Oxirgi vaqtlar barcha buyuklar, yaʼni buyuk shoir, buyuk adib, buyuk olim, buyuk mutafakkir, xullas, oʼz jamiyatidan yuqori fikrlaydigan, katta maqsadlar sari odimlaydigan odamlar hayotini oʼrganib bir xulosaga keldim:
Bu toifa insonlarga har qachon tosh otilaverar ekan.
Ular hech qachon yoppasiga xushnudlik bilan qarshilanmadi. Otilgan toshlardan kavushlari qonga toʼldi, Hadis ilmining buyuk muhaddisi Buxoroga qoʼyilmadi, G'azal mulkining sultoni, Tib ilmining bilagʼoni boʼlganlar ham ayrim koʼngillarni zabt etolmadi.
Zotan ,hech zamon hammaga birdek yoqishning chorasi topilmagan. Bu imkonsiz bir ishdir.
Shuni bilganim uchun ayni kunlarda zamonamiz Аbu Jahllarining birodarimiz Muhammad Аliga qilayotgan munosabatlari bizga hech gʼalati tuyilmayapti.
Faqat ikki ogʼiz aytarimiz bor, Muhammad Аli oʼz yoʼliga, oʼz soʼziga ega yigit. Minglab yoshlarni oʼziga ergashtira olgan yetakchi, koʼplab qalblarni zabt etolgan fotih. Shu inson sababli Аlloh qancha umidsiz koʼngillarda bir mujda bino qildi. Qancha buzilgan xulqlarni isloh qildi. Buning koʼp bora shohidi boʼldik. Shu sababli, Muhammad Аlining haqlariga doim yaxshi gumonda shohidlik beramiz. Qoʼlimiz qoʼllarida, doim yonidamiz. Tikan agar doʼstimizning tovonlariga kirsa, qoni bizning yuragimizda oqadi.
Siz bu yigitning soʼzlari tushunmasangiz, iltimos, boshingizdagi shlyapani yechib doʼppini kiying, tortilgan asab tolalari bir yayrasin. Koʼngilni keng qilinglar, yaxshilik yoʼlida yurgan bir insonga adolatsiz boʼlmanglar, Allohning adolati haq ekanligini eslang va bu sizlarga kifoya qilsin....

👍4
Oson yo'l bilan kelgan har narsa bir yolg'ondir, bir jazodir
Hayotni qiyinchiliklarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Inson qayerda va qanday yashamasin, u doimo hayotiy qiyinchiliklarga duch keladi. Insonga bu qiyinchiliklar va mashaqqatlarni yengib o'tishi uchun kuchli bilim va iroda kerak bo'ladi. Oson yo'l bilan erishilgan narsalar doimo qadrsiz bo'lib, ularni qisqa muddat ichida yo'qotib qo'yishingiz mumkin. Mashaqqatlar ortidan erishilgan natijalar doimo shirin va qadrli bo'lishiga aminmiz.
Hayotning past-u balandliklari va mashaqqatlari ortidan sabr qilib, o'z harakatlari sababli yutuqlarga erishgan insonlar bilan suhbat tashkil etib kelayotgan "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi sonining mehmoni, Turkiyaning Kastamonu universiteti jurnalistika bo'limi magistranti, ''Registon TV'' madaniy-ma'rifiy, onlayn telekanali bosh rejissyori — Abdukarim Mirzayev bo'ldilar.
Suhbat davomida, yoshlar mashaqqatlarga qaramasdan ilm olishdan to'xtamasliklari, ota-onaning farzand tarbiyasidagi o'rni, ayol-qizlarning ta'lim olishi borasidagi masalalar va shunga o'xshash turli xil mavzularda to'xtalib o'tildi. Ko'pchilik intiqlik bilan kutgan ko'rsatuvning navbatdagi soni ham hammamiz uchun manfaatli bo'lishiga ishonamiz.
🎁 Abdukarim Mirzayev tomonidan maxsus sovg'a egasi boʻlishni istasangiz, unda sizni intervyuning toʻliq shaklini koʻrishga taklif etamiz!
Premyera bugun soat 21:00 da bo'lib o'tadi!
👉 Havola: https://youtu.be/q1at4hm-6ok

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗯Biz shogirdlarimizning nafaqat ilmi, balki, ruhi kuchli bo‘lishiniyam istaymiz. Ularda odamiylikning yuksak na'munasi namoyon bo‘lsa deymiz. Bizda eng yaxshi yigit qizlar ta'lim olishadi. Barchasi xizmatda labbay deb turishadi. Ushbu videoda Sardor Rahimxon akamiz aynan ular haqida, jannatga qasr qurish ishtiyoqida yashayotgan shogirdlarimiz haqida aytib o‘tibdilar...
Manzilimiz👇
https://linkfly.to/HasankhojaBlog
Manzilimiz👇
https://linkfly.to/HasankhojaBlog
Forwarded from Atham Azam
Nega yoshlar tez taslim bo’lishyapti?
Aslida meni yaxshi ko’rib qiladigan ishlarimdan biri bu – fikrlash, o’ylash, tafakkur qilish, ayniqsa bir o’zim qolganimda.
Va shu kunlarda bir narsa to’g’risida ko’p o’ylandim, ko’p fikr yuritdim, katta-katta ko’rxonalar egalari yillab maqsad sari intilishgan, yillar deganda 30-40 yil nazarda tutilyapti, to’xtovsiz maqsad sari intilish, va oxir oqibat qoyilgan maqsadga erishishgan.
Bizning xozirgi yoshlar esa 3-4 oy ichida taslim bo’lib qolishyapti, yana o’zligini urishib qo’yishadi; “nimani notog’ri qilayotgan ekinman a? deb))”.
Aslida muammo ham shu yerda, biz bir narsani ustida juda kam ishlaydigan bo’lib qoldik, tez natija kutishimiz ham sabab bo’lishi mumkin, yoshlarni maqsadi oliy lekin unga intilish uchun 20-30 yil kerak bo’ladiyu, lekin ular 3 oydayoq bohona topib chekinishadi.
Agar biz katta loyihani ustida ishlayatgan bo’lsak, biz o’ylamaylik u maqsadga tez erishamiz deb, bu yo’l mashaqqat yo’li, o’g’riq yo’li, muvaffaqiyatsizliklar yo’li, muvaffaqiyatni yaqin 10 yilda umuman o’ylash kerak emas.
Elon Muskni do’stini bir gapi bor; “Biznes qurish bu o’gzinga shisha solib uni chaynab yutganinga o’xshaydi” degan. Hech qachon oson bo’lmaydi.
So’zimni oxirida ustozimiz @murodxonnazarov gaplari bilan tugatmoqchi edim: “Duxin bo’lmasa nima qilasan biznes qilib degan”))).
Barcha muvaffaqiyat yo’lida 30-40 yil chidayman deganlarga alangali Salom.

#eslatma
Har kuni kitob o‘qishga bir soat vaqt ajratsangiz nima bo‘lishini bilasizmi?
– Bir haftadan keyin 1 ta kitob nihoyasiga yetadi.
– Bir yildan keyin 50 ta kitob nihoyasiga yetadi.
– Uch yildan keyin ma’lumotlarini o‘qiyotgan sohangizni yaxshi mutaxassisi bo‘lasiz.
– Besh yildan keyin mahalliy manba (spravochnik)ga aylanasiz.
– Yetti yildan keyin xalqaro manbaga aylanasiz.
– O‘n yildan keyin 500 kitobni o‘qib tugatasiz.

👍2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CIC school dagi shogirdlarimiz bilan kichik intervyu.... (Kumushkon)
Yaqinda Istanbuldan qaytishda bir voqea boʻldi. Ibrat uchun aytib beraman.
Doʻstlarimiz bilan safarimiz 15 kunga mo‘ljallangan edi, ammo bir zarur ish bilan ortga vaqtliroq qaytishimga toʻgʻri keldi. Qaytishga esa o‘sha kun uchun chiptam yo‘q. Eng yaqin reys 3 kundan keyin, u ham boʻlsa biletni ekonomdan biznesga almashtirish orqali (7 mnl qoʻshimcha toʻlash orqali) chiqayotgandi. Shu ish bilan shugʻullanadigan hamma tanishlarimga aloqaga chiqdim, biroq foydasi bo‘lmadi. Hatto tranzit boʻlsa ham qaytishga tayyorligimni aytdim, lekin shu kunga birorta variant chiqmasdi. Allohga tavakkal qilib yuklarimni yigʻdimda doʻstlarim bilan hayrlashib, Abdukarim aka Mirzayevning ishxonalariga oʻtdim va ketayotganimni aytdim. Ular esa hayron qoldilar, vaziyatni tushuntirdim, ammo hozir aeroportga borish ahmoqlik ekanligini, chiptasiz uchib ketolmasligimni tushuntirdilar, men ularga koʻnglim negadir xotirjam ekanligini aytdim, ular esa, ha mayli, aeroportni bir tomosha qilib qaytarkansizda, kechki ovqatga sizga ham buyurtma berib qoʻyamiz, deb hazillashib ham qoʻydilar. Men yoʻlga chiqdim. Yangi airport shahardan ancha tashqarida 2 soatchalik yoʻl edi. Yukim bilan yetib bordim, oʻsha kuni Toshkentga 4 ta reys bor ekan. Kassaga bordim, vaziyatni tushuntirdim, ammo ulardan faqatgina bir gapni eshitdim: Boʻsh joy yoʻq!
Ularga agar kimdir kela olmasa, yoki kechiksa, menga oʻsha biletni sotinglar, deb ham iltimos qildim, ammo bu ham foyda bermadi. Har safar yangi reysning ochilishini va yopilishini kutishimga toʻgʻri kelar edi. Ovqatlandim, namoz oʻqidim, kitob varaqlab vaqtimni oʻtkazdim. Tahminan, 8 soatcha airportda boʻldim, eng oxirgi reysga chiqish ham 20 daqiqadan soʻng yopilar edi. Vaqt o‘tgan sari bugun keta olmasan kerak, degan hayollar kelaboshladi. Soat ham kechki 11 dan oshgan, shaharga qaytish esa yana 2 soatlik yoʻl edi. Begona shahar, yonimda hamrohim yoʻq. Noiloj, qaytishga qaror qildim. Alloh O‘zing kòrding men oxirigacha sababini qildim, buyoģiga ojizman, deb Airportdan endi chiqib ketayotganimda, hayolimga ózim ham bir tekshirib kòray, degan fikr keldi. Haqiqatda reys yóq ekan, ammo Òzbekistonda faqat Toshkent emas—ku, deb Samarqand yo‘nalishini tekshirgan edim, 1 soatdan keyin reys bor ekan. Tekshirsam 1 ta joy ham bor, registratsiya esa 15 minit ichida yopilar ekan. Yonimdagi pul chiptaga yetmadi. Toshkentdagi dóstimiga telefon qildim, vaziyatni tushuntidim, xullas, chipta oldik va Samarqandga uchib ketdim...
Qolganlar esa hayron...
Nega to‘satdan qaytganimning sababiga qiziqqanlar uchun aytaman: Onam o‘sha kuni qo‘ng‘iroq qilib safaring tugadimi, qaytayapsanmi, degandilar. Ovozlaridan meni sog‘inganlarini sezdim. Istanbul ko‘chalarini kezish onamni sog‘intirishimdan ustun emasdi.
Qaytdim...
P.s. Allohga tavakkul sabablari ortidan boʻladi….

🔥3❤1👍1
#senuchun
Uyda amakilarim bilan birga turamiz. Bugun uy darvozasidan kirishim bilan amakimning nevaralariga kòzim tushdi. Negadir xafa kòrindi. Yoniga borib nega kayfiyati yóqligini sòradim. "Bugun Zuhra ammam kelmas ekanlar", deb qoldi. Singlim, odatda, shanba kuni uyga kelar edi. Bu safar kelmaydigan bòlibdi.
Unga "Mayli keyingi safar keladi, shunga ham xafa bólasanmi!?" desam, "Amaki, siz Zuhra ammam kelsalar opalarim (Zuhrani qizlari)ga yaxshi narsalar olib kelasiz, ularga qóshib doim bizga ham olib kelar edingiz, endi keyingi haftagacha ular kelmaydi" deb qoldi. Hech narsa deyaolmadim, illo Allohdan o‘zimning islohimni so‘rashdan bo‘lak. Ochig‘i, o‘zimni yomon ko‘rdim. Uzoqdagi Zuhramizning farzandlarini xursand qilish dardida yurarkanman—u, har kun ostonamda, xonadonimizda, muruvvatimga bir mahtal ko‘zchalar borligini sezmay qolibman. Zuhraning bolalariga narsa olganimda ularga ham aynisini olganim bilan bu sovg‘alar sababchilari Zuhraning bolalari bo‘lib qolavergan. Ortimga burildimu, do‘kondan u—bu harid qildim, qo‘liga berib "Iltimos, shu xotiralaringni unutma" dedim.
Bir dona olma, bir shox rayhon, bir siqim pista bersangizda o‘sha yaqininggizga "Sen yo siz uchun olgandim" deng. Unga atalmagan narsalarnida senga, deb harid qildim deng. Bittagina sen uchun degan so‘z nurayotgan ko‘ngil ka'basiga yangi ka'bapo‘shdek bir jilo beradi. Sen uchun degan so‘z ichida mung aylangan ko‘zlarning porlashiga sabab bo‘ladi. Sen uchun degan so‘z uzilgan rishtalarni bog‘laydi. Sen uchun degan so‘z sovugan qalblarga bir iliqlik olib kiradi. Sen uchun degan so‘z siz uchun yo‘q insonlar hayotida ham sizni bor qiladi...Ushbu satrlarga ko‘z yugurtirarkansan aslo shunchaki yozdi, deb gumonlanma, SEN UCHUN yozdim. O‘qiganing uchun rahmat!
Hasanhoja Muhammad Sodiq

👍11🔥1
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Abror Muxtor Aliy ustozimizning farzandlari vafot etibdilar.
Alloh òzi Jannatlari bilan mukofotlasin. Sabrul jamiyl bersin.

Kitobga oshiqlar, kitoblar ko’rgazmasida...
👍2🥰1🤩1
#tarbiya
Doimgedek òģlim Muhammad Sodiq bilan aylangani kòchaga chiqdik. O‘g‘lim chanqagani uchun suvga to‘xtadik. Dòkon eshigiga kirishimiz bilan kòzim bir dòstimga tushdi va Muhammad Sodiqga bu dòkonga kirmasligimizni aytib chiqib ketdik. Tabiiyki, u buning sababini sòradi, men esa yòlda tushuntirib berishimni aytdim. Kelishdik. Moshinaga qayta ótirgacha unga tushuntirishni boshladim:
— Boya kirgan joyimizda bir dòstimni kòrib qoldim. Qadrdon dòstim, 15 yildan beri bir-birimizni taniymiz.
— Unda, nega ular bilan kòrishmadingiz, deb ajablanib sòradi.
Men tushuntirishda davom etdim:
— Bu dòstimning hozir ishlari uncha yaxshi emas. Senga savol, endi òylab kòrchi, nega u bilan kòrishishdan qochdim?
Muhammad Sodiq biroz òylanib, keyin javob berishidan avval menga qayta savol berdi:
— Agar puli kòp bòlganida u bilan kòrisharmidingiz?
Men, ha, dedim.
Shunda u:
— Demak, u amaki bilan puli kam bòlgani uchun kòrishmadingiz, deb javob berdi.
— Aynan shunday javob berishingni bilganim uchun ham senga shu savolni bergan edim. Endi òglim meni eshit.
Bu dòstimning mendan qarzi bor edi. Berolmay qiynalayotganini bilaman. Men unga topganingda berarsan, deb aytganman, har safar kòrishganimizda u buni eslatib uzr aytib hijolat bòladi. Men uni yana hijolatli holga tushirgim kelmadi. Bilib turibman ishlari hali ham yaxshi emas. Kayfiyati ham yaxshi emasligi yuzidan korindi.
Òglim buni jimgina eshitib turardi.
— Senga buni aytmasdan savol berishimdan maqsad shu ediki, biror yaqin insoning haqida yomon fikrga borishdan avval, uni oqlashga arzidigan sabab qidir. U haqida 99 ta yomon fikr va 1 ta yaxshi fikr bòlsa, shu yaxshisini ushla. Agar shu bitta yaxshi fikrni topa olmasang ham men bilmaydigan birorta sababi bordir, deb fikr bildirma. Shunda doim yutasan, chunki yomon gumon shaytondandir. Atrofingda samimiy insonlar kòp bòladi...
Ikkinchi muhim xulosa shuki, kimgadir yordam bersang, uni samimiy qil, undan hech qanday manfaat kutma, faqat Allohni roziligini ista, shunda qilgan ishing haqiqiy savob boladi, aks holda hammasi xabata (bekor) bôlib ketadi.
tushundingmi?
— Ha, adajon sizni tushundim, dedi,
Biz esa boshqa dòkonga yetib keldik...
https://t.iss.one/hasankhojaBlog

Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.
P.s. Professional xatokor.
P.s. Professional xatokor.
👍2🤩1
#ota_onalar_òqishi_shart
#tarbiya_haqida
"Oq nilufarlar yurtida" asaridan
"Ota-onalar va bolalar" nomli bobidan Snelman ma'ruzasi.
"Qabohat yoshlarda emas, balki sizda. Siz yoshlarni qanday tarbiyalasangiz, ular ham shunday o'sadi. Yoshlarga qanday bilim berdingiz? Hech nima bermadingiz! Onalar boshlarini kir yuvish, idish-tovoq, ovqat pishirish va tozalashdan ko'tarolmaydilar. Otalar davlat xizmati, savdo, do'kon yoki fabrika ishi bilan bandlar, ishdan keyin ular mayxonalarda va klublarda karta o'ynaydilar. Bolalarni tarbiyalashga hech kimning vaqti yo'q, bundan tashqari, bolalar bilan shug'ullanish odamni charchatadigan va zeriktiradigan ishdir.
Ota-onalar farzandlari bilan gaplashmaydilar va ular dan kunlarini qanday o'tkazganini so'ramaydilar. Vaqt topishsa, qo'llariga o'yinchoqlar va konfetlar berishadi va boshlarini silab: "Qani, chetroqqa borib o'ynanglar" deyishadi. Bu, aslida, "Nima qilsangiz ham, bizning ko'zimizdan yiroq bo'ling, shunchaki, bizni bezovta qilmang" degan ma'noni anglatadi.
Shu sababli bolalik davrida bolaning ongi, qalbi va yuragi ishlov berilmagan daladek bo'sh qoladi, chunki yerga yaxshilik urug'i ekilmaydi. Bolalar bilan yaxshilik, solihlik va sevgi haqida gaplashilsa ham, ular qo'l uchida amalga oshiriladi. Ota-onalar bolaning ruhi va aql-idroki ga mos keladigan tarzda gapira olmaydi; xohlasalar ham bajara olmaydilar.
Haqiqatni aytganda, bolalar garchi bir uyda ota-onalari, amakilari, ammalari va xolalari bilan yashasalar ham, deyarli yetimlarga o'xshashadi. Ba'zi oilalarda bolalar yaxshi ovqatlanadilar, yaxshi kiyinadilar va ularning sog'lig'iga g'amxo'rlik qilishadi. Ammo bolaning ruhi va aql-idrokiga e'tibor berilmaydi. Bunday sharoitda voyaga yetgan bolalar hozirgidan ham yomon bo'lmaganiga, haqiqatan ham hayron qolishimiz kerak. Bu bolalar katta bo'lib, hamma narsani tushuna boshlaganlarida nimalarni ko'rib, nimalarni his qilishmoqda?
Shaharlar, qishloqlar, qishloqlarning maydonlari va ko'chalarida chiqindi yig'ilib ketayotganini koʻrgan odam lar "Bular sog'liq uchun zararli, bularni bu yerda qoldirish sharmandalik", deb shikoyat qiladilar.
Onalar va otalar, yaxshilab oʻylang, vijdoningizga qarab qaror bering. Sizning farzandlaringiz tarbiyalanadigan va shaxsiyatlari shakllanadigan oilaviy muhit aqliy va maʼnaviy jihatdan yetarlicha yaxshimi?
Ota-onalar va kattalar doimo bolalarga "Yolg'on gapirma, hech kimni aldama, buni qilish yaxshi emas, bu qilgan ishing gunoh" deb aytishadi. Ushbu maslahatlarni beradiganlar ularga o'zlari amal qilishmaydi: yolg'on gapirib, odamlarni aldaydilar. Bolalarga xushmuomala va tarbiyali bo'lishni aytadiganlar boshqa odamlarga nisbatan o'zlari qo'pol va odobsiz munosabatda bo'lishadi.
Bolalar aldanganliklarini tezda anglaydilar. Avvaliga, ular hayron bo'lishadi, ota-onalari o'zlari yomon va gunoh deb ko'rsatgan narsalarini qanday o'zlari qilishlarini tushunolmaydilar. Keyin esa ular "ota-onalarning aytganlari va qilgan ishlari boshqa-boshqa" degan fikrga kelishadi. Shu sababli ularni ota-onalarining so'zlariga ishonchlari qolmaydi va keyin ularning gaplariga quloq solishmaydi.
Ota-onalar esa hatto yosh bolalar ham ularga bo'ysunmasligidan, yaramas va qaysar ekanliklaridan shikoyat qiladilar, lekin ular bolalarning bunday bo'lishiga o'zlari sababchi bo'lganliklarini tushunmaydilar.
Siz bolalarning hurmati va sevgisiga qasd qilish, g'azab lanish, baqirish va jazolash orqali erisha olmaysiz. Bolalar oldida ular sizni hurmat qiladigan tarzda harakat qiling, shunda ular sizning harakatlaringizni ko'rib, sizni yaxshi ko'rishadi va hurmat qilishadi.
Ba'zi ota-onalar kiyimlariga va shaxsiy ko'rinishlariga e'tibor bermaydilar. Ular bolalari yonida yirtilgan, eski, iflos kiyimlar va iflos qo'llar bilan yurishadi, o'z nutqiga va xatti-harakatlariga ahamiyat bermaydilar. Ba'zilari bolalarining oldida urishib, bir-birlarini yana-da ko'proq pastga urish maqsadida "Otangning ahvolini ko'ryapsanmi?", "Sening onang mana shunaqa ayol" kabi so'zlarni aytishadi.
Davomi
👇👇👇

Oilaviy suhbatlardagi keraksiz mish-mishlar, odamlarni taqqoslash, manfatlarga asoslangan maqtovlar...
15-20 yil davomida bolalar shunday botqoqlikda yashashga majbur bo'ladilar. Oila boshliqlari nega yoshlar burgutday uchol masliklari va qanotsiz qushlarga o'xshab ketishlariga hayron qolishadi.
Men ota-onalardan so'ramoqchiman: Siz bolalaringizga tarbiya berayotganda ularga burgut qanotlarini berganman deb o'ylaysizmi? Yoki qanotlarini ilk boshdanoq o'zingiz sindirdingizmi?
Bolalar ulgʻayib bir yosh qiz va qoni qaynoq o'g'il bolaga aylanganda, ota-onalari ularning kelajagi haqida xayol qiladilar. Ular o'g'illarining muhandis, xizmatchi, savdogar, shifokor, advokat yoki biron-bir yaxshi kasb egasi bo'lishlarini xohlashadi; qizlariga esa boy er topishga harakat qilishadi. Farzandlarining farovon yashashlari uchun harakat qilishadi va ota-onalik vazifalarini eng yaxshi tarzda bajarganman deb o'ylashadi.
Lev Tolstoy juda qat'iyat bilan bir haqiqatni aytgan: -"Hayotdagi tartibsizlikning eng katta sabablaridan biri shudir: Har kim hayotda boy bo'lishni xohlaydi, lekin hech kim o'z hayotini tartibga solishni xohlamaydi".
Hamma hayotdan ko'proq narsani olishni xohlar ekan,
lekin unga hech narsa qo'shishni xohlamaydi. Ular o'zlarining xudbin, egoist va parazit sifatida yashayotgan hayotlarining ma'nosini boshqalar evaziga yashab izlaydilar. Ushbu "hayot falsafasini" bolalarga singdiradiganlar - bu onalar va otalar! Ushbu maslahat va o'rnaklar bilan o'sgan bolalar kelajakda egoist, o'zini o'zi sevadigan, sayoz va ma'naviy jihatdan zaif bo'lib qoladilar; Ular keyin axloq siz va shahvatparast shaxslar sifatida jamiyat hayotiga qo'shiladilar.
Agar siz yoshlarning ruhini beparvo qoldirilgan daladek bo'sh qoldirsangiz, u yerda faqat yovvoyi o'tlar va tikanlar kabi zararli o'tlar o'sadi. Ota-onalar farzandlarining aqli va qalbini tarbiyasiz qoldirishlari aqlga ham, vijdonga ham to'g'ri kelmaydi. Bunday beparvolikning axloqsizlik va qotillikdan bir farqi yo'q. Bolalarning tarbiyasizligi nafaqat oila, balki jamiyat va davlatning muammosidir. Istaganingizcha mukammal qonunlar yarating, adolatli saylovlar qiling, siyosiy mafkuralarning mo'jizaviy kuchlariga ishoning, agar sizning farzandlaringiz hayotga to'g'ri tarbiya ko'rmagan holda tashlansa, qanchalik yaxshi qonunlarga ega bo'lsak ham, bizning ijtimoiy hayotimiz ayanchli bo'lib qolaveradi. Bu yoshlar ichidan chiqqan davlat xizmatchilari o'z ishlariga beparvo qarashadi, deputatlar o'z manfaatlarini ko'zlaydi, vazirlar siyosiy qo'g'irchoqlar bo'ladi. Maktablar yangi avlod ongi va qalbini xira qiladigan joylar bo'ladi, mamlakat matbuoti ko'chalarda tanasini pulga sotadigan fohishalarga o'xshaydi. Siz ham shaxsingizni, ham jamiyat hayotini shunga yarasha tartibga solishingiz kerak".
P.s. shu kitobni òqishni tavsiya qilaman. Ayni muammolar haqida sodda izohlar....

Sizning birgina amalingiz, minglagan insonlar qalbini Dinimizga moyil qilishi mumkin. Siz uni xatto kichik va qadrsiz hisoblashingiz mumkin, ammo Allohning oldida qiymat muhim emas, ixlosingiz muhimdir.
Ushbu video ham bizga bir órnak ólaroq ózimizga savol beraylik, men Uning órnida nima qilgan bólar edim?
Men óylanib qoldim, ózimdan shubhalanib qoldim, men ham shunday qila olarmidim?
Alloh bizlarni ham islohimizni tezlashtirgin. Diningni shunday gózal amalida bólishni bizga ham nasib qil....