Hasankhoja Muhammad Sodiq
📁 Har qaysi zamonda dolzarbligini yoʻqotmaydigan va e'tibor markazida turadigan mavzular bor. Shulardan biri esa ta'lim mavzusidir. ❓Bizning ta'lim tizimimizda ogʻriqli nuqtalar qaysi? ❓ Sifatli ta'limni ta'minlash uchun nima qilish kerak? Bugun Toshkent…
🙋 Assalomu alaykum, qadrli doʻstlar!
Xabaringiz bor, bugun "Merit" xususiy maktabi asoschisi Aziz Rahimov bilan talim mavzusida ovozli chati tashkil qilingan edi.
Hozirda biz safarda boshqa davlatda boʻlganligimiz uchun internet bilan bogʻliq muammo sababli suhbat qoldirildi.
😌 Chat sanasi aniq boʻlgach, sizlarga xabarini yetkazamiz inshaAlloh!

👍68😢11🔥3❤2🎉2
Hasankhoja Muhammad Sodiq pinned «🙋 Assalomu alaykum, qadrli doʻstlar! Xabaringiz bor, bugun "Merit" xususiy maktabi asoschisi Aziz Rahimov bilan talim mavzusida ovozli chati tashkil qilingan edi. Hozirda biz safarda boshqa davlatda boʻlganligimiz uchun internet bilan bogʻliq muammo sababli…»
#Premyera | Kibrni yo'qotish uchun tavsiyalar
Yangi videoni bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!
O'tkazib yubormang 👇
https://youtu.be/Q13uo3oUH6E

👍22🔥4🤩3❤1
Televizor koʻrmasligi bilan maqtanadigan tanishlaringiz bormi sizlarda ham?
Man shunday odamlarni koʻpini tushunmayman.
Televizor koʻrmasligi bilan maqtanadi-yu lekin YouTube da soatlab oʻtiradi. Million, Dizayn konsertlarini esa chiqishi bilan koʻrvoladida, canga esa “e hali ham koʻrmadingmi”? deb qoʻyadi.
Ha u televizor koʻrmaydi lekin Kanallarni dodasidan kelgan har bir qiziq videoni guruhga yuborib qoʻyadi. mabodo koʻrmagan boʻlsang deb.
U televizor koʻrmaydi lekin Instagram orqali xar bir xonanda, aktyor, qiziqchi, kuyov nima qilib yurganidan xabardor. Chunki kuniga 2 soatlab erinmay lentani varaqlaydi.
U televizor koʻrmaydi lekin ijtimoiy tarmoqlarda prikol video kanaldan tortib to mashina avariyalari kanallarigacha aʼzo, va shu videolarni tarqatibam qoʻyadi.
10 yil avval televizor koʻrmayman degani — boʻsh vaqtim yoʻq yoki undan foydaliroq ishlarim bor deganini anglatardi.
Hozirgi kunda esa televizor koʻrmayman degani – man vaqtimni boshqacha isrof qilaman degani boʻlib qoldi koʻp hollarda. (oʻzim shundayman)
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok

👍114😢51❤3🔥2👎1🤩1
Forwarded from IMAN
Ajoyib yangilikni sizlar bilan bo'lishishdan mamnunmiz. IMAN kompaniyasi 8 ta yirik venchur va investitsion fondlardan 1 mln $ miqdorida investitsiya jalb qildi. Investorlarning eng yiriklari Battery Road Digital Holdings (Singapur) va Tesla Capital hisoblanadi. Shuningdek, Uzcard Ventures, MyAsiaVC, Le Mercier’s Capital, Block0, Vector Crypto Capital va IT-Park Investments tomonidan ham investitsiya kiritildi.
Bu investitsiyalar bizga texnologik imkoniyatlarimizni kengaytirishga yordam beradi. Natijada, butun O'zbekiston bo'yicha sotuvchilar bilan ham onlayn, ham oflayn formatda hamkorlik o'rnatish imkoniga ega bo'lamiz. Shuningdek, bu investitsiyalar 2023-yil boshida aholisining aksariyat qismi musulmonlardan iborat bo'lgan mamlakatlardagi imkoniyatlarni o'rganishimizda qo'l keladi.
Forbes I Reuters I Techinasia
IFN I IBS intelligence I e27

👍33🔥7🤩5🎉3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍36❤4👎3😢3🔥2
RIZQ.
Hasan Basriy rohimahulloh aytadi:
“Rizqimni mendan o‘zga hech kim olmasligini bilganimdan so‘ng xotirjam bo‘ldim!”.
Imom Shofi'iy rohimahulloh aytadi:
“Kim agar rizq kuch bilan keladi deb o‘ylasa bilsinki, chumchuq burgut bor joyda hech narsa yeya olmas edi”.
Shayx Sha'roviy rohimahulloh aytadi:
“Seniki bo‘lgan narsa zaif bo‘lsangda senga keladi. Seniki bo‘lmagan narsaga kuchli bo‘lsangda erisha olmaysan!”.
Biz rizqning ma'nosini tor olganmiz. Uni faqat molda deb o‘ylaymiz. Bu xatodir va rizq mazmuniga yuzaki qarashdir. Ko‘p rizqlar borki, biz ularni rizq sanamaymiz. Chunki biz faqatgina cho‘ntakka kirgan narsani rizq deb o‘ylab qolganmiz. Go‘yoki boshqa narsa rizq emas.
Olamda qalbi tosh xotinlar ko‘p. Ammo seni uyda kutib o‘tiradigan mehribon umr yo‘ldoshing rizqingdir.
Dunyoda qalbi qattiq erkaklar ko‘p. Agar seni himoya qiladigan suyukli ering bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Ota-onasiga oq farzandlar tiqilib yotibdi. Agar sening solih farzandlaring bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Buzuq qizlar ko‘p olamda. Agar seni jannatga olib kiradigan soliha qizing bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Qancha-qancha ko‘zlar uxlay olmaydi. Agar sen kechasi yaxshi uxlayotgan bo‘lsang bu sening rizqingdir.
Atrofing to‘la bemor. Agar sen sog‘ va salomat bo‘lsang bu sening rizqing.
Dunyoda oyog‘i kesilganlar ko‘p. Sening oyog‘ing butun bo‘lsa bu sening rizqing.
Atrofingda ko‘rlar ko‘p. Sening ko‘zlaring ochiq bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Sening mehribon onang bor. Qancha-qancha bolalarning onasi yo‘q. Bu sening rizqingdir.
Yetimlar dunyoni to‘ldirib turganida sening otang bor. Bu sening rizqingdir.
Sen musulmonsan. Atrofingda besh milliard inson do‘zaxga tushmoqda. Bu sening rizqingdir.
Yer yuzidagi ko‘p ayollar do‘zaxga kirmoqda. Sen esa Robbingga itoat qilmoqdasan. Bu sening rizqingdir.
Sayyoraning ko‘p joylarida kishilar ochlikdan o‘lmoqda. Sening esa yeyishga bir necha xil taoming bor. Bu sening rizqingdir.
Qancha-qancha ayollar ko‘chalarda tunashayapti. Sening esa tunaydigan uying bor. Singlim, bu sening rizqingdir.
Atrofingda birodarlaring bor. Olamda esa yolg‘iz insonlar qancha! Bu sening rizqingdir.
Farzandlaringni ko‘ksingga bosayapsan. Qancha-qancha onalar guldek farzandlarini qabrga qo‘yishgan. Bu sening rizqingdir.
Bashariyatning yarmi o‘qishni bilmaydi. Sen esa o‘qishni bilasan. Bu sening rizqingdir.
Senda ovqat pishirishni o‘rgatadigan kitobing bor. Qancha –qancha ayollar ovqat qilishga masalliq topa olishmaydi. Bu sening rizqingdir.
Farzanding maktabga borganida qaytmasligidan xavotir olib qo‘lingni qalbing ustiga qo‘yishing rizqdir.
Qancha-qancha bemorlar ovqat yeyishdan mahrum bo‘lishganda sening ishtaha bilan ovqat yeyishing rizqdir.
Qancha-qancha ayollar bolalariga nonushta topib bera olishmayotgan paytda sen ertalab qahva ichib o‘tirishing rizqdir.
Olamda ko‘p rizqlar borki, ularning qiymatini mol bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Alloh senga taqsim qilib bergan rizqqa rozi bo‘l, ana shunda eng boy inson bo‘lasan.
Boshqalar qo‘lidagi narsalarga boqma , saodatli bo‘lasan!

👍97❤27😢10🔥6🤩4
Forwarded from Shahnoza Soatova blogi
Уруш бошланди.
21-асрда, иккита даҳшатли жаҳон урушини кўриб эси кирмаган инсоният яна шу ишга қўл урди!
Бу галги уруш хроникаларини биз газеталардан ўқимаймиз, радиодикторнинг таъсирли овози билан эшитмаймиз – мобил гаджетлар даврида ҳаммасини ўз кўзимиз билан кўрамиз.
Ва албатта, алданамиз! Ахборот уруши ҳам қаттиқ бўлади чунки. Рус сайтлари фейкларга тўлди, Кремль пропагандаси ахборот урушида ҳамма усуллардан фойдаланади.
Қайси манбадан келмасин, ахборотга дарров ишонманг, муқобил манбаларга ҳам мурожаат қилинг.
Шу ўринда фикр лидерлари, журнаистлар, блогерлар, зиёлилар, ахборот экспертларини обрўли, тоза, фейклар тарқатмайдиган манбаларни ўқувчиларига тавсия этиб боришга, ишонган манбаларига ҳаволаларни қизғонмай кенг ёйишга чақираман. Бу Сизнинг эзгулик учун ҳиссангиз бўлади.
Урушни ва уни бошлаганларни оқлаб-ёқлаётганлар эса ёвузликни, ғирромни ва қирғинни ёқловчилардир. Улар бундан кейин инсониятга нисбатан жиноятга шерик саналадилар (камида, мен учун)!
@shahnozxon

👍80😢28🤩3🎉1