Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
- Qiyinchiliklardan Qaygʻuga Tushma Bu seni Bardoshli Qiladi Qat'iyatli Qiladi.
- Shunchaki Yashashni Bas qil
Shunchaki Yashash Hayvonlarni ham qoʻlidan keladi


Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍3
Boshqalarga foydali bo'lish haqida

Odamlarga foydang tegar ekan, javobi topilmas savollar, stress, yolg'izlik, maqsadning yo'qligi qiynamay qo'yadi seni.

Xo'sh, foydali bo'lishing uchun birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi kerak?

1. Taniqli bo'l

Hamma ishlaringni ommaga olib chiq ya'ni odamlarga ko'rsat, (maxfiy savoblardan tashqari albatta).
Qancha ko'p odamlarga tanilsang, shuncha ko'p foydang tegadi.

2. Boy bo'l

Kasbing yoki tadbirkorliging orqali boyib borayotganing, odamlarga katta foydang tegayotganini belgisi.

Halol boyishga harakat qilar ekansan, sen odamlarga foydali bo'lishga intilyapsan demak.

Boyib olgach, pullaringni foydali ishlarga sarfla. Boy bo'lishing endi jamiyatga ikki barobar foydali.

3. Keskin va kuchli fikrlar bildir.

Keskin fikrlaring odamlar uchun foydali.

Qaror qabul qila olmayotgan va ikki o't orasida yurganlar seni fikringni eshitib qaror qabul qilishlari osonlashadi.

Fikringigga qo'shilmaydiganlar esa, bahslashish orqali o'z fikrlarini mustahkamlab olishadi.

Fikrlaringni bo'lish.

4. Qimmat bo'l.

Odamlar ko'proq pul to'lab sotib olgan kiyimlari va buyumlarini yaxshiroq asrashadi.

Seminar qancha qimmat bo'lsa, bilet sotib olganlarning kelish ehtimoli shuncha oshadi.

Biror tekin maslahatni pulga bersang, amal qilish imkoniyati oshadi. (mana nega treninglar rivojlanmoqda).

P.S.
Endi senga foydasi tegayotgan har qanday taniqli odamni bir eslab ko'r. Yuqoridagilarni barchasini bajarib kelyapti. Navbat senga.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍6
Taqvo va Ilm

• Dushmaningni taqvo va ilm bilan mag'lub qil. Sen bunisi (ya'ni taqvo) va unisi (ya'ni ilm) bilan dushman ustidan g'olib bo'lasan. Yigit kishi biror narsani ilmni taqvo bilan bog'laganichalik bog'lamaydi.

©️ Unvanul bayon

Xulosa: Insonda taqvo bo'lmasa, har xil mumkin bo'lmagan ishlarni qilib qo'yishi mumkin. Tushkunlikka tushganda ham taqvo yordamga keladi. Dunyodagi eng qiyin vaziyatdan ham taqvo va ilm bilan chiqiladi. Ilm olishni hech qachon to'xtatmang. O'z kasbingizdagilardan va tengdoshlaringizdan bir qadam oldinda yurasiz.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍2
Avval farzandlarimizga bo'sh vaqt ajratar edik. Hozirgi kunda bo'sh vatimizda farzandlar bilan shug'ullanyapmiz

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍1🤩1
Bu dunyodagi eng buyuk lazzat nima deb so'rasalar - u albatta ilm lazzatidir, degan bo'lar edim

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍6
Na istak, na orzu, na hoyu havas,
Dunyoga zigʼircha ketmasin hushim.
Robbim, yolvoraman Sendan iltimos,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Qaysidir pastkashning ostonasida,
Yuzimga yopilgan darvozasida,
Jonimni hovuchlab oʼt orasida,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Mol—davlat demayman, sinoat bergin,
Bir burda nonga ham qanoat bergin.
Qiyomat kunida shafoat bergin,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Sinovlar kelsada, goʼzal sabr ber,
Oʼsha sabrlarga biroz ajr ber.
Qulingman, illo Sen shohdek qadr ber,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Faqirlik bersang—da, koʼnglimni toʼq qil,
Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil.
Sen qudrat sohibi, men koʼzi soʼqir
Аmmo hech birovga tushmasin ishim.

Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil,
Oʼzingdan oʼzgaga tushmasin ishim...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍4
Inson - Allohning yerdagi xalifasi, oliy va qudratli mavjudot, Alloh insonni o‘z fazilatlari bilan siylagan. Inson har narsadan yuksak. Laganbardorlik, xushomadgo‘ylik asl insonning ishi emas!

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍6
Bolalikda bir-birimizni ko‘p aldab hazillashardik, xozir ham ko‘p aldaymiz, ammo haqiqatdan...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍3
Kecha savoblarni ko‘paytirish payida yurardim, bugun ko‘p gunoh qilmaslikka harakat qilayapman.

Kecha har narsaning eng yaxshilarini olardim, bugun boriga qanoat qilishni o‘rgandim. Kecha tengqurlarim bilan ko‘proq suhbat qilardim, bugun keksalarni tinglagim keladi. Kecha yuz yillar yashaydigan odamdek yurardim, bugun umrimning so‘nggi kunlari o‘tayotgandek tuyuladi. Kecha nasihat qilaverardim, bugun ibrat bo‘lishga intilaman. Kecha ko‘plarni tanqid qilardim, bugun o‘shalarni rag‘batlantiradigan bo‘lganman.
Kecha ko‘p bilishga qiziqardim, bugun boriga amal qilishga urinayapman. Kecha ko‘ngillarni qoldirishdan og‘rinmasdim, bugun ko‘ngillarni ololmayotganimdan siqilaman. Kecha xato qilishsa jazolardim, bugun tuzatishlariga imkon bergim keladi.

Kecha birovning joniga tegib hazil qilishga rag‘batim bor edi, bugun birovning sha'ni to‘kiladigan hazillardan nafratlanaman.
Kecha insonlarga ishonardim, bugun yuragimni faqat rahmonga ochaman. Kecha meni unutganlarni eslab o‘kinardim, bugun meni eslab yashaydiganlarniyam unutib qo‘yayotgandekman. Kecha bo‘sh vaqtimda qiladigan ishlarning rejasini qilardim, bugun rejadagi ishlarimni qilish uchun vaqt qidiraman. Kecha olimlarning ilmiga havas qilardim, bugun taqvodorlarning amaliga maftunman. Kecha Allohdan so‘rayverardim, bugun Alloh oldida so‘ralishim borligini o‘ylayman. Kecha sog‘inib yashashni bilardim, bugun sog‘intirib uzoqlashadigan bo‘lganman.

Kecha bilganlarimni boshqalarga o‘rgansin deb uzatardim, bugun boshqalardan nima o‘rgansam bo‘ladi deb kuzataman. Kecha ranjitishsa o‘zim hisob - kitob qilib olardim, bugun hammasini haqqa topshirib ketaveraman. Kecha ko‘zlarimga kabani ko‘rmoq orzusi tinchlik bermasdi, bugun ko‘nglimga kabani qurishni duoda so‘rayapman. Kecha yashashim kerakligini bilardim, bugun o‘lim muqarrarligini anglaganman...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍4
#Premyera | Ustozlarga bo'lgan hurmat

Yangi videoni bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!

O'tkazib yubormang 👇

https://youtu.be/reqGYzejCEM
👍4
Umrning salmog‘i kamayaversa ko‘ngilda yaxshi amallarga xayrixohlik kuchayib, hammaning sevinchiga vasila bo‘lishni istayverasiz ekan.

Azizlar, jismimiz tuproqqa qorishsada, xotiralarimiz yuraklarga ko‘milishi uchun harakat qilaveraylik, zotan biz jonimizni jahannamdan hayrli amallarimiz bilangina qutqarib qolish imkoniga egamiz...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍4🤩1
Qattiq qishdan oʻlmay koʻklamga chiqqan qulning boshiga endi oftob tek kanda, osmonni yana qora bulut qoplab kelaversa, yuraklar zada boʻladi, xotirjamlik kesiladi. Bahor havosiga ishonch yoʻq! Quyosh chiqdi degani endi harorat qayta tushmaydi, degani emas.

Roʻmol masalasi shu kunlarda yana oʻrtaga chiqdi, yana eski muammo, eski tashviqot, eski tahdidlar, qonuniy buyruqda koʻrsatilmasa - da amalga oshirilayotgan taqiqlar. Charxpalakka oʻtirib bir yuqoriga koʻtarilgach tagʻin oʻsha joyimizga qaytib kelayotgandaymizmi - a? Roʻmol oʻqishga xalaqit bermasligini minglab dalillar bilan isbotlash mumkin. Bu haqida juda koʻp yozishdi, bugun va oʻtmishdan muvaffaqiyatli taʼlim olib jamiyatga xizmat qilishda roʻmoli xalaqit bermagan necha buyuk olima-yu sportchilar nomini keltirishdi, hozir ochigʻi, qayta - qayta yoritilgan mavzu boʻlgani sababli yozishni yam ep bilmayapman.

Butun boshli katta davlatlarning rahbari roʻmolli ayol boʻlib turganda, biz hamon ularning huquqiy erkinligini cheklash bilan ovoramiz. Necha olimalarimizni ilmdan toʻsayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarimiz, media, ommaviy nashrlar esa milliy qadriyatlarimizga zid kiyimdagi yalangʻochlarni koʻrsatishda hamon cheklov qoʻyolgani yoʻq. Cheklov roʻmolli qizlarga boʻlyapti xolos.

Qishimiz bahorga doʻndi shekilli, havo goh unday, goh bunday, ammo biz hamon rahbarlardan yaxshi islohotlar umididamiz. Faqat meni bir savol qiynaydi, shu tadbirni amalga oshirayotganlar bilisharmikin: tarixdan to shu kungacha jamiyatga qaysi biri koʻproq ziyon keltirgan yalangʻochlarmi yo roʻmolilarmi?!

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍5
Qurʼonda Matematika

“Nahl” surasidagi hayratli matematik hisoblar...
Qurʼonning 16- surasi “Nahl” boʻlib, u 128ta oyatdan tashkil topgan.
Bu sura singdirilgan ayrim moʻjizakor sonlar xususida soʻz:
1. Erkak arilarda xromosoma miqdori 16ta ekan, ajabo, Qurʼondagi ari maʼnosini anglatuvchi sura ham 16- raqam ostida kelgan.
2. Butun Qurʼonda Nahl- ari soʻzi bir martagina eslatiladi. Bu oʻsha suraning 68- oyatida. Oyatdagi soʻzlar miqdori 13ta. Agar biz oyat va soʻzlar miqdorini koʻpaytirsak, 884 kelib chiqadi(68*13=884) Suraning boshlanishidan to 68- oyatdagi Nahl soʻzigacha 884ta soʻz kelganiga nima deysiz!!! Ajabo!
3. Qurʼonda 16- oyati bor suralar soni 85ta ekan, ulardagi jami soʻzlar miqdori esa 884ga tengligi tasodif emasdir...
4. 68- oyati bor suralarning umumiy miqdori 13ta ekan, bu sonlarning koʻpaytmasi ham 884ga teng boʻladi(13*68=884)
5. Sura raqami 16, buni bir barobardan oshirib borib 128ni hosil qilishimiz mumkin: 16,32, 48,...80,96,112,128...Ushbu oyatlarda ishlatilgan (yaʼni har 16- oyatda) soʻzlar miqdori esa 119ga teng. Nahl soʻzining abjad hisobi 119ga teng
6. 5- punktdagi son(119) eʼtiboringizda tursin! Qurʼonning birinchi porasidan har 16 talikda raqamlangan suralar miqdori to “Nahl”ning 128- oyatigacha 119tani tashkil etar ekan.
7. 2chi va 6- punktlardan foydalangan holda baʼzi kombinatsiyalarni koʻrib chiqsak:
Demak, 16- oyati bor suralar soni 85ta, 16 va 85ning koʻpaytmasi 1360 (16*85=1360)
Yuqoridagi oyatlarning soʻz miqdorini 884 deb olgandik, 884ga 1360ni qoʻshsak, 2244 hosil boʻladi.
“Nahl” surasidagi jamiki soʻzlar 1844ta, biz bunga sura raqami(16)ni qoʻshsak, 1860 hosil boʻladi. 1860ni tepada keltirib chiqargan 2244ga qoʻshsak, 4104 paydo boʻladi. Xoʻsh, bu raqam nimani anglatadi?

A variant: 4104=19*216 Bilamizki, 216= 6*6*6 arilarning uyasi 6 burchakli katakchalardan iborat, 6 shunga ishoradir...

B variant: “Nahl” soʻzi ishlatilgan butun Qurʼonimizdagi 68- oyatning abjad raqam hisobi esa 4104ga teng ekan...
Xullas, shunaqa gaplar...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍3🤩2😢1