Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.97K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
737 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Ayolingizni mehr bilan chaqirishdan uyalmang

Yillar davomida men ham ayolimni faqat oddiy ism bilan chaqirib keldim.
Yumshoqlikni “erkaklikka to‘g‘ri kelmaydi” deb o‘ylardim.

Ammo yaqinda safardan qaytgach, bir savol meni o‘ylantirdi:
Jamiyatimizda ko‘plab erkaklar o‘z ayollariga mehr bilan, erkalab, nozik so‘z bilan murojaat qilishga uyalishadi.
“Otasini ‘qiblagohim’,
onasini ‘jannatim’,
do‘stini ‘qiyomatligim’,
farzandini ‘jonim bolam’,
‘ko‘zmunchog‘im’ deb atagan til — nega o‘z ayolini mehr bilan chaqirishga qiynaladi?”


Tahminiy sababalri shulardan biri bo’lsa kerak:

1. “Xotinquli bo‘lib qolaman” degan xavotir
Yumshoqlik ko‘rsataman deb ayoliga tobelikka o‘tib qolishdan cho‘chiydi.
Bu qo‘rquv — noto‘g‘ri ijtimoiy stereotip va o‘ziga ishonchsizlik natijasida
Kelib chiqadi.

2. Masxara bo‘lishdan qo‘rqish
Atrofdagilarning “Sen kompotmisan?”, “Ayoling o’qitib qo’ymaganmi” degan kinoyalaridan qochadi. Jamiyat hissiy sovuqlikni erkaklik mezoniga aylantirib qo‘ygan.

3. Mehrga o‘rganmagan
Ko‘pchilik bolaligida bunday iliq so‘zlarni uyda eshitmagan.
Otasidan onasiga aralfan mehrli so‘zlarni eshitmaganlar — o‘zi ham ishlatishga qiynaladi.

4. Yillar davomida shakllangan sovuq uslub
Yillar o‘tib, mehrli so‘z aytmagan.
Endi esa birdan o‘zgartirish — o‘ziga g‘alati, sun’iy va noqulay tuyuladi.

5. “Erkaklik” tushunchasining noto‘g‘ri talqini
Ba’zilar erkaklar jiddiy va sukutli bo‘lishi kerak, yumshoqlik ayollik sifati deb noto‘g‘ri talqin qilinadi.

6. So‘z topa olmaslik
“Jonim”, “Gulim”, “Shirinim” deyishga tili bormaydi.
Nima deyishni, qaysi ohangda aytishni bilmaydi.

7. Munozarali munosabat yoki sabr yetishmasligi
Ba’zida erkak ayoliga nisbatan ruhan soviydi, ichida norozilik bo‘ladi.
Shu sababli mehrli so‘z aytish istagi yo‘qoladi.

8. Sunnatni bilmaslik
Ko‘pchilik erkaklar bilmaydi:
Rasululloh ﷺ Hazrat Oishani “Humayro” deb mehr bilan chaqirganlar.
Bu — payg‘ambar yo‘li. Bu — sunnat.

Men bu odatni o‘zgartirdim
Xatoyimni tan oldim.
O‘zim uchun mehrli so‘zlar ro‘yxatini tuzdim.
Ichidan eng samimiy va chiroylisini tanladim:

“Gulim”

Chunki u:
- chiroyli,
– go‘zallik timsoli,
– iforli,
– kayfiyat beruvchi,
– ammo mehrsiz qolsa so‘lib qoladigan nafis ne’mat.

Avvaliga bu so’zni ishlatish erish tuyuldi. O’rganmagan edim.
Ammo vaqt o‘tib odatlandim. Bu orqali ayolimning ko‘zlarida hursandchilikni sezdim.
Oddiy bir so‘z bilan munosabat yanada iliqlashdi.

Tavsiyam: Jur’at qiling va boshlang
- O‘zingizga mos mehrli so‘z tanlang
- Asta-sekin murojaat qiling
- Natijani ko’rasiz.

Erlik — mehrni yashirishda emas, uni odob bilan ayta olishdadir.
Oila munosabati — mehrli til bilan boshlanadi.
❤‍🔥76🔥21👍12🥰5🤩4🎉1
Yuqoridagi holat ota-onamda qanday edi?

Sevgi — so‘zda emas, amalda edi

Onam otamga hech qachon ochiqchasiga sevgi izhor qilmaganlar.
Hech qachon “Men sizni yaxshi ko‘raman” demaganlar. Yoki hech bo‘lmaganda biz eshitmaganmiz.

Lekin biz ko‘rganmiz…
Biz his qilganmiz…
Bu – so‘zda emas, amalda edi.

Eslayman:

Otamiz kelmaguncha ovqatga hech birimiz qo‘l uzatmasdik.
Onam kulib aytar edilar:

Avval otangiz kelsin, keyin…


Otamiz uhlab yotgan xona — jimlik makoni edi.
O‘sha uyga hatto yuragimiz bilan kirishga jur’at qilmasdik.
Onam bizga pichirlab:

“Otangiz tinch uxlasin, shovqin qilmanglar,” derdilar.

Otam kasal bo‘lib yotganlarida, onam yonlaridan siljimas edilar.

Ustilari sovuq bo‘lib qolmasin…


deb yana adyol solardilar.
Tuni bilan uxlamasdan yonlarida o‘tirganlarini ham ko‘rganmiz.

Otam kechikib kelsalar, onam ovqatni isitib, sochiqchaga o‘rab qo‘yardilar.

Ishdan charchab kelsalar, ovqat issiq bo‘lishi kerak...

derdilar…

Buni hech kimga bildirmaslikka harakat qilardilar,
lekin biz — barchasini sezardik….

Otam mashinada uyga yaqinlashsalar, onam derazadan qarab kutar:

Bolam, chiq, darvozani och

derdilar.

Hech qachon otamizni o‘zlari darvoza ochib kirishlariga yo‘l qo‘ymaganlar.

Otamizning kiyimlari hech qachon yerda ko‘rmaganmiz.
Gilam ustiga qo‘yish, divanga tashlab qo‘yish — mumkin emas edi.
Onam ularni doim boshqa kiyimlardan alohida qilib joylashtirar edilar.

Otam uyga kirganlarida, onam qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar,
qo‘lida qanday ish bo‘lsa ham — darrov u kishining xizmatiga o‘tardilar.
Bir kuni ukamni beshikda ovqatlantirayotgan edilar.
Shu payt dadam kelib qolgan.
Darrov ukamni bir chetga surib, o‘rnidan turdilar:

“Otangiz keldi, avval u kishining holini bilay,”

dedilar.

Poyafzallari hech qachon tashqarida qolmagan.
Onam ularni ichkariga olib kirar, tozalab qo‘yar, yomg‘irli yoki qish kunlari esa — pechka ustiga qo‘yardilar.

Bu holatlar bolaligimizda oddiy tuyulgan.
Ammo bugun orqaga qarab anglayman:

Bu jimlik — sevgining eng baland tovushi edi.
Bu harakatlar — qalbdan chiqqan muhabbat edi.
Bu sukunat — aslida so’zsiz duo edi.

Ular so‘z bilan emas — hurmat, e’tibor, sukut, sabr bilan sevganlar.
Shuning uchun ham u oila — baraka, tinchlik va izzat bilan to‘lgan edi.
🔥45❤‍🔥14👍5🥰1