunohlar nigohlarda ham aks etadi...Yuzimizga nur ber,Robbim!
Haiyt kuni ukamni moshinasini olib bir ishimni bitirib kelish uchun yo'lga chiqdim. Yarim yo'lda moshina yurmay qoldi. O't olmayapti. Akumlyatori o'tidimi desam magnitafoni ishlayapti. Benzin kam qolganligini ko'rsatuvchi belgi ishlamay qoldi shekili deb o'yladim. Benzin shaxobchasigacha esa 100 metrcha yetmay qolgan edim. Moshina yo'lning chetida tox'tab turibdi. Endi nima qilish haqida ba'zi fikrlarni tahli qilayotgandim:

1-si: Benzin shaxobchaga borib, idishda benzil olib kelish;
2-si: Tanishimga aytib benzil olib kelish;
3-si: Moshinani ozgina itarib shaxobchaga yetib olish;

Negadir menga 3-variant to'g'riqordek tuyuldi, chunki masofa oz edi. Ammo bir o'zim qanday olib boraman, hayronman, u-bu kimni esa yordam so'rab ovora qilgim kemasdi. Alloh o'zinga tavakkul o'zim asta itarib yetib olaman deyishim bilan, oldimda Lacetti moshinasi to'xtab, ichidan 2 ta bola tushib oldimga kelib, "aka, nima bo'ldi, yordam kerakmi?, moshinda sim bor, akumlyator o'tirob qolgan bo'lsa" deb qolishdi.
Men bundan hayron qoldim, chunki Moshinani avarinlkasini yoqmagan, edim, kapotni ham ochmagan edim, xatto moshinadan tushmagan ham edim. Bunday holatda haydovchiga yordam kerakligini agar Alloh ko'ngliga solmasa, tashqaridan turib bilib bo'lmasdii,

Ulardan so'radim:

- Menga yordam kerakligini qayerdan bildinglar?

- Bilmadik aka, negadir to'xtab, sizdan so'ragimiz keldi.

Taxminim to'g'ri chiqdi. Xursand bo'lib, qalbimda Allohga hamd aytdim.

Ularga vaziyatni tushuntirdim. Ular esa,"bo'ldi aka, moshinaga o'tirib oling, biz itarib oboramiz" deyishdi. Men esa hijolat bo'laman, unday qilmanglar desam, "aka qiziqmisiz, siz ham biz kabi ish qilgan bo'lardingiz, hijolat bo'lmang, Alloh bizni shu ajr bilan bugun siylabdi" dedilar. Bu gapdan juda xursand bo'ldim.
Zapravkaga yetib oldik, ularga tashakkurimni aytib kuzatib qo'ydim. Uyga qaytgach, tahajjudda haqlariga duo qilib qo'ydim.

Shu kun hayolimda "Alloh sizlarni gumoningizdadir" degan naqlni ko'p his qildim. Bu ham bir saboq bo'ldi.
👍8❤‍🔥2
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Ajali yetdi degim kelmaydi,...Robbimga ketdi, Robbimga ketdi...
❤‍🔥1👍1
Qalbingizni qarashingizdan anglaydiganlarni asrang...
Arzimas narsaga ayamay tan’qid qilishyaptimi, bilginki, ular seni komil obrazda ko‘rib o‘rganib qolishgan!
Zakoting barot¹ingdir, agar qo‘lingda molu mulking bo‘lmasa, mahzunlanma...Namozing najotingdir! Robbim har bir xayrli amalingga mukofat tayin etgan Saxiylikda qiyossiz Zotdir! Namli ko‘zing Iymoning, shirin so‘zing ehsoning...Ehson esa qo‘rg‘oningdir!!! Mangulikka dahldor maskanlarimizning obodligi uchun yashaylik...
❤‍🔥1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xudo xohlasa rejalar juda katta. Alloh òzi hayrli va manfaatli qilsin...
👍5🔥2
#farzamdimga

Alloh shu dunyoda ham sening aziz bo‘lganingni ko‘rsatmasdan mening umrimni olmasin...
Katta ixtirolarga tug‘ruqxona bo‘ladigan ongni kichik nizolar uchun qabriston qilib oldik...
👍1
👍2